1-ILOVA
T/r | Hudud nomi | Tuman (shahar) nomi |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Chimboy tumani |
2. | Andijon viloyati | Asaka tumani |
3. | Buxoro viloyati | Gʻijduvon tumani |
4. | Jizzax viloyati | Gʻallaorol tumani |
5. | Qashqadaryo viloyati | Kitob tumani |
6. | Navoiy viloyati | Xatirchi tumani |
7. | Namangan viloyati | Chortoq tumani |
8. | Samarqand viloyati | Samarqand shahri |
9. | Bulungʻur tumani | |
10. | Ishtixon tumani | |
11. | Surxondaryo viloyati | Denov tumani |
12. | Sirdaryo viloyati | Sirdaryo tumani |
13. | Toshkent viloyati | Yangiyoʻl shahri |
14. | Fargʻona viloyati | Quva tumani |
15. | Xorazm viloyati | Shovot tumani |
2-ILOVA
T/r | Lavozimlar nomi | Eng kam oylik ish haqiga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar |
1. | Oilaviy poliklinika mudiri | 6,49 |
2. | Oilaviy shifokor | 5,63 |
3. | Tor soha mutaxassislari (umumiy amaliyot pediatri, akusher-ginekolog, UTT shifokori, shifokor rentgenolog (flyuorograf) | 5,63 |
4. | Katta hamshira | 3,81 |
5. | Tibbiyot brigadalari oʻrta tibbiyot xodimlari | 3,46 |
6. | Oʻrta tibbiyot xodimlari | 3,46 |
7. | Xoʻjalik bekasi | 2,60 |
8. | Kichik tibbiyot xodimlari | 2,16 |
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini tajriba-sinov tariqasida joriy qilish (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov loyihasi) doirasida tibbiyot muassasalarini belgilangan talablar asosida qayta tashkil qilish. | 1. Tajriba-sinov loyihasi hududlari tibbiyot muassasalarini xatlovdan oʻtkazish. Bunda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — BTSYOM) biriktirilgan aholi soni, ularning geografik joylashuvi, bino-inshootlarining holati, muassasaning quvvati, tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida tibbiy xizmat koʻrsatish uchun zarur tibbiy asbob-uskuna hamda jihozlar holati, ajratilgan shtat birliklari hamda ulardagi mavjud xodimlar soni va boshqalar aniqlanadi. | 2025 yil may | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | |
2. Xatlov natijalari asosida har bir BTSYOM negizida tajriba-sinov loyihasi asosida oilaviy poliklinikalarni (keyingi oʻrinlarda — OP) tashkil qilish. | 2025 yil iyun | ||||
3. Samarqand viloyatining barcha tuman (shahar)laridagi tibbiyot muassasalarini xatlovdan oʻtkazish va tajriba-sinov loyihasi doirasida belgilangan talablar asosida qayta tashkil etish. | 2025 yil yakuniga qadar | ||||
Tajriba-sinov loyihasi hududlari OP | 1. Tajriba-sinov loyihasi hududlari OP va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining shtat meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025 yil iyun | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | |
2. Tajriba-sinov loyihasi doirasida maqbullashtiriladigan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarga amaldagi qonunchilik asosida ogohlantirish berish, mehnat shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish hamda ularni boshqa boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish choralarini koʻrish. | 2025 yil Iyun-iyul | ||||
3. OP va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining shtat meʼyorlari asosida muassasalarning shtat jadvallarini ishlab chiqish va xodimlar bilan toʻldirish choralarini koʻrish. | |||||
BTSYOMlarini qayta tashkil etish. | 1. Amalda mavjud BTSYOMlarga biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib, quyidagi tipdagi OPlarni tashkil etish: (a) 3 000 nafargacha — OP filiali; (b) 3 001 — 12 000 nafargacha — 1-tipdagi OP; (v) 12 001 — 51 000 nafargacha — 2-tipdagi OP. Bunda 2-tipdagi OPlarga hududning geografik joylashuviga koʻra qoʻshimcha 3 000 nafargacha aholi biriktirilishi mumkin. | 2025 yil iyun | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
2. Xodimlarni shtat meʼyorlariga muvofiq lavozimlarga ishga qabul qilish, xizmat vazifalari va kompetensiyalari boʻyicha oʻqitishni tashkil qilish. | 2025 yil iyul | ||||
3. Tibbiyot xodimlarini qayta oʻqitish uchun tibbiy taʼlim muassasalarini biriktirish. | |||||
4. Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlarining rahbar xodimlari, iqtisodchi | |||||
Aholiga koʻrsatiladigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining vertikal tizimini yaratish. | 1. Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish tizimini tashkil qilish. Bunda OP filiallari va 1-tipdagi OPlarni hududning geografik holati, infratuzilmasi hamda aholi takliflarini inobatga olgan holda 2. Aholining BTSYOMlaridagi marshrutlarini amaliyotga joriy qilish. 3. Biriktirilgan aholisi 3 000 nafargacha boʻlgan hamda mavjud OPgacha uzoq masofada joylashgan mahallalarda OP filiallarini tashkil qilish. | 2025-yil | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
