1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2014-yil 28-avgustda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi ijtimoiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari (bundan buyon matnda fuqarolik jamiyati institutlari deb yuritiladi) bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: mazkur Qonunning 2-bob (“Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibi”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy sheriklik subyektlaridir.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 73 — 78-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 2-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuninng 1-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 4-moddasi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.04.00 Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlar bilan hamkorligi alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga bo‘ysunish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teng huquqlilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiqlik va shaffoflik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hammaboplik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqillik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolislik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zaro hurmat, manfaatlarning inobatga olinishi va mas’uliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ijtimoiy sheriklik sohalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qo‘llab-quvvatlash va uning ijtimoiy faolligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har tomonlama barkamol va sog‘lom yosh avlodni shakllantirish, yoshlarga bilim berish, ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va kasbga yo‘naltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onalik va bolalikni, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, sog‘lom oilani shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, ta’lim, axborotlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining huquqiy bilimlari, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi g‘oyalarini mustahkamlash, ko‘p asrlik, an’anaviy ma’naviy-axloqiy hamda tarixiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik qonunchilikka muvofiq boshqa sohalarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
(6-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi;
(6-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bitimlar va shartnomalar (bundan buyon matnda bitimlar va shartnomalar deb yuritiladi) tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki
(7-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga fuqarolik jamiyati institutlarini ularning roziligiga ko‘ra jalb etishi mumkin.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda manfaatdor fuqarolik jamiyati institutlaridan takliflar to‘plashni amalga oshiradi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan holda davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 53-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasining ikkinchi qismi, “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Uslubiy ko‘rsatmalarning 9-bandi (ro‘yxat raqami 2352, 09.04.2012-y.).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlari:
(7-modda to‘rtinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbuslar bilan chiqishda, tegishli takliflar va loyihalarni tayyorlashda ishtirok etishga, shuningdek ularni ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazishda, ishlab chiquvchilar bilan kelishuvga ko‘ra, ularning jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishda ishtirok etishga, loyihalar yuzasidan takliflarni ishlab chiqishga, ularni to‘plashni va umumlashtirishni amalga oshirishga, shuningdek ushbu takliflarni ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan loyihalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan davlat organlariga takliflar kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, uning yakunlari bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda ularni vakolatli davlat organlariga kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari fuqarolik jamiyati institutlarining tashabbuslari hamda takliflarini ko‘rib chiqishi shart.
(7-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi
(8-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va ta’minlash, boshqa sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etish maqsadida tashkil etiladigan davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar hamda jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlari:
(8-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ushbu loyihalarga doir takliflarni tayyorlashga, ularni davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlarining majlislarida ko‘rib chiqish uchun kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlariga ularning vakolatiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish, mazkur masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflar bilan murojaat etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldindan kelishuvga ko‘ra davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlarining majlislarida ularning vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan o‘z vakili orqali so‘zga chiqishga haqli.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiyalar to‘g‘risida nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, jamoatchilik muhokamalari, hasharlar, festivallar, sotsiologik so‘rovlar shaklida va boshqa shakllarda birgalikda tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar va shartnomalar tuzishga, birgalikdagi loyihalar hamda rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga, birgalikda tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatlashuvlar va muzokaralar birgalikdagi uchrashuvlar va jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining fikrlarini so‘rash, ular ishtirokida davlat organlari huzurida ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tuzish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan bitimlar va shartnomalar tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik subyektlari bitimlar va shartnomalar tuzishi, shuningdek birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimlar taraflarning o‘z zimmalariga olgan o‘zaro majburiyatlaridan iborat bo‘lib, ular doirasida taraflar birgalikdagi faoliyatning maqsadlari va vazifalarini, yo‘nalishlarini aniqlaydi, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllarini ko‘rsatadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar ishlar bajarishni yoki xizmatlar ko‘rsatishni, shuningdek ijtimoiy sheriklik subyekti tomonidan moddiy, shu jumladan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikdagi loyihalar va rejalar, bitimlar hamda shartnomalarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga, gumanitar masalalarni hal etishga, aholi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Ijtimoiy sheriklik subyektlari o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, axborot almashish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik subyektlari o‘z vakolatlari doirasida o‘quv-uslubiy, axborot, maslahat va tashkiliy jihatdan o‘zaro qo‘llab-quvvatlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik subyektlari o‘z tasarrufida bo‘lgan va hamkorlik predmetiga taalluqli axborotni yozma so‘rovlar asosida bir-biriga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma so‘rovga javob, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, imkoni boricha qisqa muddatda, lekin so‘rov olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay berilishi kerak.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik subyektlari davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborotni taqdim etishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 98-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshi, O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarini mulkiy, axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
(12-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlariga moddiy yordam ko‘rsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qonunchilikka muvofiq imtiyozlar berish;
(12-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari berish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish.
