21.12.2022 yildagi PQ-447-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoni bilan vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarni o‘z ichiga oladigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yagona tizimi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbir

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoni bilan qayta tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar reja-grafigini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil 25-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

2.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari va uning o‘rinbosarlari vakolat doirasi hamda respublika va hududiy darajadagi bo‘linmalarning vazifa va funksiyalarini aniq chegaralash, shuningdek, hududlar kesimida faoliyat samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ish ko‘rsatkichlarini (indikatorlari) belgilash tartibini nazarda tutuvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tartibga soluvchi namunaviy nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil 25-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

3.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlash.

Bunda, loyihada ijro etuvchi hokimiyat organlarining, shu jumladan, hududiy bo‘linmalar kesimida har birining maqomini belgilash hamda ijro etuvchi hokimiyat organlarini tashkil etish va tugatishning aniq tartibi va bir-biridan farqlovchi mezonlar nazarda tutilishi lozim.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-fevral

Vazirlar Mahkamasi

4.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari tuzilmasida tashkil etilishi majburiy bo‘lgan bo‘linma va lavozimlar ro‘yxati, ularga nisbatan qo‘llaniladigan mezonlar, rahbar va ijrochi xodimlar o‘rtasidagi nisbat bo‘yicha me’yorlarni belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2023-yil 1-mart

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Adliya vazirligi

5.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan boshqariladigan bozor iqtisodiyoti tarmoqlariga xususiy sektorni jalb qilish uchun q�lay sharoitlar yaratish, shu jumladan xususiy sektorning tegishli sohada faoliyat yuritishi uchun ochiq va sodda qoidalarni o‘rnatish bo‘yicha takliflarni kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2023-yil 1-fevral

Vazirlar Mahkamasi

6.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarini xatlovdan o‘tkazish va ularning yagona reyestrini shakllantirish ishlarini yakunlab, reyestr yuritish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritish.

Bunda, reyestrga kiritilgan har bir funksiya bo‘yicha ularni respublika, viloyat va tuman (shahar) kesimida amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan ta’minlash holati aks ettirilishi lozim.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil 1-mart

Adliya vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari yagona reyestridagi ma’lumotlarni elektron tarzda yuritish imkonini beradigan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimini ishga tushirish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil 1-mart

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

8.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari tashkiliy tuzilmalari shakllarining aniq ro‘yxatini belgilab, ularning shtat birliklari uchun normativlarni belgilash bo‘yicha uslubiyatni ishlab chiqish.

Bunda, ijro etuvchi hokimiyat organi markaziy apparati namunaviy tuzilmalari va ularning shtat birliklari uchun normativlarni belgilash hamda markaziy apparat shtat birliklarini shakllantirish uchun minimal talablar nazarda tutilishi lozim.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-fevral

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari (hududiy bo‘linma rahbari) tomonidan har yil boshida harakatlar dasturi (hududiy rivojlanish dasturi) va erishilishi rejalashtirilayotgan maqsadli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish hamda yil yakunida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni jamoatchilikka taqdim qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-yanvar

Vazirlar Mahkamasi

10.

Adliya vazirligi tizimida sinov tariqasida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha sinov natijalariga ko‘ra barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida buyruq, qaror va farmoyishlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilishni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-iyun

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Davlat boshqaruvi apparatini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni maqbullashtirish, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, budjet mablag‘larining sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Bunda:

hududlarga xizmat safarlarini qisqartirgan holda joylardagi muammolarni aniqlash uchun “onlayn qabul”, “virtual tashrif” kabi hududlar bilan ishlashning zamonaviy texnologiyalarga asoslangan masofaviy usullarini qo‘llash tizimini joriy etish;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini avtotransport vositalari bilan ta’minlash me’yorlarini rahbar kadrlarning soni qisqartirilishini inobatga olgan holda maqbullashtirish;

ijro etuvchi hokimiyat organlari uchun energiya va boshqa resurslarning sarflanishini bosqichma-bosqich, shu jumladan tejamkor texnologiyalarni joriy etish hisobidan kamaytirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni har yili belgilash hamda ajratiladigan budjet mablag‘larini ularga qarab maqbullashtirish amaliyotini joriy etish;

bino va inshootlarni qurish, ta’mirlash va jihozlash (qayta jihozlash), rasmiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha maksimal narxlarni ichiga oluvchi me’yorlarni belgilash, ushbu maqsadlarga sarflangan mablag‘lar yuzasidan hisobotlarni e’lon qilib borish tartibini joriy etish;

nazorat tadbirlarini o‘tkazishning muqobil shakllari joriy etilishini va ularda jamoatchilik vakillarining ishtirokini ta’minlaydigan tizimni yo‘lga qo‘yish orqali barcha nazorat tadbirlari va obyektlari haqidagi ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2023-yil 1-mart

Vazirlar Mahkamasi

12.

Vazirlik va idoralar hamda ular tizimiga kiradigan tashkilotlarga tegishli bo‘lgan bo‘sh turgan binolar, inshootlar va yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalarini bitta ma’muriy binoga joylashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-fevral

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tartibga solish hamda ularning huquqiy maqomini aniq belgilash, idoralararo kollegial organlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni o‘rnatish hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotganlarini tugatish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-fevral

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar (davlat unitar korxonasi, aksionerlik jamiyati, mas’uliyati cheklangan jamiyat va boshqa) faoliyatini yanada takomillashtirish. Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

xususiy sektor samarali faoliyat yuritayotgan yoki faoliyat yuritish imkoni mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda mavjud davlat unitar korxonalarini xatlovdan o‘tkazish;

davlat unitar korxonalari tomonidan davlat funksiyalarini ama�ga oshirish nuqtai nazaridan normativ-huquqiy hujjatlar va davlat unitar korxonalarining ta’sis hujjatlarini tahlil qilish;

davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (davlat unitar korxonalari, aksionerlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa) davlat funksiyalari, shu jumladan davlat tekshiruvi va nazorati funksiyalarini yuklashni taqiqlash;

davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kuzatuv kengashlari a’zoligiga ular faoliyatini tartibga soluvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari (regulyator) vakillarini kiritishga yo‘l qo‘ymaslik;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni tashkil qilish va ularning ulushdori bo‘lishini taqiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

15.

