Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishni taʼminlash samaradorligini oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-noyabr,
PQ-406-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3060-son qarorida:
a) 3-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-bandi “a” kichik bandidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
5-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi, shuningdek, boshqa masʼul shaxslar ham kiradi”;
23-band chiqarib tashlansin;
25-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovada:
2-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“undirilgan ijro yigʻimi summasining bir qismi hisobidan xodimlarni ragʻbatlantirish”;
uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
5-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilova quyidagi mazmundagi 431-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ | 431. | Majburiy ijro byurosi | Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi | ”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)