(12-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 19 — 22-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-bobi (“Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik sohasida fuqarolik jamiyati institutlariga qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma asosida davlat mulki tekin yoki imtiyozli shartlarda vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlariga vaqtincha foydalanishga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishi kerak.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘llar orqali amalga oshiriladi:
(14-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik sohasidagi axborotdan erkin foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishdagi ishtiroki masalalariga doir uslubiy materiallarni ishlab chiqish hamda nashr etish;
(14-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish hamda bilim beruvchi tadbirlar, uslubiy maslahatlar, ilmiy-amaliy seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni yanada rivojlantirishga hamda bunda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirok etishiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi deb yuritiladi) va uning alohida bo‘linmalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablag‘larni jamlaydi, bu mablag‘lar fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashga, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalarni hal etishda ularning ishtirok etishiga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun taqsimlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy maslahat, tashkiliy, texnik jihatdan va boshqa xil yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi hamda tugatilishining o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilanadi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda ishtirok etishiga ko‘maklashish maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari va Senatining a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining tarkibiga rais, rais o‘rinbosari, mas’ul kotib va komissiya a’zolari kiradi. Parlament komissiyasiga uning tarkibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati va Senatining a’zosi har yili navbatma-navbat raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi o‘z faoliyatiga vazirliklar va idoralar mutaxassislarini hamda jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larining fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun taqsimlanishini tashkil etadi, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining takliflarini o‘rganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larini taqsimlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning o‘tkazilayotgan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlashda ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘larning hajmlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalarining (bundan buyon matnda jamoat komissiyalari deb yuritiladi) takliflari asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi, ushbu komissiyalar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, moliyalashtirilgan dasturlar hamda loyihalar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshiradi, o‘z majlislarida moliyalashtirilayotgan dasturlar hamda loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari to‘g‘risida fuqarolik jamiyati institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotini eshitadi, ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doir zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi va topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini, jamoatchilik ekspertizasini tashkil etishda davlat organlariga yordam ko‘rsatadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha tizimli ishlar olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik sohasida ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlar to‘g‘risida har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga va Senatiga axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat komissiyalari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining, adliya va moliya organlarining, shuningdek boshqa davlat organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari orasidan rais, uning o‘rinbosari, mas’ul kotib va komissiya a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorligini chuqurlashtirishga ko‘maklashadi, ularning takliflarini o‘rganish asosida ijtimoiy sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlaydi;
(18-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarining joylarda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan sotsial hamda ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga, ularni amalga oshirish uchun mablag‘larning zarur hajmlarini aniqlashga doir takliflarni ishlab chiqadi hamda ularni Parlament komissiyasiga taqdim etib boradi;
(18-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat subsidiyasi, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat samaradorligini o‘rganish, tahlil qilish va baholash borasida Parlament komissiyasiga ko‘maklashadi;
(18-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda ijtimoiy sheriklik holatining monitoringini va baholanishini amalga oshiradi, zarur hollarda, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirishga doir aniq tadbirlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik subyektlari o‘rtasida manfaatlarni kelishib olishga va birgalikdagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan maslahatlashuvlar hamda muzokaralarni tashkil etadi va o‘tkazadi, ular o‘rtasida bitimlar va shartnomalar tuzishga, shuningdek ularning ijro etilishiga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik sohasida ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qiladi.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat komissiyalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat komissiyalari o‘z faoliyatini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq amalga oshiradi.
