24.02.2025 yildagi 108-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni hamda “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 10-iyuldagi PQ-249-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonini soddalashtirish orqali davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik subyektlari uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 10-iyuldagi PQ-249-son qarorining 6-bandida davlat buyurtmachilari tomonidan korporativ bank kartalaridan (“xarid kartalari”) foydalangan holda, xaridlarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat safarlari, shu jumladan, transport va yashash xarajatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benzin, suyultirilgan va siqilgan gaz, avia va dizel yoqilgʻisida harakatlanuvchi transport vositalariga yoqilgʻi quyish, elektromobillarni elektr energiyasi bilan quvvatlantirish bilan bogʻliq xaridlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda toʻlov tizimi operatorlari bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar davlat xaridlari maxsus axborot portalida korporativ bank kartalari orqali amalga oshiriladigan davlat xaridlarining hisobini yuritish imkonini beruvchi alohida axborot tizimini yaratsin hamda uning tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalarga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 108-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat buyurtmachilarining milliy valyutada naqd pulsiz shaklda korporativ bank kartalari (xarid kartalari) orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ bank kartasi (keyingi oʻrinlarda — xarid kartasi) — davlat buyurtmachisiga bank tomonidan beriladigan, xarid kartasini saqlovchiga karta hisobvaragʻida hisobda turgan mablagʻlarni tasarruf etgan holda tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib olish uchun naqd pulsiz shaklda milliy valyutada toʻlovlarni toʻlash huquqini beruvchi bank kartasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinet — elektron davlat xaridlarida ishtirok etishni, zarur axborotni joylashtirishni va undan foydalanishni taʼminlaydigan davlat xaridlari subyektlari va xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlarining maxsus axborot portalidagi individual sahifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid kartasini saqlovchi — davlat buyurtmachisi va emitent bank oʻrtasidagi shartnoma asosida xarid kartasidan foydalanuvchi davlat buyurtmachisi yoki u vakolat bergan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobdor shaxs — davlat buyurtmachisi tomonidan xarid kartasidan foydalanish huquqi berilgan jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat buyurtmachisi xarid kartasidan foydalangan holda, davlat xaridlarini amalga oshirish maqsadida xarid kartasi hisobvaragʻini ochish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda emitent bankka murojaat qiladi. Bunda budjet buyurtmachisining har bir tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha emitent bankda alohida bank tranzit hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid kartalaridan foydalangan holda xarid qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat safarlari va boshqalar uchun chiptalar (avia, temiryoʻl va yoʻnalish transporti) hamda yashash xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu kichik bandga muvofiq davlat xaridlari Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat buyurtmachisining ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda talab etiladigan benzin, suyultirilgan va siqilgan gaz, avia va dizel yoqilgʻisida harakatlanuvchi transport vositalariga yoqilgʻi quyish, elektromobillarni elektr energiyasi bilan quvvatlantirish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) korporativ buyurtmachilar tomonidan qonunchilikka muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish huquqi berilgan hollarda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravari miqdorigacha amalga oshiriladigan davlat xaridlari, ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlari koʻrsatilgan xaridlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat buyurtmachilari tomonidan xarid kartasiga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va dividendlar oʻtkazilishiga, shuningdek, xarid kartasi yordamida naqd pul berilishi va (yoki) chet el valyutasi sotib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachilari tomonidan boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion savdolarida ishtirok etib, xaridlarni amalga oshirish uchun xarid kartasidan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xarid kartasidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan hisobdor shaxslar roʻyxati davlat buyurtmachisi rahbarining buyrugʻi (farmoyishi) bilan belgilanadi. Hisobdor shaxslar mazkur davlat buyurtmachilarining