08.07.2021 yildagi 431-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son farmonlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 3-sentabrdagi PQ-4818-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish hamda ularni maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish va koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan davlat organlariga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) elektron shaklda yuborish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, jabrlanuvchi, guvoh va xolislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, saqlash va tahlil qilish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar oʻrtasida idoralararo axborot almashishning yagona markazlashtirilgan elektron tizimini yuritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni vakolatli organlar tomonidan joyida planshet va kompyuter yordamida rasmiylashtirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy bayonnoma va maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni elektron shaklda rasmiylashtirish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimini (keyingi oʻrinlarda — “E-ma'muriy ish” tizimi) tashkil etish, uning sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, shuningdek, maʼmuriy bayonnoma tuzishda, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda vakolatli davlat organlarining tizimdan samarali foydalanishlarini taʼminlash boʻyicha masʼul organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-ma'muriy ish” tizimini yuritishda maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha guvoh, jabrlanuvchi, xolis va huquqbuzarning shaxsi elektron raqamli imzo (barmoq izi yoki grafik imzo)dan foydalangan holda identifikatsiya qilinadi hamda ishni koʻrib chiqayotgan vakolatli organlarning mansabdor shaxslari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar va ishga taalluqli hujjatlar QR-kod bilan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organlar tomonidan tekshirish, zarur maʼlumotlarni olish hamda ulardan foydalanish “E-ma'muriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatida Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Maʼmuriy amaliyot” moduli orqali yuritiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-maydagi 199-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha elektron shakldagi maʼlumotlar arxivini (ish hujjatlarining elektron shaklini) saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-ma'muriy ish” tizimidagi maʼlumotlar vakolatli organlarning mansabdor shaxslari foydalanadigan maʼlumotlar hisoblanadi hamda ular ushbu maʼlumotlar bilan faqat qonunchilik hujjatlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun tanishishi hamda foydalanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlarning yetkazib berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish mexanizmini ishlab chiqsin va joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga hamda protsessning boshqa ishtirokchilariga (jabrlanuvchi, guvoh, xolislar va boshqa ishtirokchilarga) ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida elektron xabarnoma yuborish mexanizmini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekiston pochtasi” AJ “E-ma'muriy ish” tizimi orqali elektron shaklda tushgan maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlarning qogʻoz shaklida maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga belgilangan tartibda yetkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, ishni koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarni maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilish hamda ish boʻyicha qabul qilingan qarorlarni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar, ishni koʻrib chiqayotgan vakolatli organning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2021-yil 1-sentabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda sud qarori bilan yoki boshqa sabablarga koʻra bekor qilingan maʼmuriy jarimalarni yoki kamaytirilgan jarimaning farqi summasini avtomatlashtirilgan tarzda fuqarolarga qaytarish mexanizmini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “E-ma'muriy ish” tizimiga maʼmuriy jarimalarni qaytarilganligi haqidagi maʼlumotlar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda “E-ma'muriy ish” tizimidan foydalangan holda avtomototransport vositalarini jarima maydonchalariga qoʻyish va ularni chiqarish tartibini raqamli texnologiyaga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda barmoq izlari hamda yuz tuzilishi orqali shaxslarni avtomatlashtirilgan multibiometrik identifikatsiya qilish imkonini beruvchi platformani yaratish va server qurilmalarini xarid qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vakolatli organlar maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni elektron shaklda shakllantirish maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda ushbu qaror talablariga muvofiq yuritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalardan kelib chiqib ichki ishlar organlarining “E-ma'muriy ish” tizimini yuritishga masʼul boʻlgan sohaviy va hududiy boʻlinmalarining tashkiliy-shtat tuzilmasi qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati, shu jumladan, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni “E-ma'muriy ish” tizimi orqali yuritishning maqsadi hamda uni qoʻllash tartibi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
431-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 431-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarliklar (keyingi oʻrinlarda — huquqbuzarlik) yuzasidan ish yuritish va tegishli jazo choralarini qoʻllash vakolatiga ega boʻlgan davlat organlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar)ning Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-ma'muriy ish” tizimi) orqali huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy ish) elektron shaklda yuritish tartibini belgilaydi, Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatida Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Maʼmuriy amaliyot” moduli orqali yuritiladigan yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlar bundan mustasno.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-maydagi 199-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼmuriy ishlarni “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali yuritish Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼmuriy ishlarni “E-ma'muriy ish” tizimi orqali yuritish tartibini joriy etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-ma'muriy ish” tizimi — huquqbuzarlik sodir etilgan holat yuzasidan maʼmuriy ish hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish va shakllantirish, vakolatli organga elektron yuborish hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs (keyingi oʻrinlarda — huquqbuzar), jabrlanuvchi, guvoh va xolislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish, shuningdek, vakolatli organlar oʻrtasida idoralararo axborot almashishning yagona markazlashtirilgan elektron tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ejarima.uz veb-sayti — huquqbuzar va unga qoʻllanilgan jazo choralari haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning videotexnika vositalari orqali yoʻl harakati ishtirokchilari (yoʻlovchi va piyodalar bundan mustasno) tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan maʼlumotlarni internet jahon axborot tarmogʻi yordamida elektron shaklda yuborish, qabul qilish, olish, koʻrish uchun moʻljallangan elektron manzil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar — maʼmuriy ishlarni qoʻzgʻatish, koʻrib chiqish va bayonnoma tuzishga vakolatli davlat organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron grafik imzo (keyingi oʻrinlarda EGI) — elektron hujjatni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan texnik qurilmalar yordamida tasdiqlaydigan elektron hujjatdagi shaxs tomonidan qoʻlda (yozma ravishda) amalga oshiriladigan grafikli imzo;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kod (matritsa shtrixli kod) — yakunlangan elektron hujjatga biriktiriladigan va hujjatni qogʻoz shaklida tasdiqlaydigan hamda chop etilganda koʻrsatiladigan maxsus grafikli kod;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona xos raqam — “E-ma'muriy ish” tizimi hamda “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimi tomonidan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy bayonnoma) hamda maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorga identifikatsiyalash uchun beriladigan elektron raqam.