Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(I va II boʻlimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1963-yil 23-martdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963-yil, № 9, 31-modda) 1-ilovasi — Grajdanlarga tegishli boʻlib, ijro hujjatlari boʻyicha undirishni qaratish mumkin boʻlmagan mulk turlari roʻyxatining 1-bandidan “uy qurish uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi 257-I-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 11-12-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 599-I-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 83-modda)
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil, №31-33, 371-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, №5, 235-modda):
1) 3-moddaning 1-bandidagi “mahsulot belgilar, sanoat namunalari” degan soʻzlar “ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topoligiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 7-modda quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8. Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin”;
3) 19-moddaning 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “er, yer osti boyliklari” degan soʻzlar “er (savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari bilan birga yuridik hamda jismoniy shaxslarning mulki qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) Qonun quyidagi mazmundagi 271 va 36-moddalar bilan toʻldirilsin:
271-modda. Davlat mol-mulkini xususiylashtirish
Oʻzbekiston Respublikasining yoki maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) boʻlmish korxonalar, mulkiy majmualar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartib va shartlar asosida mulk qilib respublika va boshqa davlatlar jismoniy hamda yuridik shaxslarning tasarrufiga oʻtkazib berilishi mumkin”.
“36-modda. Davlat organlarining mulkdor oʻz vakolatlarini amalga oshirishiga aralashganligi uchun javobgarligi
Davlat organlari mulkdorga yoxud toʻla xoʻjalik yuritish, bevosita boshqarish huquqi boʻyicha yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosda mol-mulkka egalik qiluvchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha vazifalar yoki cheklashlar belgilab qoʻyishga huquqli emas.
Davlat organlari mulkdorning hamda ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning oʻz mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat huquqlarini amalga oshirishiga qonunga xilof ravishda aralashganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan hajmda mulkiy javobgar boʻladilar.
5) 28-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar mol-mulki
Korxonalar aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav fondining kamida 10 foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar hisoblanadi. Ular Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda amal qiladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki ushbu korxonani taʼsis etish yoʻli bilan yohud ilgari chet el investitsiyalarisiz taʼsis etilgan korxonada chet ellik investorning ishtirok ulushini (pay, aksiya) sotib olishi yoki bunday korxonani butunlay, shu jumladan, xususiylashtirish jarayoni mobaynida sotib olishi natijasida tashkil etilishi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 2000-y., 175-II-son Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son)
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda) 4-moddasining 2-bandidagi “er, yer osti boyliklari” degan soʻzlar “er (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2001-yil 29-avgustdagi 260-II-son Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan XI boʻlim amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 171-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrdagi 356-I-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 55-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 437-II-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 218-modda)
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 359-modda):
1) 3-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Ekspertlar, mutaxassislar bajargan ish uchun eng kam ish haqiga nisbatan — ishning bir soatiga 0,015 — 0, 020 koeffitsiyenti boʻyicha haq toʻlanadi”;
2) 4-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Tarjimonlar yozma tarjimaga — har 1000 bosma (qoʻlyozma) belgi uchun eng kam ish haqiga nisbatan — 0,010 — 0,015 koeffitsiyenti boʻyicha haq oladilar.
Sud majlislarida yoki surishtiruv organlari va dastlabki tergov organlari oʻtkazadigan soʻroqlarda tarjimon sifatida qatnashganlik uchun tarjimonlar eng kam ish haqiga nisbatan — ishning bir soatiga 0,015 — 0,020 koeffitsiyenti boʻyicha haq oladilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 1998-yil 1-maydagi 614-I-son Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan XV boʻlim amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan — Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XVI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 6-dekabrdagi 311-II-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XVII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 5-apreldagi 359-II-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XVIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2003-yil 11-dekabrdagi 556-II-son Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan XIX boʻlim amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan — Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son)
XXI. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 325-modda):
1) 14-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14-modda. Gerb yigʻimi
Qimmatli qogʻozlar va emissiya risolalarini chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish paytida gerb yigʻimi olinadi. Yigʻim miqdori hamda uni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi. Boshqa biron bir yigʻim va boj (birja yigʻimlari va bojlaridan tashqari) undirib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.”;
2) 16-moddaning uchinchi qismidagi “chet el investitsiyalari toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(XXII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 610-I-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 92-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-sentabr,
2022-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda; 1995-y., 12-son, 269-modda; 1996-y., 11-12-son; 1997-y., 2-son, 55-modda; 4-5-son; 1998-y., 5-6-son, 92-modda;83-modda; 96-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 9-10-son, 171-modda; 2002-y., 1-son, 9-modda; 11-modda; 4-5-son, 69-modda; 12-son, 218-modda; 2004-y., 1-2-son, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son; 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)