11.10.2024 yildagi 666-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PF-144-son hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son farmonlariga muvofiq, shuningdek, suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimini amaliyotga keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimi ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimini doimiy yangilab borish va yuritish xarajatlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari toʻgʻonlari va ularga tutash maydonlarning deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasini aniqlash maqsadida doimiy radiolokatsion kosmik monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzilalar sodir boʻlgandan soʻng sunʼiy yoʻldoshlarning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, suv omborlari toʻgʻonlarining deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasini radiolokatsion kosmik monitoring tizimi orqali aniqlash va maʼlumotlarni “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi”ga (keyingi oʻrinlarda — Platforma) kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari toʻgʻonlari va ularga tutash maydonlarning turli jadallikdagi zilzilalar yoki boshqa jarayonlar natijasidagi oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash va Platformaga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiolokatsion kosmik monitoring maʼlumotlari asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganish va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Platformaga kiritilgan kosmik monitoring natijalarini har bir toʻgʻon kesimida ilmiy tahlil qilish hamda tahliliy maʼlumotlar asosida deformatsiyalanish, siljish va choʻkish koʻrsatkichlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
instrumental-texnik tekshiruv va kosmik monitoring natijasida aniqlangan maʼlumotlarni oʻrganish, ularning xavfsizlik mezonlari talablariga mos kelishi yoki mos kelmasligi, shuningdek, toʻgʻonning seysmik mustahkamligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan suv omborlari toʻgʻonlarida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi — suv omborlari toʻgʻonlarining deformatsiyalanish, siljish hamda choʻkish dinamikasi boʻyicha maʼlumotlarini tuzish, qayta ishlash va suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi — suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimi orqali deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasi maʼlumotlarini har bir toʻgʻon kesimida tahlil qilish, dinamik xossalarini oʻrganish, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash hamda xavfsizlik mezonlari talablari boʻyicha xulosa tayyorlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ — suv omborlari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimi hamda Platformaga kiritish va ularni muntazam yangilab borishga masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi va “Oʻzbekgidroenergo” AJning taklifiga muvofiq Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladigan suv omborlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligi kosmik monitoringini oʻrganish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari toʻgʻonlarining instrumental-texnik tekshiruvi va kosmik monitoringi natijasida aniqlangan maʼlumotlarni hamda ularning xavfsizlik mezonlari talablariga mos kelishi yoki mos kelmasligi, shuningdek, toʻgʻonning seysmik mustahkamligi toʻgʻrisidagi xulosalarni Komissiya majlislarida koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorini vazirlik va idoralar, suv omborlariga masʼul boʻlgan tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari toʻgʻonlari xavfsizlik mezonlariga mos kelmaganda, shuningdek, toʻgʻonda seysmik zaiflik mavjud boʻlganda hamda favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish xavflari yuzaga kelganda, Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) axborot kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlariga masʼul boʻlgan tashkilotlar va hokimliklarning toʻgʻonlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarini doimiy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari toʻgʻonlarida seysmik zaiflikni bartaraf etish yuzasidan ilmiy yondashuv asosida takliflarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va “Oʻzbekgidroenergo” AJ 2024-yil 20-oktabrdan boshlab bosqichma-bosqich zamonaviy ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda, suv omborlari toʻgʻonlarining xavfsizlik mezonlari qayta koʻrib chiqilishini hamda qaytadan tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya (S. Mirzayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz yigʻilishini oʻtkazib, mazkur qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning seysmik xavfli hududlarida joylashgan har bir suv omborining hozirgi kundagi seysmik holati va ulardan foydalanish samaradorligini oʻrganish maqsadida ishchi guruhni shakllantirib, reja-grafik asosida uning faoliyatini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 1-dekabrga qadar respublikaning seysmik xavfli hududlarida joylashgan kamida uchta suv omborining seysmik holati va ulardan foydalanish samaradorligini oʻrganib, natijasi boʻyicha axborotni Kengashga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qoʻldoshev va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.Z. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 11-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
666-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 666-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv omborlari toʻgʻonlari va ularga tutash maydonlarning zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimi suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshlik holati toʻgʻrisidagi axborotlarni tizimli ravishda toʻplab borish, qayta ishlash hamda tahlil qilish, radiolokatsion kosmik suratlarni interferometrik qayta ishlash orqali yer yuzasidagi deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasini aniqlash hamda suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganish va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlashni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzila — yer qobigʻining yoki yer ustki qatlamining toʻsatdan roʻy bergan siljishi, yemirilishi yoki oʻpirilishi oqibatida vujudga keladigan, uzoq masofalarga tarqaladigan toʻlqinsimon tebranishlar tarzidagi yer osti silkinishlari va tebranishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilabardoshlik — aholi hayoti hamda mol-mulkining xavfsizligini taʼminlaydigan binolar va inshootlarning zilzila taʼsiriga boʻlgan mustahkamlik koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
instrumental-texnik tekshiruv — maxsus kuzatuv, oʻlchov va nazorat vositalaridan foydalangan holda binolar hamda inshootlarning texnik holatini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
