29.10.2024 yildagi 713-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2024-yil 3-iyundagi PQ-204-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish toʻgʻrisida” 2024-yil 3-iyundagi PF-84-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2024-yil 3-iyundagi PQ-204-son qarori bilan Inspeksiya tuzilmasi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 29-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
713-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 713-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inspeksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tarkibidagi mustaqil boʻlinma hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻiga (keyingi oʻrinlarda — Bosh prokuror oʻrinbosari — Departament boshligʻi) boʻysunuv va hisobdorlik asosida faoliyat koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ulgurji savdosini litsenziyalash, ushbu sohasida litsenziya va xabardorlik tartib-taomillariga rioya etilishini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochiladigan hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Inspeksiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Inspeksiyaning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi, qisqartirilgan nomi — Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Inspectorate for regulation of the alcohol and tobacco market at the Department on Combating Economic Crimes at the General Prosecutor's Office of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Inspectorate for regulation of the alcohol and tobacco market;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Inspeksiya po regulirovaniyu alkogolnogo i tabachnogo rinka pri Departamente po borbe s ekonomicheskimi prestupleniyami pri Generalnoy prokurature Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Inspeksiya po regulirovaniyu alkogolnogo i tabachnogo rinka.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Inspeksiya oʻz faoliyatini har qanday davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda, faqat qonunchilik hujjatlariga boʻysungan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Inspeksiyaning moliyaviy va moddiy-texnik taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Inspeksiyada shakllantirish va foydalanish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadigan budjetdan tashqari jamgʻarmalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda aniqlangan huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar toʻgʻrisidagi axborot bilan, shu jumladan, boshqa axborot bilan elektron shaklda almashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hamda uning nazoratini taʼminlash boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat standartlari va qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy amal qilgan holda, isteʼmol hamda texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik joriy etish ularga rioya etilishini nazorat qilish ishlarini tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning ulgurji savdosi sohasida litsenziya va xabardorlik tartib-taomillariga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning aylanmasi hajmlarini monitoring va nazorat qilish boʻyicha zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish hamda rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish hamda aylanmasining oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish, bunga imkon beruvchi sabablar hamda sharoitlarni bartaraf etish borasida vakolatli organlar bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalarini ishlab chiqishda qatnashish hamda ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktika hamda tushuntirish ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hamda uning nazoratini taʼminlash boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritishda ishtirok etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatini diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish, ushbu sohaga xalqaro standartlarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, ushbu yoʻnalishda davlat organlari va tashkilotlari, ishlab chiqarish va savdo faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining ulgurji va chakana savdosi tartibini belgilashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vinochilik sohasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, mahalliy alkogol, shu jumladan, vino mahsulotlarini ishlab chiqarishni va sotishni xalqaro maydonda targʻib qilish maqsadida festivallar, koʻrgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish, shuningdek, ularda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishtirok etishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kolleksion vino va konyak mahsulotlarini zaxiraga qoʻyish hamda sara milliy brend markalarining kolleksion mahsulotlarini auksion savdolariga qoʻyishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash, salbiy taʼsirining oldini olish borasida davlat organlari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va vinochilik sohasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislar hamda maslahatchilarni jalb qilish, tarmoq mutaxassislarining respublikaning yetakchi korxonalari, ilmiy-tadqiqot institutlarida malakasini oshirish va ularning qayta tayyorlashni, shuningdek, chet elda malakasini oshirishni tashkil etishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga tegishli degustatsiya hududlari turoperatorlarning yoʻnalish dasturlariga kiritilishini tashkil etishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatga qonunchilik hujjatlari talablari asosida litsenziya berish, qayta rasmiylashtirish hamda uning amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyani oʻzgartirish, bekor qilish yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlar reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan isteʼmol hamda texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi subyektlar tomonidan litsenziya va xabardorlik tartib-taomillari talablariga rioya etilishini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat standartlari va qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy amal qilgan holda, isteʼmol hamda texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik hamda texnologik joriy etish, ularga rioya etilishini nazorat qilish ishlarini tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda tashkil qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar bilan birgalikda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlariga standartlar, texnik va texnologik reglamentlar, sanitariya-gigiyena normalarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish hamda ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda korxonalarda alkogol, uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha xalqaro standartlarni joriy qilishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishini, mahsulotlarni saqlash sifatini hamda ularni aylanmasini, shu jumladan, foydalaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan alkogol hamda tamaki mahsulotlarining sifati boʻyicha murojaatlarini tegishli vakolatli organlar bilan hamkorlikda oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki bozorini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani, shuningdek, texnik va texnologik reglamentlar, xalqaro standartlarni takomillashtirish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar yigʻilishlarida, konferensiya va seminarlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan jihozlangan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan barcha zarur fizik-kimyoviy, mikrobiologik va boshqa koʻrsatkichlarni tahlil qilish imkonini beruvchi ishlab chiqarish laboratoriyalari mavjudligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning ulgurji savdosi sohasida litsenziya va xabardorlik tartib-taomillariga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning ulgurji savdosi sohasida litsenziya va xabardorlik tartib-taomillariga rioya etilishini tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar hamda axborot tizimi maʼlumotlari asosida monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning ulgurji savdosi boʻyicha litsenziya va xabardorlik tartib-taomillari oʻz vaqtida hamda toʻliq bajarilishini joyiga chiqqan holda oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari bilan hamkorlikda etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish va sotish holatlarini aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi subyektlarga nisbatan ogohlantirish, moliyaviy sanksiya, litsenziya yoki xabardorlik hujjatining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish kabi huquqiy taʼsir choralarini belgilangan tartibda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va savdo sohasida isteʼmol hamda texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining nazorat xaridini amalga oshirish, vakolatli organlar bilan hamkorlikda ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida sinov laboratoriyalarida ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya tartib-taomili boʻyicha yigʻimlar va yillik litsenziya toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning aylanmasi hajmlarini monitoring va nazorat qilish boʻyicha zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish hamda rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki bozori sohasini raqamlashtirish hamda rivojlantirish choralarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilishi va aylanmasini hisobga olish, xavflarni aniqlash, monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimini joriy etish hamda vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda oʻlchov uskunalarini va hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini oʻrnatishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish korxonalarida “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi, ishlab chiqarish hajmlarini hisobga olish axborot tizimi joriy etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish hamda aylanmasining oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish, bunga imkon beruvchi sabablar hamda sharoitlarni bartaraf etish borasida vakolatli organlar bilan hamkorlik qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan isteʼmol etil spirtidan maqsadli foydalanishini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol etil spirtining har bir ishlab chiqarilgan mahsulot namunalari ularning sifati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinovdan oʻtkazish hamda sinov natijalari boʻyicha isteʼmol etil spirti mahsulotlarining muvofiqligi yoki ishlab chiqarish jarayoniga qayta ishlash uchun qaytarish toʻgʻrisida xulosalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishini, mahsulotlarni saqlash sifatini va ularning aylanmasini, shu jumladan, foydalaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasini aniqlash va chek qoʻyishda huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya hamda xabardorlik tartib-taomilini buzgan subyektlar, shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq maʼlumotlarning markazlashgan hisobini yuritish, bunday holatlar xaritasini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi koʻlamini, shuningdek, bunga imkon berayotgan sharoitlarni tahlil qilish hamda bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalarini ishlab chiqishda qatnashish hamda ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktika hamda tushuntirish yillarini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz markalarining himoya darajasini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, yangi namunadagi aksiz markalarini ishlab chiqishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz markalari aylanmasi hisobini yuritish, eski namunadagi aksiz markalarini yoʻq qilishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan hamkorlikda isteʼmol hamda texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlarining oldini olish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni jalb qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish hamda sotish oqibatlari haqida targʻibot tadbirlarini amalga oshirish, ushbu sohada ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Inspeksiyaning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolardan oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha materiallar, maʼlumotlar hamda tushuntirishlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlari bazasiga belgilangan tartibda ulanish va ulardan real vaqt rejimida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha zarur statistika maʼlumotlarni bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlari sifatini belgilash hamda nazorat qilish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislaridan ularning faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha zarur hujjatlar va tushuntirishlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha hujjatlarni tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, alkogol hamda tamaki mahsulotlari ulgurji savdosi sohasida litsenziya va xabardorlik tartib-taomillarini buzgan subyektlarga nisbatan huquqiy va moliyaviy taʼsir choralarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlaridan alkogol va tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qiluvchi subyektlar haqidagi (savdo nuqtalari soni, ularni joylashuv joyi va boshqalar) maʼlumotlarni soʻrab olish va hisobini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, tekshirilayotgan tashkilotlarga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek, davlat standartlari va texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulotlar ishlab chiqarilishi hamda sotilishini toʻxtatish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka asosan isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya va xabarnoma hujjatining amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoki mazkur masalalarda sudlarga arizalar bilan murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi, shuningdek, alkogol hamda tamaki bozorini tartibga solish boʻyicha davlat siyosatini samarali amaliy amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Inspeksiya quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni oʻz vaqtida hamda sifatli bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, tijorat sirlarining hamda nazorat obyektlarining qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Inspeksiya