Ijro etuvchi hokimiyat organlarining mavjud shtat birliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash. Bunda, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarning shtat birliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni barcha uchun ochiq e’lon qilib borish imkoniyatlarini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-fevral

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

16.

Ayrim respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy bo‘linmalari faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, shuningdek, davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni yanada kengroq jalb etish orqali ularning shtat birliklarini maqbullashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Ayrim respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy bo‘linmalarini tegishincha mahalliy hokimliklar tuzilmasiga o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-mart

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Ayrim respublika ijro etuvchi hokimiyati organlarining Toshkent shahridagi tuman bo‘linmalarini ularning vazifa va funksiyalarini Toshkent shahri (bosh) boshqarmalariga o‘tkazgan holda tugatish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-mart

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Statistik ma’lumotlarni olish davrini 5 kundan 1 daqiqaga qisqartirish, statistik ma’lumotlarni shakllantirish va axborot almashinuvi jarayonida qog‘oz sarfidan to‘liq voz kechish hamda yig‘ma ma’lumotlarni e’lon qilish vaqtini ikki baravarga tezlashtirish imkonini beruvchi “Statistika integrallashgan axborot tizimi”ni ishga tushirish va mavjud axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil 1-fevral

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

20.

Davlat organlarida avtomatlashtirilgan ish joyi bo‘yicha yagona platformani ishlab chiqish.

Bunda, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xodimlari o‘z faoliyatiga oid hujjatlar bilan tanishish, majlislarda va yig‘ilishlarda ishtirok etish, nazorat hujjatlarini va topshiriqlarini bajarish, uchrashuvlar tashkil etishni rejalashtirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

Axborot tizimi

2023-yil 1-mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi

21.

Davlat organlarida masofaviy ishni tashkil etish va moslashuvchan ish tizimini takomillashtirish:

davlat xizmatchilari faoliyatini masofaviy tashkil etish bo‘yicha tartib ishlab chiqish;

davlat xizmatchilarining masofadan turib amalga oshirishi mumkin bo‘lgan funksiyalari ro‘yxatini belgilash;

masofaviy ishni tashkil etishda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maxsus dasturiy ta’minot (platforma) ishlab chiqish;

davlat fuqarolik xizmati lavozimlarning ayrim toifalari uchun (masalan, tahlil va hisobotlar bilan shug‘ullanadigan) ish vaqtini belgilashda vaqtbaydan ishbay tizimiga o‘tkazish asoslarini belgilash;

ish beruvchi bilan kelishilgan holda ish vaqtining moslashuvchan tizimini joriy etish (ya’ni, 10.00 dan 19.00 gacha va h.k).

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil 1-fevral

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning yil yakuni bo‘yicha moliyaviy natijadorlikka erishganligi va amalga oshirgan ishlari yuzasidan jamoatchilikka hisobotini e’lon qilish tartibini belgilash. Bunda:

korxonalar oldiga qo‘yilgan maqsadlar ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar;

korxonalar faoliyatining asosiy moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlarga erishish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

homiylik, xayriya va boshqa ijtimoiy maqsadlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qarorlar hamda qaror qabul qilishdan kutilayotgan natijalar haqidagi ma’lumotlar nazarda tutiladi.

Normativ- huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-mart

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

23.

Davlat boshqaruvida ortiqcha byurokratik to‘siqlar, murakkablashgan tartibotlar va eskirgan yondashuvlarni bartaraf etish. Jumladan:

davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq munosabatlarda shartnomani yozma shaklda tuzish bo‘yicha talablarni qisqartirish;

ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ortiqcha bo‘g‘in sifatida ariza berish tartibotlarini qisqartirish hamda soddalashtirilgan murojaat shakllarini joriy qilish;

fuqarolar orasida keng foydalanilayotgan xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida o‘zaro bog‘langan holda ko‘rsatish orqali ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqarolar uchun noqulayliklar tug‘dirayotgan mavjud tartibotlarni maqbullashtirish;

davlat organlarida onlayn navbatlar ishlashining yagona tartibini va unga amal qilinishi ustidan nazorat mexanizmini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-aprel

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida hisobotlarni to‘ldirish va taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish.

Bunda:

mavjud topshiriq va hisobotlarni xatlovdan o‘tkazish;

aniqlangan bir xil mazmundagi topshiriq va hisobotlarni birlashtirish;

hisobot berish tizimini unifikatsiya qilish va ularni elektron ko‘rinishga o‘tkazish orqali avtomatlashtirish;

bir xil mazmundagi va bir-birini takrorlovchi hamda hozirgi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va yig‘ilish bayonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan doimiy nazoratdagi topshiriq va ko‘rsatmalarni bekor qilish;

topshiriqlarni faqatgina markazlashgan tartibda elektron tizimda ro‘yxatga olish va ularning ijrosini nazorat qilish imkoniyatini yaratish;

mavjud topshiriqlar bo‘yicha hisobotlarning shakllantirilishini avtomatlashtirish hamda statistik ma’lumotlar almashinuvini raqamlashtirish choralarini ko‘rishga oid tadbirlar (hisobotlarni ushbu tizimdan tashqari berishni man qilish) nazarda tutilishi lozim.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil 1-aprel

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar