06.05.2025 yildagi KQ-174-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning 2025-yil 5-martda oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturining 11-bandini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida turgan vazifalar toʻgʻrisida”gi KQ-89-V-sonli Qarori 10-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid uslubiy tavsiyalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qaror bilan tasdiqlangan Uslubiy tavsiyalarga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyalar tomonidan har oyda bitta yoʻnalishda korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ushbu masalalarni mahalliy Kengashlar sessiyalari muhokamasiga kiritib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya muhokamalaridan keyin Oliy Majlis palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul qoʻmitalariga taklif kiritib borish ishlarini tashkil qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu Qaror ijrosini taʼminlashda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari kotibiyatlariga uslubiy jihatdan koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-174-V-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 6-maydagi KQ-174-V-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid uslubiy tavsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Uslubiy tavsiyalar xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan boʻlib, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartib-taomillari va mexanizmlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Uslubiy tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga asosan ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur uslubiy tavsiyalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi) vaziyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar — korrupsiyaning koʻrinishlari uchun, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish uchun imkoniyat yaratadigan normalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi — normativ-huquqiy hujjatlardagi va ularning loyihalaridagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashga, aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish va choralar koʻrishga yoʻnaltirilgan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks oʻrganish hamda ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan taʼsirchan deputatlik nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga, ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining zimmasiga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida boshqa vazifalar yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishning maqsadi — deputatlar, doimiy (muvaqqat) komissiyalar, partiya guruhlari yoki boshqa tashabbuskorlar tomonidan mahalliy Kengash qarori loyihasini ishlab chiqish, uni sessiyada muhokama qilish va qabul qilish jarayonida korrupsiya xavfining oldini olish, shuningdek, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalliy Kengash qarori loyihasida korrupsiya holatlari vujudga kelishiga sharoit yaratadigan normalar (bandlar), shuningdek, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar koʻzda tutilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalliy Kengash qarori va uning loyihasidagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normalarning barqarorligi va huquqiy jihatdan muvofiqligi bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy tartib-taomillar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Normalarning barqarorligi va huquqiy jihatdan muvofiqligi bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻzlarning notoʻgʻri qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noaniq va asossiz havolalarning qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarda qarama-qarshiliklarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diskretsion vakolatlarning kengligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatlarning noaniqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir-birini takrorlovchi vakolatlar va vazifalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar qabul qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazifani yoki topshiriqni bajarish uchun ijrochida zarur boʻlgan vakolatlar va resurslarning mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vaqtida tartibga solinmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlar toʻqnashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
afzalliklarning asossiz ravishda belgilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirishini asossiz ravishda kechiktirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq va majburiyatlarning nomutanosibligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maʼmuriy tartib-taomillar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki toʻliq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan qoidalardagi istisno holatlarning asossiz ravishda qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha va asossiz talablar belgilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqt chegaralarining noaniqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovlar miqdorlarining noaniqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet, uning qoʻshimcha manbalari mablagʻlari sarflanishining aniq va shaffof tartib-taomillari mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va yigʻimlarni hisoblash hamda undirish tartib-taomillarining murakkabligi yoki noaniqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha aniq va shaffof tartib-taomillarning mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq va imtiyozlar beruvchi hamda maʼmuriy tartib-taomillarni belgilaydigan tanlov (auksion, tender) tartib-taomillaridan boʻyin tovlash imkoniyatini beruvchi normalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlarni amalga oshirish usullarining murakkabligi va ularni moliyalashtirish manbalarining noaniqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu bobda nazarda tutilgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash maqsadida mahalliy Kengash qarori loyihasi tegishincha xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi kotibiyatining bosh yuriskonsulti, tuman (shahar) adliya boʻlimi huzuridagi Yuridik xizmat markazi tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qaror loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalariga koʻra xulosa tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari huquqiy ekspertizani oʻtkazish natijalari boʻyicha tuziladigan xulosada ham aks ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mahalliy Kengash qarori loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari boʻyicha tuzilgan xulosada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaysi normativ-huquqiy hujjatga koʻra qaror loyihasini ishlab chiqish topshirilgan boʻlsa, oʻsha normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi, qabul qilingan sanasi, raqami, eʼlon qilingan rasmiy manbasi, topshiriq bayon etilgan tegishli moddasi yoki bandi (kichik bandi, xatboshisi), shuningdek, yuqori turuvchi organning topshiriqlari yoki tashabbuskor davlat organi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (organning nomi, topshiriqning (topshiriq mavjud boʻlganda) raqami va sanasi, zarur boʻlgan taqdirda, topshiriq bergan mansabdor shaxs);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror loyihasining mohiyati va ahamiyatining qisqacha bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tegishli xulosa asoslantirilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga doir (ularni bartaraf etish choralari koʻrsatilgan holda) takliflar va tavsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qaror loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosa mahalliy Kengash qarori loyihasini ishlab chiquvchi hamda mahalliy Kengash tomonidan majburiy ravishda koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mahalliy Kengash qarorlari loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uslubiyotida koʻrsatilgan huquqiy ekspertiza muddati ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qaror loyihasida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omil aniqlangan taqdirda qaror loyihasini ishlab chiquvchi yoki mahalliy Kengash tomonidan uni bartaraf etish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mahalliy Kengash qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan taqdirda loyiha yuzasidan korrupsion omil mavjudligi boʻyicha kelib tushgan fikr-mulohazalar majburiy ravishda koʻrib chiqilishi, ular rad etilgan taqdirda asoslantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mahalliy budjetni tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilishda korrupsiyaga qarshi kurashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu bobning maqsadi mahalliy budjetni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilishda korrupsiya xavf-xatarlarining oldini olish, shuningdek, budjet jarayonining shaffofligi va hisobdorligini oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Budjet jarayonidagi korrupsiyaga oid xavf-xatarlar quyidagi bosqichlarda vujudga kelishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet loyihasini tuzish (budjet takliflarini shakllantirishda shaffoflikning yoʻqligi; shaxsiy manfaatlarni ilgari surish; dasturiy maqsadga yoʻnaltirilgan yondashuvga eʼtibor bermaslik);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetni mahalliy Kengashda koʻrib chiqish va tasdiqlash (manfaatlar toʻqnashuvi; muhokamalarda va tuzatishlarda shaffoflikning yoʻqligi; daromad va xarajatlar prognozlarini asossiz ravishda oʻzgartirish; jamoatchilik ishtirokining yoʻqligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet ijrosini taʼminlash (budjet mablagʻlarini maqsadsiz sarflanishi, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etmaslik; budjet ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yashirish; xarajatlarning samaradorligi ustidan nazoratning sustligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet ijrosini nazorat qilish (budjet ijrosi ustidan tekshiruvlarning yetarli emasligi; tekshiruvni (nazoratni) amalga oshiruvchi shaxslarning yetarli koʻnikmalarga ega emasligi; aniqlangan kamchiliklarga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrilmasligi) va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu bob 19-bandida nazarda tutilgan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida quyidagi choralar koʻrish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaffoflikni oshirish — budjet jarayonini raqamlashtirish, uning barcha bosqichlarini ochiq manbalarda eʼlon qilib borish, davlat xaridlarining ochiqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish — manfaatlar toʻqnashuvi boʻlgan shaxslarni qarorlar qabul qilish jarayonidan chetlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazorati — budjet jarayonini nazorat qilish uchun jamoatchilik vakillari ishtirokini taʼminlash, shu jumladan budjet ijrosini oʻrganishga oid nazorat-tahlil tadbirlariga va muhokamalarga fuqarolarni jalb qilish, fuqarolarning budjet jarayonini monitoring qilish imkoniyatlari haqida xabardorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlik nazorati — budjet ijrosini baholash uchun mustaqil auditorlarni jalb qilish, budjet ijrosini bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganish, huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda bu haqdagi axborot darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mahalliy Kengash tomonidan budjet loyihasini koʻrib chiqishda u maqsad va kutilayotgan natijalarning shaffofligini taʼminlovchi dasturiy-maqsadli tamoyil asosida shakllantirilganligiga eʼtibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, mahalliy Kengash budjet xarajatlarining asosliligini baholash uchun mahalliy Kengash huzuridagi ekspertlik guruhi aʼzolarini, shuningdek, mustaqil ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mahalliy Kengash sessiyasida budjet loyihasini koʻrib chiqish va muhokama qilishda “mahalla yettiligi”, jamoatchilik vakillari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mahalliy budjetga asoslantirilmagan, shuningdek, jamoatchilik