Qo‘mita rahbariyatining hamda hududiy bo‘linmalarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
9. Qo‘mita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 500-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi to‘g‘risida
3. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
6. Qo‘mita, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, o‘z logotipiga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida milliy va xorijiy valyutalarda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
v) ingliz tilida:
“Olima ayollar” jamiyati;
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, respublika va hududiy “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari”, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi, “Saodat” jurnali, “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” xalqaro ilmiy jurnali tahririyati Qo‘mitaga hisobot beradi.
erkaklar va xotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash, xotin-qizlar va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
oila a’zolarining huquqiy madaniyatini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy xodim va boshqa davlat xizmatchilari bilan hamkorlikda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish;
o‘ziga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun davlat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qiladi;
jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga binoan hamda o‘z tashabbusiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalarining oila va xotin-qizlar masalalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlari, rivojlantirish dasturlari loyihalarini kelishadi;
xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
zarur hollarda, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qiladi, ishchi guruhlar tuzadi va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
davlat organlari, xalqaro donorlar, yirik korxona va boshqa tashkilotlar tomonidan dolzarb mavzulardagi loyihalarni moliyalashtirish maqsadida o‘tkaziladigan tanlovlarda xotin-qizlarning o‘z loyihalari bilan ishtirok etishlarini targ‘ib qiladi;
mamlakatimizda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida targ‘ibot tadbirlarini tashkil qiladi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollarining hududdagi tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilari bilan hamkorlikda xotin-qizlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish ishlarini tashkil etish yuzasidan uslubiy va amaliy tavsiyalar beradi;
respublika va hududiy “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” faoliyati samarali tashkil etilishiga ko‘maklashadi;
xotin-qizlar o‘rtasida turli salbiy ijtimoiy harakatlar, ayniqsa, o‘z joniga qasd qilish, fohishabozlik kabi holatlarning sabablarini o‘rganish hamda natijalari bo‘yicha mahallalar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
mehnat jamoalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviy turlari hamda velosport bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilishini tashkil etadi;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, mazmunan boyitish, ularning farzand tarbiyasidagi rolini oshirish, oilalarda targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini o‘rganib boradi, ularning muammolarini joyida hal qilishga hamda o‘quv-tarbiya muassasalaridan keyin hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashadi;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketgan shaxslarning uyda qolgan voyaga yetmagan farzandlari turmush tarzini o‘rganish va qo‘llab-quvvatlashda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda choralarni ko‘radi;
mahallalardagi xotin-qizlar faollarining asosiy vazifalari bajarilishini monitoring qilish va mahallalarda hal etilmagan tizimli muammolarini yuqori turuvchi idoralarga kiritib boradi;
nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda xotin-qizlarning mamlakatimizni rivojlantirishga bo‘lgan daxldorlik hissini kuchaytirish, ro‘y berayotgan jarayonlarni anglash va muhokama qilishga jalb etish, shuningdek, ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishlariga undaydigan tadbirlarni tashkil etadi;
jamoatchilik tuzilmalari tarkibiga faol, fidoyi, salohiyatli, shaxsiy sifatlari bilan mahallada obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan aholi vakillarini jalb etadi;
og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar bilan yakka tartibda ishlarni olib borishda tegishli idoralar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va ular bilan doimiy ravishda axborot almashadi.
4-bob. Qo‘mita va uning hududiy bo‘linmalarining huquqlari va majburiyatlari
oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish bo‘yicha loyihalarni saralab olish uchun tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;
Qo‘mita vakolati doirasida xalqaro shartnomalar va idoralararo bitimlar tuzish, xalqaro, hukumatlararo bitimlar loyihalarini taqdim etish;
tarkibiy va hududiy bo‘linmalarning nizomlari hamda boshqa hujjatlari, smeta va shtat jadvallarini tasdiqlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Qo‘mitaning ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish hamda Qo‘mita, uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish.
o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘limlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
tegishli hududda oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi holati to‘g‘risida Qo‘mitaga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotning taqdim etilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ko‘rsatmalarini bajarish;
hunarmandlarga ehtiyojmand, ishsiz xotin-qizlarni biriktirish orqali ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;
davlat tomonidan ehtiyojmand xotin-qizlarga maxsus jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishiga ko‘maklashish;
jamiyatda xotin-qizlarga qaratilgan tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan targ‘ibot tadbirlari orqali murosasizlik muhitini yaratish;
Qo‘mita tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaxirasini shakllantirish;
Qo‘mita raisining o‘rinbosarlari, hududiy boshqarmalar va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijalarini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, Qo‘mita yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalar asosida zarur choralar ko‘rish;
Qo‘mita xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash, jumladan ular tomonidan lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
zarurat bo‘lganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Qo‘mita markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
Qo‘mita markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) bo‘linmalari xodimlari bajarishi shart bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqarish hamda ko‘rsatmalar berish;
Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash;
o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash;
o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Qo‘mita raisiga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;
Qo‘mitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
Qo‘mita tizimining moliyaviy-iqtisodiy asoslarini hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bu borada aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.
mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish;
oliy ta’lim muassasalarida talabalar orasida xotin-qizlar ulushini oshirish;
davlat tomonidan ehtiyojmand xotin-qizlarni maxsus jarrohlik amaliyotini o‘tkazish;
“Edo.ijro.uz” elektron ichki hujjatlar almashinuvi tizimi orqali hujjatlar ijrosining ta’minlanishini nazorat qilish;
xavfsiz migratsiyani tashkil qilish maqsadida hududlarda chet elga ishlash uchun chiqish istagidagi xotin-qizlar bilan suhbatlarni tizimli tashkil qilish;
xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi faoliyatini tashkil etishga oid chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish;
prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Qo‘mitaning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Qo‘mita raisining nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga kiritish;
tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Qo‘mita o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
hududiy boshqarmalar xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
hududiy boshqarmalar xodimlari va tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududiy boshqarmalar xodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida Qo‘mitaga takliflar kiritish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va tashkilotlarda Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va ularning bo‘linmalari manfaatlarini ifoda etish;
tegishli sohalar va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan parametrlar va ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi;
qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan yo‘nalishlar va sohalar bo‘yicha vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
tegishli hududda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosati sohasidagi qonunchilik hujjatlari, Qo‘mita rahbarlarining topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;
7-bob. Qo‘mita faoliyatini tashkil etish
26. Qo‘mita raisining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
28. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari — Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
30. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari tarkibidagi bo‘limlar va tuman (shahar)lar Oila va xotin-qizlar bo‘limlari mutaxassislari lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi markaziy apparatining mutasaddi boshqarma va bo‘limlari boshliqlarining xulosalariga muvofiq tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari — Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlarining buyrug‘iga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini takomillashtirishga doir choralar ko‘radi;
vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi;
34. Qo‘mita o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
qonunchilik hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Qo‘mita tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rgan holda, tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
41. Qo‘mita raisi va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Qo‘mita raisi yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrini xabar qilishi mumkin.
Qo‘mita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari;
Qo‘mita markaziy apparati, uning hududiy va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari bo‘yicha belgilanadi.
15 dan 20 yilgacha — 1,2;
Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan ishlamaydigan bayram kunlarida va boshqa muhim sanalarda mukofotlash, shuningdek, ustama, rag‘batlantirish va qo‘shimcha haq, mukofotlar va ish haqiga boshqa to‘lovlar miqdori Qo‘mita raisi tomonidan belgilanadi.
a) eng tashabbuskor va samarali ishlagan Qo‘mitaning markaziy apparati xodimlariga lavozim maoshining ikki yuz foizigacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalarining xodimlariga lavozim maoshining yuz foizigacha, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlarining xodimlariga lavozim maoshining yetmish besh foizigacha oylik qo‘shimcha haqlar va ustamalar;
Qo‘mita markaziy apparatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha to‘lovlar jamg‘arma hisobidan amalga oshiriladi.
54. Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish doirasida:
oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning eng muhim yo‘nalishlari hamda vazifalarni amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarning muntazam ravishda ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi;
55. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati Qo‘mita rahbarlarining faoliyatini yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoring qilib boradi, Qo‘mita faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 500-son qaroriga
2-ILOVA
NIZOM
4. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan Qo‘mitaning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yig‘iladi.
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
axborot-kommunikatsiya, multimedia va tarmoq qurilmalari, texnika vositalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va saqlash, pochta xizmatlari ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish (xodimning nikoh va farzand to‘ylarini o‘tkazish, yaqin qarindoshlarining vafot etishi, sog‘lig‘ini tiklash bilan bog‘liq holatlar);
Qo‘mita xodimlariga ustama to‘lovlari kundalik ovqatlanish va transport xarajati uchun kompensatsiya to‘lovlari xodimga haqiqatda ishlagan davri (ish kunlari) uchun to‘lash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Qo‘mita faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlar.
13. Jamg‘arma mablag‘laridan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq foydalanilishi mumkin.
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 500-son qaroriga
3-ILOVA