19.05.2025 yildagi PQ-188-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq maʼmuriy hujjatlar boʻyicha nizolarni sudgacha koʻrib chiqishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi maʼmuriy hujjatlar boʻyicha nizolarni sudgacha koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmoniga muvofiq 2026-yil 1-iyulga qadar huquqiy eksperiment tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy hujjatlarni sudgacha koʻrib chiqishning yangi tartibi joriy etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida apellyatsiya kengashlari (keyingi oʻrinlarda — apellyatsiya kengashlari) tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) maʼmuriy organlarning davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan maʼmuriy hujjatlarini apellyatsiya kengashlari tomonidan koʻrib chiqish manfaatdor shaxslarning shikoyatlari hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishni monitoring qilish natijalariga koʻra amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) apellyatsiya kengashlarining qarorlari yuzasidan manfaatdor shaxs tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkinligi, maʼmuriy organlar uchun esa mazkur qarorlar qatʼiy hisoblanishi va ularning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emasligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini sudgacha koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda — Vaqtinchalik nizom) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashining namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashining namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) apellyatsiya kengashlari Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilingan maʼmuriy hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini sudgacha koʻrib chiquvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kollegial organlar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tegishliligiga koʻra apellyatsiya kengashlarining ishchi organlari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) apellyatsiya kengashlari maʼmuriy hujjatlarni sudgacha koʻrib chiqish orqali ularni qisman yoki toʻliq bekor qilish, shuningdek, maʼmuriy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish boʻyicha maʼmuriy organga majburiyat yuklash haqida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) apellyatsiya kengashlari oʻz faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) apellyatsiya kengashlarining qarorlari qonunchilikda belgilangan tartibda “E-qaror” elektron tizimiga joylashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Huquqiy eksperiment doirasida tegishli davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha vakolatli organlarning birinchi rahbarlariga quyidagilarni taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) apellyatsiya kengashlarining qonuniy talablarini soʻzsiz bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) apellyatsiya kengashlari qarorlarining ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) axborot tizimlarida shikoyatlarni koʻrib chiqish bosqichlarini uzluksiz kuzatib borish hamda apellyatsiya kengashlarining qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan texnik imkoniyatlarni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida va tegishli davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha vakolatli organlarning axborot tizimlarida quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) apellyatsiya kengashlarining qarorlarini manfaatdor shaxslarning shaxsiy kabinetiga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) manfaatdor shaxslar tomonidan maʼmuriy organning davlat xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq qarori ustidan berilgan shikoyatni ushbu davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha ilgari berilgan ariza bilan oʻzaro bogʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) apellyatsiya kengashlari tomonidan vakolatli organlarning maʼmuriy hujjatini oʻzgartirish, qisman yoki toʻliq bekor qilish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, ushbu davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha berilgan arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida qayta koʻrib chiqish bosqichiga oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) shikoyatlar statistikasiga oid maʼlumotlarni eʼlon qilib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Manfaatdor vazirlik va idoralarning rahbarlari apellyatsiya kengashlari aʼzolarining mazkur kengashlar faoliyatida muntazam ravishda ishtirok etib borishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasiga apellyatsiya kengashlari tomonidan shikoyatlarni hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishni monitoring qilish natijalarini koʻrib chiqish jarayonida mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish va ular bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda apellyatsiya kengashlari faoliyati bilan bogʻliq barcha xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan, jalb qilingan mutaxassis va ekspertlarga haq toʻlash Adliya vazirligining va Toshkent shahar adliya boshqarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Adliya vazirligi huquqiy eksperiment natijalari boʻyicha maʼmuriy hujjatlarni sudgacha koʻrib chiqishning yangi tartibini toʻliq joriy etish yuzasidan takliflarni 2026-yil 1-avgustga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-188-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-188-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini sudgacha koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashi (keyingi oʻrinlarda — apellyatsiya kengashlari)ning maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish hamda apellyatsiya kengashlari tomonidan maʼmuriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini sudgacha koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Vaqtinchalik nizom qoidalari arizalar qaysi hududdan berilganidan qatʼi nazar Toshkent shahrida koʻrsatiladigan quyidagi davlat xizmatlariga nisbatan tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan (qayta davlat roʻyxatidan) oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan yuridik shaxslarni (davlat organlari va muassasalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, yuridik shaxslar birlashmalari, advokatlik tuzilmalarini) davlat roʻyxatidan (qayta davlat roʻyxatidan) oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini oʻzgartirish, toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarni Professional mediatorlar reyestriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik maslahatchilar tashkilotini Yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlari reyestriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlariga sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki bitiruvchisi boʻlgan yoshlarga isteʼmol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga oʻqish va imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini oʻlchash vositasi va tizimini plombalash hamda elektr taʼminoti shartnomasini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish (yechish va ulash bilan birga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish (yechish va ulash bilan birga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, oʻrnatish va tamgʻalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suvini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, oʻrnatish va tamgʻalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulanadigan quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlmagan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1,2 MPa bosimdan yuqori boʻlmagan gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Apellyatsiya kengashlari tegishliligiga koʻra respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining hamda ularning Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalarining tegishli davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq maʼmuriy hujjatlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini sudgacha koʻrib chiquvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kollegial organlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Apellyatsiya kengashlari tomonidan maʼmuriy hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini koʻrib chiqish uchun manfaatdor shaxslarning shikoyatlari hamda davlat xizmatlari koʻrsatilishini monitoring qilish natijalari asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — tegishli davlat xizmatlari yuzasidan maʼmuriy hujjatni qabul qilgan maʼmuriy organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxs — huquqlari va qonuniy manfaatlari tegishli davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilingan maʼmuriy hujjatga bevosita daxldor boʻlgan jismoniy va yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat — manfaatdor shaxs yoki uning vakili tomonidan vakolatli organlarning tegishli davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilgan maʼmuriy hujjatlari ustidan yoʻllangan shikoyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Apellyatsiya kengashlari tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqqanlik uchun toʻlovlar undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Manfaatdor shaxslar tomonidan apellyatsiya kengashlariga shikoyat qilish ixtiyoriy boʻlib, bu ularning tegishli davlat organlari va tashkilotlarining yuqori turuvchi organlariga yoki bevosita sudga murojaat qilish huquqini cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlarda koʻrib chiqilgan yoki koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha yoʻllangan shikoyatlar apellyatsiya kengashlari tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Apellyatsiya kengashlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Vaqtinchalik nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Apellyatsiya kengashlari oʻz faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Apellyatsiya kengashlari murojaatlarni koʻrib chiqishda teng huquqlilik, xolislik, qonuniylik, kollegiallik va huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligini taʼminlash hamda murojaat etuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish prinsiplariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Apellyatsiya kengashlarining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar apellyatsiya kengashlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Vaqtinchalik nizomning 1-bandida nazarda tutilgan davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — tegishli davlat xizmatlari) yuzasidan qabul qilingan maʼmuriy hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini sudgacha koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarning maʼmuriy-huquqiy faoliyatida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish va taʼminlash yuzasidan choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatlarni koʻrib chiqishda aniqlangan qonunchilik hujjatlaridagi tafovut va huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Manfaatdor shaxslarning shikoyatlari apellyatsiya kengashlari tomonidan maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Apellyatsiya kengashlarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Apellyatsiya kengashlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarning tegishli davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilgan maʼmuriy hujjatlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini sudgacha koʻrib chiqish natijasiga asosan ushbu maʼmuriy hujjatlarni oʻzgartirish, qisman yoki toʻliq bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish (bundan qonunchilikka muvofiq faqat sud tartibida oʻzgartiriladigan yoki bekor qilinadigan hujjatlar mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlarni, shuningdek, boshqa asoslovchi maʼlumotlarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlardan bepul tarzda soʻrash va olish, bunda vakolatli organlar tomonidan soʻralgan maʼlumotlar besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, xorijiy mutaxassis va ekspertlarni, shuningdek, davlat organlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlardan mutaxassis va ekspertlarni taklif qilish hamda ishchi va ekspert guruhlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Apellyatsiya kengashlari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga va mazkur Vaqtinchalik nizom talablariga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitishga hamda ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy shikoyatlarning koʻrib chiqilishi natijasi yuzasidan asoslangan qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy hujjatlarni koʻrib chiqish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonunchilik hujjatlari bilan cheklangan boʻlsa, sir saqlanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Apellyatsiya kengashlari faoliyatini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Apellyatsiya kengashlari tarkibiga tegishliligiga koʻra ularning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va aʼzolari kiradi. Bunda apellyatsiya kengashlari kotibi ishlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagi holatlarda apellyatsiya kengashlari aʼzolari uning tarkibidan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular ishlayotgan tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida muomala layoqati cheklanganda, shuningdek, ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz arizasiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Apellyatsiya kengashlari aʼzolari quyidagi hollarda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan majlisda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy hujjatni koʻrib chiqish natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligi va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxsning, shuningdek, tegishli davlat xizmatlari yuzasidan maʼmuriy hujjatni qabul qilgan vakolatli organ mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlsa, apellyatsiya kengashlari aʼzosi oʻzini oʻzi rad qilish haqida arz qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Manfaatdor shaxslar ushbu Vaqtinchalik nizomning 17-bandidagi asoslarga koʻra apellyatsiya kengashlari aʼzosini rad qilish haqida arz qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish haqidagi ariza asoslantirilgan boʻlishi va shikoyatni apellyatsiya kengashlari tomonidan koʻrish boshlanguniga qadar maʼlum qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashlari aʼzolarini rad qilish tegishliligiga koʻra apellyatsiya kengashlari raislarining tashabbusiga koʻra ham koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Shikoyat koʻrilayotganda oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish haqida ariza berishga, agar oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish uchun asos ariza bergan shaxsga shikoyatni