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maʼmuriy ishlarni elektron shaklda yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ichki ishlar vazirligi) tomonidan shakllantiriladigan “E-ma'muriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E-ma'muriy ish” tizimini yuritish hamda muhofaza qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼmuriy ishlarni elektron shaklda yuritish vakolatli organlarning tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan maʼmuriy ish hujjatlari “E-maʼmuriy ish” tizimiga elektron shaklda kiritilishi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maʼmuriy ishlarni qogʻoz shaklida yuritish zarurati yuzaga kelganda, ushbu hujjatlar “E-maʼmuriy ish” tizimiga elektron shaklda kiritiladi hamda uning qogʻoz shakli bevosita vakolatli organda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “E-maʼmuriy ish” tizimida roʻyxatdan oʻtish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “E-maʼmuriy ish” tizimi himoyalangan “Elektron hukumat”ning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻida ishlaydi. Undan foydalanishda vakolatli organning tegishli tuzilmasi tomonidan axborot xavfsizligi taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakolatli organlarda “E-maʼmuriy ish” tizimidan foydalanadigan xodimlarni roʻyxatga olish va hisobini yuritish uchun markaziy apparat xodimlari orasidan administratorlar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar tomonidan administrator sifatida belgilangan masʼul xodimlar haqida ularning buyruqlaridan koʻchirma va pasport nusxalarini yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlarini ilova qilgan holda bir ish kun ichida Ichki ishlar vazirligiga yozma ravishda xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlarning administratorlari uchun login va parol uch ish kun ichida Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organlar administratorlari tegishli tuzilmadagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish uchun masʼul shaxslarni “E-maʼmuriy ish” tizimida roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish uchun masʼul shaxslar “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali ERI bilan taʼminlanishini tashkil etadi, ularga pasport nusxasi asosida login va parollar biriktiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish uchun masʼul shaxslarning lavozimi oʻzgarganda yoki ular ishdan boʻshatilganda login va parollarga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish uchun masʼul shaxslar tomonidan axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi, shu jumladan, parollar maxfiyligi ustidan nazorat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish uchun masʼul shaxslarga “E-maʼmuriy ish” tizimidan foydalanish tartibini muntazam oʻrgatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Roʻyxatga olish uchun masʼul shaxslar “E-maʼmuriy ish” tizimida roʻyxatdan oʻtganidan soʻng vakolatli organlar administratorlari ularning maʼlumotlarini tizimda tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-maʼmuriy ish” tizimida roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlash bir ish kuni davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olish uchun masʼul shaxslar “E-maʼmuriy ish” tizimida bir marotaba roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Roʻyxatga olishga masʼul shaxslarning lavozimi oʻzgarganda vakolatli organlar tuzilmalari administratorlari “E-maʼmuriy ish” tizimiga tegishli tuzilmada roʻyxatga olish vazifasi yuklangan yangi xodimning shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va “E-maʼmuriy ish” tizimi kelgusida belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Roʻyxatga olish uchun masʼul shaxslarning lavozimi oʻzgarganligi toʻgʻrisida buyruq qabul qilingandan soʻng bu haqida bir ish kuni davomida kadrlar xizmati tomonidan administratorga maʼlum qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Har bir vakolatli organga “E-maʼmuriy ish” tizimida xos raqam biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maʼlumotlar “E-maʼmuriy ish” tizimiga kiritilganidan soʻng hujjatlar ijrochi sifatida belgilangan tarmoqqa (xodimga) darhol ushbu tizim orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun buzilishiga yoʻl qoʻyish holatlarining barchasi avtomatik tarzda “E-maʼmuriy ish” tizimida jamlanib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Elektron ish yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maʼmuriy ishlarga oid maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish va ularni himoya qilish elektron shaklda idoralararo axborot almashish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatli organlar tomonidan huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh va xolislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sudga yuborish, shuningdek, sudda ishni koʻrish bilan bogʻliq maʼlumot almashinuvi faqat “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — Majburiy ijro byurosi organlari) faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimi “E-maʼmuriy ish” tizimiga integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh va xolislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning markazlashtirilgan hisobi Ichki ishlar vazirligi tomonidan “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagilar maʼmuriy ishlarni yuritishda hisobga olish elektron hujjatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi maʼmuriy bayonnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “E-ma'muriy ish” tizimi va maʼmuriy ishlar davlat tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari yoki avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar haqidagi maʼlumotlar (texnik ekspertiza xulosasi, oʻlchash vositalarining dalolatnomalari, log-fayllar va boshqa hujjatlar) elektron aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida “E-maʼmuriy ish” tizimiga konvertatsiya qilish yoʻli bilan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sud va vakolatli organlarning axborot tizimlarini yoki maʼlumotlar bazalarini takomillashtirish yoxud elektron hamkorlik toʻgʻrisidagi texnologik yoʻriqnomani oʻzgartirish zarurati paydo boʻlgan taqdirda, “E-ma'muriy ish” tizimiga hamda undagi elektron hujjat shakliga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “E-maʼmuriy ish” tizimi maʼlumotlari vakolatli organlar faoliyati doirasida ularning masʼul shaxslari foydalanadigan axborot resursi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. “E-maʼmuriy ish” tizimidagi maʼlumotlar bilan faqat maʼmuriy ishlarni qoʻzgʻatish, koʻrib chiqish va bayonnoma tuzishga vakolatli organlarning mansabdor shaxslari hamda “E-maʼmuriy ish” tizimiga biriktirilgan xodimlar tanishish va ulardan foydalanish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maʼmuriy ishlarni elektron shaklda shakllantirish (rasmiylashtirish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatli organlar tomonidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (keyingi oʻrinlarda — MJTK) talablari buzilganligi haqida ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq belgilangan shakldagi maʼmuriy bayonnoma yoki maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida planshet yoki kompyuter yordamida “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali rasmiylashtiriladi. Ushbu qaror “Fuqarolarning biometrik hujjatlari elektron tizimi” yoki daktiloskopik taqqoslash yoxud multibiometrik identifikatsiya qilish dasturlari (keyingi oʻrinlarda — identifikatsiya tizimlari) orqali huquqbuzarning shaxsini aniqlagan holda ERI yoki EGI hamda QR-kod bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan holatlarda, sodir etilgan huquqbuzarliklar keyinchalik aniqlanganda, maʼmuriy ishlar jabrlanuvchining arizasi bilan qoʻzgʻatilganda, shuningdek, aloqa tarmogʻi mavjud boʻlmagan hududlarda yoki maʼmuriy ishni qogʻoz shaklida shakllantirishni taqozo etadigan holatlarda hujjatlar qogʻoz shaklida rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik aniqlangan kunda pdf formatida skaner qilingan holda belgilangan tartibda “E-maʼmuriy ish” tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maʼmuriy ishlar quyidagi holatlarda soddalashtirilgan tartibda yuritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy ish soddalashtirilgan tartibda yuritilishiga huquqbuzar yoki jabrlanuvchining eʼtirozi boʻlganda yoxud huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyning oʻzida solinadigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan yuqori boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan sanksiyada jarima jazosidan boshqa turdagi maʼmuriy jazo qoʻllanilishi nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish bilan bogʻliq boʻlgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish boʻyicha moddiy va maʼnaviy zarar koʻrgan taraf yoki uning vakili zararni undirishni talab qilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik sodir etgan bir necha shaxslardan loaqal bittasi huquqbuzarlik sodir etganligini rad etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatlarda ish elektron shaklda maʼmuriy bayonnoma tuzish orqali amalga oshiriladi (MJTKning 138-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yil davomida takroran sodir etilishi oqibatida jinoiy javobgarlik kelib chiqishi nazarda tutilgan huquqbuzarliklar boʻyicha soddalashtirilgan tartibda yuritilayotgan maʼmuriy ishda shaxsning muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi haqidagi maʼlumotni darhol olishning imkoni boʻlmasa, ish yuritish tegishli maʼlumotlar olingunga qadar umumiy tartibda davom ettiriladi hamda tegishli maʼlumot natijasiga koʻra ushbu ish yuzasidan elektron shaklda maʼmuriy bayonnomani tuzish yoki tuzmaslik yoxud ish hujjatlarini tegishliligi boʻyicha surishtiruv yoki tergov organlariga yuborish masalasi hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. MJTKning 283-moddasi toʻrtinchi — yettinchi qismlariga muvofiq maʼmuriy bayonnoma tuzishni istisno etadigan holatlarda maʼmuriy ishlar yuzasidan qarorni rasmiylashtirish “E-ma'muriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Huquqbuzar oʻziga nisbatan chiqarilgan maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror “E-ma'muriy ish” tizimi orqali elektron hujjat shaklida chiqariladi hamda ijro etish uchun huquqbuzarga yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorning xos raqami va jarima miqdori haqidagi maʼlumotlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda huquqbuzarning ejarima.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinetiga, “SMS” xabar orqali uning telefoniga yoki pochta xizmati orqali yashash manziliga yuboriladi. Huquqbuzarlik rasmiylashtirilayotgan joyda maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni chop etish imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, qaror qogʻozda chop etilib, huquqbuzarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Huquqbuzar maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni olganidan soʻng huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida yoki boshqa joyda elektron toʻlov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali jarimani toʻlashi yoki yetkazilgan zarar uchun toʻlovni amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzar unga maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi va bu “E-maʼmuriy ish” tizimida aks ettiriladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Huquqbuzarga tayinlangan maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish boʻyicha toʻlovlar, shuningdek, belgilangan tartibda bekor qilingan qaror boʻyicha toʻlangan toʻlovlarni fuqarolarga real vaqt rejimida qaytarish “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi hamda bu haqidagi maʼlumotlar darhol ushbu tizim orqali “E-ma'muriy ish” tizimiga hisobga olish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi, shuningdek, oʻz vaqtida “E-ma'muriy ish” tizimiga yuborilishi uchun “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimining masʼul xodimi javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Huquqbuzar jarima toʻlovlarini toʻlaganidan soʻng toʻlov amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda huquqbuzarning ejarima.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinetiga, “SMS” xabar orqali uning telefoniga yoki pochta xizmati orqali yashash manziliga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzar qarorning ijro qilinganligi haqidagi toʻlov varaqasi (kvitansiya)ni ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Vakolatli organlar tomonidan huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilganda sudlarning vakolatiga kiradigan maʼmuriy ishlar “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali tegishli sudlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy bayonnomani rasmiylashtirgan vakolatli organ MJTKga asosan mazkur maʼmuriy ishni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan taqdirda, ishni belgilangan tartibda koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi va pochta xizmati orqali fuqaroning yashash manziliga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, huquqbuzar maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali olishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar huquqbuzar oʻziga nisbatan chiqarilgan maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan va sudga murojaat qilgan taqdirda, vakolatli organ maʼmuriy ish hujjatlari “E-ma'muriy ish” tizimi orqali tegishli sudga yuborilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Vakolatli organlar tomonidan maʼmuriy ishlarga doir quyidagi maʼlumotlar “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali sudlarga yuborilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarning va jabrlanuvchining shaxsiga oid maʼlumotlar, shu jumladan jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami — JSHSHIR, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlikning mohiyati, uni sodir etish usuli va sodir etilgan joyi (aniq manzili), vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJTKning huquqbuzarlik kvalifikatsiya qilingan tegishli moddasi (qismi, bandi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarning muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanuvchining, guvohlarning koʻrsatmasi, ekspertning xulosasi, agar ular mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar miqdori yuzasidan hisob-kitoblar, agar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlikka doir dalillar (yozma, ashyoviy dalil, foto, videoyozuv va boshqalar), shuningdek, dalilning nomi, miqdori, oʻlchov birligi va bahosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlikni aniqlagan vakolatli organ nomi, bayonnomani tuzgan masʼul shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, MJTKning 52, 133, 134-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy bayonnomaga ushbu bandning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari MJTKning 282-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish boʻyicha ashyoviy dalillar olingan boʻlsa, u holda olingan ashyoviy dalillar maʼmuriy ish koʻrib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qoʻyish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish koʻrib boʻlinganidan keyin esa belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sudlarga yuborilayotgan maʼmuriy ishlarning elektron shakli vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan texnik qurilmalar yordamida ERI, EGI, QR-kod yoki barmoq izlarini tushirish orqali avtomatlashtirilgan tartibda tasdiqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sudlarning elektron tizimiga tushgan maʼmuriy ishlarga oid elektron shakldagi hujjatlar avtomatlashtirilgan tartibda elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Sud