28.06.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3523
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar daromadlari (dividendlar, foizlar) toʻlovlarini “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ va (yoki) investitsiya vositachilari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3523]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qimmatli qogʻozlar daromadlari (dividendlar, foizlar) toʻlovlarini “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ va (yoki) investitsiya vositachilari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor D. LI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 29-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 6-maydagi 4-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar daromadlari (dividendlar, foizlar) toʻlovlarini “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ va (yoki) investitsiya vositachilari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) va (yoki) investitsiya vositachilari orqali qimmatli qogʻozlar daromadlarini (dividendlar, foizlar) toʻlash hamda talab qilib olinmagan daromadlar (dividendlar, foizlar) hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom talablari aksiya va obligatsiyalar shaklidagi emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga (bundan buyon matnda qimmatli qogʻozlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi, bundan davlat qimmatli qogʻozlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar daromadlari — qimmatli qogʻozga egalik qilish natijasida bevosita olinadigan dividend yoki foiz koʻrinishidagi mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar egalari — qimmatli qogʻozlar oʻziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar egalarining reyestri — roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan, ularga qarashli egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻozlar emitentining nomi, ushbu qimmatli qogʻozlarning soni, nominal qiymati, turi va xili, shuningdek reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarga axborot yuborish imkoniyatini beradigan maʼlumotlar koʻrsatilgan roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent — emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qogʻozlarning egalari oldida majburiyatlari boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy hisobvaraq — qimmatli qogʻozlar daromadlarini toʻlash va hisobini yuritish maqsadida qimmatli qogʻozlar egalariga Markaziy depozitariyda ochiladigan hisobvaraq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi — qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dividendlarni toʻlash Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachilari orqali aksiyadorning mavjud bank hisobvaragