03.01.2024 yildagi PF-1-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotini keng koʻlamli isloh qilish, shuningdek, amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari doirasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish sohasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, dunyoning ilgʻor demokratik davlatlarida sud hujjatlarini ijro etish sohasida shakllangan tajriba va amaliyot tahlili sohada uzoq muddatli tizimli islohotlar amalga oshirish ehtiyoji mavjudligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro byurosining tuzilma va vazifalari majburiy ijro tizimi rivojlanishining zamonaviy talablari va jahon tendensiyalariga toʻliq javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlarini ijro etishdan har qanday boʻyin tovlashning oldini olishga, shuningdek, fuqarolarning minimal turmush darajasini taʼminlash uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari daxlsizligini kafolatlashga qaratilgan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish va yanada takomillashtirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, fuqarolar, jamiyat va davlatning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish orqali odil sudlov samaradorligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy ishlar boʻyicha sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini faqat elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlgan ijro hujjatlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud va maʼmuriy sudning hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlari, qoida tariqasida, elektron shaklda, ijro hujjati Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlgan taqdirda yoki taraflarning iltimosnomasiga koʻra esa — sudning muhri bilan tasdiqlangan holda qogʻoz shaklda berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlari QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlangan holda elektron raqamli imzo bilan rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari va ijro ishi yuritishi doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar ularning soliq toʻlovchi shaxsiy kabineti orqali olinadi va taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki interaktiv xizmatlarni koʻrsatadigan terminallar orqali sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini va ijro ishi yuritishi doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlarni olish va taqdim etish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilansin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlarning kafolatlangan eng kam miqdori fuqarolarning qarzdorliklari boʻyicha pul mablagʻlarini undirishda qoʻllaniladi va belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yarmiga mos keladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning bank hisobvaraqlaridan, jumladan bank kartalaridan ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlik boʻyicha pul mablagʻlarini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yarmidagi mablagʻlar hisobidan ushlab qolish (hisobdan chiqarish) taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi pochta xarajatlari boʻyicha qarzdorlikni undirishga ham tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlovchi “Majburiyatlar reyestri” (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) instituti joriy etiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr Majburiy ijro byurosi tomonidan yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor mol-mulki yoʻqligi sababli undiruv amalga oshirish imkoniyati boʻlmaganda, u haqidagi maʼlumotlar majburiy tartibda Reyestrga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor haqida maʼlumot Reyestrga kiritilgandan keyin unga nisbatan ijro ishi doirasida qoʻllanilgan barcha cheklovlar saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga kiritilgan qarzdorning mol-mulki va pul mablagʻlari aniqlanganda majburiy ijro harakatlari davom ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor ijro hujjati boʻyicha majburiyatini bajarganda, u vafot etganda, ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud ijro hujjati boʻlgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda, qarzdorning 10 yil davomida mol-mulki yoki pul mablagʻlari haqida maʼlumot aniqlanmaganda yoki qarzdor bankrot deb topilganda, undiruvchining arizasiga koʻra, u haqidagi maʼlumotlar Reyestrdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2024-yil 1-avgustga qadar “Majburiyatlar reyestri” institutini amaliyotga joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2024-yil 1-apreldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish boʻyicha savdo doʻkonlarini tanlab olishda mol-mulkni Internet-doʻkonlar orqali sotishni amalga oshiruvchi savdo tashkilotlariga ustunlik beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) 2024-yil 1-martga qadar ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Majburiy ijro byurosiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijro etilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Majburiy ijro byurosiga asosiy faoliyati voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 230 ta davlat ijrochisi shtat birligi ajratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) markaziy apparatning Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi tarkibida mavjud shtat birliklari doirasida Monitoring markazi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro byurosining dasturiy taʼminot va axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi holati bilan bogʻliq vaziyatni onlayn tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar asosida undirilgan pul mablagʻlari hisobini va boshqa hisobotlarni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro ishi yuritishning protsessual tartibi va muddatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni tahlil qilish orqali vujudga kelishi mumkin boʻlgan holatlarni baholash va prognoz qilish hamda ularning oldini olish va bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) markaziy apparatda Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish boʻlimi, Byuroning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish shoʻbasi mavjud shtat birliklari doirasida tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Majburiy ijro byurosi direktori M.E. Egamberdiyev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijrochisi lavozimiga oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni qabul qilinishiga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi oʻrta maxsus maʼlumotga ega davlat ijrochilarini Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bosqichma-bosqich oʻqitish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev, masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bosh prokuratura Adliya vazirligi, Oliy sud hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 3-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ustuvor yoʻnalishlar maqsad va vazifalar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish, yuborish va taqdim etish tartibini joriy etish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