muhokamasisiz oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjetga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi mahalliy Kengash qarorida ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar kimning taklifi asosida kiritilganligi aniq koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mahalliy budjet ijrosining borishi toʻgʻrisidagi hisobotlar har chorakda mahalliy Kengashning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat organlari va tashkilotlarining hisobot (axborot)larini eshitishda korrupsiyaga qarshi kurashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu bobning maqsadi davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishni tashkil etish orqali mahalliy Kengashlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati samaradorligini oshirish, bu borada eshituvlarni tashkil etish va oʻtkazish masalasida yagona yondashuvni shakllantirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiya xavfini aniqlashga koʻmaklashish, davlat organlarining vakillik organlari va jamiyat oldidagi ochiqligi va hisobdorligini oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mahalliy Kengash tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining hisobot (axborot)larini eshitishda korrupsiyaga qarshi kurashish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tegishli davlat organi mansabdor shaxsining hisoboti (axboroti)ni eshitish (Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakili, tegishli hudud prokurori, hududiy ichki ishlar, adliya organi rahbari, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boʻlinmasi vakili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining hisoboti (axboroti)ni eshitish jarayonida ularning sohada korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini muhokama qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat organi va tashkiloti mansabdor shaxsining hisoboti (axboroti)ni eshitish boʻyicha nazorat-tahlil tadbiri rejalashtirishdan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot (axborot)ni eshitish rejalashtirishda birinchi navbatda tegishli hududda korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan sohalarda funksiyalarni bajaradigan davlat organlari, tashkilotlari tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davlat organi yoki tashkiloti mansabdor shaxsi mahalliy Kengashga hisobot (axborot)ni yozma shaklda quyidagi boʻlimlarni inobatga olgan taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkilotining tegishli davrdagi faoliyatining umumiy tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaning oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralar (shu jumladan, korrupsiyaga qarshi standartlar, xodimlarni oʻqitish, manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat va korrupsiya xavf-xatarlari monitoringi natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ishlarni takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar va takliflar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat organi yoki tashkiloti mansabdor shaxsi mahalliy Kengashga hisobot (axborot)ni ushbu masala sessiyada muhokama qilinishidan kamida 10 kun oldin — tasdiqlovchi hujjatlar (statistik maʼlumotlar, tekshirish hisobotlari va boshqalar)ni ilova qilgan holda taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mahalliy Kengash tomonidan davlat organi yoki tashkiloti mansabdor shaxsining hisoboti (axboroti)ni tahlil qilish quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot (axborot)dagi maʼlumotlarni mustaqil oʻrganish va monitoring natijalari bilan solishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining xabarlarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid murojaatlari, ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan materiallarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldingi eshituvlardan soʻng berilgan tavsiyalarning bajarilishini baholash va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mahalliy Kengash tomonidan davlat organi yoki tashkiloti mansabdor shaxsining hisoboti (axboroti)ni baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan qoidabuzarliklarga oʻz vaqtida tezkorlik bilan chora koʻrilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorlik darajasi va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mahalliy Kengash sessiyasida tegishli mansabdor shaxsning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hisoboti (axboroti)ni muhokama qilish jarayonida deputatlar tomonidan quyidagi masalalarga eʼtibor qaratilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi dasturlarning amalga oshirilishini taʼminlash borasidagi ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davrda korrupsiya xavfini minimallashtirish boʻyicha koʻrilgan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, bunga imkon beruvchi omillarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat ochiqligini taʼminlash, raqamlashtirish, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat davomida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonidagi korrupsion holatlar va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid murojaatlari hamda ularni koʻrib chiqish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari va deputatlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid faoliyatini axborot-tahliliy va tashkiliy jihatdan taʼminlash mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi. Kotibiyat ularni zarur hujjatlar, axborot va maʼlumot materiallari, shuningdek, ushbu faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mutaxassislarning maslahatlari bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari va deputatlar korrupsiyaga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mahalliy Kengashlar raislari Uslubiy tavsiyalar talablariga rioya qilish uchun shaxsan masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mazkur Uslubiy tavsiyalarda belgilangan talablar buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Uslubiy tavsiyalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qarori bilan amalga oshiriladi.