Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom va uning Kuzatuv kengashi tarkibi 2-3-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmani boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori shuningdek boshqa masʼul shaxslar ham kiradi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
Jamgʻarma mablagʻlari toʻplanishi va sarflanishini tezkor boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro xodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustama va qoʻshimcha toʻlovlardan tashqari, har chorak yakuni boʻyicha mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Byuro direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Byuro xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan, quyidagi miqdorlardagi ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar beriladi:
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
70 balldan 80 ballgacha toʻplagan xodimlarga — lavozim maoshiga 50 foiz;
80 balldan 90 ballgacha toʻplagan xodimlarga — lavozim maoshiga 100 foiz;
90 balldan 100 ballgacha toʻplagan xodimlarga — lavozim maoshiga 200 foiz.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Quyidagilarning:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bosh prokuraturasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining prokuratura organlari xodimlariga oʻzlarining xizmat vazifalarini operativ va oʻz vaqtida bajarishida ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalari (keyingi oʻrinlarda — avtotransport vositalari) sotib olish uchun kreditlar berish toʻgʻrisidagi taklifi;
(31-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
b) “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha prokuratura organlari xodimlariga avtotransport vositalari sotib olish uchun quyidagi shartlar bilan kreditlar berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
kreditni berish muddati — 10 yil;
dastlabki badal summasi — sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;
foizli stavka miqdori — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish sanasidagi amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida;
kredit boʻyicha taʼminlash — avtotransport vositasi chiqqungacha va u kafolat boʻyicha rasmiylashtirilgungacha, kreditni qaytarish yuzasidan majburiyatlarni qisqa muddatli sugʻurtalashni hisobga olgan holda kredit boʻyicha sotib olinayotgan avtotransport vositasi kafolati;
foizlarni hisoblab yozish, asosiy qarzni va kredit boʻyicha asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni toʻlash, hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni toʻlash boʻyicha olti oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, bank hisob-kitob metodi boʻyicha amalga oshiriladi.
32. “Oʻzavtosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etiladigan prokuratura organlari xodimlari roʻyxati asosida ular tomonidan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini taʼminlasin;
(31 va 32-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
4. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi (M.B. Azimov) bir oy muddatda Jamgʻarma Direksiyasining malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini, shuningdek, uning faoliyati bilan bogʻliq boshqa tashkiliy-texnik masalalar hal etilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-noyabrdagi PQ-3384-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 07/17/3384/0251-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-iyun,
PQ-3060-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Jamgʻarma kuzatuv kengashining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek majburiy ijro tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, Byuro va prokuratura organlari faoliyatini taʼminlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
vakolatli organlar tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablagʻlarning 8 foizi;
Byuro organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablagʻlarning 8 foizi;
ijro ishi yurituvi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilgan summaning 5 foizi, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga undirilgan soliq qarzdorligi bundan mustasno;
davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yigʻimi mablagʻlarining 100 foizi;
Byuro xodimlari tomonidan qoʻllaniladigan va undiriladigan jarimalar, shuningdek pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Byuro, shuningdek prokuratura organlarining Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablagʻlarning 50 foizi, qolgan 50 foizi davlat budjetiga oʻtkaziladi. Byuro va prokuratura organlari tomonidan asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda, mablagʻlarni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriladi;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Jamgʻarmaga uning daromadlari boʻyicha kelib tushayotgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi gʻazna hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
6. Jamgʻarmaga mablagʻlar kelib tushishining toʻliqligini nazorat qilish Byuro va Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
bino va inshootlarini saqlash, foydalanish, qurish va taʼmirlashga;
Byuro organlarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga, shu jumladan ularni zarur inventarlar, mebel, aloqa, kompyuter va boshqa orgtexnika hamda boshqa vositalar bilan taʼminlashga, shuningdek kommunal-foydalanish va boshqa joriy xarajatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanmagan qismiga;
xizmat va maxsus avtotransport, shuningdek boshqa texnika vositalarini sotib olishga, ularga servis xizmati koʻrsatish, ehtiyot qismlari va yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro xodimlari mehnatga haq toʻlash fondining Davlat budjetidan moliyalashtirilmaydigan qismini moliyalashtirishga, shuningdek, prokuratura hamda Byuro xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga va ijtimoiy muhofaza qilishga (xizmat uy-joy qurish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat koʻrsatish, mukofotlar toʻlash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam koʻrsatish va hokazo);
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
qoʻshimcha xodimlarni saqlab turishga, shuningdek tegishli mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Byuroga ishga jalb qilishga;
belgilangan tartibda Byuro xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun toʻlovlarni kompensatsiya qilishga;
prokuratura organlari xodimlariga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish boʻyicha kreditlarning dastlabki badalini kiritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foizsiz qarz berishga;
Oldingi tahrirga qarang.
prokuratura va Byuro organlari xodimlariga ovqatlanish va yoʻlkira xarajatlari uchun oylik toʻlovlar hamda kuz-qish mavsumida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun toʻlov toʻlab berishga;
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
axborot tizimlari, shu jumladan axborot-kompyuter tizimlari, Byuro maʼlumotlar bazasi va axborot resurslarini tashkil etish, xizmat koʻrsatish, boshqarish, takomillashtirish va kengaytirish hamda Byuro organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligiga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishga;
Byuro xodimlarini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalarida oʻqitish, malakasini oshirish hamda stajirovka oʻtashiga;
Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;
Byuro xodimlarining mamlakat ichkarisidagi va uning tashqarisidagi xizmat safari xarajatlarini toʻlashga;
Byuroning seminarlari, davra suhbatlari, konferensiyalari, amaliy mashgʻulotlari, treninglari, profilaktika va boshqa tadbirlarini oʻtkazishga;
Byuro faoliyati uchun zarur boʻlgan bosma va boshqa materiallar bilan taʼminlashga;
Sud ijrochilarning xalqaro ittifoqi, boshqa ixtisoslashtirilgan xalqaro va regional tashkilotlarda aʼzolik uchun badal toʻlashga;
davlat daromadiga oʻtkazilgan aktivlarni xorijiy davlatlardan qaytarish bilan bogʻliq boʻlgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini ijro etilishini taʼminlash uchun Byuro tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni, shu jumladan xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, oʻzga tashkilotlarning axborot-maslahat xizmatlari, huquqiy va boshqa xizmatlarni, yigʻim va bojlarni moliyalashtirishga (qaytarilgan aktivlar yoki ular sotilishidan tushgan mablagʻlar hisobidan ushbu xarajatlarni Jamgʻarmaga qoplash (qaytarish) sharti bilan);
Oldingi tahrirga qarang.
Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasining xarajatlarini qoplab berishga (Jamgʻarma daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismidan koʻp boʻlmagan miqdorda);
(7-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PQ-202-sonli qaroriga asosan oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2025-y., 07/25/202/0541-son)
Majburiy ijro tizimi, Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari faoliyati samaradorligini taʼminlash va takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozi tushumlar va kelgusi yildagi xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha Byuroning hududiy boshqarmalari va boshqa organlari tomonidan hisobot yilining 1-noyabr holatiga taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida Byuro tomonidan ishlab chiqiladi. Bunda rejalashtirilayotgan yil boshidagi qoldiq mablagʻlar va, qoida tariqasida, soʻnggi 2 yildagi tushumlarning dinamikasi inobatga olinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Byuro direktori tomonidan tasdiqlangan yigʻma daromadlar va xarajatlar smetasi Jamgʻarma kuzatuv kengashiga kelishish uchun kiritiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
11. Jamgʻarmadan pul mablagʻlarini ajratish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi hamda Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xarajatlarni moliyalashtirish Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari tomonidan Byuroga taqdim etiladigan talabnomalar, toʻlovlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq uning gʻazna hisob raqamlaridan amalga oshiriladi, xato va ortiqcha oʻtkazilganligi uchun qaytarilayotgan mablagʻlar bundan mustasno.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumot Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari tomonidan Byuroga har chorak yakuniga koʻra, hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Byuro Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kuzatuv kengashining navbatdagi yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
17. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari budjetga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
3-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish
18. Jamgʻarmani boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari boshqaradigan uning Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi, shuningdek, boshqa masʼul shaxslar ham kiradi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
19. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Jamgʻarma Kuzatuv kengashining aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
20. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi zaruratga qarab, har chorakda kamida bir marta majlis oʻtkazadi. Zarur hollarda, Jamgʻarma Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qarori uning majlislarida aʼzolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etganda, oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Zarur hollarda yuzaga kelgan masalalarni tezkor hal etish maqsadida, kengash aʼzolarining kamida 2/3 qismining rezolyutsiyasi boʻlganda, ularning roziliklari va imzolarini yigʻish orqali Kuzatuv kengashi qarorlari qabul qilinishi mumkin.
Ovozlar teng boʻlganda, Jamgʻarma Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga rahbarlik, shu jumladan Jamgʻarma mablagʻlari toʻplanishi va sarflanishini tezkor boshqarish Byuro tomonidan amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Byuro Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
mablagʻlar ajratishga kelib tushgan buyurtmalar boʻyicha maʼlumotlar olish;
Oldingi tahrirga qarang.
undirilgan va Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan pul mablagʻlarining amalda kelib tushgan summasi boʻyicha tijorat banklari va tegishli tashkilotlardan axborotlar hamda statistika maʼlumotlarini soʻrab olish;
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishini monitoring qilish, zarur hollarda tegishli hujjatlarni soʻrab olish;
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
mablagʻlardan maqsadsiz foydalanilgan hollarda, mehnatga haq toʻlash boʻyicha toʻlovlardan tashqari, moliyalashtirishni toʻxtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
xorijiy valyutada hisob raqamlar ochish va yuritish, belgilangan tartibda ular boʻyicha tegishli operatsiyalarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma Kuzatuv kengashi roziligi bilan boʻsh mablagʻlarni milliy va chet el valyutasida Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, shuningdek, chet el valyutasidagi pul mablagʻlari boʻyicha ayirboshlash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.
(24-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Byuro Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish doirasida quyidagilarga majbur:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish, shuningdek, ular boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantirish;
Jamgʻarmadan tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan qoʻshimcha mablagʻlarni ajratish boʻyicha kelib tushgan buyurtmalarni toʻplash, ularni umumlashtirish va Jamgʻarma Kuzatuv kengashi koʻrib chiqishi uchun tayyorlash;
Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish tartibini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish;
Jamgʻarma Kuzatuv kengashi qarorlarini oʻz vaqtida ijro etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuv kengashi qarorlarini Byuro organlari va boshqa prokuratura organlariga yetkazish;
(25-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlarning foydalanilishini monitoring qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi boʻyicha hisobotlarni uning Kuzatuv kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etish.
(25-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Byuro har hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga daromadlari va xarajatlari boʻyicha maʼlumotlar, shuningdek Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga yillik hisobotni taqdim etadi. Byuro har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
4-bob. Yakunlovchi qoida
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
A. Xolmaxmatov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisi | |
2. | J.I. Abruyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
3. | X.M. Kabirdjanov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori |
4. | K.A. Suleymanov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi |
5. | U.T. Sadikov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ishlar boshqarmasi boshligʻi |
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan yoki tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi)xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
2. Byuro xodimlarining mehnatga haq toʻlash fondi quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
a) lavozim maoshidan. Darajali unvonlarga ega boʻlgan Byuro xodimlarining lavozim maoshini yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash razryadlari boʻyicha aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qoʻllaniladi;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
b) quyidagi miqdordagi oylik ustama haqlaridan:
alohida mehnat sharoitlari uchun darajali unvonlarga ega boʻlgan xodimlarga lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 50 foizi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari Byuroning boshqa xodimlariga lavozim maoshining 100 foizi miqdorida. Mazkur ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblashda Byuro xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi;
lavozim maoshiga 40 foiz miqdorda (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti);
darajali unvon uchun lavozim maoshiga 20 foizdan 50 foizgacha miqdorda;
darajali unvonlarga ega boʻlgan xodimlarga — koʻp yillik mehnati uchun lavozim maoshiga 5 foizdan 40 foizgacha miqdorda.
Oldingi tahrirga qarang.
Byuroning boshqa boshqaruv xodimlariga koʻp yillik mehnati uchun har oylik ustama haq toʻlash prokuratura xodimlari uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Bunda ustama miqdorini belgilashda xodimning umumiy ish staji inobatga olinadi (oliy oʻquv yurtidagi kunduzgi taʼlim davri bundan mustasno);
(2-band “b” kichik bandining oltinchi — sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) quyidagilarni oʻz ichiga oladigan ragʻbatlantiruvchi va boshqa toʻlovlardan:
xodimlar faoliyatini individual baholash asosida xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun ularni yilda ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofotlash;
Oldingi tahrirga qarang.
undirilgan ijro yigʻimi summasining bir qismi hisobidan xodimlarni ragʻbatlantirish;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
bayramlar, muhim va yubiley sanalari, uzoq yillik hamda bekamu koʻst xizmati (mehnati) uchun, pensiyaga chiqqanda va boshqa shu kabi holatlar munosabati bilan mukofotlash, shuningdek mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi hisobidan shakllantiriladigan Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari hisobidan shaxsiy ustamalar;
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravarigacha miqdordagi oylik toʻlovlar;
Byuro tuman va shahar hamda tumanlararo boʻlimlari xodimlariga — yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravarigacha miqdordagi oylik toʻlovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno;
kuz-qish mavsumida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining besh baravari miqdorida yillik toʻlovlar;
yilda bir marta oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam koʻrsatish;
baxtsiz hodisaga uchragan, shuningdek xizmat vazifalarini bajarishda halok boʻlgan Byuro xodimlarining oilasiga moddiy yordam koʻrsatish.
