O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining
buyrug‘i
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 10-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1981]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 341-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 332-modda) muvofiq, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda baholash jarayonlarini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
2. Mazkur buyruq 2009-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi.
Vazir A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 11-iyun,
204-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009-yil 11-iyundagi 204-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanishi mumkin.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
2. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
b) talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;
v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
g) talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;
e) talabalarning fanlar bo‘yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;
j) o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.
3. Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
4. Nazorat turlari, uni o‘tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim tashkilotining (fakultet) o‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o‘quv dasturida mashg‘ulot turlari bilan birgalikda ko‘rsatiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
6. Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat — talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
oraliq nazorat — semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko‘p o‘tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
(6-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981-1, 26.08.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 34-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yakuniy nazorat — semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” (tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlari uchun “Yozma ish” yoki OTKS (obyektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) shaklida o‘tkaziladi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fakultet Ilmiy kengashi yoki oliy ta’lim tashkiloti kengashi qarori asosida ko‘pi bilan 40% fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og‘zaki, test va hokazo) o‘tkazilishi mumkin.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Nazorat turlarini o‘tkazishda xolislikni ta’minlash maqsadida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning nazorat ishlariga oliy ta’lim tashkiloti tomonidan identifikatsiya kodi berish orqali shifrlanishi mumkin.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
7. Oraliq nazoratni o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oliy ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi yoki o‘quv-uslubiy boshqarma rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‘tkazish jarayoni davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o‘tkaziladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
III. Baholash tartibi va mezonlari
10. Talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
11. Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
yakuniy nazoratga — 30 ball;
(11-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981-1, 26.08.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 34-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
joriy va oraliq nazoratlarga — 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
(11-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981-1, 26.08.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 34-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent davlat yuridik universitetida reyting ballari nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
joriy nazoratga — 30 ball;
oraliq nazoratga — 20 ball;
yakuniy nazoratga — 50 ball.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2013-yil 13-dekabrdagi 470-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1981-2, 13.12.2013-y.) asosan beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 659-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1981-1, 26.08.2010-y) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 34-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Talabaning reyting daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi — 100 ballik tizimda baholanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2013-yil 13-dekabrdagi 470-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981-2, 13.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 659-modda)
14. Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o‘rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:
a) 86 — 100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo‘lish.
b) 71 — 85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo‘lish.
Oldingi tahrirga qarang.
v) 55 — 70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
(14-band “v” kichik bandining birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981-1, 26.08.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 34-son, 297-modda)
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo‘lish.
Oldingi tahrirga qarang.
g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0 — 54 ball bilan baholanishi mumkin:
(14-band “g” kichik bandining birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981-1, 26.08.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 34-son, 297-modda)
aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
bilmaslik.
15. Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Namunaviy mezonlarga muvofiq mutaxassislik fanlar bo‘yicha tayanch oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan yakuniy nazorat uchun baholash mezonlari ishlab chiqilib, oliy ta’lim tashkiloti Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va turdosh oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
17. Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Talabaning fan bo‘yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:
(18-bandining birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981-1, 26.08.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 34-son, 297-modda)
Rf = V x OI , bu yerda:
100
100
V — semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda);
OI — fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).
Oldingi tahrirga qarang.
19. Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha 55 va undan yuqori ballni to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida fan bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi va bunda joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi ballni to‘plagan talabalar ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
20. Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.
IV. Nazorat turlarini o‘tkazish muddati
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
22. Talaba fan bo‘yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo‘yicha to‘plagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.
23. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1981-1, 26.08.2010-y) muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 34-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning ruxsatnomasi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan ballari ushbu nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan ballari yig‘indisi 55 balldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida semestr yakunida fan bo‘yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarining har biri bo‘yicha saralash ballidan kam ball to‘plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent davlat yuridik universitetida talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki yakuniy nazorat bo‘yicha to‘plagan bali ushbu nazorat turi umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor hisoblanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2013-yil 13-dekabrdagi 470-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1981-2, 13.12.2013-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 659-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin (bahorgi semestr natijalari bo‘yicha esa, talabalarning yozgi ta’tili hamda professor-o‘qituvchilarning mehnat ta’tilidan so‘ng) qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
(24-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘iga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi.
26. Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv bo‘limi hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.
V. Reyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
27. Talabaning fan bo‘yicha nazorat turlarida to‘plagan ballari semestr yakunida reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimining “O‘quv rejasida ajratilgan soat” ustuniga semestr uchun fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklama soatlari, “Fandan olingan baho” ustuniga esa 100 ballik tizimdagi o‘zlashtirishi qo‘yiladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2013-yil 13-dekabrdagi 470-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981-2, 13.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 659-modda)
Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasiga qayd etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Har bir fan bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh jurnali hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning o‘zida (nazorat turi yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, 2 (ikki) kun muddat ichida) talabalar e’tiboriga yetkaziladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981-1, 26.08.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 34-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Yakuniy nazorat natijalariga ko‘ra fan o‘qituvchisi talabalarning fan bo‘yicha reytingini aniqlaydi hamda reyting daftarcha va qaydnomaning tegishli qismini to‘ldiradi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981-1, 26.08.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 34-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimi joriy etilgan oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarning fan bo‘yicha reytingi reyting qaydnomasi va ushbu tizimga qayd etiladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
30. Talabaning reytingi uning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari darajasini belgilaydi. Talabaning semestr (kurs) bo‘yicha umumiy reytingi barcha fanlardan to‘plangan reyting ballari yig‘indisi orqali aniqlanadi.
31. Talabalar umumiy reytingi har bir semestr va o‘quv yili yakunlangandan so‘ng e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Diplom ilovasi yoki akademik ma’lumotnomani dekanat yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) tomonidan rasmiylashtirishda fan bir necha semestr davom etgan bo‘lsa, reytinglar yig‘indisi olinadi.
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Talabaga imtiyozli diplom belgilashda uning har bir semestr yakunidagi fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi hisobga olinadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1981-1, 26.08.2010-y) muvofiq ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 34-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Talabalarning nazorat turlari bo‘yicha erishgan natijalari kafedralar, dekanatlar va o‘quv-metodik bo‘linmalarda kompyuter xotirasiga kiritilib, muntazam ravishda tahlil qilib boriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981-1, 26.08.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 34-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yig‘ilishlari, fakultet va oliy ta’lim tashkiloti Ilmiy kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
35. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi test baholari va reyting ballarining xolisligini tekshirishni tashkil etadi va nazorat qiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ushbu Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha kelib chiqqan nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
37. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan.
Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-iyun
Xalq ta’limi vaziri G‘. SHOUMAROV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-iyun
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKROMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-iyun
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-iyun
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-iyun
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-iyun
“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK raisi O. RAMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-iyun
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-iyun
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi T. QO‘ZIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-iyun
Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q. SANAQULOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-iyun
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 28-son, 330-modda; 2010-y., 34-son, 297-modda; 2013-y., 50-son, 659-modda; 2014-y., 52(I)-son, 646-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 25.07.2022-y., 10/22/1981-4/0670-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)