tomonidan maʼmuriy ish materiallari vakolatli organga qaytarilgan taqdirda, vakolatli organ uch ish kun ichida sudning maʼmuriy ishni qaytarish haqidagi ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, maʼmuriy ish materiallarini mazkur Nizomga asosan sudga qaytadan yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Maʼmuriy ishni qaytarish haqidagi ajrimda maʼmuriy ish boʻyicha qoʻshimcha muddat talab etiladigan ekspertiza tayinlash va maʼmuriy ish yuzasidan jabrlanuvchi, guvohlardan (respublikaning boshqa hududlarida istiqomat qiladigan shaxslar) tushuntirish olish talab etilgan taqdirda, vakolatli organ oʻttiz kun mobaynida ushbu kamchiliklarni bartaraf etib mazkur Nizomga asosan sudga qayta yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Sudlar tomonidan maʼmuriy ishlarga doir maʼlumotlar elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin shu vaqtning oʻzida “E-maʼmuriy ish” tizimiga avtomatlashtirilgan tartibda bu haqida xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sudlarda maʼmuriy ishlarni koʻrish bilan bogʻliq har qanday maʼlumotlar vakolatli organlar tomonidan “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi shart, agar ish zaruratga koʻra qogʻoz shaklida rasmiylashtirilgan hujjatlarning asl nusxasi talab etilgan taqdirda, ushbu hujjatlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Agar maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish paytida vakolatli organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelsa, “E-ma'muriy ish” tizimi orqali materiallarni elektron shaklda tegishli prokuratura organiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Prokuratura organi tomonidan materiallarni tekshirish natijasida jinoyat alomatlari yoʻqligi aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqidagi qaror hamda maʼmuriy ish hujjatlari “E-ma'muriy ish” tizimi orqali vakolatli organga qaytarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yoki vakolatli organ tomonidan huquqbuzarlikda jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qoʻzgʻatish haqidagi qaror “E-ma'muriy ish” tizimiga kiritiladi hamda maʼmuriy ishni koʻrib chiqish tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Sudda koʻrilgan maʼmuriy ish boʻyicha chiqarilgan qaror, majburiy ijroga qaratilgan ijro qarori va ularga doir maʼlumotlar, shuningdek, qarorning ixtiyoriy ijro etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ERI hamda QR-kod bilan tasdiqlangan holda “E-maʼmuriy ish” tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Sudlar tomonidan huquqbuzar(lar)ga nisbatan maʼmuriy qamoqqa olish tarzidagi jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror chiqarilganda, bu haqidagi sud qarori va tegishli maʼlumotlar ERI hamda QR-kod bilan tasdiqlangan holda vakolatli organga hamda maʼmuriy qamoq jazosini ijro etuvchi masʼul organga “E-ma'muriy ish” tizimi orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoq jazosini ijro etuvchi masʼul organlar tomonidan huquqbuzar maʼmuriy jazoni oʻtashni boshlaganligi hamda jazoni oʻtab boʻlganligi haqidagi maʼlumotlar “E-maʼmuriy ish” tizimiga kiritiladi. Bunda har bir huquqbuzarga nisbatan maʼlumotlar alohida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Avtomototransport vositalarini jarima maydonchalariga qoʻyish hamda chiqarish sud yoki vakolatli organlarning tegishli qarori (qoʻyishda — bayonnoma, chiqarishda — ruxsatnomasi) asosida “E-maʼmuriy ish” tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima maydoniga qoʻyilayotgan hamda chiqarilayotgan avtomototransport vositasi haqidagi maʼlumotlar jarima maydonining masʼul xodimi tomonidan ejarima.uz veb-saytiga kiritilishi shart. Bunda jarima maydonining masʼul xodimi avtomototransport vositasini jarima maydoniga qoʻyishda ejarima.uz veb-sayti orqali oʻz shaxsiy kabinetidan foydalangan holda uning davlat raqamini kiritganda, avtomototransport vositasining asosiy rekvizitlari avtomatik ravishda toʻldiriladi, avtomototransport vositasining holati va boshqa tegishli rekvizitlari esa qoʻshimcha tarzda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasini jarima maydonidan chiqarishda tegishli ruxsatnoma hamda chiqarish vaqti qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Huquqbuzar jarimani MJTKda belgilangan muddat ichida toʻlamagan taqdirda, maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish maqsadida ijro hujjatlari “E-ma'muriy ish” tizimi orqali Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi, bunda jarimani ixtiyoriy toʻlash imkoniyati toʻgʻrisida huquqbuzarni xabardor qilgan holda unga maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorning topshirilganligi yoki yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ijro hujjatiga majburiy tartibda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organning qaroriga asosan qaror ijrosi bir oy muddatga kechiktirilgan yoki toʻxtatib turilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ijro hujjati vakolatli organlar tomonidan “E-ma'muriy ish” tizimi orqali Majburiy ijro byurosi organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Agar maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmagan boʻlsa, bunday qaror ijro etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qarorni chiqargan vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorning toʻgʻri va oʻz vaqtida ijro etilmaganligi ushbu qarorga masʼul boʻlgan xodimga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralar qoʻllanishi uchun asos boʻladi, belgilangan muddatda shikoyat berish qarorning ijrosini shikoyat koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib turish mumkin boʻlgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Majburiy ijro byurosi organlarining elektron tizimiga tushgan ijro hujjatlari taqdim etilgan sanada avtomatik ravishda elektron roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda shu vaqtning oʻzida “E-maʼmuriy ish” tizimiga bu haqida maʼlumot kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijro hujjatini qaytarib yuborish uchun asoslar mavjud boʻlganda, Majburiy ijro byurosi organi (mansabdor shaxs) tomonidan ijro hujjati hamda uni qaytarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror ushbu hujjat olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Majburiy ijro byurosi organlarining elektron tizimi orqali “E-maʼmuriy ish” tizimiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Vakolatli organ hujjatda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni ijro hujjati qaytarilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bartaraf qiladi hamda uni takroran “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali Majburiy ijro byurosi organlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish, tamomlash yoki tugatish toʻgʻrisidagi qarorlar ular chiqarilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida “E-maʼmuriy ish” tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Majburiy ijro byurosi organlarining ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorlari “E-maʼmuriy ish” tizimiga kiritilgan vaqtdan boshlab vakolatli organ hisob raqamiga jarimaning toʻlanishiga taqiq qoʻyiladi. Shuningdek, “E-maʼmuriy ish” tizimida ijro hujjati roʻyxatdan oʻtgan raqami koʻrsatilib, unda jarimani Majburiy ijro byurosi organlari orqali toʻlash lozimligi haqida avtomatik ravishda maʼlumot koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Maʼmuriy ishlarni yuritishda qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maʼmuriy ishlarni planshet va kompyuterda rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. MJTKga muvofiq huquqbuzar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar planshet orqali huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida yoki kompyuterda real vaqt rejimida “E-maʼmuriy ish” tizimidan foydalangan holda maʼmuriy bayonnoma yoki maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolisga tegishli boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarning (familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanasi) planshet yoki kompyuter orqali maʼmuriy bayonnoma yoki maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorga toʻgʻri kiritilishiga vakolatli organ xodimi (mansabdor shaxs) masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolis Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki identifikatsiya tizimlari yordamida ularning shaxsini aniqlashning imkoni boʻlmasa, ularning yonida maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan chet el pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, vakolatli organning masʼul xodimi ushbu hujjatlarga asosan shaxsga doir maʼlumotlarni elektron tizimga qoʻlda kiritadi hamda uning toʻgʻri kiritilishiga shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolislarning shaxsga doir maʼlumotlari yoki boshqa maʼlumotlari tizimga notoʻgʻri kiritilganligi aniqlangan taqdirda, uch kun ichida ushbu maʼlumotlarni kiritgan masʼul xodimga nisbatan u xizmat qiladigan (ishlaydigan) vakolatli organ tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha vakolatli organning xulosasi Ichki ishlar vazirligiga taqdim etiladi hamda ushbu xulosaga asosan “E-ma'muriy ish” tizimiga Ichki ishlar vazirligi tomonidan uch ish kun ichida tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Maʼmuriy ishlarni planshet orqali yoki kompyuterda rasmiylashtirishda huquqbuzarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy ishning elektron shaklda rasmiylashtirilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarimani yoki zararni ixtiyoriy ravishda elektron toʻlov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali, ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali toʻlashi mumkinligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinishi mumkinligi;
(58-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning MJTKda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlari tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Vakolatli organlar tomonidan maʼmuriy ish yuritishda planshetdan foydalangan holda audio, videoyozuvlardan hamda fotosuratlardan, shuningdek, boshqa maʼlumotlardan (texnik ekspertiza xulosasi, oʻlchash vositalarining dalolatnomalari va boshqa maxsus hujjatlar) iborat hujjatlar elektron shaklda qayd etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Agar fuqaro oʻzi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga eʼtiroz bildirib, maʼmuriy bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, maʼmuriy bayonnomaga bu haqida yozib qoʻyiladi. Huquqbuzar bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek, mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro maʼmuriy bayonnomani imzolashdan hamda bu haqida izoh berish yoki tushuntirish berishdan bosh tortgan hollarda elektron maʼmuriy bayonnoma xolislar ishtirokida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Huquqbuzarning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan yoki uning oʻzi shaxsiga doir maʼlumotlarni planshet orqali aniqlash uchun ixtiyoriy ravishda maʼlum qilishni istamagan hollarda huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish MJTKning 284-moddasiga muvofiq umumiy asoslarda elektron shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Planshet qurilmasi yoki kompyuter orqali huquqbuzarga doir qoʻshimcha aniqlangan maʼlumotlar (holatlar) (qidiruvdagi shaxs, qalbaki hujjatlardan foydalanish, qarzdorlik va h.k.,) boʻyicha qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. “E-ma'muriy ish” tizimi orqali elektron shaklda maʼmuriy ish rasmiylashtirilayotganda huquqbuzarning muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi haqidagi maʼlumot tizim tomonidan aniqlanib, avtomatik ravishda talabnoma shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar huquqbuzar Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasa yoki identifikatsiya tizimlari yordamida uning shaxsini aniqlashning imkoni boʻlmasa, ushbu shaxslarning maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi tegishli talabnomani toʻldirish asosida ushbu tizim orqali tekshiriladi, maʼmuriy ishlarga taalluqli boʻlmagan hamda jinoyat ishlari boʻyicha shaxslarning maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi haqidagi maʼlumotlarni tekshirish holatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Talabnoma tekshirilayotgan har bir shaxs uchun alohida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Talabnomada tekshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va yashash joyi bosh kelishikda, qisqartirishlarsiz aniq koʻrsatiladi hamda vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan ERI yoki QR-kod bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Vakolatli organlarning masʼul xodimi tomonidan “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali tushgan soʻrovnoma va talabnomalar bir ish kun ichida tekshiriladi hamda tekshirish natijasi va sanasi koʻrsatilib, ichki ishlar organlarining elektron shakldagi shtampi va masʼul xodimning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar bazasida tekshirilayotgan shaxsning maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi haqida maʼlumot boʻlmasa, talabnomaning orqa tomoniga “Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar tizimida maʼlumotlar mavjud emas”, “Maʼlumotnoma Ichki ishlar vazirligi xodimining elektron kaliti yordamida tekshiriladi” yozuvi bilan tekshirish sanasini koʻrsatgan holda elektron shakldagi shtamp va ERI qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olish hujjatida tekshirilayotgan shaxsga doir maʼlumotlar topilganda, talabnomaning orqa tomonida tekshirish sanasi va “Maʼlumotnoma Ichki ishlar vazirligi xodimining elektron kaliti yordamida tekshiriladi” matni yozilib, elektron shakldagi shtamp va ERI qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Vakolatli organlar tomonidan masʼul xodimlarga planshetlar, ERI hamda “E-maʼmuriy ish” tizimiga kirish uchun moʻljallangan login va parol beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Masʼul xodimlarga biriktirilgan planshetlar doimiy ravishda soz, batareya quvvati toʻldirilgan va dasturiy-texnik taʼminoti ishchi holatda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Masʼul xodimlar oʻzlariga biriktirilgan planshetlarning but saqlanishi va ushbu planshetdan foydalangan holda tuzilayotgan maʼmuriy bayonnoma va maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Planshetlar yoʻqolgan, uchinchi shaxslarga berilgan, qasddan nobud qilingan, unga oʻrnatilgan dastur va ilovalar qasddan yaroqsiz holga keltirilgan taqdirda, zarar biriktirilgan masʼul xodim hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Masʼul xodimlar oʻzlariga biriktirilgan planshetlarni ish vaqti tugaganidan soʻng ish joyidagi xizmat seyfida saqlaydi yoki vakolatli organ rahbari belgilagan joyga (masʼul xodimga) topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Planshetlar biriktirilgan vakolatli organ mansabdor shaxsi yoki boshqa xodimlar xizmat vazifalaridan boʻshatilganda yoxud boshqa sabablarga koʻra planshetdan foydalanish zarurati mavjud boʻlmagan hollarda planshet vakolatli organlarning tegishli moddiy-texnika taʼminoti uchun masʼul xodimiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Elektron shakldagi maʼmuriy ishlar boʻyicha maʼlumotlar arxivi (ish hujjatlarining elektron shakli) Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining serverlarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Maʼmuriy ishlar boʻyicha statistik hisobotlar, undirilgan jarima va zararlar, mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish, yoʻq qilish bilan bogʻliq ijro harakatlari va boshqa turdagi maʼlumotlar “E-ma'muriy ish” tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. “E-ma'muriy ish” tizimi orqali maʼmuriy ish yuritish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Vakolatli organlarning masʼul xodimi “E-maʼmuriy ish” tizimidagi shaxsga doir maʼlumotlar uchinchi shaxslarga oshkor etilmasligi hamda ushbu maʼlumotlardan gʻarazli maqsadlarda foydalanilmasligi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy ishlarni “E-ma'muriy ish” tizimi orqali yuritish tartibini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

