19.05.2025 yildagi PQ-185-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-88-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yil 1-iyuldan respublikaning 15 ta tuman (shahar)larida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab esa Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini (keyingi oʻrinlarda — Tajriba-sinov loyihasi) joriy etish doirasida sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish orqali oilaviy poliklinikalarda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifat va samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Sogʻliqni saqlash vazirligining tuman (shahar) darajasidagi boʻlinmasi, oilaviy poliklinikalar, markaziy shifoxonaning vazifa va funksiyalarini, shuningdek, tibbiy yordam koʻrsatishda aholi va tibbiyot xodimlarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish, ular mehnatiga munosib haq toʻlash tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Sogʻliqni saqlash vazirligining vertikal boshqaruvida tuman (shahar) boʻgʻinini isloh qilish orqali amalga oshiriladigan islohotlarni jadallashtirish va monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishda qisqa muddatli chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan “Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar” dasturini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlarini tashkil etish va tibbiyot muassasalari faoliyatini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish, uning ijrosi ustidan doimiy monitoring va tahlil oʻtkazib borish, shuningdek, Tajriba-sinov loyihasini respublikaning barcha hududlariga keng tatbiq etish maqsadida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mavjud birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini xatlovdan oʻtkazish hamda xatlov natijalari asosida Tajriba-sinov loyihasi talablariga muvofiq amaldagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini yuridik maqomga ega tegishli tipdagi oilaviy poliklinika shaklida qayta tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarni markaziy shifoxonalarning maslahat-diagnostika boʻlinmalariga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot brigadalarini yangi normativlarga muvofiq qayta shakllantirish hamda ularga aholining qayta biriktirilishini tashkil etish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tasarrufidagi tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlashning shaffof mexanizmlari asosida tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda uning natijalari boʻyicha tibbiyot xodimlarini toʻliq stavkada ishga qabul qilish va ularga munosib ish sharoitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) oilaviy shifokorlar va biriktirilgan aholi oʻrtasida bitim hamda hududdagi tibbiyot muassasalari bilan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi oʻrtasida shartnoma tuzilishini va ularga amal qilinishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) tibbiyot xodimlari faoliyatini tasdiqlangan mehnat samaradorligi koʻrsatkichlari boʻyicha nazorat qilish hamda natijalar asosida ularni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida aholiga bepul ambulator va statsionar tibbiy xizmatlar koʻrsatish hamda dori vositalari bilan taʼminlashni tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tibbiy taʼlim muassasalari bilan birgalikda tibbiyot brigadasi xodimlari va oilaviy poliklinikalar katta hamshiralarining oila salomatligi boʻyicha maxsus oʻquv dasturi hamda rahbar xodimlarning menejerlik kurslari boʻyicha malaka oshirishlarini taʼminlash;
(4-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tasarrufidagi tibbiyot muassasalari faoliyatidagi biznes jarayonlarni raqamlashtirish, qogʻoz shaklida yuritilayotgan barcha hisobotlarni elektron shaklda yuritish orqali tibbiyot xodimlarining ish yuklamasini kamaytirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) Tajriba-sinov loyihasi doirasida maqbullashtiriladigan mablagʻlarni tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari uchun ochilgan tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga jamlash hamda Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) notibbiy xizmatlar koʻrsatishni (ovqatlanish, kir yuvish, sterilizatsiya va boshqa), shuningdek, samarasiz hamda boʻsh turgan bino-inshootlarni davlat-xususiy sheriklik yoki autsorsing asosida xususiy sektorga berish ishlarini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(m) tibbiyot muassasalarida pulli xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish va ularning turlarini kengaytirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(n) Raqamli sogʻliqni saqlash platformasiga hududdagi barcha davlat hamda nodavlat tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari, shu jumladan, dorixonalar ulanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(o) aholi