iqtisodiy ishlar boʻyicha sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini faqat elektron shaklda berish, yuborish va taqdim etish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlgan ijro hujjatlari bundan mustasno);

fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud va maʼmuriy sudning hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlarini, qoida tariqasida, elektron shaklda berish, yuborish va taqdim etish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlgan ijro hujjatlari va taraflarning iltimosnomasi mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno).

Qonun loyihasi

2024-yil mart

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Oliy sud

(B. Islamov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Soddalashtirilgan ijro ishi yuritish instituti tatbiq etiladigan ijro hujjatlari toifalarini kengaytirish.

1. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibini pochta xarajatlari boʻyicha qarzdorlikni undirishga ham tatbiq etish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2024-yil fevral

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Majburiy ijro byurosi

(M. Egamberdiyev)

2. Ilgʻor xorijiy tajriba hamda huquqni qoʻllash amaliyotining tahlili asosida majburiy ijro tizimi samaradorligini oshirish maqsadida soddalashtirilgan ijro ishi yuritish instituti tatbiq etiladigan ijro hujjatlari toifalarini yanada kengaytirish boʻyicha takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumot

2024-yil dekabr

3.

Davlat organlari mansabdor shaxslarining ijro hujjatlari ijrosini taʼminlamaganlik uchun maʼmuriy javobgarligini kuchaytirish.

Davlat organlari mansabdor shaxslari tomonidan ijro hujjatlari ijrosini taʼminlamaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1982-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2024-yil may

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Oliy sud

(B. Islamov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Davlat budjetiga qarzdorlikni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulki mavjud qarzdorlarga ijro hujjatini ixtiyoriy ijro etishi uchun moliyaviy ragʻbatlarni joriy etish.

Qarzdorning xatlangan mol-mulkini boshlangʻich narxdan 30 foizlik chegirma bilan Davlat budjetiga undirishni nazarda tutuvchi tartibni ijro hujjatlari boʻyicha sotilayotgan mol-mulkka nisbatan ham tatbiq etish (mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazishga oid ijro hujjatlari bundan mustasno).

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil fevral

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Sud qarorlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning davlat xaridlarida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi sifatida ishtirok etishini taqiqlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

sud qarorlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning xarid tartib-taomillarida ishtirokchi sifatida davlat xaridlarida ishtirok etishini taqiqlash mexanizmi;

xarid komissiyasi yoki elektron davlat xaridlari tizimining operatori tomonidan Majburiy ijro byurosining maʼlumotlar bazalari orqali onlayn rejimda ishtirokchining sud qarorlari boʻyicha bajarilmagan majburiyatlari mavjudligini majburiy tekshirish tartibini joriy etish, agar bunday majburiyatlar aniqlanganda, ishtirokchini xarid qilishda ishtirok etishdan chetlashtirish tartibi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyun

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Ijro hujjatlari boʻyicha kontragentlar yoki budjet oldidagi oʻz moliyaviy majburiyatlarini bajarmaydigan insofsiz yoki toʻlovga qobiliyatsiz yuridik shaxslarning ommaviy maʼlumotlar bazasini yaratish.

Quyidagi tashkiliy-texnik amaliy choralarni amalga oshirish:

kontragentlar oldidagi yoki ijro hujjatlari boʻyicha budjet oldidagi oʻz moliyaviy majburiyatlarini bajarmaydigan insofsiz yoki toʻlovga qobiliyatsiz yuridik shaxslarning ochiq elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;

Majburiy ijro byurosining rasmiy veb-saytida “Insofsiz yoki toʻlovga qobiliyatsiz yuridik shaxslar roʻyxati”ni manfaatdor shaxslarga yuridik shaxslarning moliyaviy majburiyatlari boʻyicha toʻlov qobiliyatini onlayn tarzda tekshirish hamda ushbu yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi, shu jumladan, taʼsischilari, rahbarlari va tarkibi toʻgʻrisidagi hamma uchun ochiq maʼlumotlarni olish imkoniyatini taqdim etish bilan joylashtirish orqali interaktiv davlat xizmati koʻrsatish.

