17.03.2025 yildagi SQ-89-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida turgan vazifalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining yigʻilishida soʻnggi yillarda sohaning normativ-huquqiy asoslarini shakllantirish, institutsional oʻzgarishlar amalga oshirish, korrupsiyani qisqartirish va uning oldini olishga qaratilgan choralar koʻrilganligi taʼkidlab oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohaga oid 10 ga yaqin qonun qabul qilindi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10 ta farmon va qarori, Hukumatning 2 ta qarori va 20 dan ortiq idoraviy hujjat hamda 2 ta Davlat dasturi tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, sohada davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, davlat xizmatida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tizimi yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kengash tarkibidan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining oʻrin olishi orqali barcha davlat va nodavlat tashkilotlarining sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish imkoniyati yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi Milliy maʼruza tayyorlash va uni Oliy Majlis palatalariga kiritish amaliyoti yoʻlga qoʻyilib, ushbu jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham oʻz aksini topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 117 ta davlat organi va tashkiloti, shu jumladan banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens — nazorat) tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlar bilan birga sohada qator kamchiliklar ham mavjudligi davlat Rahbari tomonidan qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar asosan korrupsiyani aniqlash va jazolash bilan shugʻullanib, korrupsiyaviy omillarning oldini olishga, preventiv choralarni koʻrishga eʼtibor qaratmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishda davlat organlari va tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens nazorat) boʻlinmalarining oʻrni va masʼuliyati yetarli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan sohaga oid xorijiy davlatlar tajribasi oʻrganilmagan, sohani rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yongʻin xavfsizligi boʻyicha byurokratiya va qonun buzilishi holatlari koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori. Sogʻliqni saqlash sohasida 527 ta, bandlik boʻyicha 447 ta, banklarda 434 ta korrupsiyaviy holat qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan eng koʻp mablagʻ oladigan vazirliklardagi korrupsiyaviy omillar aniqlanmagan, oʻrganilmagan hamda tahlil qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlarda, mahallalarda infratuzilmaga ulanish, litsenziya olish, imtiyozli kredit ajratish, ishga qabul qilish, malaka oshirish kabi maishiy korrupsiyaviy holatlar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchi, prokuror va sudyalar qoʻlidagi ish boʻyicha faqatgina idoralarga taqdimnoma va xususiy ajrim kiritish bilan cheklanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatida sustkashlikka yoʻl qoʻygan rahbarlarga nisbatan tegishli jazo choralarini qoʻllash boʻyicha taklif kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarining faoliyati talabga javob bermaydi, ularning mahallalar bilan oʻzaro hamkorligi yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzarliklarni roʻyxatga olish boʻyicha yangi platforma ishga tushirilmaganligi oqibatida ayrim tuman va shahar ichki ishlar boʻlinmalari tomonidan jinoyatlar oʻz vaqtida roʻyxatga olinmasdan statistik maʼlumotlar yashirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari tomonidan tergov jarayonlari ustidan yetarli nazorat oʻrnatmaganligi oqibatida 2024-yilda tergov idoralarining ikki mingdan ortiq qarori bekor qilingan, sudlar tomonidan 637 ta jinoyat ishi kamchilik borligi tufayli tergovga qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, prokuratura organlari tomonidan tergov qilingan 5 635 ta jinoyat ishi yuzasidan 5,1 trln soʻmlik zararning 2 trln soʻmi undirilmay qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha soliq organlari tomonidan ishlar yetarli darajada olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, 128,5 mingta korxona (25 foiz) hisobotlarda birorta ham xodim yoʻq deb koʻrsatgan boʻlsa, 152 mingtasi (30 foiz) 1 nafardan, 79 mingtasi (15 foiz) esa 2 nafardan ishchi mavjudligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir mahallaga soliq organlari xodimlari biriktirilgan boʻlsa-da, soliq tushumlari boʻyicha rejalar bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insofli tadbirkorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻini 7 kun ichida qaytarib berish boʻyicha tadbirkorlarning 487 mlrd soʻmlik 2,5 mingga yaqin murojaati oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sodir etilgan jinoyatlarning sabablarini, kelib chiqish omillarini aniqlash, kelgusida ularning oldini olish maqsadida hokimlar, prokurorlar va ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan jinoyat sodir etgan shaxslar bilan uchrashuvlar oʻtkazish yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining 46 foizi (115 trln soʻm) tanlov va tenderlarsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali amalga oshirilganligi natijasida manfaatlar toʻqnashuvi, qimmat narxda tovar sotib olish yoki xizmat koʻrsatish holatlari sodir etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ayrim idoralarda sud jarayonlariga aralashish, sudyalarning mustaqilligi prinsipini buzish holatlari qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ishtirokida oʻtkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yigʻilishidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Senat qoʻmitalari raislarining axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va boshqa sohaga masʼul vazirlik va idoralarga jinoyatchilikni jilovlash va korrupsiyaning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar yetarli emasligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilar yuzasidan takliflar tayyorlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiya holatlari koʻp sodir boʻlayotgan sogʻliqni saqlash, bandlik, bank, qurilish, taʼlim, energetika, kommunal xizmatlar sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga oid xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga sifatli yuridik yordam koʻrsatishda advokatlar faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaning oldini olish, aholini unga toqatsizlik ruhida tarbiyalash, profilaktika mexanizmlarini yaratish, korrupsiyaviy jinoyatlar roʻyxatini belgilash, jinoyatni fosh etishga yordam berganlarni ragʻbatlantirishning qonuniy asoslarini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda hududlarda jinoyatchilikni jilovlash va korrupsiyaning oldini olish borasidagi faoliyatni tanqidiy oʻrganib borsin va natijasini xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilib, prokuror hamda ichki ishlar organlarining aniq vazifalarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligi va natijadorligini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir profilaktika inspektorini “bodi kamera” bilan taʼminlash va huquqbuzarliklarni roʻyxatga olish boʻyicha yangi platformani ishga tushirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlarining taʼsirchanligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla hamda korxonabay ishlash tizimida yashirin iqtisodiyotning oldini olish borasida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirlari natijalari boʻyicha har yarim yilda Senatga axborot kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshiriladigan davlat xaridlarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy daromadlarni legallashtirish jinoyati uchun javobgarlikni xalqaro standartlarga moslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimini amaliyotga joriy etish va bu boʻyicha elektron platformani ishga tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarni tartibga solish mexanizmini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-iyundan boshlab tajriba-sinov tariqasida 2026-yil 1-yanvarga qadar tovarlarni aynan bir yetkazib berish zanjiri boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-fakturalarni real vaqt rejimida inson omilisiz avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi oʻrtacha bozor narxidan 20 foizdan oshgan hollarda mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Qonunchilik palatasi hamda Senat huzuridagi Yoshlar parlamentlari bilan birgalikda ikki oy muddatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan “Aksilkorrupsiya volontyorlik faoliyati” konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish yuzasidan doimiy ravishda targʻibot tadbirlarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda jamiyatda ijtimoiy adolatni taʼminlash, aholi, ayniqsa, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazishni tartibga solish yuzasidan takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrgangan holda kiberkorrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sogʻliqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament nazorati doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan budjet mablagʻlari ishlatilishida korrupsiyaviy holatlar kelib chiqishining oldini olish masalalarini oʻrgansin va natijasi yuzasidan aniq takliflarni tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik his tuygʻularini va huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan oʻquv dasturlarini joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarga halollik haqidagi asosiy tushunchalarni oʻrgatish uchun moʻljallangan “Halollik” toʻgaraklari dasturini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha taʼlim muassasalarida respublika koʻrik tanlovlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi, Adliya, Iqtisodiyot va moliya, Suv xoʻjaligi vazirliklari, hokimliklar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligida budjet mablagʻlari ishlatilishi holatlarini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalari boʻyicha korrupsiyaviy holatlarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan vazirlik rahbariyatining axborotini Qoʻmitada eshitsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer ajratish bilan bogʻliq amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazsin, sohaga oid xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilsin hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga yer ajratishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar boʻyicha uch oy muddatda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Senat qoʻmitalari doimiy ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatga kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish jarayonida ularda korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalar mavjud emasligiga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda aholi bilan uchrashuvlarda jinoyatchilikni jilovlash va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni toʻgʻri tushuntirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qarorda nazarda tutilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining korrupsiyaga qarshi olib borgan faoliyatini monitoring qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar shakllanishi va sarflanishi ustidan mahalliy Kengashlar tomonidan olib borilayotgan deputatlik nazorati natijadorligini va tashabbusli budjet jarayonlaridagi holatlarni tahlil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarining maishiy va tizimli korrupsiyaviy omillarga qarshi kurashish borasidagi ishlariga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashlarning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari tomonidan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish borasidagi faoliyatini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlarning shakllanishi va sarflanishi borasida olib borilayotgan deputatlik nazorati natijadorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda prokurorlar va ichki ishlar organlari rahbarlarining hududlarda jinoyatchilikni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborotlarini eshitish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senat Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-89-V-son