(18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat komissiyalari faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Davlat subsidiyasi va uni ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat subsidiyasi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga oshirayotgan fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan beriladigan hamda aniq loyihalar bilan bog‘liq bo‘lmagan moliyaviy yoki boshqa moddiy ko‘makdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat subsidiyalaridan faqat fuqarolik jamiyati institutlarining ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ijtimoiy foydali maqsadlarga erishish uchungina foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat subsidiyasini olish uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga buyurtmalar bilan murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi fuqarolik jamiyati institutlarining buyurtmalarini umumlashtiradi, subsidiyalash hajmlariga doir takliflarni tayyorlaydi hamda ularni Parlament komissiyasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, subsidiyalashning maqsadga muvofiqligi va zarur hajmlari to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti tasdiqlanganidan keyin Parlament komissiyasiga davlat subsidiyalarini taqsimlashga doir takliflarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining takliflari olinganidan keyin fuqarolik jamiyati institutlariga ajratiladigan davlat subsidiyalarining hajmlarini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat subsidiyalarini ajratish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda ayrim fuqarolik jamiyati institutlari uchun davlat tomonidan subsidiyalashning boshqacha tartibi ham nazarda tutilishi mumkin.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat granti ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining mablag‘lari hisobidan fuqarolik jamiyati institutlariga tanlov asosida beriladigan pul mablag‘lari va moddiy resurslardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat grantlarini ajratish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi va uning alohida bo‘linmalari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat grantini taqsimlash maqsadida grant tanlovlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grant tanlovlarida ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni taqdim etgan fuqarolik jamiyati institutlari ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grant tanlovlariga taqdim etilgan loyihalarni tanlab olish va g‘oliblarni aniqlash Parlament komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat granti ajratilayotganda grant beruvchi va grant oluvchi o‘rtasida grant ajratilganligi to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlariga davlat grantlarini ajratish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilanadi.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 13-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Davlat ijtimoiy buyurtmasi va uni berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy buyurtmasi davlat organi va fuqarolik jamiyati instituti o‘rtasida shartnoma tuzish yo‘li bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun ishlar bajarishga yoki tadbirlar o‘tkazishga doir davlat topshirig‘idan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning alohida bo‘linmalari orqali yoki bevosita davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy buyurtmalari Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi yoki uning alohida bo‘linmalari orqali berilgan taqdirda, davlat organlari ushbu Qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy sheriklik sohalari doirasida o‘z faoliyatining fuqarolik jamiyati institutlari qo‘llab-quvvatlashini talab etadigan ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi va kelgusi moliya yili uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish to‘g‘risida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki uning alohida bo‘linmalariga buyurtmalar yuboradi. Buyurtmada davlat organi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, ishlar bajarishga yoki tadbirlar o‘tkazishga doir topshiriqning maqsadlari, vazifalari va shartlari, shuningdek talab etiladigan mablag‘lar miqdori, unda davlat organining ulushi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning alohida bo‘linmalari davlat organlarining buyurtmalarini umumlashtiradi hamda Parlament komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Parlament komissiyasi buyurtmalarda nazarda tutilgan tadbirlarning dolzarbligini va ijtimoiy ahamiyatini baholaydi, shuningdek buyurtmalarni moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi, har bir buyurtma uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori va tanlovlarni tashkil etish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish bo‘yicha tanlov tashkil etadi, bunda davlat buyurtmachilari, buyurtmalarning maqsadlari, vazifalari va shartlari, ajratiladigan mablag‘lar miqdori haqidagi ma’lumotlarni o‘zining veb-saytida, maxsus elektron platformasida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan taqdim etilgan davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini umumlashtiradi va ko‘rib chiqish uchun Parlament komissiyasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan kiritilgan fuqarolik jamiyati institutlarining davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini ko‘rib chiqadi, baholaydi va g‘oliblarni aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilayotganda davlat ijtimoiy buyurtmasini berish to‘g‘risida buyurtma yuborgan davlat organi, fuqarolik jamiyati instituti va Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari Parlament komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha moliyalashtirishni amalga oshirishi mumkin. Bunda qo‘shimcha moliyalashtirish miqdori umumiy moliyalashtirish summasining yigirma foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning alohida bo‘linmalari orqali davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari har yili sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan fuqarolik jamiyati institutlariga bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berish bo‘yicha tanlovlar tashkil etadi. Tanlovlar haqidagi axborot davlat