Amaliy choralar

2024-yil aprel

Majburiy ijro byurosi

(M. Egamberdiyev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

7.

Foydasiga sud qarori qabul qilingan shaxslarning qonuniy manfaatlarini hamda sud qarorlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlash maqsadida sud qarorlarini ijro etish bosqichiga daʼvoni taʼminlash institutini joriy etish.

Bunda mulkiy xarakterdagi sud hujjati boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organi depozit hisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan taʼminlash, yaʼni ijro boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish institutini ijro ish yurituviga joriy etish.

Ijro boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish institutini joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va quyidagilarni belgilash:

1) ushbu chora quyidagi asoslarga koʻra ijro ishini yuritishni toʻxtatish uchun shart hisoblanadi:

qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda yoki ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati ustidan shikoyat yoki protest kiritilishi munosabati bilan ushbu sud hujjati qayta koʻrib chiqilayotganda;

davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;

2) majburiy ijro organini depozit hisob raqamiga oʻtkazilgan ijro boʻyicha kafolat mablagʻlari ijro ishi yuritishni toʻxtatish uchun qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi;

3) ijro boʻyicha kafolat mablagʻlarining kiritilishi qarzdor va uning mol-mulkiga nisbatan qoʻllanilgan cheklovlarni bekor qilishga asos boʻladi;

4) ijro boʻyicha kafolat mablagʻlari ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganida, agar ijro hujjati yoki ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati bekor boʻlsa, qarzdorga qaytariladi, sud hujjati bekor qilinib, yangitdan koʻrib chiqish uchun quyi instansiyaga yuborilishi holatlari bundan mustasno. Boshqa hollarda, ushbu pul mablagʻlari ijro hujjati talablarini qondirish, shuningdek, ijro yigʻimi va ijro xarajatlari boʻyicha qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltiriladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil sentabr

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Oliy sud

(B. Islamov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobidan ijro ishini yuritish tizimini raqamlashtirish va qaror qabul qilishda inson omilini kamaytirish mexanizmlarini joriy etish.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini taʼminlash. Bunda:

ijro ishlari boʻyicha ish yurituvni elektron shaklda yuritishni joriy qilish;

ijro ishlari boʻyicha majburiy ijro harakatlari davomida qoʻllaniladigan protsessual hujjatlarning yagona elektron shaklini ishlab chiqish;

davlat ijrochilarini planshet vositalari bilan taʼminlash;

ijro harakatlarini amalga oshirish vaqtida ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarning barcha axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish;

ijro hujjatlari hamda undirilgan mablagʻlarning hisobini yuritishni avtomatlashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Bosh prokuror

(N. Yoʻldoshev)

9.

“Majburiyatlar reyestri” institutini amaliyotga joriy etish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda idoralararo maʼlumotlar almashinuvini takomillashtirish.

“Majburiyatlar reyestri”ni Majburiy ijro byurosi tomonidan yuritishda tegishli idoralar maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyasini taʼminlash va qarzdorlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Majburiyatlar reyestri”ga jamlash, saqlash, undan chiqarib tashlash hamda uni nazorat qilib borish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Texnologik yoʻriqnoma

2024-yil iyul

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil avgust

10.

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobidan ijro ishlari boʻyicha majburiy ijro harakatlarini amalga oshirishda davlat ijrochilarining mobil videokameralardan (bodi kamera) foydalanishini joriy qilish.

Davlat ijrochisi xizmat vazifalarini oshkora olib borishi, ijro harakatlarini video tasvirga olishi, faoliyatiga noqonuniy aralashish va qarshilik qilinishini oldini olish, shaxsiy hayoti va sogʻligʻini tahdidlardan himoya qilish hamda ijro harakatlari qonuniyligini taʼminlash maqsadida quyidagi tashkiliy-texnik amaliy choralarni amalga oshirish:

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani va Navoiy shahri Majburiy ijro byurosi boʻlimlarida tajriba sifatida davlat ijrochilari tomonidan mobil videokameralardan (bodi kamera) foydalanish tartibini yoʻlga qoʻyish;

tajriba yakunlari boʻyicha Majburiy ijro byurosi tizimidagi barcha davlat ijrochilari tomonidan mobil videokameralardan (bodi kamera) foydalanish tartibini joriy etish;

mobil videokameralarning dasturiy taʼminotlarga integratsiyasini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Majburiy ijro byurosi

(M. Egamberdiyev)

11.