Tuman (shahar) markaziy shifoxonalarini tegishli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar bilan oʻzaro birlashtirib, tegishli tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining maslahat-diagnostika boʻlinmalariga aylantirish. | 1. Tuman (shahar) shifoxonalarini xatlovdan oʻtkazish. Bunda tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining yoʻnalish turi, geografik joylashuvi, bino-inshootlarining holati, muassasaning quvvati, tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida tibbiy xizmat koʻrsatish uchun zarur tibbiy asbob-uskuna hamda jihozlar holati, ularga ajratilgan shtat birliklari hamda ulardagi mavjud xodimlar soni va boshqalarni aniqlash. | 2025-yil | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | |
2. Xatlov natijalari asosida tuman (shahar) markaziy shifoxonalarini tegishli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar bilan bosqichma-bosqich oʻzaro birlashtirish choralarini koʻrish. | 2025-yil | ||||
3. Tuman (shahar) shifoxonasi bilan bir hududda joylashgan tegishli tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarini maslahat-diagnostika boʻlinmalariga aylantirish. | 2025-yil | ||||
BTSYOMlari faoliyatini tartibga solish. | BTSYOMlari faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda BTSYOMdagi barcha jarayonlarni, muassasa faoliyati, tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash | 2025 yil iyun | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
Tajriba-sinov loyihasi doirasida OPlarda autsorsing asosida stomatologiya xizmatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Tajriba-sinov loyihasi hududlari OPlarida stomatolog ish joylarini autsorsing asosida xususiy sektorga berish talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda BTSYOMda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatiga kiritilgan stomatolog xizmatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishini inobatga olish. | 2025-yil | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | |
2. OPlarda stomatolog ish joylarini autsorsing asosida xususiy sektorga bosqichma-bosqich berish. | 2025-yil iyuldan boshlab | ||||
Tajriba-sinov loyihasi doirasida amalda koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarga (keyingi oʻrinlarda — KTMP) biriktirilgan aholi uchun aholi sonidan kelib chiqib OPlar (OP filiali)ni tashkil qilish. | 1. Tajriba-sinov loyihasi doirasida KTMPlarga biriktirilgan aholi soni, bino-inshootlarining quvvati, zarur tibbiy asbob-uskuna va jihozlarning soni hamda holati, tibbiyot brigadalari soni, KTMPga yaqin joylashgan BTSYOMlari, ularga biriktirilgan aholining soni, quvvatlarini aniqlash. | 2025 yil iyun | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | |
2. Tashkil qilinishi lozim boʻlgan BTSYOMlarini zarur bino-inshootlar hamda infratuzilma bilan taʼminlash, zarur hollarda taʼmirlash-rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish boʻyicha hokimliklarga takliflar kiritish. | 2025 yil avgust | ||||
3. KTMPlarga biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib, OPlarni tashkil qilish. | 2025 yil iyun | ||||
Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot muassasalarini yangi bino-inshootlar bilan taʼminlash va mavjudlarini kapital (joriy) taʼmirlash. | 1. Tajriba-sinov loyihasi doirasida barcha tibbiyot muassasalarini xatlovdan oʻtkazish. | 2025 yil | Hisob-kitoblar asosida | Iqtisodiyot Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | |
2. Yangi tashkil qilinishi lozim boʻlgan tibbiyot muassasalari uchun yangi bino-inshootlar qurish hamda mavjud tibbiyot muassasalarining | 2025-2026-yillar | ||||
Tajriba-sinov loyihasi hududlari olis va chekka hududlarida joylashgan BTSYOMlarini avtotransport vositasi bilan taʼminlash. | 1. Tajriba-sinov loyihasi hududlari olis | 2025 yil iyul | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot | ||
2. Olis va chekka hududlarda joylashgan OPlarga tez tibbiy yordam xizmatidan boʻshagan avtotransport vositalarini biriktirish, ularda haydovchi shtat birliklarini joriy qilish. Bunda avtotransport vositalarini saqlash | 2025 yildan iyuldan boshlab | Davlat budjeti mablagʻlari | |||
Tibbiy xizmat koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish. | Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot muassasalaridagi barcha ish jarayonlarini toʻliq elektron dasturlar orqali yuritilishini taʼminlash. Bunda tibbiyot muassasalari faoliyatida qogʻoz koʻrinishidagi hujjatlar aylanishi bekor qilinishini taʼminlash. | 2025 yil iyul | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi | |
Tuman (shahar) tibbiyot muassasalarini tegishli hududning xususiyatlaridan kelib chiqib tasniflash hamda shu asosda shtat meʼyorlarini belgilash amaliyotini joriy qilish. | 1. Barcha tuman (shahar)larning geografik joylashuvi, aholi soni va hududning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib guruhlarga ajratish. 2. Tuman (shahar)larni tasniflash hamda ularning roʻyxatini tasdiqlash. 3. Ushbu tasniflash asosida tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari tasarrufidagi statsionar tibbiyot muassasalarining tuzilmasi, ularda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar yoʻnalishi | 2025 yil yakuniga qadar | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | |
Tajriba-sinov loyihasi hududlaridagi tuman (shahar) markaziy shifoxonalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash choralarini koʻrish. | 1. Tajriba-sinov loyihasi hududlaridagi tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining tibbiy asbob-uskunalarini xatlovdan oʻtkazish. | 2025-yil | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar | |
2. Tajriba-sinov loyihasi hududlaridagi BTSYOMlarini jihozlash standartlarini ishlab chiqish. | 2025-yil | ||||
3. Tuman (shahar)lar guruhlari boʻyicha tuman (shahar) markaziy shifoxonalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | |||||
4. Tuman (shahar)lar guruhlari boʻyicha tuman (shahar) markaziy shifoxonalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash standartlari asosida jihozlash boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | |||||
Murakkab amaliyotlarni amalga oshiradigan shifokorlarning oylik maoshlariga ustama toʻlash tizimini joriy qilish. | Kasallikning ogʻirlik darajasi va davolashning murakkabligidan kelib chiqib, maxsus koʻnikmalarni talab qiladigan davolash choralari hamda yuqori xavf darajasiga ega boʻlgan amaliyotlar roʻyxatini hamda ushbu asosda shifokorlar oylik maoshlariga ustama toʻlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, | |
BTSYOMlarida tibbiyot xodimlarining sayyor tibbiy xizmat koʻrsatishini yoʻlga qoʻyish. | OPdan 10 kilometrdan uzoq masofada joylashgan mahalla fuqarolik yigʻinlarida yashovchi aholi uchun tibbiyot xodimlarining sayyor tibbiy xizmatini yoʻlga qoʻyish tartibi hamda sayyor tibbiy xizmatga jalb qilingan oilaviy shifokorlarning oylik maoshlariga qoʻshimcha 50 foiz miqdorda ustama toʻlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, | |
Tibbiyot brigadalariga aholini biriktirish hamda qoʻshimcha biriktirilgan aholining har bir nafari uchun oylik maoshlariga qoʻshimcha ustama toʻlash amaliyotini joriy qilish. | 1. Tibbiyot brigadasiga aholini qoʻshimcha biriktirish hamda qoʻshimcha biriktirilgan aholining har bir nafari uchun oylik maoshlariga ustama toʻlash tartiblarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda tibbiyot brigadasiga qoʻshimcha biriktirilgan aholining har bir nafari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining shaharlarda 0,3 foizi, tumanlarda 0,5 foizi miqdorida belgilanishini inobatga olish. 2. Tibbiyot brigadasiga aholini qoʻshimcha biriktirish hamda qoʻshimcha biriktirilgan aholining har bir nafari uchun tibbiyot brigadalari xodimlarining oylik maoshlariga ustama toʻlashni amaliyotga joriy qilish. | 2025-yil | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, | |
Tibbiyot brigadasi xodimlarining malakasini oshirish. | 1. Tibbiyot brigadasi xodimlari uchun xalqaro standartlar asosida oila salomatligi boʻyicha maxsus oʻquv dasturini ishlab chiqish. | 2025-yil | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, | |
2. Tibbiyot brigadasi xodimlari uchun maxsus oʻquv dasturi asosida malaka oshirish tizimini hamda ularga malaka oshirish bosqichlari boʻyicha sertifikat berishni tashkil qilish. | 2025-yil | ||||
3. Oila salomatligi boʻyicha maxsus oʻquv dasturi asosida sertifikatlarga ega boʻlgan tibbiyot brigadasi xodimlari oylik maoshiga qoʻshimcha ustama toʻlash tartibini ishlab chiqish | |||||
Tajriba-sinov loyihasi joriy qilinadigan barcha tuman (shahar)lar tibbiyot muassasalarini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtirish tartibini joriy qilish. | 1. Tajriba-sinov loyihasi joriy qilinadigan tuman (shahar)lar tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazish. Bunda mahalliy budjetlardan Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan mablagʻlar Jamgʻarmaning yagona shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi hamda hududlar va tibbiyot muassasalari oʻrtasida qayta taqsimlanadi. | 2025-yil iyun | — | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi | |
2. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tibbiyot muassasalari oʻrtasida tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnomalar imzolash. | |||||
3. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan tibbiyot muassasalarini shartnoma asosida moliyalashtirib borish. | 2025-yil 1 iyuldan boshlab |
4-ILOVA
— | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi komissiya raisi | |
A.A. Xudayarov | — | sogʻliqni saqlash vaziri |
E.E. Adilov | — | “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi direktori |
O.R. Fazilkarimov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
E.I. Basitxanova | — | sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari |
F.M. Tashpulatov | — | sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari |
A.M. Boboyev | — | Samarqand viloyati hokimi v.b. |
Z.Sh. Ermatov | — | Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori |
B.T. Odilova | — | Sogʻliqni saqlash vazirligining masʼul xodimi, Ishchi komissiya kotibi |
5-ILOVA