mazmunan koʻrish boshlanganidan keyin maʼlum boʻlib qolgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asos boʻyicha takroran rad qilish bildirilishi mumkin emas. Takroran rad qilish bildirilgan taqdirda, u koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Apellyatsiya kengashlari aʼzolarining oʻzini oʻzi rad qilishi yoki uni rad qilish toʻgʻrisidagi masala tegishliligiga koʻra apellyatsiya kengashlari raislari tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Apellyatsiya kengashlarining raislari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi va zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlarining majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari vakolatiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar bilan munosabatlarda apellyatsiya kengashlari nomidan ish koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari nomidan qarorlarni, majlislar bayonnomalarini va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari majlislari kun tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apellyatsiya kengashlari raislari boʻlmagan taqdirda, ularning vazifalarini tegishliligiga koʻra ularning oʻrinbosarlari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Apellyatsiya kengashlarining kotiblari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslarning shikoyatlarini ish yurituvga qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlarining navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibiga muvofiq apellyatsiya kengashlari majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari majlisi oʻtkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar roʻyxatini apellyatsiya kengashlarining raislari bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlarining aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni apellyatsiya kengashlari majlisi oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan materiallarni apellyatsiya kengashlari aʼzolariga tarqatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari majlislari qarorlari va bayonnomalarini rasmiylashtiradi hamda qarorlar nusxalarining apellyatsiya kengashlari aʼzolari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga joʻnatilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari qarorlarining mazkur Vaqtinchalik nizomda belgilangan tartibda “E-qaror” elektron tizimiga joylashtirib borilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari qarorlarining ijro holatini oʻrganib boradi hamda uning natijalarini apellyatsiya kengashlari majlisida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlarining faoliyatini uslubiy, tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash boʻyicha apellyatsiya kengashlari raislariga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari majlislari qarorlari, bayonnomalari hamda manfaatdor shaxslarning shikoyatlarini koʻrib chiqish davomida toʻplangan boshqa hujjatlarning belgilangan tartibda saqlanishi va tegishli arxivlarga topshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlarining zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Apellyatsiya kengashlarining aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun vakolatli organlar tomonidan tashkil etiladigan hayʼat majlislarida va boshqa tadbirlarda ishtirok etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishda qatnashishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari majlislarida oʻz fikrini mustaqil ravishda bildirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya kengashlari zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Apellyatsiya kengashlari faoliyatiga fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga asosan boshqa tashkilotlardan mutaxassis va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Manfaatdor shaxslar tomonidan shikoyat qilish hamda apellyatsiya kengashlari tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan shikoyat qilish hamda ularni (davlat xizmatlari koʻrsatilishini monitoring qilish natijalarini) apellyatsiya kengashlarida koʻrib chiqish ushbu Vaqtinchalik nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Manfaatdor shaxs yoki uning vakili davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda davlat xizmatlari markazi xodimi manfaatdor shaxs nomidan, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali shikoyat qilgan taqdirda esa mustaqil ravishda ushbu Vaqtinchalik nizomning 2-ilovasiga muvofiq namunaviy shakldagi shikoyatni elektron tarzda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agar shikoyat manfaatdor shaxsning vakili tomonidan berilgan boʻlsa, shikoyatga ishonchnomaning yoki vakil vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatga boshqa asoslovchi maʼlumotlar va hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Manfaatdor shaxs yoki uning vakili davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning shikoyati davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, manfaatdor shaxs yoki uning vakili tomonidan tasdiqlanganidan soʻng real vaqt rejimida apellyatsiya kengashlariga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali murojaat qilinganda shikoyat tegishli davlat xizmati turidan kelib chiqib, avtomatik tarzda apellyatsiya kengashlariga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashining ish yurituvida boʻlgan ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashi tomonidan koʻrib chiqish uchun talab qilib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Apellyatsiya kengashlarining kotibi (keyingi oʻrinlarda — kotib) manfaatdor shaxsning shikoyatini u kelib tushgan kunda, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan boʻlsa, keyingi ish kunida roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotib ikki ish kuni ichida kelib tushgan shikoyatdagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini, shuningdek, ushbu Vaqtinchalik nizomning 33-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Quyidagi holatlarda shikoyatlarni koʻrib chiqish apellyatsiya kengashlari tomonidan rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatda koʻtarilgan masalalar (holatlar) sudda koʻrib chiqilgan yoki koʻrib chiqilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat tegishli davlat xizmatlariga taalluqli boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxs tomonidan yolgʻon (qalbaki) maʼlumotlar taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy hujjat kuchga kirganiga oʻttiz kundan oʻtgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Shikoyat rad etilgan taqdirda, kotib tegishli xulosa tuzadi va xulosa apellyatsiya kengashlari raislari tomonidan tasdiqlanib, manfaatdor shaxs bu haqda bir ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Shikoyat apellyatsiya kengashlariga kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish talab etilganda, ularni koʻrib chiqish muddati apellyatsiya kengashlari raislari tomonidan uzogʻi bilan yana oʻn besh kunga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kotib apellyatsiya kengashlari aʼzolarini, manfaatdor shaxs yoki uning vakilini hamda vakolatli organni apellyatsiya kengashlari majlisi oʻtkaziladigan kundan kamida uch kun oldin majlis oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Apellyatsiya kengashlarining aʼzolari oʻz majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatini boshqa shaxslarga oʻtkazish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Apellyatsiya