interferometrik qayta ishlash — turli radiolokatsion kosmik suratlardagi signallarning turli fazalardagi farqi asosida yer yuzasidagi nuqtalarning balandligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik monitoring — kosmik suratlar, ayero suratlar va yerni masofadan zondlashning boshqa vositalari, geoaxborot hamda boshqa raqamli texnologiyalardan foydalangan holda maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali hududlarning holatini muntazam kuzatish va nazorat qilish, unda sodir boʻlayotgan jarayonlarni va oʻzgarish tendensiyalarini aniqlash hamda tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzila — magnitudasi (zilzila quvvati) Rixter oʻlchovi boʻyicha 5,0 va undan yuqori boʻlgan zilzila;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiolokatsion kosmik monitoring tizimi — radiolokatsion kosmik suratlarni interferometrik qayta ishlash orqali yer yuzasidagi deformatsiyalanish, siljish va choʻkish holatlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiolokatsion kosmik suratlar — uzunligi 1 sm dan 1 m gacha boʻlgan radiatsion toʻlqinlar muayyan bir hududga yoʻnaltirilib, qayta aks ettirilgan nurlardagi signallar yozib olingan kosmik suratning maxsus turi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari toʻgʻonlari va ularga tutash maydonlarning deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasini aniqlash maqsadida doimiy radiolokatsion kosmik monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Suv xoʻjaligi vazirligi) hamda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida zaruratga koʻra III — IV-sinfga kiruvchi suv omborlarida radiolokatsion kosmik monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzilalar sodir boʻlgandan soʻng sunʼiy yoʻldoshlarning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, suv omborlari toʻgʻonlarining deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasini aniqlash maqsadida radiolokatsion kosmik monitoringni amalga oshirish va maʼlumotlarni “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi”ga (keyingi oʻrinlarda — Platforma) kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari toʻgʻonlari va ularga tutash maydonlarning turli jadallikdagi zilzilalar yoki boshqa jarayonlar natijasidagi oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash va Platformaga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiolokatsion kosmik monitoring maʼlumotlari asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganish va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini (keyingi oʻrinlarda — Favqulodda vaziyatlar vazirligi) tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelish xavflari toʻgʻrisida ogohlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda “Oʻzbekgidrogeologiya” davlat muassasasi suv omborlari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni (loyiha hujjatlari, kunlik olib boriladigan oʻlchov natijalari va boshqalar), shuningdek, uning atrof hududida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan koʻchki hodisalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda Platformaga kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) har yili kamida bir marta Platformaga kiritilgan maʼlumotlardan foydalangan holda, suv omborlari (III-IV-sinfga kiruvchi suv omborlarida taqdim etilgan roʻyxat asosida) toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini radiolokatsion kosmik monitoring qiladi hamda toʻgʻonlarning radiolokatsion kosmik suratlarini interferometrik qayta ishlash orqali deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Agentlik yuqorida koʻrsatilgan ishlarni oʻzining muassisligidagi Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazini jalb qilgan holda amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Fanlar akademiyasi) suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimidagi deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasi maʼlumotlarini ikki hafta muddatda har bir toʻgʻon kesimida ilmiy tahlil qiladi, shuningdek, kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholab, ularni Platformaga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fanlar akademiyasi radiolokatsion kosmik monitoring natijalariga asosan suv omborlari toʻgʻonlari va unga tutash maydonlarda deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasi yuqori boʻlgan holatlar vujudga kelgan taqdirda, zaruratga koʻra tegishli xulosani Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligi kosmik monitoringini oʻrganish komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya Fanlar akademiyasining tegishli xulosasini uch kun muddatda Komissiya majlisida batafsil koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarori vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar Komissiya qarorida suv omborlari toʻgʻonlari va unga tutash maydonlarda deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasi yuqori boʻlgan holatlar koʻrsatilgan boʻlsa, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ikki hafta muddatda suv omborlari toʻgʻonlarida instrumental-texnik tekshiruv oʻtkazadi hamda natijasi boʻyicha hisobot tayyorlab, Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) va Fanlar akademiyasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Inspeksiya va Fanlar akademiyasi bir hafta muddatda instrumental-texnik tekshiruv va kosmik monitoring natijasida aniqlangan maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, ularning xavfsizlik mezonlari talablariga mos kelishi yoki mos kelmasligi, shuningdek, toʻgʻonning seysmik mustahkamligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi hamda xulosani Komissiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya uch kun muddatda taqdim etilgan xulosani Komissiya majlisida koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalariga koʻra xulosa xavfsizlik mezonlari talablariga mos kelgan taqdirda, Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) axborot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlari toʻgʻonlari xavfsizlik mezonlariga mos kelmaganda, toʻgʻonda seysmik zaiflik mavjud boʻlganda hamda favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish xavflari yuzaga kelganda, Komissiya bir kun muddatda Respublika kengashiga holat toʻgʻrisida axborot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Respublika kengashi uch kun muddatda favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan suv omborlari toʻgʻonlarida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda suv ombori toʻgʻonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Respublika kengashiga axborot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Inspeksiya xavfsizlik mezonlari talablari asosida suv omborlari toʻgʻonlarida instrumental-texnik tekshiruvlar oʻtkazilishini taʼminlaydi, shuningdek, toʻgʻonning seysmik mustahkamligi boʻyicha nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik radiolokatsion kosmik monitoring natijasida aniqlangan maʼlumotlarni Platformaga doimiy ravishda kiritadi va yangilab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Manfaatdor vazirlik va idoralar Platformaga kiritiladigan maʼlumotlar hamda tayyorlanadigan xulosalarning toʻgʻri va ishonchli boʻlishiga javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tadbirlarini moliyalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimini yuritish bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fanlar akademiyasi tomonidan kelgusi yil uchun suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish rejalashtirilgan suv omborlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har yili 1-iyunga qadar Agentlikka kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.Agentlik suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish hamda Platformaning yuritish bilan bogʻliq xarajatlar toʻgʻrisida har yili 1-iyulga qadar Vazirlar Mahkamasiga asoslangan hisob-kitoblar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashi Agentlik tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblar yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Suv ombori toʻgʻonlarida insturmental-texnik tekshiruv oʻtkazish hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy ijro hokimiyat organlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Suv omborlari toʻgʻonlarining seysmik mustahkamligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlik tomonidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning soʻrovlari asosida taqdim etilishi mumkin, davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni umumlashtirish va berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

