Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3598]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-dekabr,
464-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2008-yil 30-apreldagi 01-148Q/Q, 118, 16/QQ-son qarori (roʻyxat raqami 1812, 2008-yil 19-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 189-modda) bilan tasdiqlangan Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomda:
4-bandning beshinchi xatboshisidagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
14-banddagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 12-martdagi 86-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1963-4, 25.03.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2025-y., 10/25/1963-4/0281-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 11-iyundagi 204-son “Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻida (roʻyxat raqami 1981, 2009-yil 10-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 28-son, 330-modda):
1) nomi va 1-banddagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) muqaddimadagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) Nizomda:
nomi, 19-bandning uchinchi xatboshisi, 21-band, 23-bandning ikkinchi xatboshisi, 24-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari, 25-band, 29-bandning ikkinchi xatboshisi, 32-bandning birinchi xatboshisidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
muqaddimadagi “muassasalarida” va “muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlarida” va “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-banddagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Namunaviy mezonlarga muvofiq mutaxassislik fanlar boʻyicha tayanch oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan yakuniy nazorat uchun baholash mezonlari ishlab chiqilib, oliy taʼlim tashkiloti Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va turdosh oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 4-sentabrdagi 39/QQ va 27/QQ-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida (roʻyxat raqami 2011, 2009-yil 6-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 443-modda):
1) nomi va 1-banddagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) Nizomda:
nomi, 2 va 6-bandlardagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
muqaddimadagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “muassasalarida” va “muassasalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlarida” va “tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “muassasasini” degan soʻz “tashkilotini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3 va 21-bandlardagi “muassasasida” degan soʻz “tashkilotida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4-bandning yettinchi xatboshisi, 26-band va 85-bandning ikkinchi xatboshisidagi “muassasasini” degan soʻz “tashkilotini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11, 25, 38 va 54-bandlar, 80-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilari, 86, 87 va 89-bandlardagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
14-banddagi “muassasalarining” va “muassasasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlarining” va “tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “muassasalarining” va “muassasasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlarining” va “tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
18-banddagi “muassasasi” va “muassasalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkiloti” va “tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19 va 20-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. DAK raisi yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin bir yil (kalendar yil) muddatga hududiy kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻining (vazirlik, idora yoki oliy taʼlim tashkilotlari tasarrufidagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tashkilotlari uchun shu vazirlik, idora yoki oliy taʼlim tashkiloti rahbarining), DAK aʼzolari esa, taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
20. DAK raisi akademik litseylarda tayanch oliy taʼlim tashkiloti rektori bilan kelishilgan holda mazkur oliy taʼlim tashkilotining professor-oʻqituvchilari tarkibidan va kasb-hunar kollejlarida ish beruvchi tashkilotlar, shuningdek, turdosh oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari vakillari tarkibidan tanlanadi.”;
26-band va 85-bandning ikkinchi xatboshisidagi “muassasasini” degan soʻz “tashkilotini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
30-bandning ikkinchi xatboshisidagi “muassasasining” va “muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotining” va “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
32 va 90-bandlardagi “muassasalariga” degan soʻz “tashkilotlariga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
37, 74 va 91-bandlardagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
42-banddagi “muassasasining” va “muassasalarida” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotining” va “tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 30-oktabrdagi 9-2015-son “Oliy taʼlim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻida (roʻyxat raqami 2734, 2015-yil 26-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 47-son, 604-modda):
1) nomi va 1-banddagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) Nizomda:
nomi va muqaddimadagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2-bandning uchinchi xatboshisidagi “muassasalariga” degan soʻz “tashkilotlariga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
24-banddagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 5-sentabrdagi 11-2017-son “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” buyrugʻida (roʻyxat raqami 2936, 2017-yil 23-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi 23.10.2017-y., 10/17/2936/0162-son):
1) nomi va 1-banddagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) Nizomda:
nomi, muqaddima va 1-banddagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 5-sentabrdagi 12-2017-son “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻida (roʻyxat raqami 2937, 2017-yil 23-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2937/0163-son):
1) nomi va 1-banddagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) Nizomda:
nomi, 1-band va 2-bandning birinchi xatboshisidagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibini belgilaydi.”;
ilova belgisidagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ilova matnidagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 5-sentabrdagi 13-2017-son “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻida (roʻyxat raqami 2938, 2017-yil 23-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2938/0164-son):
1) nomi va 1-banddagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) Nizomda:
nomi, 1, 2 va 3-bandlardagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslaridagi pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
18-band va 20-bandning beshinchi xatboshisidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
27-band va 31-bandning birinchi xatboshisidagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
42-bandning ikkinchi xatboshisidagi “muassasalaridan” degan soʻz “tashkilotlaridan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
1 va 2-ilovalarning ilova belgisidagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/6-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3034, 2018-yil 5-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/3034/1474-son) bilan tasdiqlangan Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
3-band va 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9-banddagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son “Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻida (roʻyxat raqami 3069, 2018-yil 26-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 10/18/3069/1965-son):
1) nomi va 1-banddagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) Nizomda:
nomidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oliy taʼlim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi.”;
1-banddagi “muassasalariga” degan soʻz “tashkilotlariga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2, 5, 9, 11, 14-bandlar, 19-bandning birinchi xatboshisi, 44-band va ilova belgisidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3-banddagi “muassasalari” degan soʻz “tashkilotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
13-banddagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
18-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “muassasalarining” degan soʻz “tashkilotlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
20-banddagi “muassasasida” va “muassasasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotida” va “tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25-bandning uchinchi xatboshisi, 27, 42 va 43-bandlardagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 9-noyabrdagi 27-mh va 38-2021-son “Davlat oliy taʼlim muassasalarida yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun ularning moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari va oʻquv-metodik taʼminotiga qoʻyiladigan minimal talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida (roʻyxat raqami 3335, 2021-yil 26-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 10/21/3335/1100-son):
1) nomi va 1-banddagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) Ilovada:
nomidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
1-pozitsiyadagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “muassasalariga” degan soʻz “tashkilotlariga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 30-dekabrdagi 53-2021-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sohalari (taʼlim yoʻnalishlari) boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻida (roʻyxat raqami 3345, 2022-yil 24-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/3345/0063-son):
1) nomi va 1-banddagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 1-ilovada:
nomidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
izoh qismida:
1-banddagi “muassasalarida” va “muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlarida” va “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-banddagi “muassasalarida” va “muassasalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotlarida” va “tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-banddagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son; 28.03.2025-y., 10/25/1963-4/0281-son)