kengashlarining majlislari zaruratga koʻra, lekin kamida bir oyda bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Apellyatsiya kengashlarining majlisi, agar unda aʼzolarning yarmidan koʻpi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, apellyatsiya kengashlarining yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Apellyatsiya kengashlarining majlislarini ularning raislari olib boradi. Rais ishtirok eta olmagan holatlarda, majlisni tegishliligiga koʻra ularning oʻrinbosarlari olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashlarining majlislariga boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashlarining majlislari kengash raisining qaroriga koʻra va manfaatdor shaxsga bu haqda xabar berilgan holda audio- va videotasvirga, shuningdek, fotosuratga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audio- va videoyozuv, fotosuratlar manfaatdor shaxs va vakolatli organga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Apellyatsiya kengashlarining aʼzolari, manfaatdor shaxs yoki uning vakili hamda vakolatli organ mansabdor shaxslari majlislarda videokonferensaloqa vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Apellyatsiya kengashlari majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan manfaatdor shaxsning va ishga aloqador boshqa shaxslarning kelmaganligi shikoyatni apellyatsiya kengashlari tomonidan ularning ishtirokisiz koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Apellyatsiya kengashlari oʻz majlislarida manfaatdor shaxsning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek, ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Apellyatsiya kengashlarining qarori majlisda ishtirok etayotgan apellyatsiya kengashlari aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Bunda hech bir aʼzo ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng boʻlgan hollarda majlisga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Apellyatsiya kengashlarining majlisi yakunlari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy hujjatni oʻzgartirishsiz oʻz kuchida qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy hujjatga oʻzgartirish kiritish boʻyicha vakolatli organga majburiyat yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy hujjatni qisman yoki toʻliq bekor qilish hamda vakolatli organ tomonidan davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha arizani qayta koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Apellyatsiya kengashlarining qarori majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan (zaruratga koʻra elektron shaklda) imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qarorga qoʻshilmagan apellyatsiya kengashlari aʼzosi qarorni imzolab, oʻzining alohida fikrini yozma shaklda taqdim qiladi. Alohida fikr ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda apellyatsiya kengashlarining qarorlari tegishliligiga koʻra Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasida qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Apellyatsiya kengashlarining qarorlari uch ish kunidan kechiktirmay “E-qaror” elektron tizimida joylashtiriladi, bunda mazkur qarorda qonunchilikda oshkor qilinishi taqiqlangan maʼlumotlarning oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Apellyatsiya kengashlarining qarorlari ustidan manfaatdor shaxs tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin, vakolatli organlar uchun esa mazkur qarorlar qatʼiy hisoblanadi va ular tomonidan qaror ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Apellyatsiya kengashlarining majlis bayonnomasi kotib tomonidan imzolanadi va majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Apellyatsiya kengashlarining qarorlari uch ish kuni ichida vakolatli organ va manfaatdor shaxsga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Apellyatsiya kengashlarining qarorlari vakolatli organlar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ mansabdor shaxslari qaror va u bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Apellyatsiya kengashlari tomonidan vakolatli organning maʼmuriy hujjatini oʻzgartirish, qisman yoki toʻliq bekor qilish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, ushbu davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha berilgan ariza YIDXP va (yoki) vakolatli organlarning tegishli xizmatlar boʻyicha axborot tizimlarida qayta koʻrib chiqish bosqichiga qaytariladi. Bunda manfaatdor shaxslar tomonidan davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha qayta ariza berish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Apellyatsiya kengashlarining maʼmuriy hujjatni oʻzgartirish haqidagi qaroriga asosan qayta koʻrib chiqish bosqichiga oʻtgan arizalar uch ish kuni ichida hamda qisman yoki toʻliq bekor qilish haqidagi qaror yuzasidan qayta koʻrib chiqish bosqichiga oʻtgan arizalar tegishli davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha reglamentlarda belgilangan muddatlarda va manfaatdor shaxsdan haq undirilmasdan vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha arizalar qayta koʻrib chiqilganidan soʻng vakolatli organ bir ish kuni ichida bu haqda apellyatsiya kengashlarini xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan apellyatsiya kengashlarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarining ijrosi taʼminlamaganligi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni buzish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tegishli davlat xizmatlari koʻrsatilishini monitoring qilish natijalarini apellyatsiya kengashlari tomonidan koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Tegishli davlat xizmatlari koʻrsatilishini monitoring qilish Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Monitoring natijalari boʻyicha apellyatsiya kengashlari tomonidan qonunchilikka muvofiqligi koʻrib chiqiladigan maʼmuriy hujjatlar har oy yakunida kotiblarga taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Kotiblar monitoring natijalari boʻyicha taqdim etilgan maʼmuriy hujjatlarni apellyatsiya kengashlari tomonidan qonunchilikka muvofiqligini koʻrib chiqish uchun uch ish kuni ichida apellyatsiya kengashlari muhokamasiga kiritadi va bu haqda manfaatdor shaxslarni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Tegishli davlat xizmatlari koʻrsatilishini monitoring qilish natijalari boʻyicha maʼmuriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligi apellyatsiya kengashlari tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizomning 5-bobida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Vakolatli organ tomonidan manfaatdor shaxsga yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq masalalar sud tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Apellyatsiya kengashlari tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqish paytida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlangan taqdirda, tegishli hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Apellyatsiya kengashlari faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan, jalb qilingan mutaxassis va ekspertlarga haq toʻlash Adliya vazirligining va Toshkent shahar adliya boshqarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini sudgacha koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashlariga shikoyat qilish va shikoyatlar (davlat xizmatlari koʻrsatilishini monitoring qilish natijalari)ni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

