23.07.2024 yildagi KSQ-3-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 86-moddasi birinchi qismiga sharh berish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi (bundan buyon matnda — Konstitutsiyaviy sud) raislik qiluvchi M. Abdusalomov, sudyalar A. Gʻafurov, J. Balkibayeva, K. Davletova, R. Ismaylov, A. Raximov va A. Raxmanovdan iborat tarkibda, katta ekspert U. Giyazovning kotibligida, taraflarning vakillari — Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining (bundan buyon matnda — Milliy markaz) boʻlim boshligʻi O. Norboyev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati A. Shadmanov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmita raisi oʻrinbosari Sh. Choʻlliyev va tegishli davlat organlari vakillari ishtirokida, Milliy markazning murojaati boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 86-moddasi birinchi qismiga rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud maʼruzachi sudya R. Ismaylovning maʼruzasini, Milliy markaz, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va tegishli davlat organlari vakillarining tushuntirishlarini hamda Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi aʼzolarining fikrlarini eshitib, ish materiallarini oʻrganib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz 2024-yil 24-iyun kuni Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilib, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 86-moddasi birinchi qismiga rasmiy sharh berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining (bundan buyon matnda — Konstitutsiyaviy qonun) 27-moddasi birinchi qismiga muvofiq Milliy markaz Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 133-moddasi va Konstitutsiyaviy qonunning 4-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur masalani oʻrganib chiqib va ish materiallarini tahlil qilib Konstitutsiyaviy sud, Konstitutsiyaviy qonunning 86-moddasi birinchi qismida belgilangan normani turli xil talqin qilinishi hamda amaliyotda notoʻgʻri qoʻllanilishiga olib kelgan noaniqliklar mavjudligiga aniqlik kiritish maqsadga muvofiq degan xulosaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning murojaatidan aniqlanishicha, 2024-yil 23-yanvar kuni fuqaro K. Eshmatov Milliy markazga murojaat qilib, Konstitutsiyaviy qonunning 86-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan bir yillik muddat sud qarori qabul qilingan kundan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish haqida protest kiritish toʻgʻrisida bergan arizasiga javob xati berilgan kundan boshlab hisoblanishi haqida tushuntirish berishni soʻragan. Fuqaroning aynan ushbu mazmundagi murojaati Konstitutsiyaviy sud tomonidan oʻrganib chiqilib, unga 2023-yil 13-sentabrda (02-12/2423-sonli xat) Oliy sud fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining tegishli ajrimi chiqqan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish kerakligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ham bir necha marta oʻrganib chiqilgan. Xususan, Adliya vazirligining 2024-yil 10-maydagi javob xatida qonunda nazarda tutilgan bir yillik muddat kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqarilib, shikoyatni (protestni) bergan shaxsga yuborilgan vaqtdan yoki kassatsiya instansiyasi sudining ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilgan kundan hisoblanishi tushuntirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatlardan kelib chiqib, Milliy markaz, Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilib, Konstitutsiyaviy qonunning 86-moddasi birinchi qismiga muvofiq fuqarolar hamda yuridik shaxslarning qonunda belgilangan tartibda Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish muddati qaysi vaqtdan hisoblanishi haqida rasmiy sharh berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy qonunning 86-moddasi birinchi qismiga muvofiq, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayyan ishda qoʻllanilgan va Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq boʻlmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlari, agar sudda himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, sudda ishni koʻrib chiqish tugagan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay beriladi. Ushbu norma Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-moddasining uchinchi qismi, 133-moddasining ikkinchi qismi qoidalaridan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy qonunning 85-moddasi birinchi qismiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalarini rasmiy sharhlash ularda normalarning amaliyotda notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilishiga olib kelgan noaniqliklar topilgan taqdirda amalga oshiriladi. Shuningdek, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 55-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilgan taqdirda amalga oshirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy qonunning 85-moddasi ikkinchi qismiga binoan Konstitutsiyaviy sudga Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalarini rasmiy sharhlash haqidagi murojaatda Konstitutsiyada va qonunda ularning amaliyotda notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilishiga olib kelgan noaniqliklar mavjudligiga doir vajlar hamda dalillar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Konstitutsiyaviy qonunning 85-moddasi toʻrtinchi qismiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalarini rasmiy sharhlash jarayonida ularga normalarni aniqlashtirishga qaratilgan tuzatishlar, oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning murojaatida Konstitutsiyaviy qonunning 86-moddasi birinchi qismida belgilangan bir yillik muddatni hisoblashda noaniqlikning mavjudligi va bu amaliyotda qonun normasining notoʻgʻri talqin qilinishiga olib kelayotganligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 55-moddasi uchinchi qismiga koʻra, har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan koʻrib chiqilishi huquqi kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 6-moddasiga muvofiq, sud koʻrilayotgan va hal etilayotgan masala boʻyicha hal qiluv qarori, qaror, ajrim va buyruq shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi. Bunda birinchi instansiya sudi ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi ishni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ishni taftish tartibida koʻrish natijasi boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 5-moddasiga koʻra, sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrugʻi shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi. Birinchi instansiya sudida ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinadi, ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻrish natijalari boʻyicha sudlar qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 7-moddasiga koʻra, birinchi instansiya sudida ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori, qaror qabul qilinadi, ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish natijalari boʻyicha sudlar qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 28-moddasiga koʻra, birinchi instansiya sudi jinoyat ishi boʻyicha hukm yoki ajrim chiqaradi. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm yoki ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan, agar ular apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm yoki ajrim chiqaradi. Taftish instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudida koʻrib chiqilgan hukmlari va ajrimlari ustidan, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudining hukmlari yoxud ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm, qaror, ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining talablariga koʻra, sud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan barcha instansiyalarda qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy qonunning 86-moddasi birinchi qismida agar sudda himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, sudda ishni koʻrib chiqish tugagan kundan eʼtiboran Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish uchun qatʼiy bir yillik muddat belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy qonunning 86-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan sudda himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanish deganda, shikoyat qiluvchi subyektlar (fuqarolar yoki yuridik shaxslar) tomonidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanishlari, shuningdek, sudda ishni koʻrib chiqish tugagan kun deganda ishni mohiyatdan koʻrib chiqish natijalariga koʻra, uzil-kesil qabul qilingan sud hujjatlari hamda ish boʻyicha ishning keyingi koʻrib chiqilishini istisno qiladigan oxirgi sud hujjatlarining qabul qilinganligini tushunish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning Konstitutsiyaviy sudga kiritgan murojaatiga asos boʻlgan fuqarolik ishi boʻyicha sud hujjatlari mazkur ish koʻrilgan vaqtda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining normalariga muvofiq qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrish bosqichlari joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud yuqorida koʻrsatilgan holatlarni inobatga olib, Konstitutsiyaviy qonunning 86-moddasi birinchi qismida belgilangan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayyan ishda qoʻllanilgan va Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq boʻlmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlari, agar sudda himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, sudda ishni koʻrib chiqish tugagan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay berilishi haqidagi normani turli xil talqin qilinishi hamda amaliyotda notoʻgʻri qoʻllanilishiga olib kelgan noaniqliklar mavjudligi bois ushbu qonun normasiga sharh berishni lozim deb topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 133-moddasi birinchi qismining 5-bandi, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 4-moddasi birinchi qismi 4-bandi, 67, 69, 70, 72 va 85-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 86-moddasi birinchi qismiga quyidagi mazmundagi sharh berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 86-moddasi birinchi qismida “Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayyan ishda qoʻllanilgan va Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq boʻlmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlari, agar sudda himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, sudda ishni koʻrib chiqish tugagan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay beriladi”, degan normasida belgilangan “sudda ishni koʻrib chiqish tugagan kun” jumlasini sud tomonidan ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha oxirgi sud hujjati qabul qilingan kun, deb tushunish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ushbu qarori “Xalq soʻzi” gazetasi, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi va Konstitutsiyaviy sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror qatʼiy, uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas va u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 23-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSQ-3-son