12.11.2020 yildagi PQ-4891-son
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)

T/r

Tashkilot

Bo‘g‘in

Vazifalar

1.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

respublika

Jamoat salomatligini muhofaza qilish, mamlakatda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish sohalarida yagona davlat siyosatini olib borish;

aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlarga qarshi kurash�sh, aholining tibbiy madaniyatini oshirish va ommaviy sport harakatini tibbiyot profilaktikasi bilan integratsiyalashtirish bo‘yicha hamkor tashkilotlarga uslubiy yordam ko‘rsatish, qo‘shma qarorlarni qabul qilish va ularning joylardagi ijrosini muvofiqlashtirish;

aholi salomatligini muhofaza qilish va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha respublikada amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish va tahlil qilish hamda Muvofiqlashtiruvchi komissiyasiga har chorakda takliflar kiritish.

viloyat

Hududlarda aholi salomatligini muhofaza qilish va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarning joylardagi ijrosini ta’minlash;

kasalliklar profilaktikasi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni erta aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvlarini tashkil etish, natijalar tahlili va ular asosida manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish;

kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu tadbirlar targ‘ibotini tashkil etish.

tuman (shahar)

Aholi orasida kasalliklar profilaktikasi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni erta aniqlash bo‘yicha maqsadli ko‘riklar va skrining tekshiruvlarini o‘tkazish, natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish va ular asosida tuman (shahar)ning salomatlik profillarini yaratish;

jamoat salomatligini muhofaza qilish va kasalliklarni profilaktika qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;

kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha mahalla, ta’lim muassasalari va tashkilotlarda individual hamda guruhli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

2.

Maktabgacha ta’limvazirligi

respublika

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ularning tarbiyalanuvchilari hamda oshpazlari uchun gigiyenik me’yorlarga amal qilish bo‘yicha yo‘riqnoma va uslubiyatlar ishlab chiqish;

tarbiyalanuvchilar orasida sog‘lom turmush tarzi, shu jumladan sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni vertikal tizimda amalga oshirilishini nazorat qilish.

viloyat

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida talab etiladigan sharoitlarni gigiyenik me’yorlarga mos ravishda tashkil etishni muvofiqlashtirish;

tarbiyalanuvchilar orasida sog‘lom turmush tarzi, shu jumladan sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash.

tuman (shahar)

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:

sanitariya-epidemiologik talablarga rioya qilinishi;

tarbiyalanuvchilar orasida sog‘lom turmush tarzi, shu jumladan sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

tizimli ravishda Salomatlik mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ta’minlash.

3.

Xalq ta’limi vazirligi

respublika

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sanitariya qoidalari va gigiyenik normativlar bilan belgilangan talablardan kelib chiqib, vertikal tizim vazifalarini belgilash;

o‘quvchilar orasida sog‘lom turmush tarzi, shu jumladan sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish;

o‘quv xonalarining yoritilganlik darajasi, havo almashinuvi va o‘quvchilar uchun boshqa zarur optimal sharoitlar yaratilganligini nazorat qilish.

viloyat

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sanitariya qoidalari va gigiyenik normativlar bilan belgilangan talablardan kelib chiqib, xalq ta’limi bo‘limlarining aniq vazifalarini belgilash;

o‘quvchilar orasida sog‘lom turmush tarzi, shu jumladan sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv qurollari, darsliklar va maktab jihozlarining amaldagi gigiyenik normativlarga muvofiqligini ta’minlash;

o‘quv xonalarining yoritilganlik darajasi, havo almashinuvi va o‘quvchilar uchun boshqa zarur optimal sharoitlar yaratilganligini ta’minlash.

tuman (shahar)

O‘quvchilar orasida sog‘lom turmush tarzi, shu jumladan sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv qurollari, darsliklar va maktab jihozlarining amaldagi gigiyenik normativlarga muvofiqligini nazorat qilish;

maktab oshxonalarida oshpazlar tomonidan sanitariya-gigiyenik normalar talablariga rioya etilishi bo‘yicha tizimli nazorat o‘rnatish.