1. Manfaatdor shaxs

1. Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki YIDXP orqali shikoyat qiladi.

Maʼmuriy hujjat kuchga kirgan kundan 30 kun ichida

2. Adliya vazirligi, Toshkent shahar adliya boshqarmasi

2. Tegishli davlat xizmatlari koʻrsatilishini monitoring qilib boradi.

Doimiy ravishda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi xodimi

1. Shikoyatni manfaatdor shaxs nomidan toʻldirib, tegishliligiga koʻra apellyatsiya kengashlariga yuboradi.

Shikoyat toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. Manfaatdor shaxs

2. YIDXP orqali toʻldirilgan shikoyatni tegishliligiga koʻra apellyatsiya kengashlariga yuboradi.

Real vaqt rejimida

3. Adliya vazirligi, Toshkent shahar adliya boshqarmasi

3. Monitoring natijasida aniqlangan va apellyatsiya kengashlari tomonidan qonunchilikka muvofiqligi koʻrib chiqiladigan maʼmuriy hujjatlarni apellyatsiya kengashlari kotiblariga taqdim etib boradi.

Har oy yakunida

3-bosqich

Apellyatsiya kengashlari kotiblari

1. Manfaatdor shaxsning shikoyatini roʻyxatdan oʻtkazadi hamda shikoyatning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi.