xodimlari boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xarid kartasiga mablagʻlarning ilk bor hisobga kiritilishi va keyinchalik toʻldirilishi uchun davlat buyurtmachisida belgilangan tartibda rahbar yoki u vakolat bergan shaxsning buyrugʻi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xarid kartasining emitent banki xarid kartasini saqlovchiga yuborilgan va undan olingan xabarnomalarning ushbu xabarnomalar yuborilgan va olingan kundan eʼtiboran uch yildan kam boʻlmagan muddat mobaynida saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida ochilgan kabinet orqali xarid kartasiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichiga (keyingi oʻrinlarda — IFUT) muvofiq ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilmagan davlat xaridlarini amalga oshirishga cheklovlar oʻrnatiladi, bunda oʻrnatilgan cheklovlar xarid kartalari uchun doimiy boʻlib, bank pul oʻtkazmalaridan avval joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Korporativ buyurtmachilar tomonidan xarid kartasidan foydalanilgan holda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Korporativ buyurtmachilarning xarid kartalaridan foydalanilgan holdagi davlat xaridlari mazkur Nizomning umumiy qoidalarini inobatga olgan holda, ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Korporativ buyurtmachilar ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan davlat xaridlari uchun bank tranzit hisobvaragʻiga toʻlov topshiriqnomasi asosida mablagʻlar oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Korporativ buyurtmachilar oʻz tasarrufida boʻlgan xarid kartasiga rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida foydalanish cheklovlarini qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hisobdor shaxslar xarid kartasi orqali ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan davlat xaridlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xarid kartasi orqali amalga oshiriladigan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining axborot tizimi orqali maxsus axborot portalida ochilgan shaxsiy kabinetga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maxsus axborot portalida ochilgan shaxsiy kabinetga kelib tushgan barcha axborotlar hisobot koʻrinishiga keltiriladi va elektron shaklda avtomatik ravishda shartnomalarning yagona reyestrida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Korporativ buyurtmachi tomonidan xarid kartasi yordamida amalga oshiriladigan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot elektron maʼlumotlar almashinuvi yoʻli bilan davlat xaridlarining maxsus axborot portalida aks ettiriladi. Bunda xarid kartasini saqlovchi tomonidan xarid kartasi yordamida amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi hisobot davlat buyurtmachisining buxgalteriyasiga taqdim etilishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Budjet buyurtmachisi tomonidan xarid kartalardan foydalanilgan holda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Budjet buyurtmachisining xarid kartasidan foydalanilgan holdagi davlat xaridlari ushbu Nizomning umumiy qoidalarini inobatga olgan holda, ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Budjet buyurtmachisi xarid kartasiga mablagʻlarni oʻtkazish uchun “UzASBO” DMda yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma (keyingi oʻrinlarda — buyurtma) shakllantiradi va elektron hujjat shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik xizmati) boʻlimlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mablagʻlar budjet buyurtmachilarining xarajatlar smetasida ushbu Nizomning 4-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan davlat xaridlari uchun rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida bank tranzit hisobvaragʻiga buyurtma va toʻlov topshiriqnomasi asosida oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Budjet buyurtmachilari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish uchun elektron shaklda yuborilgan buyurtmalar Gʻaznachilik xizmati boʻlimlari tomonidan bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) elektron shaklda roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi. Kamchiliklar aniqlangan taqdirda, tegishli kamchiliklar koʻrsatilgan holda, elektron shaklda budjet buyurtmachilariga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Gʻaznachilik xizmati boʻlimlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki hisobga olingan buyurtmalarga asosan budjet buyurtmachilari toʻlov topshiriqnomalarini “UzASBO” DMda shakllantiradi va elektron shaklda Gʻaznachilik xizmati boʻlimlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu toʻlov topshiriqnomasida nazarda tutilgan mablagʻlar Gʻaznachilik xizmati boʻlimlari tomonidan bir ish kuni mobaynida budjet buyurtmachisining roʻyxatdan oʻtkazilgan buyurtmasi doirasida emitent bankda ochilgan tegishli (roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki hisobga olingan buyurtmaning hisobvaragʻi) bank tranzit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Kamchiliklar aniqlanganda esa, tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron shaklda budjet buyurtmachilariga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet buyurtmachilarning xarid kartasiga kirim qilish maqsadida bank tranzit hisobvaragʻiga mablagʻlarning toʻgʻri oʻtkazilishini nazorat qilish Gʻaznachilik xizmati boʻlimlariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Budjet buyurtmachilari oʻz tasarrufida boʻlgan xarid kartasidagi mablagʻlardan foydalanish uchun tegishli cheklovlarni qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Budjet buyurtmachisining hisobdor shaxslari xarid kartasi orqali ushbu Nizom 4-bandining “a” va “b” kichik bandlarida belgilangan davlat xaridlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Budjet buyurtmachisiga ochilgan xarid kartasi orqali amalga oshiriladigan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining axborot tizimi orqali maxsus axborot portalida ochilgan shaxsiy kabinetga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maxsus axborot portalida ochilgan shaxsiy kabinetga kelib tushgan barcha axborotlar hisobot koʻrinishiga keltirilib, DMBATga va “UzASBO” DMga yuborilgandan soʻng mazkur hisobot elektron shaklda avtomatik ravishda shartnomalarning yagona reyestrida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xarid kartasi yordamida amalga oshiriladigan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot elektron maʼlumotlar almashinuvi yoʻli bilan davlat xaridlarining maxsus axborot portalida, shuningdek, budjet buyurtmachilari boʻyicha DMBATda va “UzASBO” DMda ham aks ettiriladi. Bunda xarid kartasini saqlovchi tomonidan xarid kartasi yordamida amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi hisobot budjet buyurtmachisining buxgalteriyasiga taqdim etilishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat buyurtmachisi ushbu Nizomda belgilangan davlat xaridlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan davlat xaridlarining asosiy prinsiplariga, xususan, moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi prinsipiga muvofiq amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomda qayd etilmagan tovarlarning (ishlar, xizmatlar) xarid kartasi orqali xarid qilinishi va xarid kartasidagi mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Joriy moliya yili yakuniga koʻra xarid kartasidagi foydalanilmagan mablagʻlar belgilangan tartibda tegishli hisobvaraqqa (budjet buyurtmachilarning tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga) qaytariladi va undan toʻlovlarni toʻlash ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xarid kartasi yoʻqolgan (oʻgʻirlangan, shikastlangan) taqdirda, ushbu karta saqlovchisi karta yoʻqolgani (oʻgʻirlangani, shikastlangani) haqida davlat buyurtmachisining rahbariga darhol xabar berishi shart va u operatsiyalarni blokirovkalash maqsadida karta yoʻqolgani (oʻgʻirlangani, shikastlangani) toʻgʻrisida emitent bankni yozma ravishda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usulda ogohlantiradi. Karta boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi emitent bank bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat buyurtmachisining bosh hisobchisi maxsus axborot portalida ochilgan shaxsiy kabineti orqali xarid kartasidan har qanday toʻlovlarni oʻtkazishni toʻxtatish maqsadida bloklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xarid kartasini chiqarish va undan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davlat buyurtmachisi xarid kartasidagi mablagʻlar hisobidan davlat xaridlari qonunchilik talablari doirasida amalga oshirilishi hamda undagi mablagʻlar maqsadli sarflanishiga, shuningdek, xarid kartasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomda belgilangan talablarga rioya etilishi boʻyicha javobgarlik bank kartasini saqlovchi va uning hisobdor shaxsi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizomda belgilangan talablarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 108-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Taʼsischisi budjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalarga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik majburiyatlar — unitar korxonalar tomonidan tuzilgan shartnomalar, shuningdek, tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlari asosida unitar korxonalarda yuzaga keladigan majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy majburiyatlar — unitar korxonalardan mablagʻlarni oʻtkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 5-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 09/25/108/0177-son)