Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3595]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-dekabr,
34-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Eksponatlarni (koʻrgazma nusxalarini) xorijga olib chiqish hamda xorijda muzey fondi, jamoat va shaxsiy toʻplamlarning koʻrgazmalarini oʻtkazish qoidalarida (roʻyxat raqami 140, 1995-yil 6-may):
6-banddagi “Madaniyat ishlari vazirligining nazorat xizmati, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Madaniyat ishlari vazirligi” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15 va 22-bandlardagi “Madaniyat ishlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Madaniyat ishlari vazirligining badiiy ekspertiza va madaniy boyliklarni chetga olib ketish boʻyicha nazorat boʻlimi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank boshqaruvi va Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2007-yil 5-yanvardagi 2, 285-V va 01-10-14-son qarori (roʻyxat raqami 1657, 2007-yil 8-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4 — 6-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Osiyo va Parosiyo oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan yuksak natijalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilariga pul mukofotlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 3-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” va “Madaniyat va sport ishlari vazirligiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” va “Sport vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” degan soʻzlar “Sport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 7-banddagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligiga” degan soʻzlar “Sport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi, Markaziy bank boshqaruvining 2006-yil 29-dekabrdagi 2006-17, 5, 283-V-son qarori (roʻyxat raqami 1658, 2007-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Ikkilamchi bozorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarga hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi oʻn birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank boshqaruvining 2007-yil 9-martdagi 2007-03, 33, 289-V-son qarori (roʻyxat raqami 1682, 2007-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 22-son, 227-modda) bilan tasdiqlangan Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi oʻninchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank boshqaruvining 2007-yil 15-maydagi 56, M-23, 2007-14, 287-V-son qarori (roʻyxat raqami 1690, 2007-yil 14-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 257-modda) bilan tasdiqlangan Kasaba uyushmalari organlarining xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarni sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Markaziy banki boshqaruvining 2007-yil 4-apreldagi 2007-04, 290-V-son qarori (roʻyxat raqami 1692, 2007-yil 22-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 274-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi oltinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2007-yil 15-iyundagi 01-02/8-3, EG-01/10-3339, 20, 58-son qarori (roʻyxat raqami 1718, 2007-yil 20-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 398-modda) bilan tasdiqlangan Maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlarini hisoblash, undirish va qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
36-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
38-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 20-sentabrdagi 145-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1733, 2007-yil 26-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 439-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi bortkuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish qoidalari”da (OʻzR AQ-95):
23 va 51-bandlardagi “Davavianazorati” degan soʻzlar “Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
56, 60, 67, 71 va 99-bandlardagi “Davavianazorat” degan soʻzlar “Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2007-yil 30-oktabrdagi 2007-10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745, 2007-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 494-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi oltinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi hamda Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2008-yil 23-fevraldagi 299-V, 2008-05-son qarori (roʻyxat raqami 1782, 2008-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22-apreldagi 41-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1806, 2008-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 178-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 28-oktabrdagi 2008-29-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1872, 2008-yil 21-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 47-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Transfer-agent faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2008-yil 7-noyabrdagi 106, 2008-31-son qarori (roʻyxat raqami 1876, 2008-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 485-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatning amalga oshirilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1-banddagi “Moliya vazirligida” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi bilan birgalikda” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-banddan “, shuningdek tegishli choralarni qoʻllash uchun materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuborish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
11-banddan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 107-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882, 2008-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 529-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi oʻninchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3779, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 9-yanvardagi 2009-02-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1895, 2009-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishga doir cheklashlar va birga qoʻshib olib borish tartibi, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi beshinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 31-dekabrdagi 46, 121-son qarori (roʻyxat raqami 1898, 2009-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
30-banddagi “Xalq taʼlimi vazirligi” degan soʻzlar “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
32-banddagi “Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 29-noyabrdagi 2008-41-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899, 2009-yil 6-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi beshinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 30-yanvardagi 2009-05-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1911, 2009-yil 25-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar egalarining reyestri toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi oʻn birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3779, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)
21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 11-fevraldagi 2009-12-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1915, 2009-yil 7-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 122-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi oltinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 18-martdagi 2009-20-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1942, 2009-yil 17-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 207-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 7-apreldagi 42-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1975, 2009-yil 26-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Aktuar xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandi ikkinchi xatboshisi va 27-banddagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 2009-43, 38-son qarori (roʻyxat raqami 2033, 2009-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 491-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarida:
61-bandning birinchi xatboshisi, 191, 271 va 28-bandlardagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8 va 185-bandlardagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
181-bandning uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 104 va 41-son qarori (roʻyxat raqami 2036, 2009-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 494-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarida:
51-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi (bundan buyon matnda Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8-banddagi “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga” va “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” va “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9-bandning yettinchi xatboshisi, 13-bandning birinchi xatboshisi, 301-bandning ikkinchi xatboshisi va 34-banddagi “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15-band va 235-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 20-noyabrdagi 108-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2058, 2009-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 582-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3779, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)
28. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 5-fevraldagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2080, 2010-yil 23-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 8-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6, 16, 17 va 24-bandlardagi “Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 7-banddagi “moliya organlariga” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 8-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “moliya boʻlimlariga” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligiga” va “moliya boshqarmalariga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” va “iqtisodiyot va moliya boshqarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “moliya organlari” va “Gʻaznachilik boʻlinmalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “iqtisodiyot va moliya organlari” va “Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 10-banddagi “moliya organlari” va “moliya organiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “iqtisodiyot va moliya organlari” va “iqtisodiyot va moliya organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organlari budjet tashkilotlari va quyi turuvchi iqtisodiyot va moliya organlaridan olingan buyurtmanomalarni tekshiradilar va tekshirish natijalari boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar jamlangan buyurtmanomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim qilish uchun tayyorlaydilar.”;
8) 12-banddagi “Moliya organlariga” va “moliya organlari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya organlariga” va “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 13-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Gʻaznachilik boʻlinmalarida” va “Moliya vazirligining” degan soʻzlar tegishli ravishda “Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi boʻlinmalarida” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 18-banddagi “Gʻaznachilik boʻlinmalarida” va “Gʻaznachilikka” degan soʻzlar tegishli ravishda “Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi boʻlinmalarida” va “Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 20-bandda:
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “gʻaznachilik boʻlinmalari” degan soʻzlar “Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 21-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 23-banddagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” va “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligining Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 6-apreldagi 27, 2010-17-son qarori (roʻyxat raqami 2102, 2010-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 18-19-son, 143-modda) bilan tasdiqlangan Yuqori budjetdan quyi budjetlarga oʻtkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Tegishli hududlarda shakllangan daromadlar summasini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan tegishli budjetlarga oʻtkazib berilishi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyi budjetlarga esa, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.”;
2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan tegishli budjetlarga oʻtkazib beriladigan daromadlarni ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan respublika budjetining (23402000200100001005) asosiy hisobvaragʻidan amalga oshiriladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyi budjetlarga esa, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va viloyatlar (Toshkent shahar) iqtisodiyot va moliya boshqarmalari tomonidan (23432, 23430 va 23426) hududiy gʻaznachilik hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.”;
10-band hamda 12-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11-banddagi “Moliya vazirligi” va “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” va “Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15-banddagi “Gʻaznachilik boshqarmalari” degan soʻzlar “Gʻaznachilik xizmati boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16-band va 17-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” va “moliya boshqarmalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” va “iqtisodiyot va moliya boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
30. Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 15-apreldagi 126-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2105, 2010-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 21-son, 164-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi “Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori (roʻyxat raqami 2191, 2011-yil 31-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 152-bandidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
32. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 3-ilovasi 3-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “Madaniyat va turizm vazirligi” degan soʻzlar “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2011-yil 10-avgustdagi 48, 23-son qarori (roʻyxat raqami 2267, 2011-yil 23-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 39-son, 400-modda) bilan tasdiqlangan “Barkamol avlod” bolalar markazlarida bolalar oʻqiganligi uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 27-sentabrdagi 3, 9, 20, 24, 15914, 01-02/12-18-son qarori (roʻyxat raqami 2269, 2011-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 39-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etishda koʻmaklashish tartibi haqidagi nizomning 43-bandidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2011-yil 25-yanvardagi 2-Q, 5-son qarori (roʻyxat raqami 2337, 2012-yil 12-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada:
19-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligiga” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26-bandning birinchi xatboshisidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
54-banddagi “Moliya vazirligi” va “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” va “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 30-martdagi 2012/17-son “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida (roʻyxat raqami 2355, 2012-yil 26-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 199-modda):
ilovaning nomi va muqaddimasidan “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2012-yil 24-iyuldagi 2012-13-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383, 2012-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 369-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalarining 1-bandi oʻninchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2013-yil 28-yanvardagi 5-SP, 3, 10-son qarori (roʻyxat raqami 2435, 2013-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 10-son, 132-modda) bilan tasdiqlangan Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
39. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 27-martdagi 9, 24, 12, 2013-22, 01-02/19-28-son qarori (roʻyxat raqami 2457, 2013-yil 17-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 267-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish toʻgʻrisida xabardor etish tartibi haqidagi nizomda:
a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 8-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 9-bandda:
birinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” va “Davlat bojxona qoʻmitasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Soliq qoʻmitasi” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
40. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 30-apreldagi 42-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2462, 2013-yil 30-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 296-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomda:
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga (bundan buyon matnda Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (bundan buyon matnda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11-bandning birinchi xatboshisidagi “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12-banddagi “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshisidagi “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi” va “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining” degan soʻzlar tegishli ravishda “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” va “Istiqbolli loyihalar milliy agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14-bandning ikkinchi xatboshisi va 15-bandning birinchi xatboshisidagi “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20 va 21-bandlardagi “Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
41. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22, 7/4-son qarori (roʻyxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
3-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” va “Davlat soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” va “Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
42. Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2013-yil 18-sentabrdagi 439-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516, 2013-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 555-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq toʻlash qoidalarining 6-bandidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
43. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 28-noyabrdagi 62-mh, 52 va 109-son qarori (roʻyxat raqami 2541, 2013-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 701-modda) bilan tasdiqlangan Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri toʻgʻrisidagi nizomda:
5-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
44. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 17-fevraldagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2564, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 9-son, 102-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligini” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
45. Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati raisining 2014-yil 12-maydagi 46-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2588, 2014-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 21-son, 251-modda) bilan tasdiqlangan Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar faoliyati ustidan va attestatsiyadan oʻtkazilgan axborotlashtirish obyektlarida axborot xavfsizligi talablari bajarilishining nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar “Davlat xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
46. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 612-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1a va 14a-ilovalaridagi “moliya vaziri” va “Moliya vazirligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “iqtisodiyot va moliya vaziri” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3779, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)
48. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2015-yil 10-avgustdagi 2015-09-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2712, 2015-yil 27-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 34-son, 461-modda) Aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyat koʻrsatishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi oltinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
49. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 92-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2730, 2015-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 46-son, 589-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 14-bandning uchinchi xatboshisi va 39-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 35-bandda:
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 39-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 44-bandda:
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 51-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
50. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 11-dekabrdagi 697-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2748, 2015-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 656-modda) bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 26-banddagi “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 31-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari hamda 39-banddagi “Oʻzstandart” agentligining” degan soʻzlar “Texnik jihatdan tartibga solish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 32 va 36-bandlardagi “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 34-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzstandart” agentligining” degan soʻzlar “Texnik jihatdan tartibga solish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzstandart” agentligi” va “Oʻzstandart” agentligiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi” va “Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 37-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzstandart” agentligining” degan soʻzlar “Texnik jihatdan tartibga solish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzstandart” agentligi” va “Oʻzstandart” agentligiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi” va “Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 38-banddagi “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 40-banddagi “Oʻzstandart” agentligiga” degan soʻzlar “Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 41-banddagi “Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
51. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-son qarori (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 133-modda) bilan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 12-ilovasi 26 va 27-bandlaridagi “Tabiat resurslari vazirligining” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
52. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 10-iyundagi 2016-21-son qarori (roʻyxat raqami 2808, 2016-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 340-modda) bilan tasdiqlangan Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi beshinchi xatboshisi va 13-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
53. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 5-iyundagi 69 va 2017-24-son qarori (roʻyxat raqami 2892, 2017-yil 22-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 27-son 563-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining ortiqcha toʻlangan summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 6-bandning birinchi xatboshisi va 21-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 22-bandda:
birinchi va uchinchi xatboshilardagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 23-banddagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
54. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 20-iyuldagi 85 va 2017-33-son qarori (roʻyxat raqami 2902, 2017-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 749-modda) bilan tasdiqlangan Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining” degan soʻzlar “Suv xoʻjaligi vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
55. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 1-maydagi 180-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3013, 2018-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 20-son, 427-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
5-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3779, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)
57. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 7-yanvardagi 4-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi professor-oʻqituvchilari tarkibini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻida: (roʻyxat raqami 3129, 2019-yil 23-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 10/19/3129/2526-son)
nomi va 1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilovaning nomi va muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
58. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 17-iyundagi 34-son va 2021-yil 16-iyundagi 23-son qarori (roʻyxat raqami 3310, 2021-yil 17-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/3310/0570-son) bilan tasdiqlangan Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarida:
1) 4-banddagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-bandning uchinchi xatboshisi va 12-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 11-bandda:
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligini” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4) 13-bandning birinchi xatboshisi, 14-bandning yettinchi xatboshisi va 50-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
59. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021-yil 30-iyuldagi 53-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2021-y., 10/21/3327/0979-son) bilan tasdiqlangan Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisidagi “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son; 14.07.2026-y., 10/26/3898/0729-son)