03.06.2024 yildagi PF-84-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish sohasida samarali nazorat tizimini joriy etish, ularning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish, biznesni yuritish uchun sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Inspeksiya boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 30 nafar etib belgilanadi hamda ushbu shtat birliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan saqlanadigan shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hamda ushbu jarayonlar ustidan nazoratini taʼminlash boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat standartlari va qonun hujjatlari talablariga qatʼiy amal qilgan holda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha ishlarni tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning ulgurji savdosi sohasida litsenziyalash va xabardor qilish tartib-taomillariga rioya etilishini tekshirish va monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarini monitoring va nazorat qilish boʻyicha zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish va aylanmasining oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish, bunga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida vakolatli organlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalarini ishlab chiqishda qatnashish hamda ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktika va tushuntirish ishlarini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga asosan Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligiga uzumchilik va vinochilik sohasida davlat siyosatini yuritish hamda sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda quyidagi qoʻshimcha litsenziya talablari joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik litsenziya toʻlovlarini, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda va ularning savdosida sifat talablariga, shuningdek, aksiz markalarini qoʻllash hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalarini oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kichik bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablarning buzilishi litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yashirin ishlab chiqarish, aksiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qalbaki aksiz markali, aksiz markasiz, raqamli identifikatsiya vositasi bilan markirovkalanmagan, qalbaki markirovka kodlari bilan markirovkalangan alkogol va tamaki mahsulotlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan muomaladan olinadi va ushbu mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) belgilangan tartibda bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) har yarim yil yakunlari boʻyicha aroq, shuningdek, isteʼmol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarishda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʻrsatkichi 60 foizdan kam boʻlganda, belgilangan 60 foizning bajarilmagan qismiga aksiz soligʻi summasining 50 foizi miqdorida moliyaviy jarima hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har yarim yillik yakunlari boʻyicha mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʻrsatkichi 60 foizdan koʻp boʻlganda va aksiz soligʻi toʻliq toʻlangan taqdirda, undirilgan moliyaviy jarima summalari korxonaga qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yarim yillik ishlab chiqarish rejalarini (mavsumiylikni inobatga olgan holda), ishlab chiqarish jarayonlaridagi mahsulotlar yoʻqotishlarining eng yuqori miqdorini belgilash hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʻrsatkichi 60 foizdan kam boʻlgan hollarda ishlab chiqaruvchiga nisbatan taʼsirchan mexanizm qoʻllash tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvarga qadar ishlab chiqarish quvvatlaridan va ishlab chiqarilgan mahsulotlardan samarali va maqsadli foydalanish hamda isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari qoldiqlari ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlarini (bundan tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari mustasno) ishlab chiqaruvchi har bir korxonaga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi “Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish haqida xabardor qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida Inspeksiya tomonidan Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda soliqlar va yigʻimlarning toʻliq toʻlanganligi hamda isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlarining qoldiqlari xatlovdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xatlov natijasi boʻyicha qoldiqda boʻlgan mahsulotlarning belgilangan tartibda sotilishiga ruxsat etiladi hamda ishlab chiqarish jihozlari muhrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — tovar xomashyo birjalari) isteʼmol etil spirti alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun katta lotlar, boshqa ishlab chiqaruvchilar (xizmat koʻrsatuvchilar) uchun esa — kichik lotlar orqali sotiladi. Bunda:
(6-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol etil spirtini lotlar boʻyicha savdoga qoʻyish hajmini belgilash, ularga oʻzgartirishlar kiritish hamda bir savdo kunida bitta xaridor tomonidan xarid qilish hajmiga cheklovlarni belgilash Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Raqobat qoʻmitasi) tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol va texnik etil spirti xarid qilishga talabgor ishlab chiqaruvchilar, davlat organlari va tashkilotlari tovar-xomashyo birjalarining axborot tizimlariga xarid qilish jarayonlarida isteʼmol va texnik etil spirtidan foydalanish hajmi va maqsadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtiradi;
(6-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xomashyo birjalari tomonidan etil spirti xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mahsulot miqdori va xarid maqsadi kesimida axborot tizimi orqali onlayn rejimda Inspeksiya va Soliq qoʻmitasiga taqdim etib boriladi;
(6-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2024-yil 1-sentabrdan boshlab isteʼmol va texnik etil spirti xarid qilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovar-xomashyo birjalarining axborot tizimlariga xarid qilish jarayonida joylashtirilgan isteʼmol va texnik etil spirtidan foydalanish maqsadlaridan boshqa maqsadda foydalanilganligi aniqlanganda, oxirgi 12 oyda birja savdolarida xarid qilingan isteʼmol va texnik etil spirti hajmiga hisoblanadigan aksiz soligʻi summasining 2,5 baravari miqdorida soliq organlari tomonidan moliyaviy jarima qoʻllaniladi.
