Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
ILOVA
T/r | Yangi bakalavriat yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi boʻyicha taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun talablar | Koʻrsatkichlar |
Moddiy-texnika bazaga qoʻyiladigan talablar | ||
1. | Bino va inshootlar boʻyicha | |
a) | taʼlim sohalariga koʻra oliy taʼlim tashkilotining hududidagi har bir taʼlim oluvchi uchun ishchi maydon oʻlchami | |
texnika va muhandislik | 11,2 — 19,4 m2 | |
pedagogika | 8,7 — 14,5 m2 | |
farmatsevtika | 11,2 — 19,4 m2 | |
iqtisodiyot va huquq | 7,9 — 13,1 m2 | |
tibbiyot | 12,3 — 22,0 m2 | |
qishloq xoʻjaligi | 11,2 — 19,4 m2 | |
zooveterinariya | 11,4 — 20,5 m2 | |
madaniyat | 15,0 — 26,0 m2 | |
sanʼat va arxitektura | 20,0 — 33,8 m2 | |
b) | oʻquv xonalaridagi har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan maydon oʻlchami | |
oʻquv auditoriyalarida | 2,2 m2 | |
kompyuter zalida (sinfida) | 4 m2 | |
chet tili xonasida | 2,4 m2 | |
umumnazariy va umumtaʼlim laboratoriya xonalarida | 4 m2 | |
texnik va maxsus laboratoriyalarda | 6 m2 | |
alohida kabinalarga ajratilgan fonozallarda | 3 m2 | |
oʻquv-texnik vositalar bilan jihozlangan oʻquv auditoriyalarida | 2,4 m2 | |
kurs loyihasi va malakaviy bitiruv ishlari bajarish zallarida (arxitektura-qurilish va badiiy yoʻnalishlarda) | 3,6 m2 (6 m2) | |
axborot-resurs markazi | 0,6 m2 | |
2. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha | |
a) | kompyuter texnikalari soni | har 6 nafar talaba uchun 1 donadan |
b) | Internet jahon axborot tarmogʻi (WiFi tizimi) mavjudligi | 20 mbit/sek tezlikda |
3. | Malaka talablarida belgilangan amaliy malaka va koʻnikmalarning shakllanishi uchun zarur laboratoriya asbob-uskunalari, jihozlari, inventarlar, texnikalar va xom ashyolar | oʻquv dasturiga koʻra mashgʻulotlar soniga mutanosib ravishda |
4. | Yongʻin xavfsizligi boʻyicha | yongʻin xavfsizligi nazorati organining ijobiy xulosasi |
5. | Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi boʻyicha | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy organlarining ijobiy xulosasi |
Professor-oʻqituvchilar taʼminotiga qoʻyiladigan talablar | ||
6. | Professor-oʻqituvchilar shtat birliklari soni | |
a) | kunduzgi va kechki taʼlim shaklida | har 16 nafar talabaga 1 shtat birligi* |
b) | sirtqi taʼlim shaklida | har 20 nafar talabaga 1 shtat birligi* |
7. | Professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha | |
a) | asosiy ish joyi boʻyicha ishlaydiganlar ulushi | 40 foiz |
b) | bakalavriat yoʻnalishida ilmiy darajalilar ulushi | 35 foiz |
v) | magistratura mutaxassisligida ilmiy darajalilar ulushi | 100 foiz |
8. | Professor-oʻqituvchi tayanch maʼlumotining (mutaxassisligi yoki ixtisosligining) muvofiqligi boʻyicha | dars beradigan faniga mos boʻlishi zarur |
Oʻquv-metodik taʼminotiga qoʻyiladigan talablar | ||
9. | Har bir bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun malaka talablari mavjudligi boʻyicha | davlat taʼlim standarti, kasb standarti, mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablariga muvofiq boʻlishi |
10. | Har bir bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun oʻquv reja mavjudligi boʻyicha | oʻquv fanlari, kreditlar miqdori, mashgʻulot turlari, muddatlari koʻrsatilgan va fanlarning uzviyligi taʼminlangan boʻlishi |
11. | Oʻquv rejadagi har bir fanning oʻquv dasturlari mavjudligi boʻyicha | davlat taʼlim standartlari va malaka talablarida belgilangan bilim, malaka, koʻnikma va kompetensiyalarning talabalarda toʻliq shakllantirish imkonini yaratadigan darajada boʻlishi |
12. | Oʻquv rejadagi kreditlar miqdori boʻyicha | |
a) | bakalavriat yoʻnalishida | bir oʻquv yiliga 60 kredit** |
b) | magistratura mutaxassisligida | bir oʻquv yiliga 60 kredit** |
13. | Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi boʻyicha | |
a) | bakalavriat yoʻnalishida talabalarning darsliklar bilan taʼminlanganligi | har 6 nafar talabaga 1 donadan |
b) | magistratura mutaxassisligida talabalarning darsliklar bilan taʼminlanganligi | har 2 nafar talabaga 1 donadan |
v) | laboratoriya ishlari va kurs loyihalari uchun oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlanganligi | har bir talabaga 1 donadan |
g) | oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning elektron shakli bilan taʼminlanganligi | darsliklar, oʻquv va oʻquv uslubiy qoʻllanmalarning elektron shakli mavjud boʻlishi*** |
14. | Talabalar bilimini baholash mezonlari, amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish boʻyicha shartnoma va dasturlarning mavjudligi boʻyicha | ustavga muvofiq tasdiqlangan boʻlishi |