Mobil videokameradan majburiy foydalanish tartibini joriy etish.

Davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq mobil videokameradan foydalanish majburiyligini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil sentabr

Majburiy ijro byurosi

(M. Egamberdiyev)

12.

Yurisprudensiya mutaxassisligi boʻyicha kadrlarni tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari oʻquv rejalarining “Tanlov fanlar” blokiga “Ijro ishi yuritish” fanini kiritish.

1. Yurisprudensiya bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv rejalarining “Tanlov fanlar” blokiga “Ijro ishi yuritish” fanini kiritish.

2. “Ijro ishi yuritish” fani oʻquv dasturini ishlab chiqish.

Oʻquv reja va oʻquv dasturi

2024-yil iyun

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Majburiy ijro byurosi

(M. Egamberdiyev)

13.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishni taʼminlash samaradorligini oshirish maqsadida qarzdordan undirilgan ijro yigʻimining bir qismini davlat ijrochilariga ajratma sifatida qoldirish orqali moddiy ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.

Ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash samaradorligini oshirish maqsadida davlat ijrochilarining ijro hujjatlari boʻyicha amalda undirgan pul summasiga nisbatan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil fevral

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5019-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “4 886” va “1 031” raqamlari tegishincha “4 986” va “1 131” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

Boshliq yordamchisi

Boshliq

Matbuot kotibi

Boshliqning birinchi oʻrinbosari

Boshliq oʻrinbosari

Boshliq oʻrinbosari — Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi

Tashkiliy-nazorat boʻlimi

3

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi

2

Ijtimoiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

10

Iqtisodiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

10

Kadrlar boʻlimi

4

Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi

3

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi

25

Tezkor-qidiruv faoliyati hisobi boʻlimi

4

Tizimli tahlil boʻlimi

5

Taftish boshqarmasi

10

Xalqaro aloqalar boʻlimi

3

Raqamlashtirish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻlimi

2

Kriminalistika laboratoriyasi

1

Surishtiruv boʻlimi

4

Maxsus boʻlim

1

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻlimi

11

Navbatchilik qismi

Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi

2

Moliya-xoʻjalik boʻlimi

5

 

Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻlimi

4

Xavflarni baholash markazi

10

Hududiy boshqarmalar va boʻlimlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 1 131 shtat birligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shundan markaziy apparatda — 99 shtat birligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda 100 shtat birligi Departamentning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5438-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oliy taʼlim hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqishga qabul qilish va oʻqitish talablari Akademiyaga nisbatan tatbiq etilmaydi. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish talablari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5566-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq etish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) asosiy vazifalari etib, quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar sodir etilishining sabab va sharoitlarini oʻrganish hamda diagnostika qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, shu jumladan, alohida turdagi jinoyatlarning oldini olish holatini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilik ahvoli oʻzgarishlarini kriminologik prognoz qilish, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini metodologik va konsultativ taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda ularning ijro etilishini monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat turlari, jinoyatchi va jabrlanuvchilarning shaxsi boʻyicha ilmiy-amaliy izlanishlar olib borish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning 3-bandi “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6118-son Farmoni 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Bosh prokuratura Akademiyasida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6252-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Bosh prokuratura Akademiyasida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-pozitsiya “Chora-tadbirlarning nomlanishi” ustunidagi “Bosh prokuratura Akademiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Bosh prokuratura Akademiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3016-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1 — 3a-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi

2

Direktor

Direktor yordamchisi

Direktorning birinchi oʻrinbosari — Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshligʻi

Direktor oʻrinbosari — Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshligʻi

Kadrlar boshqarmasi

5

Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boʻlimi

2

Ichki xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi

5

Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi

11

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi

26

Huquqiy taʼminlash va xalqaro-huquqiy aloqalar boʻlimi

6

 

Nazoratni tashkillashtirish, statistika va tahlil boʻlimi

4

Birinchi boʻlim

1

Jinoyat ishlari boʻyicha va maʼmuriy sudlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

3

Ishlar boshqarmasi

6

Monitoring markazi

3

Moliya-rejalashtirish boʻlimi

4

Iqtisodiy sudlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

4

 

Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi

4

Taftish boʻlimi

2

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

7

Tezkor-qidiruv faoliyati hisobi shoʻbasi

1

Ichki ishlar, soliq va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

3

Hududiy boshqarmalar

Navbatchi qism

3

Tuman (shahar) boʻlimlari

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish markazi

17

Aktivlarni hisobini yuritish va boshqarish boʻlimi

3

 

