08.05.2025 yildagi PQ-171-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ijtimoiy xizmat koʻrsatish qamrovi va turlarini kengaytirish, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish koʻlamini yanada oshirish hamda ushbu jarayonda xususiy sektor ishtirokini ragʻbatlantirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu qarorning asosiy maqsadi oilalardagi oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar turlari va qamrovini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi omillarni bartaraf etish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. “Faol hayotga qadam” dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2025-yil 1-iyundan boshlab oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uy sharoitida qarab turish xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) shaxsiy yordamchi xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Dastur doirasida yoʻlga qoʻyiladigan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismini vaucher asosida qoplab berish tizimi joriy etiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) vaucher qiymati Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar va Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda subsidiya shaklida toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Dastur doirasida yoʻlga qoʻyiladigan ijtimoiy xizmatlar Agentlikning “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va tizim tashkilotlari bilan bir qatorda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) vaucher berish va uning qiymatini toʻlash hamda ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchilar bilan shartnomalar imzolash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) vaucher Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan toifadagi shaxslarga beriladi;
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Agentlikka Dastur doirasida quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 2027-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) individual ijtimoiy xizmatlar rejasini shakllantirish va uning bajarilishini monitoring qilib borish uchun mutaxassislarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil 1-sentabrga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash dasturlarini ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025-yil 1-dekabrga qadar Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari huzurida oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar uchun kichik hajmli oilaviy uylarni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Agentlik direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-171-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PQ-171-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning normativ-huquqiy bazasi va standartlarini takomillashtirish

“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi subyektlar va ijtimoiy xizmatlardan foydalanuvchilarning oila aʼzolariga soliq imtiyozlari taqdim etish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlash:

ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan soliq imtiyozlarini tatbiq etish;

ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzandi uchun nodavlat maktabgacha taʼlim va (yoki) umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari uchun toʻlanadigan toʻlovlar boʻyicha daromad soligʻidan imtiyozlarni Dastur doirasida oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarning oila aʼzolari uchun toʻlanadigan toʻlovlarga nisbatan ham tatbiq etish.

2. Loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil
iyun

2025-yil

iyul

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq tartib-taomillarni belgilash.

1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil
may

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Uyda va kunduzgi qatnov asosida qarab turish hamda shaxsiy yordamchi xizmatlarini koʻrsatish standartlarini belgilash.

1. Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi xodimlarning malaka talablari va ish yuklamalarini tasdiqlash.

2. Ijtimoiy xizmatlarning minimal talab standartlarini ishlab chiqish.

3. Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi xodimlarning faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlarini tasdiqlash.

2025-yil
iyun

2025-yil avgust

2025-yil oktabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Nodavlat tashkilotlar tomonidan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tartibga solish.

1. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ishchi guruhni shakllantirish.

2. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash yoki ruxsat berish tartib-taomillarini joriy etish masalasini oʻrganish.

3. Takliflar tayyorlash va  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil iyun

2026-yil
mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot
va moliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi

Parvarish xizmati tizimida sugʻurta tizimini joriy qilish boʻyicha taklif tayyorlash.

1. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ishchi guruhni shakllantirish.

2. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida sugʻurta tizimini joriy qilish boʻyicha taklif tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil dekabr

2026-yil
oktabr

Xalqaro tashkilotlar va hamkor tashkilotlar mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot
va moliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni parvarishlash jarayoniga ularning oila aʼzolarini jalb qilish va qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish.

1. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ishchi guruhni shakllantirish.

2. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil iyul

2025-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

II. Vasiylik yoki homiylikni belgilash hamda ularning faoliyatini monitoring qilish tizimini takomillashtirish

Vasiy yoki homiylar faoliyatini monitoring qilish tizimini takomillashtirish.

1. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron “E-qaror” tizimi hamda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2. Vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga doimiy ravishda yuborilishini taʼminlash.

3. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan birgalikda vasiylik yoki homiylik belgilangan voyaga yetgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga vasiy yoki homiylar tomonidan rioya etilishi holatini oʻrganib borish.

2025-yil iyun

2025-yil iyuldan boshlab doimiy ravishda

Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Sogʻligʻining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolarga vasiylik yoki homiylikni belgilash tizimini takomillashtirish.

1. Vasiylik yoki homiylikni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan belgilash masalasini oʻrganish.

2. Ishlab chiqilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil sentabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy sud

III. Ijtimoiy xizmatlarning sifatli koʻrsatilishini tashkil etish hamda yangi ijtimoiy xizmatlar haqida aholi xabardorligini oshirish

Joriy etilayotgan yangi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishida ishtirok etuvchi mutaxassislarda zarur koʻnikmalarni shakllantirish.

1. Joriy etilayotgan yangi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi xodimlarni oʻqitish dasturini tasdiqlash.

2. Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining direktorlari va xodimlari uchun oʻquv seminarlarini tashkil etish.

3. Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatiladigan shaxslarning sogʻligʻi holatini baholashda ishtirok etuvchi oilaviy shifokorlar uchun seminar-treninglar tashkil etish.

2025-yil iyundan

Dastur asosida

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatini koʻrsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash tizimini joriy etish.

1. Respublika oʻrta tibbiyot
va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazida va uning mintaqaviy filiallarida tibbiy-ijtimoiy xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini tasdiqlash.

2. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha klinik protokollarni ishlab chiqish.

3. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda ergoterapevt hamshiralarni tayyorlash boʻyicha mavjud imkoniyatlarni oʻrganish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.

2025-yil
sentabr

2025-yil
oktabr

2025-yil
dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Joriy etilgan ijtimoiy xizmatlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlari va nodavlat tashkilotlarga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishni tashkil etish, konsultativ va malaka oshirish boʻyicha koʻmaklashish.

1. “Yagona milliy ijtimoiy himoya axborot tizimida Oila hamkori platformasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. “Oila hamkori platformasiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi subyektlarni kiritish va aholi uchun ularning xizmatini tanlash imkoniyatini yaratish.

2025-yil
may-iyun

Ijtimoiy
himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini takomillashtirish.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi va Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli axborot tizimlari oʻrtasida oʻzaro elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ijtimoiy xizmatlarni yoʻlga qoʻyish jarayonini muvofiqlashtirish, individual ijtimoiy xizmatlar rejasini shakllantirish va uning bajarilishini monitoring qilish.

1. Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizim tashkilotlariga ajratilgan shtat birliklari doirasida Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari, zaruratga koʻra, agentlikning hududiy boshqarmalarida kamida ikki nafardan mutaxassis shtatini ajratish.

2. Ish hajmi ortgan taqdirda, zaruriyatga koʻra, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida mutaxassislarni jalb etish.

2025-yil
iyun

Agentlikka ajratilgan mablagʻlar,

Ijtimoiy
himoya davlat jamgʻarmasi
mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Mazkur qarorning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish.

1. Qarorning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish boʻyicha mediareja ishlab chiqish.

2. Yangi joriy etilayotgan ijtimoiy xizmatlarning mazmun- mohiyatini yoritish boʻyicha videoroliklar, koʻrgazmali tarqatma materiallar tayyorlash.

3. Yangi ijtimoiy xizmatlarning mazmun-mohiyatini aholining oʻzgalar parvarishiga muhtoj qatlamiga har bir xonadon kesimida yetkazish.

2025-yil
may

2025-yil
iyul

Doimiy

Ijtimoiy
himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 07/25/171/0425-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)