4.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

respublika

Ta’lim muassasalarida sanitariya qoidalari va gigiyenik normativlar bilan belgilangan talablardan kelib chiqib, vertikal tizim vazifalarini belgilash;

talabalar orasida sog‘lom turmush tarzi, shu jumladan sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish.

viloyat

Oliy ta’lim muassasalarida gigiyenik normativlar talablari hamda sanitariya qoida va me’yorlariga amal qilinishini ta’minlash hamda kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshiriladigan profilaktik hamda sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;

talabalar orasida sog‘lom turmush tarzi, shu jumladan sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

talabalar o‘rtasida yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini (davra suhbatlari, savol-javoblar, sinovlar va boshqalar) o‘tkazish.

5.

Jismoniy tarbiyava sport vazirligi

respublika

Respublikada aholi orasida jismoniy faollik va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish;

davlat muassasalari va tashkilotlarida jismoniy faollikni amalga oshirish uchun sharoitlar (maxsus sport maydonchalari yoki xonalari, faollashtiruvchi tanaffuslar) yaratilishini tizimli monitoring qilish mexanizmlarini joriy qilish;

birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari uchun tibbiy xodimlar kineziologlarni tayyorlash va kineziologiya bo‘yicha hamshiralarni qayta tayyorlash uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.

viloyat

Tuman (shahar)larda jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash va ommaviy sportni keng targ‘ib qilish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;

mahalla, muassasa va korxonalarda jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlarni amalga oshirish, ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tashkillashtirish.

tuman (shahar)

Mahalla, muassasa va korxonalarda jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlarni amalga oshirish, ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tashkillashtirish.

6.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

respublika

Aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish sohalarida Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan qo‘shma qarorlarni tuzish va ularning joylardagi ijrosini ta’minlash;

tuman (shahar)lar va viloyatlarda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash uchun har chorakda Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida vazirlik faoliyati yuzasidan hamda sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida axborot berish.

viloyat

Tuman (shahar)larda kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlarga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning joylardagi ijrosi bo‘yicha jamoat nazoratini o‘rnatish;

tuman (shahar)lar, shuningdek, mahallalarda kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida belgilangan va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha viloyat-tuman (shahar)larning mas’ul idora va tashkilotlariga, sektor rahbarlariga taqdimnomalar kiritish, shuningdek, bu boradagi muammolarni bartaraf etishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yayotgan idora va tashkilotlar hamda ularning rahbarlari faoliyati yuzasidan har chorakda xalq deputatlari viloyat Kengashlariga ma’lumot kiritish va axborot berish;

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemilogik osoyishtalikni ta’minlash borasida mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etish tegishincha oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari rahbarlarining axborotlarini eshitish bo‘yicha fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatish, mavjud muammolar bo‘yicha viloyat sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi boshqarmalariga taqdimnoma hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga ma’lumot kiritish.

tuman (shahar)

Har bir mahallada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi “Salomatlik maktabi” faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va boshqa mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarda va ular hududidagi ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash, gigiyena talablariga rioya qilish va zararli odatlarga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli tadbirlarni o‘tkazish;

har bir mahallada “G‘ayratli keksalar” sport guruhini tuzish hamda ular yordamida mahallalardagi katta yoshdagi aholi, jumladan keksa va faxriylar, nuroniy otaxon va onaxonlar orasida tungi paytlarda kamida 1 soat piyoda yurish tadbirini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, bu orqali kelajak avlodni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib etish chora-tadbirlarini belgilash;

voyaga yetmaganlarning ma’naviy, axloqiy, huquqiy, estetik, jismoniy tarbiyasida ishtirok etishi, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish maqsadida mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda har bir mahallada: “Har bir shaxs — bitta nihol”, “Mahallamni obod va ko‘rkamligiga men ham hissa qo‘shaman”, “Dadam, onam va men — sportchilar oilasimiz!”, “Futbolimiz kelajaklari”, “Charm to‘p ustalari”, “Mahallamiz pahlavonlari”, “Mahallamiz stol tennischilari”, “Biz epchil va chaqqonmiz” va hokazo sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini mahalla va tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazish;

mahallalarda keksa va yoshlarning jismoniy faolligini ta’minlash, katta yoshdagi fuqarolarning kechki sayrlarini tashkillashtirish choralarini ko‘rish;

tuman (shahar) veterinariya xizmatlari va fermerlar uyushmasi xodimlari bilan hamkorlikda aholi orasida uy hayvonlarini saqlash qoidalariga qat’iy rioya qilinishiga yo‘naltirilgan amaliy-uslubiy va boshqa targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish, mutasaddi va manfaatdor tashkilotlar tomonidan fuqarolarga yirik va mayda shoxli hayvonlar, parranda va boshqa uy hayvonlarini saqlash, parvarishlash va oziqlantirish tartiblarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan tarqatma materiallar ishlab chiqilishi va tarqatilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.