salomatligi koʻrsatkichlari, kasallanish darajasi va boshqa maʼlumotlarni tahlil qilish orqali oʻz hududida sogʻliqni saqlash holatini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tajriba-sinov loyihasi doirasida quyidagilar tibbiyot muassasalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oilaviy poliklinikalar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tibbiyot brigadalari hamda biriktirilgan aholi bilan bitim tuzish, bitim boʻyicha kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmatlarni tasdiqlangan davolash standartlari, milliy klinik protokollarga asosan oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) oilaviy poliklinikalarda oilaviy shifokor, pediatr, akusher ginekolog va tashxislash boʻyicha mutaxassislar hamda autsorsing asosida stomatolog xizmatini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) oilaviy shifokor tomonidan xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqib oilaviy shifokor faoliyatini baholab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) aholini individual davolash va sogʻlomlashtirish dasturlari asosida kafolatlangan paket doirasida zarur dori vositalari bilan bepul taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) oilaviy poliklinikadan 10 kmdan uzoq masofada joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi aholi uchun tibbiyot xodimlari tomonidan sayyor tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vii) kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash maqsadida tibbiy koʻriklar tashkil etish, Milliy profilaktik emlash taqvimiga muvofiq va favqulodda holatlarda aholini emlash ishlarini tashkil etish, reproduktiv salomatlik va xavfsiz onalikni taʼminlash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini yuritish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(viii) tor soha mutaxassislari qabuliga va shifoxonalarga elektron yoʻllanmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tuman (shahar) markaziy shifoxonalari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) oilaviy shifokor yoʻllanmasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarorida belgilangan tartibda aholiga bepul ambulator va rejali statsionar tibbiy xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) tashxislash va davolash standartlari hamda klinik protokollarga qatʼiy amal qilgan holda aholiga tibbiy maslahat berish, laborator, tashxislash, ambulator, statsionar hamda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) tor soha mutaxassislari tomonidan aholi orasida kasallanish, nogironlikning oldini olish, oʻlimni kamaytirish boʻyicha profilaktik tadbirlarni (skrining tekshiruvlari, profilaktik va sayyor tibbiy koʻriklar) amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻlgan shtat birliklari sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshiriladigan islohotlar natijasida boʻshaydigan shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, oʻz nomi davlat tilida yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa atributlarga ega davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) faoliyatida tegishli tuman (shahar) hokimligiga va sogʻliqni saqlash boshqarmasiga boʻysunadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) tuman (shahar) markaziy shifoxonasi, oilaviy poliklinikalar, tez tibbiy yordam xizmati hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimidan iborat tarkibda faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) tibbiyot muassasalarining moliya-buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda inson resurslarini boshqarish xizmatini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tasarrufidagi tibbiyot muassasalari xodimlari bilan mehnat shartnomasini tuzadi va bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi xodimlariga 2-ilovaga muvofiq tarif razryadlarini qoʻllagan holda ish haqi hisoblanadi hamda ularga hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻz tasarrufidagi tibbiyot muassasalari tomonidan pulli asosda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun tushumlar miqdorining 2 foizi miqdorida ajratma oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublikaning barcha davlat tibbiyot muassasalarida 2025-yil 1-iyuldan boshlab kasallikning ogʻirlik darajasi va davolashning murakkabligidan kelib chiqib, maxsus koʻnikmalarni talab qiladigan davolash choralarini koʻrgan hamda yuqori xavf darajasiga ega boʻlgan amaliyotlarni samarali amalga oshirgan shifokorlarning oylik lavozim maoshlariga 25 foizdan 100 foizgacha ustama toʻlash tizimi joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Raqamlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2025-yil 15-iyunga qadar Tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda, 2025-yil yakuniga qadar qolgan hududlarda aholini “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazsin hamda tibbiyot brigadalariga biriktirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025-yil 1-iyunga qadar “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet orqali aholini tibbiyot brigadasiga biriktirish, oilaviy shifokor va aholi oʻrtasida bitim tuzish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tibbiyot xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, Tajriba-sinov loyihasi doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining mehnat shartlari oʻzgaradigan shifokor va oʻrta tibbiyot xodimlari shaffof imtihonlar asosida belgilangan tartibda qayta ishga rasmiylashtiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) imtihonlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan birgalikda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) xodimlar malakasini aniqlashda birinchi navbatda oʻtkazilgan imtihon natijalari inobatga olinadi hamda imtihonda eng yaxshi natija koʻrsatgan xodimlar ishga qabul qilinadi.
(12-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-331-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 07/25/331/1014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) oila salomatligi boʻyicha maxsus oʻquv dasturi, shuningdek, milliy klinik protokollar asosida oʻqitiladigan tibbiyot brigadasi xodimlari bilimini baholash maqsadida yakuniy test sinovlari topshiriqlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining oliy maʼlumotli tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimida toʻplanadigan kreditlar hajmining 144 tasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼlim olish orqali jamlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tibbiyot brigadasi xodimlarini oila salomatligi yuzasidan oʻqitish boʻyicha maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va oʻqitish tibbiy taʼlim muassasalari tomonidan hamda rahbar xodimlarni menejerlik boʻyicha maxsus oʻquv dasturi boʻyicha oʻqitish Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. “Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar” dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish maqsadida jalb etilgan turk ekspertlari bilan birgalikda tibbiyot muassasalarida aholi hamda tibbiyot xodimlari uchun qulayliklar yaratish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qiluvchi “Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar” dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki, 2025-yil 1-iyundan boshlab Dastur doirasida qisqa muddatda tibbiyot muassasalarida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ularning tibbiyotga boʻlgan ishonchini orttirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tibbiyot muassasalarida kutish zallari tashkil qilinib, oʻrindiqlar bilan taʼminlanadi, qulay roʻyxatxonalar tashkil etiladi va onlayn qabulga yozilish imkoniyatlari kengaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholi, bemorlar, nogironlar harakatlanishi uchun qulayliklar yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “Ona va bola” xonalari tashkil qilinadi, xonalar va yoʻlaklar tejamkor zamonaviy yoritish qurilmalari bilan jihozlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) sanitariya-gigiyena xonalari taʼmirlanib, shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi va bemorlar uchun qulayliklar yaratish imkonini beruvchi boshqa tadbirlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qarorda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Belgilansinki, qurilish-taʼmirlash ishlari, shu jumladan, tuman (shahar) markaziy shifoxonasi boʻlinmalari, oilaviy poliklinikalar uchun bino va inshootlarni qurish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda 2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida sogʻliqni saqlash sohasiga ajratiladigan mablagʻlar birinchi navbatda mazkur maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tibbiyot xodimlarining ish haqi miqdorini qayta koʻrib chiqish, malakasini oshirish, bilim va koʻnikmalarini baholash hamda ularni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oʻquv kurslari va xodimlar bilimini baholashni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar — Davlat budjetidan tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar hamda Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ish haqi miqdorini qayta koʻrib chiqish, oila salomatligi boʻyicha maxsus oʻquv dasturining har bir bosqichi yakuni boʻyicha tibbiyot brigadasi xodimlari va oilaviy poliklinikalar katta hamshiralariga qoʻshimcha ustama toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar — Davlat budjeti mablagʻlari;