xodimlariga ushbu Nizomda belgilanmagan vazifalarni topshirish hamda faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan vazifalarga jalb etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Inspeksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda Bosh prokuror oʻrinbosari — Departament boshligʻining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Inspeksiya boshligʻi maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Departament boshligʻi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Inspeksiya xodimlari Inspeksiya boshligʻining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror oʻrinbosari — Departament boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Prokuratura organlari xodimlari xizmatda qoldirilgan holda Inspeksiyada lavozimga tayinlanishi mumkin. Bunda lavozimga tayinlangan xodimning faoliyat davri navbatdagi darajali unvon berish, koʻp yillik xizmati uchun ustama haq toʻlash, maoshini belgilash, pullik taʼminot va pensiya tayinlash huquqini berish uchun prokuratura organlaridagi xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi, shuningdek, darajali unvonlar va mehnatning alohida sharoitlari uchun ustamalar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Inspeksiyada xizmatni oʻtash tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi. Bunda xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishda Departament organlariga xizmatga qabul qilish va xizmatdan boʻshatish talablari hamda shartlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Inspeksiya boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha buyruq, koʻrsatma va farmoyish qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni xizmat safarlariga yuborish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi, xodimlarni xorijiy davlatlarga xizmat safariga yuborish masalalari boʻyicha Bosh prokuror oʻrinbosari — Departament boshligʻiga taklif kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuror oʻrinbosari — Departament boshligʻiga Inspeksiya xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan boʻshatish va boshqa ishga oʻtkazish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish, ragʻbatlantirish hamda davlat mukofotlariga taqdim etish haqida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatini rejalashtirishni tashkil qiladi, Inspeksiya va tarkibiy boʻlinmalarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya tarkibiy boʻlinmalari boshliqlarining hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatiga oid masalalar yuzasidan tezkor yigʻilishlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlat organlari va tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, chet el davlatlari vakolatli organlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlar va boshqa shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash choralarini koʻradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Inspeksiya xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qoʻllash Inspeksiya xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish vakolatiga ega boʻlgan Bosh prokuror va Bosh prokuror oʻrinbosari — Departament boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Inspeksiyaning boshqaruv xodimlari tibbiy xizmat sharoitlari va ijtimoiy himoya choralari boʻyicha Departament organlari xodimlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Inspeksiya faoliyatiga noqonuniy aralashish yoki toʻsqinlik qilish, notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish yoki taqdim etishdan boʻyin tovlash, shuningdek, Inspeksiyaning mansabdor shaxslarini qonunchilik hujjatlari bilan yuklanmagan vazifalarni bajarishga majburlash hamda ularga har qanday shaklda taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi va qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 713-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) budjetdan tashqari jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish, Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma yuridik shaxs tashkil etmagan holda, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaklida, mablagʻlardan Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarganlik yoki isteʼmol etil spirti hamda alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi uchun toʻlanadigan jarima summasining 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo yoʻnalishida litsenziyalash hamda xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirtidan maqsadsiz foydalanilganlik uchun undiriladigan moliyaviy jarima summasining 20 foizi. Bunda soliq organlari tomonidan qoʻllaniladigan xarid qilingan isteʼmol va texnik etil spirti hajmiga hisoblanadigan aksiz soligʻi summasining 2,5 baravari miqdoridagi moliyaviy jarima summasidan kelib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirtini transport vositalarida tashish boʻyicha litsenziya talablarini buzganlik uchun undiriladigan moliyaviy jarima summasining 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish huquqiga litsenziya berganlik uchun davlat boji, shuningdek, isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishga, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar berish uchun toʻlanadigan yigʻimlar va yillik litsenziya toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari (qarzlari) hamda grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga depozitga qoʻyishdan olingan foiz tarzidagi daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaraqda jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasidan ortiqcha haqiqiy tushumlar smetalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Inspeksiya xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun har oyda toʻlanadigan ustamalarni toʻlash uchun (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Inspeksiya xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ularga moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida shaxsiy hissasini qoʻshgan, mehnatda yuqori natijalarga erishgan, xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarayotgan malakali, tashabbuskor rahbar va xodimlarga lavozim maoshining 300 foizgacha boʻlgan miqdorlarda oylik lavozim maoshlariga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) belgilanadigan shaxsiy ustamalarni toʻlash. Bunda, Inspeksiyaga prokuratura organlaridan oʻtgan xodimlarga nisbatan 200 foizgacha etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayram sanalarida — Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Xotin-qizlar kuni, Navroʻz, Yangi yil, diniy bayramlarda (“Roʻza hayiti” (Iyd-al-Fitr) va “Qurbon hayiti” (Iyd-al-Adha) bayramlarida hamda prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan xodimlarni oylik lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyaga chiqishi munosabati bilan pensiyaga chiqayotganda, xodimga lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha qimmatbaho sovgʻalar berish yoki shu miqdorda pul mukofoti toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning mehnat taʼtili pulini, shuningdek, foydalanilmagan mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya pulining tegishli qismini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Inspeksiya xodimlarini