16.07.2024 yildagi 425-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-329-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, temir yoʻlda yoʻlovchilarni tashish xizmatlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-329-son qaroriga asosan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-yanvardan boshlab yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish hamda yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechib, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga oʻtilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashish xizmatlarini (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish bundan mustasno) koʻrsatishdan koʻrilgan zararlar Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilinishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-oktabrdan boshlab “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning barcha turdagi xizmatlari boʻyicha daromad va xarajatlarning alohida hisobi yuritiladi. Bunda yoʻlovchi tashish uchun alohida daromad va xarajatlar hisobga olinib, yoʻlovchi tashish xizmati narxlarini hisoblash bazasi yaratilishi inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvardan boshlab temir yoʻl xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalarning ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrgan zararlari mazkur qaror bilan tasdiqlangan vaqtinchalik nizom talablari asosida Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-dekabrga qadar temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar narxini aniqlash va tasdiqlash tartibini ishlab chiqsin. Bunda xizmat koʻrsatish sifati hamda operatsion samaradorlikni oshirishga qaratilgan ragʻbatlantirish mexanizmlarini (bonuslar) joriy qilish hamda avans toʻlovlarini amalga oshirish metodologiyasini qoʻllash hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyulga qadar davlat buyurtmasi asosida temir yoʻl transportida ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish shartnomalarini (Public service agreement) tuzish va moliyalashtirish tartibi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda 2027-yildan boshlab Davlat budjetidan kompensatsiya mablagʻlari faqatgina ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish shartnomalari asosida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
425-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-iyuldagi 425-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda (yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezyurar poyezdlar bundan mustasno) yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi hamda 2027-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki qatnovlar — yuklar, yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini Oʻzbekiston Respublikasi doirasida tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi poyezdi — yoʻlovchi vagonlaridan tashkil topgan, yoʻlovchilar, bagaj va pochtani tashish uchun moʻljallangan poyezd. Qatnovlar turlariga koʻra yoʻlovchi poyezdlar uzoq masofali — 700 km dan ortiq, mahalliy — 700 km gacha hamda shahar atrofi — 200 km gacha masofaga boʻlinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya — tashuvchining ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda (yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezyurar poyezdlar bundan mustasno) yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplash uchun ajratiladigan mablagʻ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platskarta qiymati — chipta toʻliq qiymatining yoʻlovchini tashishda umumiy masofa uchun belgilanadigan hamda yoʻl davomida vagondan foydalanish va yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish toʻlovini oʻz ichiga oladigan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif — chipta va platskarta qiymatlari yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish xarajatlari — tashuvchining yoʻlovchi vagonlarini soz holda saqlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish va harakatlanish davomida yoʻlovchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi — temir yoʻl transportida yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl infratuzilma xizmatlarini koʻrsatish xarajatlari — temir yoʻl va temir yoʻl inshootlari, temir yoʻl stansiyalari, temir yoʻl vokzallari, lokomotivlar va elektropoyezdlar xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, elektr taʼminoti qurilmalari, aloqa tarmoqlari, signalizatsiya, markazlashtirish va bloklash tizimlari, axborot majmualari, harakatni boshqarish tizimlari, binolar, favqulodda holatlarda qayta tiklash poyezdi, qurilmalar, moslama va uskunalardan foydalanish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chipta qiymati — yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchi tashiganlik uchun hisoblangan toʻlovlar summasi sifatida belgilanadigan chiptaning toʻliq qiymatidan bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezyurar poyezdlar — harakatlanish masofasi cheklanmagan, 91 km soatdan yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlar Davlat budjeti hisobidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan kompensatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tashuvchining ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarini hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishda tashuvchining xarajatlari bevosita tashish va temir yoʻl infratuzilma xizmatlarini koʻrsatish xarajatlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoʻlovchi tashishdan olinadigan daromadlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va uzoq masofali yoʻnalishlarda — chipta va platskarta qiymatlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar atrofi yoʻnalishlarida — chipta qiymatidan shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashuvchining ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilish miqdori mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalardagi jadvallar orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tashuvchining ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarini Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilishni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashuvchi ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlar boʻyicha hisobotlarni Transport vazirligiga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi kompensatsiya ajratish toʻgʻrisida ariza bilan birga har oyda keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq shakllantirilgan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankidagi hisobvaragʻi rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi tashish bilan bogʻliq xarajat va daromad, moliyaviy natija, yoʻnalish, tarif, qoplanadigan kompensatsiya summasi toʻgʻrisida tasdiqlangan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya ajratish uchun taqdim etilgan hujjatlar, maʼlumotlar hamda hisob-kitoblar tashuvchi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza va tegishli hujjatlar tashuvchi tomonidan Transport vazirligiga pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda yuborilganda, mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq emasligi aniqlangan taqdirda, Transport vazirligi besh ish kuni ichida tashuvchiga hujjatlardagi kamchiliklar toʻgʻrisida hamda qayta murojaat qilishi haqida yozma yoki elektron shaklda xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza va ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan holda, Transport vazirligiga kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni davomida koʻrib chiqiladi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mablagʻlarni tashuvchiga kompensatsiya tarzida ajratish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Transport vazirligiga belgilangan tartibda shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Transport vazirligi tomonidan taqdim etilgan tashuvchiga kompensatsiya ajratish boʻyicha buyurtmanomani uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tegishli mablagʻlarni belgilangan tartibda Transport vazirligining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mablagʻlar kelib tushganidan soʻng Transport vazirligi uch ish kuni ichida tashuvchining tijorat banklardagi hisobvaragʻiga belgilangan kompensatsiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashuvchi

Kompensatsiya ajratish boʻyicha Transport vazirligiga murojaat qiladi

Har oy keyingi oyning 25-sanasiga qadar

2-bosqich

Transport vazirligi

Tashuvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi

10 ish kuni ichida

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Tashuvchiga kompensatsiya ajratish uchun belgilangan tartibda ochilgan Transport vazirligining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazadi

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Transport vazirligi

Mablagʻlar kelib tushgandan soʻng tashuvchining tijorat banklardagi hisobvaragʻiga kompensatsiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi

3 ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“___________________________” ____ning 20____ yil _______ oyi uchun mahalliy va uzoq masofali yoʻnalishlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilish boʻyicha hisob-kitoblar

T/r

Koʻrsatkichlar nomlanishi

Jami

Tashish faoliyati

Mahalliy va uzoq masofali

shu jumladan:

Xalqaro

Yordamchi-koʻmakchi faoliyat

tezyurar poyezd

yoʻlovchi poyezd

(oddiy)

I.

DAROMAD

mahalliy va uzoq masofali yoʻnalishlar

tezyurar poyezd

yoʻlovchi poyezdi (oddiy)

xalqaro qatnovlar

boshqa daromadlar

II.

Ishlab chiqarish xarajatlari

1.

material xarajatlar

1.1.

ishlab chiqarish ahamiyatiga molik xizmatlar

1.2.

material xarajatlar

1.3.

yoqilgʻi xarajatlari

1.4.

elektr energiyasi xarajatlari

1.5.

yoqilgʻi-moylash materiallari

2.

ish haqi xarajatlari

3.

ijtimoiy toʻlov

4.

amortizatsiya

5.

kapital va joriy taʼmirlash

6.

boshqa ishlab chiqarish xarajatlari shundan:

6.1.

Infratuzilma xarajatlari (oʻzaro bogʻlanish tariflari, mintaqaviy temir yoʻl uzellari xarajatlari)

III.

Davr xarajatlari

1.

Sotish xarajatlari

2.

Maʼmuriy xarajatlar

3.

Boshqa operatsion xarajatlar

IV.

Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar

V.

Moliyaviy faoliyatdan daromadlar

VI.

Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar

VII.

JAMI XARAJATLAR

VIII.

Soliq toʻlagunga qadar foyda (zarar)

IX.

Foyda soligʻi

X.

Sof foyda (zarar)

XI.

Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya

Tashkilot rahbari

________________

________________

sana

imzo

Bosh hisobchi

________________

________________

sana

imzo

Ishlab chiquvchi masʼul xodim

________________

________________

sana

imzo

M.Oʻ.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“___________________________” ____ning 20____ yil _______ oyi uchun shahar atrofi yoʻnalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilish boʻyicha hisob-kitoblar

T/r

Koʻrsatkichlar nomlanishi

Jami

Tashish faoliyati

(shahar atrofida yoʻlovchi tashish)

Yordamchi-koʻmakchi faoliyat

I.

DAROMAD

1.

tashish faoliyatidan

(shahar atrofida yoʻlovchi tashish)

2.

boshqa daromadlar

II.

Ishlab chiqarish xarajatlari

1.

material xarajatlar

1.1

ishlab chiqarish ahamiyatiga molik xizmatlar

1.2

material xarajatlar

1.3

yoqilgʻi xarajatlari

1.4

elektr energiyasi xarajatlari

1.5

yoqilgʻi-moylash materiallari

2.

ish haqi xarajatlari

3.

ijtimoiy toʻlov

4.

amortizatsiya

5.

kapital va joriy taʼmirlash

6.

boshqa ishlab chiqarish xarajatlari shundan:

6.1

Infratuzilma xarajatlari (oʻzaro bogʻlanish tariflari, mintaqaviy temir yoʻl uzellari xarajatlari)

III.

Davr xarajatlari

1.

Sotish xarajatlari

2.

Maʼmuriy xarajatlar

3.

Boshqa operatsion xarajatlar

IV.

Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar

V.

Moliyaviy faoliyatdan daromadlar

VI.

Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar

VII.

JAMI XARAJATLAR

VIII.

Soliq toʻlagunga qadar foyda (zarar)

IX.

Foyda soligʻi

X.

Sof foyda

XI.

Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya

Tashkilot rahbari

________________

________________

sana

imzo

Bosh hisobchi

________________

________________

sana

imzo

Ishlab chiquvchi masʼul xodim

________________

________________

sana

imzo

M.Oʻ.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki qatnovlarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kompensatsiya ajratish toʻgʻrisida

ARIZA

____________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi)

____________________________________________________________________________________________

______________________________________________________ manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan

(manzil, telefon, elektron pochta)

____________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________

(roʻyxatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi)

rahbari / direktori: __________________________________________________________________ nomidan

(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O.)

___________________________________________________________________________________________ga

(yoʻlovchi tashuvchi nomi)

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratishingizni soʻrayman.

Amalga oshirilgan temir yoʻl qatnovi (yoʻnalish, tarif, tashish qiymati, qoplanadigan kompensatsiya summasi):

____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________

Kompensatsiya oʻtkazib beriladigan hisobvaraq: ___________________________________________________

Sana: __________________

Rahbar F.I.O. va imzosi: ___________

Bosh hisobchi F.I.O. va imzosi: ____________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/425/0518-son)