(16-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tibbiyot, farmatsevtika va rahbar xodimlar faoliyatini samaradorlik koʻrsatkichlari asosida moddiy ragʻbatlantirish — tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Dasturdagi tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar tibbiyot muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-son Farmoniga muvofiq, mahalliy budjetlar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar teng ulushlarda axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari xarid qilishga va Dasturdagi tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilsin. Bunda zarur hollarda, ajratilgan mablagʻlar Tajriba-sinov loyihasi doirasida belgilangan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishga ham sarflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Respublika budjeti va mahalliy budjetlardan ajratilgan mablagʻlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning kredit va grant mablagʻlari tibbiyot muassasalarini 3-ilovada belgilangan axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari bilan taʼminlash xarajatlari uchun yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Kadrlar taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil 1-iyunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot muassasalarining shtat meʼyorlarini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) imtihon natijalari asosida ishga qabul qilinmagan xodimlarga tibbiyot muassasalaridagi mutaxassisligiga mos boʻsh ish oʻrinlarini taklif qilsin hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ularni ishga joylashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning hududiy filiallari mutaxassislaridan iborat mobil ishchi guruhlar tashkil qilsin hamda 2025-yil 1-iyundan boshlab ularni tibbiyot muassasalariga biriktirsin. Bunda markazlar rahbarlari biriktirilgan tibbiyot muassasalarida biznes jarayonlarini toʻgʻri va sifatli yoʻlga qoʻyish, muassasadagi tibbiyot xodimlariga yangi tizim boʻyicha ishlashni oʻrgatish, kadrlar taʼminoti hamda Tajriba-sinov loyihasida nazarda tutilgan barcha tadbirlarni tashkil etish boʻyicha shaxsan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiy yordam koʻrsatishda aholi hamda tibbiyot xodimlarining huquq va majburiyatlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sogʻliqni saqlash vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Guliston tibbiyot klasteri tarkibiga viloyat tibbiyot muassasalarini kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sogʻliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda aholi va tibbiyot xodimlarining huquqiy munosabatlari hamda taraflarning huquq va majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sogʻliqni saqlash vazirligi “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi bilan birgalikda Tajriba-sinov loyihasi doirasida loyiha amaliyotga joriy etilgunga qadar hamda 2026-yil yakuni boʻyicha amaldagi sogʻliqni saqlash tizimidan qoniqish darajasini aniqlash maqsadida aholi va tibbiyot xodimlari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazsin. Bunda soʻrovnoma oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Tajriba-sinov loyihasi doirasida mavjud birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini xatlovdan oʻtkazsin. Bunda xatlov natijalariga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan va zarur infratuzilma (elektr, suv, oqova suv tizimi, atrofni obodonlashtirish va boshqalar) hamda tibbiy uskunalar va jihozlar bilan taʼminlangan maxsus konteynerlarda tashkil etilgan mahalla tibbiyot punktlarini oilaviy poliklinikaning filiali sifatida qayta tashkil etish va qolganlarining faoliyatini toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) amalda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasining filiali sifatida faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalarini oilaviy poliklinikaga aylantirish yoki tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalariga biriktirilgan aholini ular joylashgan binoda tashkil etiladigan yoki boshqa oilaviy poliklinikalarga biriktirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) barcha oilaviy poliklinikalarni belgilangan tartibda raqamlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda 2025-yil yakuniga qadar 14 ta tuman (shahar)da aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami va statsionar xizmat koʻrsatishni yaxlit tizim sifatida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar sogʻliqni saqlash tizimidagi xodimlarning malaka toifalari, ish staji va lavozimlari boʻyicha bazaviy tarif stavkalarini belgilagan holda rahbar va xodimlar mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda sogʻliqni saqlash vaziriga Dasturda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi hamda amaliyotga joriy etilishi boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-185-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-185-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boʻlim boshligʻi