1. Maʼmuriy ishlarni qoʻzgʻatish, koʻrib chiqish va bayonnoma tuzishga vakolatli davlat organlari (keyingi oʻrinlarda — Vakolatli organ)

2. Ichki ishlar vazirligi

1. Vakolatli organ xodimlari orasidan “E-maʼmuriy ish” tizimidan foydalanish huquqiga ega tizim administratori masʼul tayinlanadi va buyruqdan koʻchirma hamda pasport maʼlumotlarini ilova qilgan holda Ichki ishlar vazirligiga yozma ravishda maʼlumot yuboradi.

Zaruratga koʻra

2. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-ma'muriy ish” tizimi)dan foydalanishi uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Bir ish kuni ichida

3. Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazi tomonidan vakolatli organ administratorlari uchun login va parol beriladi.

Uch ish kuni ichida

2-bosqich

Vakolatli organning masʼul xodimi

1. Vakolatli organ administratorlari tizimdan foydalanishi uchun hududiy masʼul xodimlarini “E-maʼmuriy ish” tizimida roʻyxatga olib, ularga login va parollar biriktirib ularni ishlashini nazorat qiladi.

Bir ish kuni ichida

2. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi elektron ish yuritish ishlari “E-ma'muriy ish” tizimi orqali yuritadi.

Rasmiylashtirish davomida

3-bosqich

1. Vakolatli organning mansabdor shaxsi

2. Fuqarolar

1. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnoma planshet yoki kompyuter yordamida rasmiylashtirilganda vakolatli organning mansabdor shaxsi va fuqaro tomonidan elektron raqamli imzo yoki elektron grafik imzolari bilan tasdiqlaydi.

2. Vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan maʼmuriy jazo qoʻllash yuzasidan qaror qabul qilingandan keyin fuqaro ushbu qaror bilan tanishganligi haqida elektron raqamli imzo yoki barmoq izi bilan tasdiqlaydi.

3. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan ayrim turdagi hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkoni boʻlmaganda tushuntirish xati va boshqa hujjatlar qogʻoz shaklda rasmiylashtirilib, ularni PDF formatda “E-ma'muriy ish” tizimiga kiritadi.

Huquqbuzarlik aniqlangan joyda va shu vaqtning oʻzida

4-bosqich

1. Vakolatli organning masʼul xodimi

2. Fuqarolar

1. Hujjat vakolatli organ masʼul xodimi tomonidan tasdiqlanishi bilan ushbu hujjatga yagona xos raqam berilib, ijro etish uchun huquqbuzarning telefon raqamiga SMS yoki “Oʻzbekiston pochtasi” AJ orqali yashash manziliga xabar yuboriladi.

Shu kunning oʻzida

2. Huquqbuzar oʻziga nisbatan chiqarilgan jarima, toʻlov varaqasi (kvitansiya)ni ejarima.uz veb-sayti, telegram bot yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishi mumkin.

Shu kunning oʻzida

3. Agar huquqbuzar oʻziga nisbatan chiqarilgan maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlsa, vakolatli organ (mansabdor shaxsi) maʼmuriy ish hujjatlarini “E-ma'muriy ish” tizimi orqali koʻrib chiqish uchun sudga yuboradi.

Belgilangan muddatda

5-bosqich

1. Vakolatli organning masʼul xodimi

2. Sudlar

1. Sudga kelib tushgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar avtomatlashtirilgan tartibda elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Avtomatik ravishda

2. Kelib tushgan maʼmuriy ishda kamchiliklar boʻlgan taqdirda vakolatli organning masʼul xodimiga qaytarib yuboriladi, vakolatli organ masʼul xodimiga ushbu kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng sudga qaytadan koʻrib chiqish uchun “E-ma'muriy ish” tizimi orqali yuboradi.

Uch ish kunidan bir oyga qadar

3. Avtomototransport vositalarini jarima maydonchalariga qoʻyish hamda chiqarish sud yoki vakolatli organlarning tegishli qarori (qoʻyishda — bayonnoma, chiqarishda — ruxsatnomasi) asosida “E-maʼmuriy ish” tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Belgilangan tartibda

6-bosqich

1. Vakolatli organning masʼul xodimi

1. Huquqbuzar jarimani MJtKda belgilangan muddat ichida toʻlamagan taqdirda, maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini “E-ma'muriy ish” tizimi orqali majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi.

bir oy muddatga

2. Majburiy ijro byurosi

2. Majburiy ijro byurosining elektron tizimiga kelib tushgan ijro hujjatlari taqdim etilgan sanada avtomatik ravishda elektron roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda shu vaqtning oʻzida “E-maʼmuriy ish” tizimiga bu haqida maʼlumot yuboriladi.

Avtomatik ravishda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2025-y., 07/25/155/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqidagi nizomga
2-ILOVA