1-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzbekgidroenergo” AJ,

“Oʻzbekgidrogeologiya” davlat muassasasi

Suv omborlari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni (loyiha hujjatlari, kunlik olib boriladigan oʻlchov natijalari va boshqalar), shuningdek, uning atrof hududida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan koʻchki hodisalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi”ga (keyingi oʻrinlarda — Platforma) kiritib boradi.

Doimiy ravishda

2-bosqich

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

Platformaga kiritilgan maʼlumotlardan foydalangan holda, suv omborlari (III-IV-sinfga kiruvchi suv omborlarida taqdim etilgan roʻyxat asosida) toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qiladi va toʻgʻonlarning radiolokatsion kosmik suratlarini interferometrik qayta ishlash orqali deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasini aniqlaydi.

Har yili kamida bir marta

3-bosqich

Fanlar akademiyasi

Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimidagi deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasi maʼlumotlarini har bir toʻgʻon kesimida ilmiy tahlil qiladi, shuningdek, kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholab, ularni Platformaga kiritadi.

Ikki hafta muddatda

Radiolokatsion kosmik monitoring natijalariga asosan suv omborlari toʻgʻonlari va unga tutash maydonlarda deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasi yuqori boʻlgan holatlar vujudga kelgan taqdirda, tegishli xulosani Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligi kosmik monitoringini oʻrganish komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) taqdim etadi.

Zaruratga koʻra

4-bosqich

Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligi kosmik monitoringini oʻrganish komissiyasi

Fanlar akademiyasining tegishli xulosasini Komissiya majlisida batafsil koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

Komissiya qarorini vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi.

Uch kun muddatda

5-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzbekgidroenergo” AJ va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

Komissiya qarorida suv omborlari toʻgʻonlari va unga tutash maydonlarda deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasi yuqori boʻlgan holatlar mavjud boʻlsa, suv omborlari toʻgʻonlarida instrumental-texnik tekshiruv oʻtkazadi va natijasi boʻyicha hisobot tayyorlab, Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Fanlar akademiyasiga taqdim etadi.