7.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

respublika

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishida ishtirok etish uchun fuqarolar, jamoatchilik birlashmalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘tkazilishida va o‘sib kelayotgan avlodda tabiat va uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish g‘oyasini shakllantirishda ishtirok etish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat boshqaruvi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.

viloyat

Atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni tegishli hududlarda tatbiq etish va ijrosini nazoratga olish;

chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni amalga oshirish; atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tegishli hududda davlat ekologik nazoratini o‘rnatish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

tuman (shahar)

Atrof-muhit omillarining inson salomatligiga ta’sirini o‘rganish natijalari orqali ishlab chiqilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish bo‘yicha rejalar ijrosini ta’minlash;

chiqindilarni yig‘ish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha tadbirlarning ishlab chiqilishini tashkillashtirish;

atrof-muhit muhofazasi, biologik xilma-xillikni saqlab qolish va oqilona foydalanishga doir masalalar muhokamasi bo‘yicha aholining keng qatlamlarida targ‘ibot tadbirlarini olib borish.

8.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

respublika

Jamoat salomatligini muhofaza qilish, jumladan sanitar-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash, kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar (sanitariya qoidalari va gigiyena normativlari, metodika va dasturlar) ishlab chiqish;

Davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda umume’tirof etilgan xalqaro uslublar asosida doimiy populatsiya tekshiruvlari, fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar, maqsadli tibbiy ko‘riklar va skrining-so‘rovnomalar o‘tkazish;

aholining kasallanish holatlarini o‘rganish, tahlil qilish, tibbiy statistik hisobotlarni yuritish, ularni kamaytirish bo‘yicha manzilli dasturlar ishlab chiqish, shuningdek, hududlardagi tibbiy xodimlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;

oziq-ovqat va iste’mol mahsulotlariga xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha xulosalar berish;

tibbiy ta’lim muassasalari bilan birgalikda kasalliklar profilaktikasi va aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari yuzasidan kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishi bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish va ularda ishtirok etish;

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

nazorat ostidagi obyektlar elektron bazasini yaratish metodologiyasini ishlab chiqish, “xavfni tahlil etish” tizimini qo‘llagan holda nazoratni olib borish, “sanitariya-epidemiologik osoyishtalik” belgisini berish mezonlarini ishlab chiqish;

kelib chiqishi oziq-ovqat bilan bog‘liq kasalliklar ustidan milliy monitoring olib borish tartibini belgilash;

hududiy boshqarmalar faoliyatini boshqarish, ularga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish.

viloyat

Aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish va ommaviy sport harakatini tibbiyot profilaktikasi bilan integratsiyalashtirishda hamkor tashkilotlarga uslubiy yordam ko‘rsatish, qo‘shma qarorlar ijrosini ta’minlash va ularning joylardagi ijrosini muvofiqlashtirish;

aholining salomatlik holatini o‘rganish, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar hamda noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tuman (shahar)larda amalga oshirilgan ishlar holatini tizimli ravishda o‘rganish, ma’lumotlarni to‘plash va har oyda bir marta “hokimlik soati”da muhokama qilish;

yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi va xavf omillarini erta aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvlarini tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish;

o‘ta xavfli, yuqumli, parazitar kasalliklar va ommaviy zaharlanishga qarshi kurashish tadbirlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, yuqumli kasalliklarni aniqlash uchun laboratoriya tahlillarini o‘tkazish, aholini ionlantiruvchi nur manbalari va radiatsiya xavfidan himoyalash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, tuman (shahar)lar hududida sanitariya-gigiyena hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishin� nazorat qilish, aholining sanitariya-gigiyena masalalari, karantin, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli hamda parazitar kasalliklar, zaharlanishlarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarning oldini olish bo‘yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;

oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, tumanlararo sanitariya-gigiyena laboratoriyalari orqali tahlillar o‘tkazish va oziq-ovqat hamda iste’mol mahsulotlariga xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha xulosalar berish;

aholining salomatlik ko‘rsatkichlari va kasallanish darajasi bo‘yicha statistik ma’lumotlar bazasini shakllantirish, tuman (shahar)lar kesimida tahlil qilish;

nazorat ostidagi obyektlar elektron bazasini shakllantirish, “xavfni tahlil etish” tizimini qo‘llagan holda obyektlarda nazorat olib borish, “sanitariya-epidemiologik osoyishtalik” belgisini berish;

obyektlarda aniqlangan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasida qonun buzilishlari bo‘yicha ma’muriy javobgarlik va boshqa ta’sir (faoliyatni to‘xtatish, taqiqlash, cheklash va boshqa) choralarini qo‘llash;

kelib chiqishi oziq-ovqat bilan bog‘liq kasalliklar ustidan monitoring olib borish;

obyektlarni foydalanishga qabul qilishda sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga muvofiqligi to‘g‘risida sanitariya-epidemiologik xulosa berish;

tuman (shahar) filiallarining faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish.

tuman (shahar)

Kasalliklar va u�arni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini erta bosqichlarda aniqlash bo‘yicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida maqsadli tibbiy ko‘riklar va skrining tekshiruvlarini o‘tkazish;

aholining salomatlik holatini o‘rganish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli bo‘lmagan hamda noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish bo‘yicha qishloq vrachlik punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda amalga oshirilgan ishlar holatini tizimli ravishda o‘rganish, ma’lumotlarni to‘plash va har oyda bir marta “hokimlik soati”da muhokama qilish;

sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va aholining tibbiy madaniyatini oshirish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini mahallalar, ta’lim muassasalar va tashkilotlarda o‘tkazish;

o‘ta xavfli, yuqumli va parazitar kasalliklarni laboratoriya tahlillari orqali aniqlash, kasallik o‘choqlarida profilaktik hamda epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, hududda karantin, o‘ta xavfli, yuqumli hamda parazitar kasalliklar, zaharlanishlar, shuningdek, yuqumli bo‘lmagan ommaviy kasalliklarni laboratoriya tahlili asosida aniqlash, kasallik o‘choqlarini likvidatsiya qilish va profilaktik tadbirlarni belgilash hamda aholining sanitariya-gigiyena masalalari, karantin, o‘ta xavfli, yuqumli va parazitar kasalliklar, zaharlanish hamda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillar bo‘yicha xabardorligini oshirish;

oziq-ovqat va iste’mol mahsulotlariga xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha xulosalar berish;

aholining kasallanish holatini o‘rganish, ma’lumotlarni to‘plash, tibbiy statistika hisobotini yuritish;

nazorat ostidagi obyektlarda sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga rioya etilishi ustidan tekshiruvlar (laboratoriya-instrumental usullarni qo‘llagan holda) o‘tkazish;

tekshiruv natijala�iga ko‘ra obyektlarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlarga mosligini baholash va ularni xavflilik darajasi bo‘yicha toifalarga ajratish;

sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisini berish jarayonida obyektda sanitariya-epidemiologiya dalolatnomasini rasmiylashtirish;

tekshirish davomida aniqlangan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasida qonun buzilishlari holatlari bo‘yicha ma’muriy javobgarlik va boshqa ta’sir choralarini qo‘llash bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish;

tekshirish natijasi yuzasidan obyektlarning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning ijrosini nazorat qilish;

oziq-ovqat xomashyosi va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi obyektlar faoliyatining sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi yuzasidan nazorat qilish.

9.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

respublika

Aholi salomatligini muhofaza qilish va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha respublikada amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish va tahlil qilish hamda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga har chorakda takliflar kiritish.

viloyat

Hududda aholi salomatligini muhofaza qilish va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, amalga oshirilgan ishlarni “hokimlik soatlari”da tahlil qilish.

tuman (shahar)

Aholi salomatligini muhofaza qilish va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha mutasaddi muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, amalga oshirilgan ishlarni “hokimlik soatlari”da tahlil qilish.

a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 1-ilovadan “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi” bloki chiqarib tashlansin.