Tumanlararo boʻlimlari

Alohida muhim ijro ishlarni ijro etish boʻlimi

3

Qidiruv boʻlimi

3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 95 birlik,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta inspektor

Boshqarma boshligʻi

Ichki xavfsizlikni taʼminlash shuʼbasi

1 — 3

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari — Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

Kadrlar shoʻbasi

2

Birinchi boʻlim

1

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

4 — 6

Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot shoʻbasi

2-3

Moliya-xoʻjalik boʻlimi

3-4

Aktivlarni hisobini yuritish va boshqarish shoʻbasi

1 — 3

Murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi

3

Tashkiliy nazorat va tahlil shoʻbasi

2

Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shoʻbasi

2

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish shoʻbasi

1

Taftishchi

1

Qidiruv shoʻbasi

2 — 8

 

Depozit hisobvaraqlari bilan ishlash guruhi (shoʻbasi)

1

Tuman (shahar) boʻlimlari

Tumanlararo ixtisoslashtirilgan ijro boʻlimlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 29 — 43 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari xodimlarining umumiy soni — 508 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boʻlim boshligʻi

Boshliq oʻrinbosari

0-1

Davlat ijrochisi

1 — 49

Depozit boʻyicha mutaxassis

0,5-1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy shtat birliklari soni 2,5 — 52 birlik, shundan davlat ijrochilari — 2 — 51 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi, bunda har bir tuman (shahar) boʻlimida kamida 1 nafar ish yurituvchi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining umumiy cheklangan soni 2 870 birlik, shundan davlat ijrochilari — 2 757 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
3a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro byurosi tumanlararo ixtisoslashtirilgan ijro boʻlimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boʻlim boshligʻi

Davlat ijrochisi

8 — 33

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlari umumiy shtat birliklari soni 9 — 34 birlik. Majburiy ijro byurosi tumanlararo boʻlimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 252 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi, bunda har bir tumanlararo boʻlimida kamida 1 nafar ish yurituvchi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatda bittadan tumanlararo boʻlim, Toshkent shahrida 2 tumanlararo boʻlim faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Tumanlararo boʻlimlar tashkiliy-nazorat va material-texnik taʼminoti Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tumanlararo boʻlimlar xodimlar soni va saqlashga xarajatlar Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmalari shtatlar jadvali va xarajatlar smetasida aks etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131-banddagi “Bosh prokuraturasi Akademiyasida” soʻzlari “Huquqni muhofaza qilish akademiyasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Bosh prokuror” soʻzlari “Byuro direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PQ-3070-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “15” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Direktor oʻrinbosari

Axborot xavfsizligi shoʻbasi

1

 

Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy etish shoʻbasi

11

Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini yuritish shoʻbasi

3

Texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash shoʻbasi

3*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlarining umumiy soni — 20 birlik, shundan 17 nafari boshqaruv xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* shundan barcha 3 nafari texnik xodimlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAZRYADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimlar nomi

Razryadlar

Direktor

18

Direktor oʻrinbosari*

Dasturchi

15

Maʼlumotlar bazasi administratori

13

Korporativ tarmoq administratori

12

Texnik hujjatlashtirish boʻyicha muhandis

12

Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassis

12

Texnik mutaxassis

8

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Direktor lavozimiga mehnat haqi toʻlashdan 5% kam”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHTATLAR JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimlar nomi

Birliklar soni

Direktor

1

Direktor oʻrinbosari

1

Axborot xavfsizligi shuʼbasi

Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassis

1

Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy etish shuʼbasi

Dasturchi

8

Texnik hujjatlashtirish boʻyicha muhandis

3

Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini yuritish shuʼbasi

Maʼlumotlar bazasi administratori

2

Korporativ tarmoq administratori

1

Texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash shuʼbasi

Texnik mutaxassis

3

Jami:

20

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4996-son qaroriga 6-ilovaning 14-bandidagi “Bosh prokuratura akademiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida xodimlar tomonidan xizmatni oʻtash tartibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5089-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Milliy gvardiya xodimlarini Milliy gvardiya oʻquv markazlarida belgilangan tartibda maxsus kasbiy (boshlangʻich) tayyorgarlikdan oʻtkazish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilovaning 63-bandi birinchi xatboshisidagi va 66-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5177-son qarori 11-bandining birinchi xatboshisidagi “Bosh prokuratura Akademiyasi” soʻzlari “Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)