ijtimoiy himoya qilish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy bilan taʼminlanmagan xodimlarga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga muvofiq uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oshmagan miqdorda har oylik kompensatsiya toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat transportidan (marshrut va yoʻnalishli taksilardan tashqari) foydalanish xarajatlarini qisman qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida kompensatsiya toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida har oyda ovqatlanish xarajatlarini qisman qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida kompensatsiya toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim vafot etganda, xodimning oylik lavozim maoshining oʻn baravaridan oshmagan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam berish. Bunda moddiy yordam turmush oʻrtogʻiga toʻlab beriladi, agar xodimning turmush oʻrtogʻi boʻlmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga toʻlanadi, shuningdek, xodim turmush qurmagan boʻlsa, moddiy yordam uning ota-onasi yoki boqimandalari oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida zaruratga koʻra (yubiley sanalarida, xodimlar 50 va 60 yoshga toʻlganda, baxtsiz hodisa, ogʻir kasalligi sababli davolanish, sogʻligʻini tiklash, oilaning kam taʼminlanganligi va moliyaviy holatining ogʻirligi) lavozim maoshining ikki baravari miqdorida moddiy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta (qoida tariqasida kuz oylarida) bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravarigacha miqdorida moddiy yordam puli berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan lavozim maoshining (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) ikki baravari miqdorigacha moddiy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning yaqin qarindoshi (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda — vafoti toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi taqdim etilganda, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining toʻrt yarim baravari miqdorida moddiy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash va mehnatini muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya bino va inshootlarini mukammal hamda joriy taʼmirlash, qoʻshimcha obyektlarni (maʼmuriy binolar va boshqalar) qurish, rekonstruksiya qilish, sotib olish, ijara hamda obyektlarni saqlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq maʼmuriy va xoʻjalik xarajatlarini (kommunal xizmatlar, safar xarajatlari, avtotransport vositalarini ijara olish va boshqalar) qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish, innovatsion va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, aloqa vositalari, hisoblash texnikasi, jihozlar, kompyuter hamda tashkiliy texnikani sotib olish, taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish, dasturiy taʼminot vositalarini xarid qilish va ularga xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari toʻplamlarini, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va matbaa mahsulotlarini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyati uchun inventarlar va xoʻjalik jihozlari, avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar hamda boshqalarni sotib olish, shuningdek, joriy va mukammal taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konferensiya, simpozium, seminar, trening, yigʻilish, uchrashuv, bayram, madaniy va sport tadbirlarini tashkil qilish hamda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarda etil spirtning sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalarni tashkil etish, saqlash va xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, laboratoriya xodimlariga Inspeksiyaning xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari tatbiq etiladi. Laboratoriya xodimlarning tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Inspeksiyaning idoraviy xarajatlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy delegatsiyalarni kutib olish va kuzatish bilan bogʻliq xarajatlar uchun (mehmonlarni kutib olish va kuzatish, mehmonxona, transport, tarjimonlarni yollash xarajatlari hamda esdalik sovgʻalarini xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya xodimlarining xorijiy davlatlarga xizmat safarlari xarajatlari, xizmat safari davridagi vakillik xarajatlariga (rasmiy qabullar, tarjimonlarni yollash hamda bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda esdalik sovgʻalarini xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlarining nazorat xaridini amalga oshirish hamda ularni ekspertiza (test)dan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash (shu jumladan, xorijiy davlatlarda) hamda Inspeksiya xodimlarining chet el xizmat safarlariga borishi, shuningdek, xorijiy davlatlarda tajribasini oshirishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalarini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilmagan boʻlsa, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish boʻyicha kengashning (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma kengashi) qarori asosida sarflanadi. Kengash Jamgʻarmaning yuqori organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma kengashining tarkibi Bosh prokuror oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarma kengashining qarori asosida Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning aniq maqsadlari, yoʻnalishlari va uning miqdorini koʻrsatgan holda, Inspeksiya boshligʻining buyrugʻi chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini har yili 25-dekabrgacha tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning chorak yakuni boʻyicha daromadlari va mablagʻlarining xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning faoliyatini, shu jumladan, mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishini, moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida oʻz vaqtida qaror qabul qilishni nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarma tushumlarining prognoz koʻrsatkichlari yil boshida kutilayotgan Jamgʻarmadagi qoldiq mablagʻlar hamda moliya yili davomida tushadigan tushumlardan kelib chiqib, joriy yildagi prognoz koʻrsatkichlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarma mablagʻlari tushumi va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlar belgilangan tartibda hamda muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarma boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar Jamgʻarma kengashi tomonidan kiritiladi. Bunda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga qoʻshimcha mablagʻ talab etilganda, unga oʻzgartirishlar tushumlarning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda, Jamgʻarma kengashi tomonidan kiritiladi hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarma mablagʻlarining shakllantirilishi va maqsadli foydalanilishi boʻyicha Jamgʻarma kengashi hamda Inspeksiya boshligʻi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi yuzasidan nazorat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi moliya yiliga oʻtkaziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlariga olib qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/713/0878-son)