2 ish kuni ichida

2. Monitoring natijalari boʻyicha qonunchilikka muvofiqligi koʻrib chiqiladigan maʼmuriy hujjatlarni apellyatsiya kengashlari muhokamasiga kiritadi va bu haqda manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

1. Apellyatsiya kengashlari

1. Shikoyat belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, uni koʻrib chiqishni rad etadi va bu haqda manfaatdor shaxsni xabardor qiladi.

1 ish kuni ichida

2. Apellyatsiya kengashlari kotiblari

2. Apellyatsiya kengashlari aʼzolarini, manfaatdor shaxs yoki uning vakilini hamda vakolatli organni apellyatsiya kengashlari majlisi oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi.

Majlis oʻtkaziladigan kundan kamida 3 kun oldin

5-bosqich

1. Apellyatsiya kengashlari

1. Manfaatdor shaxsning shikoyatini (monitoring natijalarini) koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijasi yuzasidan qaror qabul qiladi.

15 kun ichida (alohida hollarda 30 kunga qadar)

2. Apellyatsiya kengashlari kotiblari

2. Apellyatsiya kengashlarining qarorlarini manfaatdor shaxs va vakolatli organga yuboradi hamda “E-qaror” elektron tizimiga joylashtiradi.

Qaror qabul qilingan kundan 3 ish kuni ichida

6-bosqich

Vakolatli organlar

1. Apellyatsiya kengashlarining maʼmuriy hujjatni oʻzgartirish haqidagi qaroriga asosan qayta koʻrib chiqish bosqichiga oʻtgan arizalarni koʻrib chiqadi.

3 ish kuni ichida

2. Apellyatsiya kengashlarining maʼmuriy hujjatni qisman yoki toʻliq bekor qilish haqidagi qarori yuzasidan qayta koʻrib chiqish bosqichiga oʻtgan arizalarni koʻrib chiqadi.

Tegishli maʼmuriy reglamentlarda belgilangan muddatlarda

3. Davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha arizalar qayta koʻrib chiqilganidan soʻng bu haqda apellyatsiya kengashlarini xabardor qiladi.

1 ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini sudgacha koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashlariga manfaatdor shaxslar tomonidan yuboriladigan shikoyatning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Manfaatdor shaxs — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar

1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

2. Pasport (ID karta) seriyasi va raqami

Avtomatik tarzda shakllanadi

3. Jismoniy shaxsning F.I.O.

Avtomatik tarzda shakllanadi

4. Jismoniy shaxsning yashash manzili

Avtomatik tarzda shakllanadi

5. Telefon raqami

II. Manfaatdor shaxs — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar

1. Yuridik shaxsning STIR

2. Yuridik shaxsning toʻliq nomi

Avtomatik tarzda shakllanadi

3. Yuridik shaxsning yuridik manzili

Avtomatik tarzda shakllanadi

4. Yuridik shaxsning bank rekvizitlari

Avtomatik tarzda shakllanadi

5. Telefon raqami

III. Shikoyatga oid maʼlumotlar

1. Maʼmuriy hujjatni qabul qilgan maʼmuriy organning nomi

2. Maʼmuriy hujjat rekvizitlari (maʼmuriy organga berilgan ariza raqami)

3. Shikoyatning tavsifi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-188-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimiga koʻra

—

adliya vazirining sohaga masʼul oʻrinbosari, Apellyatsiya kengashi raisi

Lavozimiga koʻra

—

Adliya vazirligi Huquqni qoʻllash departamenti boshligʻi, Apellyatsiya kengashi raisi oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

—

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

—

maʼmuriy hujjati koʻrib chiqilayotgan vakolatli organ rahbari oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

—

Adliya vazirligi Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boshqarmasi boshligʻi, Apellyatsiya kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratga koʻra, Apellyatsiya kengashi faoliyatiga boshqa mutaxassis va ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-188-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimiga koʻra

—

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi, Apellyatsiya kengashi raisi

Lavozimiga koʻra

—

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Apellyatsiya kengashi raisi oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning Toshkent shahar shoʻbasi bosh inspektori

Lavozimiga koʻra

—

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshligʻi

Lavozimiga koʻra

—

maʼmuriy hujjati koʻrib chiqilayotgan vakolatli organning Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi rahbari

Lavozimiga koʻra

—

Toshkent shahar adliya boshqarmasi Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik taʼminlash shoʻbasi mudiri, Apellyatsiya kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratga koʻra, Apellyatsiya kengashi faoliyatiga boshqa mutaxassis va ekspertlar jalb etilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 07/25/188/0455-son)