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomani toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-pozitsiyada maʼmuriy bayonnoma (keyingi oʻrinlarda — bayonnoma) MJtKning 2691 — (maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar), 279 — (maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzish) va 281- (maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaning mazmuni) moddalari asosida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-pozitsiyada bayonnomaga avtomatlashtirilgan ravishda “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali seriya raqami beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-pozitsiyada bayonnomaga avtomatlashtirilgan ravishda “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali tartib raqami beriladi (misol: 20 073 0000001, bunda 20 — yil, 073 — bayonnoma rasmiylashtirgan organ kodi, 0000001 — bayonnomaning tartib raqami).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-pozitsiyada bayonnoma tuzilgan sana “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-pozitsiyada bayonnoma tuzilgan hudud (viloyat, shahar, tuman nomi) koʻrsatiladi, mintaqa kodi qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-pozitsiyada “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali avtomatik ravishda QR-kod qoʻyiladi, mansabdor shaxs va huquqbuzar tomonidan bayonnomadagi QR-kodni skaner qilish orqali ushbu bayonnoma joylashgan joyga oʻtib, uni koʻrishga va elektron shaklini olishga imkoniyat yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-pozitsiyada bayonnomani tuzgan vakolatli organ nomi, kodi tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8 — 13-pozitsiyalarda bayonnoma tuzgan vakolatli organ xodimiga (mansabdor shaxsga) tegishli boʻlgan jeton yoki guvohnomaning seriya raqami, xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimining toʻliq nomi, unvoni, bayonnomani shaxsan oʻzi tuzganligi ERI yoki EGI hamda QR-kod bilan tasdiqlangan holda avtomatik ravishda toʻldiriladi. Tasdiqlash tartibi ERIdan foydalangan holda barmoq izlarini tushirish yoki planshetga EGI qoʻyish orqali amalga oshiriladi, sana “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 — 16-pozitsiyalarda huquqbuzarni identifikatsiya qilish uchun daktiloskopik taqqoslash yoki multibiometrik identifikatsiya qilish yoxud biometrik pasport tizimi orqali avtomatlashtirilgan rejimda maʼlumotlar “E-maʼmuriy ish” tizimiga kiritiladi, soʻng shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi haqidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda “E-maʼmuriy ish” tizimiga kiritilishi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Planshet orqali shaxsning yuzi toʻgʻridan suratga olinganda, planshet suratga tushirilayotgan shaxsdan taxminan 70, 80 sm masofadan kam boʻlmagan uzoqlikda va planshet kamerasi koʻzlar bilan teng balandlikda boʻlishi, suratga olinayotgan shaxs boshining holati tepaga koʻtarilib ketmasligi yoki pastga qarab qolmasligi hamda chapga yoki oʻnga burilmagan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-pozitsiyada bayonnoma rasmiylashtirishda huquqbuzarning telefon raqami bayonnomani tuzgan vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qoʻlda kiritiladi yoki mobil aloqa tarmogʻi operatorlari tizimlaridan integratsiya qilingan holda avtomatlashtirilgan rejimda kiritilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 — 23-pozitsiyalarda huquqbuzarning tugʻilgan joyi, biometrik pasporti, transport vositasini qayd etish yoki haydovchilik guvohnomasi seriyasi va raqami, millati, fuqaroligi, yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar identifikatsiya tizimlari orqali avtomatik ravishda kiritiladi, bundan maʼlumotlar qoʻlda kiritilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-pozitsiyada huquqbuzarning nomidagi avtotransport vositasi, sugʻurta polisi (seriyasi, raqami, amal qilish muddatlari) mansabdor shaxs tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-pozitsiyada huquqbuzarning huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi holati koʻrsatib oʻtiladi (mastlik holati: 1-alkogolli, 2-giyohvand, 3-boshqacha holatdagi mastlik).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-pozitsiyada huquqbuzar boshqargan avtotransport vositasi haqidagi maʼlumotlar qoʻlda kiritilishi yoki elektron axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda avtomatlashtirilgan rejimda kiritilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-pozitsiyada huquqbuzarning avval maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi yoki tortilmaganligi haqidagi maʼlumotlar avtomatlashtirilgan rejimda “E-maʼmuriy ish” tizimidan tekshirilgan holatda toʻldiriladi. Bunda shaxsga tegishli boʻlgan maʼlumotlar familiyasi, ismi, otasining ismi yoki biometrik pasport seriyasi, raqami asosida solishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28 — 30-pozitsiyalarda huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, sana (yil, kun, oy) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31 — 33-pozitsiyalarda MJTKning tegishli moddalari boʻyicha huquqbuzarga nisbatan qoʻllanilgan modda, prim, qismlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-pozitsiyada huquqbuzarning MJTKning boshqa moddalari boʻyicha huquqbuzarlik sodir etilganligi boʻyicha qoʻshimcha moddalar belgisi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-pozitsiyada yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi. Agar ushbu band vakolatli organlarga tegishli boʻlmasa, toʻldirilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36 — 41-pozitsiyalarda MJTKning tegishli moddalari boʻyicha huquqbuzarning bayonnomani rasmiylashtirish boʻyicha munosabati (men roziman yoki rozi emasman) koʻrsatilgan holda EGI yoki barmoq izini qoʻyish orqali tasdiqlanadi, sana (yil, kun, oy).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shaxsni barmoq izlari orqali identifikatsiya qilish uchun barmoq izi sifati yetarli darajada boʻlmasa, qolgan toʻqqizta barmoq izidan ixtiyoriy tanlab skaner qilish ham mumkin. Shaxsning barmoq izini skaner qilish vaqtida uning kasbi, sogʻligʻi, qoʻllarning kirligi, ob-havo sharoiti, terining quruqligi, qoʻlning haddan ziyod terlashi, barmoq izi papillyar naqshlari boʻrtganlik darajasi past boʻlishi mumkinligini inobatga olish zarur. Ushbu talab 58 — 61-pozitsiyalarga ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-pozitsiyada huquqbuzarlikning sodir etilish joyi va ususli (tafsiloti) haqidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-pozitsiyada huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquqbuzarligi boʻyicha eʼtirozi mavjud boʻlmasa, vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan ogʻzaki tushuntirish olinib, planshetga kiritiladi, agar uning eʼtirozi boʻlsa, yozma ravishda tushuntirish xati olinib, elektron bayonnomaga qogʻoz shaklidagi hujjatning pdf formatidagi nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44 — 49-pozitsiyalarga guvoh, xolis yoki jabrlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, telefon raqami, yashash manzili, elektron grafik imzosi, barmoq izi va sanasi (yil, kun, oy) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50, 51-pozitsiyalarda huquqbuzarlik oqibatida moddiy zarar yetkazilganligi, bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida aniq boʻlsa zarar miqdori koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-pozitsiyada olib qoʻyilgan huquqbuzarlik ashyolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Bunda ashyolar miqdori koʻpligi sababli ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu pozitsiyaga sigʻmagan taqdirda, ashyolar haqidagi maʼlumot bayonnomaga ilova qilingan holda taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-pozitsiyada maʼmuriy ishni koʻrib chiqish uchun bayonnomaga ilova qilingan hujjatlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54 — 57-pozitsiyalarda maʼmuriy ish koʻrib chiqiladigan joy va vaqti toʻgʻrisida fuqaro qaysi shaklda (SMS yoki pochta aloqasi xizmati orqali) ogohlantirilishi belgilanadi hamda huquqbuzarning EGI yoki barmoq izi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-pozitsiyada maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorga (keyingi oʻrinlarda — qaror) avtomatlashtirilgan ravishda “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali berilgan seriya raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-pozitsiyalarda qarorga avtomatlashtirilgan ravishda “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali berilgan tartib raqami beriladi (misol: 20 073 0000001, bunda 20 — yil, 073 — qaror rasmiylashtirgan organ kodi, 0000001 — qarorning tartib raqami).