Ovqatlanish va yoʻlkira xarajatlari uchun oylik toʻlovlarning mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan yuqori miqdorini belgilash, shuningdek moddiy ragʻbatlantirish fondi miqdorini koʻpaytirish Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining qarori bilan amalga oshiriladi.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
3. Byuro xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
mukofotlash;
lavozim maoshiga shaxsiy ustamalar toʻlash;
moddiy yordam koʻrsatish.
Byuro xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
2-bob. Byuro xodimlarini mukofotlash tartibi
4. Xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun shaxsiy bir martalik toʻlov shaklida mukofotlash Byuroning rahbarlar tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan, Byuroning boshqa xodimlarini — uning direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Byuro va uning hududiy tuzilmalari xodimlariga mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Byuro direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Byuro xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan quyidagi miqdorlardagi toʻlovlar beriladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi PQ-406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son)
70 balldan 80 ballgacha toʻplagan xodimlarga — lavozim maoshiga 50 foiz;
80 balldan 90 ballgacha toʻplagan xodimlarga — lavozim maoshiga 100 foiz;
90 balldan 100 ballgacha toʻplagan xodimlarga — lavozim maoshiga 200 foiz.
3-bob. Lavozim maoshlariga oylik shaxsiy ustamalar toʻlash tartibi
6. Lavozim maoshlariga oylik shaxsiy ustamalar:
Byuro direktori va uning oʻrinbosarlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan;
Byuro markaziy apparat xodimlari va hududiy boshqarmalar boshliqlariga — Byuro direktori tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Byuroning tuman (shahar) va tumanlararo boʻlimlari boshliqlariga — Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
hududiy tuzilmalar xodimlariga nisbatan tegishli hududiy boshqarma (boʻlim) boshliqlari tomonidan belgilanadi.
7. Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ijro intizomi buzilganda lavozim maoshiga belgilangan ustamalar bekor qilinishi yoki kamaytirilishi mumkin.
4-bob. Moddiy yordam koʻrsatish tartibi
8. Mehnatga haq toʻlash fondini shakllantirishda yil hisobiga oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam koʻrsatish uchun mablagʻlar nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xodim vafot etgan hollarda, moddiy yordam (agar xodim vafot etgan yilda bevosita unga moddiy yordam koʻrsatilmagan boʻlsa) uning turmush oʻrtogʻiga, turmush oʻrtogʻi yoʻqligida — u bilan birga yashovchi voyaga yetgan farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylar va homiylarga) yoxud voyaga yetmagan bolalarni (bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarni — yoshidan qatʼi nazar) farzandlikka olganlarga, shuningdek, agar xodimlar nikohda turmagan va farzandlari boʻlmagan hollarda, xodimning qaramogʻidagi shaxslarga yoki ota-onalariga teng ulushda toʻlab beriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
10. Istisno tariqasida, xodimning asoslantirilgan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan mehnatga haq toʻlash fondiga ajratilgan mablagʻlar doirasida, quyidagi hollarda qoʻshimcha tarzda moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin:
yaqin qarindoshlari vafot etganda — oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasiga asosan;
alohida ehtiyoj tugʻilganda (baxtsiz hodisa, avariya, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sogʻliqni qayta tiklashga, shuningdek, oiladagi ogʻir moddiy ahvol va boshqa holatlar).
11. Xodimlar xarajatlarini qoplash, moddiy yordam miqdori va uning toʻlanishi xodimda intizomiy jazo chorasi mavjudligiga bogʻliq boʻlmaydi.
5-bob. Byuro xodimlarining ish haqi va ularni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va hajmlari
12. Byuro xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlar:
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan mablagʻlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Byuro xodimlarining mehnatga haq toʻlash fondiga kiradigan quyidagi toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi:
lavozim maoshi;
alohida mehnat sharoitlari uchun oylik ustama;
mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti (Byuro tuman (shahar) boʻlimlari xodimlaridan tashqari);
darajali unvon uchun lavozim maoshiga oylik ustama (Byuro tuman (shahar) boʻlimlari xodimlaridan tashqari);
yilda ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofot;
yilda oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam;
15 foizlik Moddiy ragʻbatlantirish fondi.
Byuro xodimlarining mehnatga haq toʻlash fondiga kiradigan boshqa toʻlovlar, shuningdek boshqa moddiy ragʻbatlantirish choralari Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 496-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 07/17/3384/0251-son; 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son, 10.07.2019-y., 06/19/5761/3398-son; 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son; 25.06.2025-y., 07/25/202/0541-son)