Boshliq oʻrinbosari — statsionar shoʻbasi boshligʻi*

Boshliq oʻrinbosari — oilaviy tibbiyot shoʻbasi boshligʻi

Boshliq oʻrinbosari — moliya-iqtisod shoʻbasi boshligʻi

Statsionar shoʻbasi

(onalik va bolalikni muhofaza qilish, statsionar xizmatlar)

2 — 4

Oilaviy tibbiyot shoʻbasi

(oilaviy poliklinikalar faoliyatini muvofiqlashtirish)

2 — 4

Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati**

Pullik, DXSH va autsorsing xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Tuman (shahar) statsionar tibbiyot muassasalari

1-2 tip oilaviy poliklinikalar

Axborot texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Sogʻlom turmush tarzi va tashkiliy-uslubiy shoʻbasi

3-4

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi, tez tibbiy yordam xizmati, nodavlat tibbiyot tashkilotlari

Inson resurslarini boshqarish xizmati**

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 — 21 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari xodimlarining cheklangan soni 21 nafar etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi boshligʻi belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida boʻlim tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman (shahar) tibbiyot boʻlimlarining tarkibiy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari — statsionar shoʻbasi boshligʻiga hududda onalik va bolalikni muhofaza qilish vazifasi yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shtat meʼyorlari asosida kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi xodimlarining umumiy cheklangan soniga kiritilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu xodimlarga tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-185-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Lavozim nomi

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

1.

Boʻlim boshligʻi

13

2.

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

12

3.

Shoʻba boshligʻi

10

4.

Bosh mutaxassis

9

5.

Yetakchi mutaxassis

8

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-185-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot muassasalarini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar va tibbiyot muassasalari nomi

Kompyuter

Planshet

Infokiosk

Smart monitor

Printer
 (qogʻoz)

Printer
(chek)

Printer
(yorliq)

Skaner
(2D)

Veb kamera
  
(MyID uchun)

1.

Samarqand shahri sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

628

700

15

73

220

53

29

97

56

2.

Ishtixon tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

499

162

15

55

60

19

18

19

34

3.

Bulungʻur tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

369

206

20

51

89

34

44

84

48

4.

Asaka tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

345

90

15

26

16

14

57

85

40

5.

Gʻijduvon tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

333

342

23

37

41

26

27

52

36

6.

Gʻallaorol tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

412

223

15

44

20

34

65

83

36

7.

Kitob tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

192

190

23

31

26

34

44

61

33

8.

Xatirchi tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

191

103

33

34

90

55

34

2

34

9.

Chortoq tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

70

198

19

56

55

55

62

40

34

10.

Denov tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

655

455

22

88

29

39

109

93

55

11.

Yangiyoʻl shahri sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

133

80

2

13

7

3

21

11

2

12.

Quva tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

389

270

20

51

35

32

52

78

44

13.

Shovot tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

235

215

13

50

76

40

35

35

40

 14.

Samarqand viloyati hududlararo xospis

10

2

4

2

2

2

2

2025-yil 1-iyulga qadar jami*

4461

3234

235

611

768

440

599

742

494

15.

Kattaqoʻrgʻon shahri sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

94

15

2

20

44

3

6

16

7

16.

Oqdaryo tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

216

216

13

23

88

17

37

61

25

17.

Jomboy tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

207

89

14

34

23

21

25

29

21

18.

Kattaqoʻrgʻon tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

242

415

14

27

72

19

22

22

30

19.

Qoʻshrabot tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

213

172

16

41

145

5

17

19

21

20.

Narpay tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

369

236

24

28

201

20

24

24

24

21.

Payariq tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

239

276

26

26

152

5

26

52

56

22.

Pastdargʻom tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

719

273

23

43

55

42

64

115

67

23.

Paxtachi tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

155

148

16

29

118

18

42

70

29

24.

Samarqand tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

341

315

4

36

189

20

14

21

19

25.

Nurobod tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

223

66

17

28

19

14

37

60

40

26.

Urgut tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

673

521

27

92

51

21

54

94

65

27.

Toyloq tumani sogʻliqni saqlash boʻlimi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

241

40

11

35

13

21

33

58

27

2025-yil yakuniga qadar jami*

3932

2782

207

462

1170

226

401

641

431

JAMI

8393

6016

442

1073

1938

666

1000

1383

925

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* tibbiyot muassasalari tajriba-sinov loyihasini joriy etish muddatlariga muvofiq bosqichma-bosqich taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati tibbiyot muassasalarida 4 700 ming metr LAN kabel yotqizilib, 1225 ta Switch (48 portli L2 4SFP kommutatori) hamda 608 ta “Firewall” dasturi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish vakolati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-185-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiy yordam koʻrsatishda aholi hamda tibbiyot xodimlarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishda ularning huquqlari va manfaatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholiga ularning sogʻligʻini saqlash bilan bogʻliq quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oʻz sogʻligʻi haqida gʻamxoʻrlik qilish, uni saqlash, mustahkamlash va tiklash boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) sogʻlom turmush tarziga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sanitariya-epidemiologik talablarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tanlangan tashxislash va davolash taktikasini amalga oshirish uchun tibbiyot xodimlarining tavsiyalarini soʻzsiz bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) oʻzida jamoat salomatligi uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklar, odamning immunitet tanqisligi virusi mavjudligi va oʻzgalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi boshqa holatlar boʻlsa, ular toʻgʻrisida tibbiyot xodimlariga xabar berish, shuningdek, boshqa odamlar bilan aloqada boʻlganda zarur ehtiyot choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) tibbiyot xodimlarining soʻroviga asosan dori vositalarini qoʻllash chogʻida avval aniqlangan allergik reaksiyalari yoki nomutanosibligi haqida ularni xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) tibbiyot xodimlarining soʻroviga asosan oʻzining va yaqin qarindoshlarining nasliy kasalliklari hamda oldin boshidan kechirgan xastaliklari haqida ularga maʼlumot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) bemorlar uchun oʻrnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) agar bemor avval boshqa tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan boʻlsa, olgan muolajalari, qoʻyilgan tashxislar va tavsiyalar haqida tibbiyot xodimlariga maʼlumot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) sogʻligʻidagi keskin yoki bosqichma-bosqich oʻzgarishlar haqida tibbiyot xodimlarini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) tibbiyot xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga hurmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(m) sogʻliqni saqlash tashkilotining mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(n) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tibbiyot xodimlari oʻz mehnat faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) amaldagi tashxislash va davolash standartlari, klinik protokollar asosida hamda vakolati doirasida bemorga tashxis qoʻyish va davolash tadbirlarini belgilash, dori va sarflov vositalarini buyurish hamda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) bemorlarning hayotini saqlab qolish maqsadida zarur tibbiy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ish beruvchidan malakali va sifatli tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur sharoit yaratilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq mehnat sharoitlarida ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) qonuniy himoyaga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) kasbiy malakasini oshirish, kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarga muvofiq malaka toifalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) tibbiy faoliyatga oid yangilik va innovatsiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) qonunchilik hujjatlariga muvofiq tibbiy va farmatsevtika jamoat birlashmalarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tibbiyot xodimlariga aholining sogʻligʻini saqlashda quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sogʻliqni saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) oʻz lavozim vazifalarini kompetensiyalari doirasida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) bemorlarga malakali va sifatli tibbiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) amaldagi tashxislash va davolash standartlari hamda klinik protokollarga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) bemorlarga samaradorligi isbotlangan dori va sarflov vositalarini asoslantirilgan holda buyurish va qoʻllash. Bunda turli farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi tashkilotlar manfaatlarini qoʻllab-quvvatlamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) bemorning tibbiy yordam soʻrab murojaat qilganligi, sogʻligʻining holati, qoʻyilgan tashxis toʻgʻrisidagi maʼlumotlari hamda uni tekshirish va davolash chogʻida olingan boshqa maʼlumotlarni sir saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) tibbiyot sohasining axloqiy va kasbiy meʼyorlariga amal qilish, tibbiy etika va deontologiya prinsiplariga rioya qilish hamda bemorlarni hurmat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) tibbiy aralashuvga bemor yoki uning qonuniy vakilining roziligi yoki rad etishini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) zarur hollarda bemor holati boʻyicha boshqa mutaxassislar ishtirokida konsilium oʻtkazish va ulardan maslahatlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) tibbiy xatolarning oldini olish va oʻz vakolati hamda kompetensiyalaridan tashqariga chiqmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) davlat mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(m) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2025-y., 07/25/185/0461-son; 05.11.2025-y., 07/25/331/1014-son; 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son; 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)