Ikki hafta muddatda

6-bosqich

Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Fanlar akademiyasi

Instrumental-texnik tekshiruv va kosmik monitoring natijasida aniqlangan maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, ularning xavfsizlik mezonlari talablariga mos kelishi yoki mos kelmasligi, shuningdek, toʻgʻonning seysmik mustahkamligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi hamda xulosani Komissiyaga taqdim etadi.

Bir hafta muddatda

7-bosqich

Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligi kosmik monitoringini oʻrganish komissiyasi

Taqdim etilgan xulosani Komissiya majlisida koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi.

Uch kun muddatda

Oʻrganish natijalariga koʻra, xulosa xavfsizlik mezonlari talablariga mos kelgan taqdirda, Respublika kengashiga axborot kiritadi.

Qaror qabul qilingandan soʻng

Suv omborlari toʻgʻonlari xavfsizlik mezonlariga mos kelmaganda, toʻgʻonda seysmik zaiflik mavjud boʻlganda hamda favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish xavflari yuzaga kelganda, Respublika kengashiga holat toʻgʻrisida axborot kiritadi.

Bir kun muddatda

8-bosqich

Respublika kengashi

Favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan suv omborlari toʻgʻonlarida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi.

Uch kun muddatda

9-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda

Suv ombori toʻgʻonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Respublika kengashiga axborot kiritadi.

Ikki hafta muddatda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 666-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladigan suv omborlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Suv omborining nomi

Joylashgan manzili

Sinfi

Foydalanuvchi tashkilot

Seysmik jihatdan necha ballik zonada joylashganlik koʻrsatkichi

1.

Andijon

Andijon viloyati

1

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

8

2.

Toʻdakoʻl

Buxoro viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

3.

Tozakoʻl

Buxoro viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

4.

Qoʻrgʻontepa

Fargʻona viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

5.

Karkidon

Fargʻona viloyati

1

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

6.

Qoravultepa

Jizzax viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

7.

Zomin

Jizzax viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

8.

Chortoq

Namangan viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

9

9.

Rezaksoy

Namangan viloyati

1

Suv xoʻjaligi vazirligi

9

10.

Varzik

Namangan viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

9

11.

Jiydalisoy

Namangan viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

9

12.

Pachkamar

Qashqadaryo viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

13.

Hisorak

Qashqadaryo viloyati

1

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

8

14.

Qizilsuv

Qashqadaryo viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

15.

Dehqonobod

Qashqadaryo viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

16.

Langar

Qashqadaryo viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

17.

Chimqoʻrgʻon

Qashqadaryo viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

18.

Qorabogʻ

Qashqadaryo viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

19.

Talimarjon

Qashqadaryo viloyati

1

Suv xoʻjaligi vazirligi

7

20.

Qattaqoʻrgʻon

Samarqand viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

21.

Qoratepa

Samarqand viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

22.

Tusunsoy

Samarqand viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

7

23.

Oqdaryo

Samarqand viloyati

3

Suv xoʻjaligi vazirligi

7

24.

Uchqizil

Surxondaryo viloyati

4

Suv xoʻjaligi vazirligi

7

25.

Toʻpolang

Surxondaryo viloyati

1

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

9

26.

Janubiy Surxon

Surxondaryo viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

9

27.

Chorvoq

Toshkent viloyati

1

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

8

28.

Ohangaron

Toshkent viloyati

1

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

8

29.

Toshkent

Toshkent viloyati

2

Suv xoʻjaligi vazirligi

8

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 666-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligi kosmik monitoringini oʻrganish komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

S.Z. Mirzayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti, Komissiya raisi

2.

D.A. Bekmirzayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boʻlim boshligi, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

T.N. Butunbayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

S.T. Zuparov

—

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

A.K. Fozilov

—

“Oʻzbekgidroenergo” AJ Suv omborlaridan xavfsiz va samarali foydalanish boshqarmasi boshligʻi

6.

Sh.M. Qodirov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori

7.

R.B. Rahimov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi

8.

T.Z. Sultanov

—

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori

9.

K.Dj. Salyamova

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining M.T. Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bosh ilmiy xodimi

10.

B.E. Xusanov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining M.T. Urozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bosh ilmiy xodimi

11.

V.A. Ismailov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Gʻ.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti direktori

12.

Q.I. Qoʻchqorov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi boshligʻi

13.

E.S. Toshmatov

—

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti dotsenti

14.

Sh.N. Nasrullayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi boʻlim boshligʻi, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 09/24/666/0832-son)