organining veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida oldindan e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlariga fuqarolik jamiyati institutlaridan kelib tushadigan loyihalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish bo‘yicha tanlov g‘olibi loyihalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Davlat organi va tanlovda g‘olib deb topilgan fuqarolik jamiyati instituti o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati instituti tegishli sohalar va tarmoqlardagi mavjud muammolarning yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish to‘g‘risida tegishli davlat organiga taklif kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutining davlat ijtimoiy buyurtmasini olish uchun kiritgan tashabbusli loyihasi tegishli davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan tashabbusli loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, uni kiritgan fuqarolik jamiyati institutiga mazkur davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha miqdordagi davlat ijtimoiy buyurtmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish yo‘li bilan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish, shuningdek tanlov shartlari va uni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 69-moddasining birinchi qismi uchinchi xatboshi, 70-moddasining birinchi qismi 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik subyektlarining o‘z mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ijtimoiy sheriklik subyektlarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi huquqlari
(23-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlari o‘z ustavlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
(23-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda o‘z a’zolari va ishtirokchilarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning turli masalalari bo‘yicha tashabbuslar bilan chiqish, davlat organlariga tegishli takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan davlat organlarining qarorlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etish;
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlariga axborot olish to‘g‘risida so‘rovlar bilan murojaat etish, shuningdek o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish haqida tashabbuslar bilan chiqish, bitimlar va shartnomalar tuzish to‘g‘risida takliflar kiritish, bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlash hamda muhokama qilishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar, bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek boshqa qo‘shma hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuninng 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 15-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi majburiyatlari
(24-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlari:
(24-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z faoliyatining ochiqligi va shaffofligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar va shartnomalar, dasturlar va loyihalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik doirasida faoliyatni amalga oshirish chog‘ida fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlari hisobga olinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik doirasida taqdim etilgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkdan maqsadli foydalanilishini ta’minlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 8-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 19-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Davlat organlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi huquqlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etishga;
(25-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda ishchi guruhlar va komissiyalar tuzishga, shu jumladan ular vakillarining o‘z vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat organlari huzuridagi jamoatchilik-maslahat organlari ishida ishtirok etishini ta’minlashga;
(25-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari bilan bitimlar hamda shartnomalar tuzishga, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga, birgalikdagi tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazishga;
(25-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik doirasida berilgan davlat pul mablag‘laridan va boshqa mol-mulkdan maqsadli foydalanilishi ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshirishga haqli.
(25-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Davlat organlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari ijtimoiy sheriklik sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashni talab qiladigan ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan ular bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish orqali aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlariga ijtimoiy sheriklikda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarining tashabbuslari hamda takliflarini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbuslari hamda takliflarini ko‘rib chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining borishi bo‘yicha zarur hollarda jamoatchilik muhokamasini tashkil etishi, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining ularni amalga oshirish samaradorligini yuksaltirishga doir takliflarini ko‘rib chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari bilan oldindan maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazilishini ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaviy va hududiy fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan har yili kamida bir marta ochiq muloqot o‘tkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar va shartnomalar, dasturlar hamda loyihalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashi shart.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.02.00 Ma’muriy huquqbuzarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(29-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
(29-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 2015-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 25-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-376-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 39-son, 488-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)