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 — 6-pozitsiyalarda qaror chiqarilgan sana (yil, kun, oy) vaqti, viloyat, shahar, tuman nomlari koʻrsatiladi, mintaqa kodi qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-pozitsiyada “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali avtomatik ravishda QR-kod qoʻyiladi, mansabdor shaxs va huquqbuzar tomonidan qarordagi QR-kodni skaner qilish orqali ushbu qaror joylashgan joyga oʻtib, uni koʻrishga va elektron shaklini olishga imkoniyat yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8 va 9-pozitsiyalarda maʼmuriy ishni koʻrib chiqqan vakolatli organ nomi uning kodini tanlash orqali hamda qarorni chiqargan masʼul shaxsga tegishli boʻlgan jeton yoki guvohnomasi seriyasi va raqami avtomatik ravishda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-pozitsiyada qarorni chiqargan vakolatli organ (mansabdor shaxs) qarorni shaxsan oʻzi koʻrib chiqqanligini ERI yoki EGI hamda QR-kod bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-pozitsiyada qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) tomonidan ERI yoki EGI hamda QR-kod qoʻyilgandan soʻng sana “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali avtomatik ravishda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 — 14-pozitsiyalarda qarorni koʻrib chiqqan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, unvoni toʻliq avtomatik ravishda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15, 16-pozitsiyalarda huquqbuzarni identifikatsiya qilish uchun daktiloskopik taqqoslash yoki multibiometrik identifikatsiya qilish yoxud biometrik pasport tizimi orqali avtomatlashtirilgan rejimda maʼlumotlar “E-maʼmuriy ish” tizimiga kiritiladi, soʻng familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi haqidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda axborot tizimiga kiritilishi amalga oshiriladi. Agar shaxs chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa yoxud Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti bilan hujjatlashtirilmagan boʻlsa, mansabdor shaxs tomonidan uning shaxsiga oid maʼlumotlar qoʻlda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Planshet orqali shaxsning yuzi toʻgʻridan suratga olinganda planshet, suratga tushirilayotgan shaxsdan taxminan 70, 80 sm masofadan kam boʻlmagan uzoqlikda va planshet kamerasi koʻzlar bilan teng balandlikda boʻlishi, suratga olinayotgan shaxs boshining holati tepaga koʻtarilib ketmasligi yoki pastga qarab qolmasligi hamda chapga yoki oʻnga burilmagan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17 — 21-pozitsiyalarda huquqbuzarning tugʻilgan joyi, biometrik pasporti, transport vositasini qayd etish yoki haydovchilik guvohnomasi seriyasi va raqami, millati, fuqaroligi, yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar identifikatsiya tizimlari orqali avtomatik ravishda kiritiladi, shaxslar haqidagi maʼlumotlar qoʻlda kiritilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-pozitsiyada huquqbuzarning ish joyi, lavozimi, mashgʻuloti turi maʼlumotlari qoʻlda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-pozitsiyada huquqbuzarning nomidagi avtotransport vositasi, sugʻurta polisi (seriyasi, raqami, amal qilish muddatlari) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-pozitsiyada huquqbuzarning huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi holati koʻrsatib oʻtiladi (mastlik holati: 1-alkogolli, 2-giyohvand, 3-boshqacha holatdagi mastlik).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-pozitsiyada huquqbuzar boshqargan avtotransport vositasi haqidagi maʼlumotlar qoʻlda kiritilishi yoki elektron axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda avtomatik ravishda kiritilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-pozitsiyada MJTKning 282-moddasida koʻrsatilgan shaxsga oid qolgan maʼlumotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-pozitsiyada huquqbuzarning avval maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi yoki tortilmaganligi haqidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda “E-maʼmuriy ish” tizimidan tekshirilgan holda toʻldiriladi. Bunda, shaxsga tegishli boʻlgan maʼlumotlar uning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki biometrik pasport seriyasi, raqami asosida solishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28 — 30-pozitsiyalarda MJTKning tegishli moddalari boʻyicha huquqbuzarga nisbatan qoʻllanilgan modda, prim, qismlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-pozitsiyada huquqbuzarning MJTKning boshqa moddalari boʻyicha huquqbuzarlik sodir etilganligi toʻgʻrisida qoʻshimcha moddalar belgisi kiritiladi yoki elektron axborot tizimlari integratsiya qilingan holda avtomatik ravishda kiritilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-pozitsiyada yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi. Agar ushbu band vakolatli organlarga tegishli boʻlmasa, toʻldirilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-pozitsiyada maʼmuriy sudlar tomonidan maʼmuriy jazo qoʻllanilishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-pozitsiyada maʼmuriy jazoni qoʻllash MJTKning 34-moddasiga asosan bitta shaxs ikki yoki undan ortiq huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, maʼmuriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qoʻllanilishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-pozitsiyada huquqbuzarlik sodir etilgan holat yuzasidan olingan fotosurat biriktiriladi. Bunda foto, videoyozuv va boshqa planshet orqali ilovalar elektron ravishda kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-pozitsiyada huquqbuzar uchun tayinlangan jazo — jarima miqdori (soʻm), (miqdori yozuv koʻrinishda) qoʻlda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-pozitsiyada huquqbuzar tomonidan qoplanishi lozim boʻlgan zarar miqdori (soʻm), (miqdori yozuv koʻrinishda) qoʻlda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-pozitsiyada huquqbuzarga nisbatan qoʻllanilgan qoʻshimcha jazo chorasi belgisi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39 — 45-pozitsiyalarda MJTKning tegishli moddalari boʻyicha huquqbuzarning qaror boʻyicha munosabati (men roziman yoki rozi emasman) koʻrsatilgan holda EGI yoki barmoq izini qoʻyish orqali tasdiqlanadi, sana (yil, kun, oy) avtomatik ravishda kiritiladi hamda advokat xizmatidan foydalanilgan boʻlsa, belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzarlik ashyolari boʻyicha sudlar tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida maʼlumotlar (musodara, yoʻq qilish yoki egasiga qaytarish) sud qarorlari asosida elektron shaklda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46, 47-pozitsiyalarda huquqbuzarlik uchun jarima yoki zarar belgisi hamda huquqbuzarga qaror chiqarilganligi koʻrsatiladi. Qaror boʻyicha tegishli toʻlov amalga oshirilgandan soʻng kvitansiya kesib olinib bir qismi bankda, bir qismi huquqbuzarda qoladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 09/21/431/0656-son; 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son; 06.05.2025-y., 07/25/155/0412-son)