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Inspeksiyaga isteʼmol va texnik etil spirtini masofaviy onlayn kuzatish (GPS) tizimi oʻrnatilmagan, elektron hisobvaraq-fakturasiz, tovar-transport yuk xatisiz hamda belgilangan talablarga javob bermaydigan transport vositalariga yuklash va tashish holatlari litsenziya talablarini buzish deb baholanib, litsenziyaning amal qilishini 10 kun muddatga toʻxtatib turish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan litsenziya talablari bir yil ichida takroran buzilgan taqdirda, bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida moliyaviy jarima qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Raqobat qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda birja savdolarida isteʼmol etil spirti xarid qiluvchilarni toʻliq xatlovdan oʻtkazsin hamda faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5031-son qarori talablariga zid boʻlgan subyektlarning birja savdolarida ishtirok etishi taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-sentabrdan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tamaki mahsulotlarining tranziti uchun quyidagi talablar joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar ishlab chiqarilgan mamlakat sertifikati, uni yetkazib berish shartnomasi (bitimi), tovarlar bir nechta qismga ajratilib, tranzit yoʻli bilan tashilgan taqdirda, uni olib oʻtish jadvalining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk olib oʻtuvchi tomonidan tegishli bojxona toʻlovlarining summasi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilganligi. Bunda keyinchalik tovarlar respublika tashqarisiga olib chiqilganligi tasdiqlangandan soʻng toʻlangan summalar qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tamaki tashuvchi transport vositalarining faqat inspeksion koʻrik majmualari bilan jihozlangan chegara bojxona postlari orqali oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qiluvchi davlatning aksiz markasi boʻlgan tamaki mahsulotlarini respublika hududidan tranzit olib oʻtishga ruxsat etilishi, bundan aksiz markasi qoʻllanilmaydigan davlatlardan import qilish yoki ularga eksport qilish hamda qonunchilikka muvofiq aksiz markasi talab etilmaydigan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qoʻmitasi ikki oy muddatda tamaki mahsulotlarining tranziti boʻyicha bojxona toʻlovlari summasini bojxona organlarining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish va uni qaytarish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Inspeksiya 2024-yil 1-sentabrga qadar yangi litsenziya talablari asosida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun ilgari berilgan litsenziya boʻyicha litsenziya shartnomalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-iyulga qadar alkogol mahsulotlari uchun eng kam sotish narxlarini qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-sentabrdan boshlab alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi uchun eng kam sotish narxlarini joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soliq qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va “Davlat belgisi” DUK bilan birgalikda 2024-yil 1-avgustga qadar markirovka tizimini aksiz markalari tizimi bilan birlashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 3-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-84-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-son Farmoniga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatining 1 va 26-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5656-son Farmonining 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6033-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2, 3 va 9-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-90-son Farmoni 5-bandi “b” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3377-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bojxona haqidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi belgilari aniqlangan taqdirda, meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga yuk-bojxona deklaratsiyasi koʻrik hujjati tuzilganidan keyin hamda uzum, vino va konyak mahsulotlari eksportiga yuk-bojxona deklaratsiyasi tovarlarni eksportga rasmiylashtirish ruxsat etilganidan soʻng 3 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda rasmiylashtiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4787-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1, 2 va 4-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“texnik navli uzumzorlar va vinochilik sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan kompleks maqsadli dasturlarni amalga oshirish, shu jumladan uzum koʻchatlarini xarid qilish, uzumning seleksiya navlarini yaratish va ularni ekishni tashkillashtirish bilan bogʻliq vazifalarning samarali bajarilishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshidan “Agentlik va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 7 va 13-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5200-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidan “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik),” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidan “, Agentlik har bir loyiha ofisiga Agentlikning” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 8-bandning ikkinchi xatboshisidan “Agentlik,” soʻzi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 21-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 22-band chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash va ularning aylanmasiga qarshi kurashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KENGASHI TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi, Kengash raisi

2.

Sh.D. Kudbiyev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi

3.

Sh.N. Rahmonov

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

A.Ya. Xaydarov

iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari

5.

A.R. Jumanazarov

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

6.

I.M. Muxtorov

Bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

7.

Lavozimi boʻyicha

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

8.

Lavozimi boʻyicha

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi boshligʻi, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi “Aholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-110-son qarori 6-bandining birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-260-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidan “hamda Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik banddan “hamda uzum, mevalar va rezavorlardan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 12, 13 va 15-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha birinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 18-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-422-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilab qoʻyilsinki, koʻchmas mulk qiymatini baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda mustaqil baholashni oʻtkazgan va baholash hisobotini soliq organlariga taqdim etgan soliq toʻlovchilarning tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari 2024-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)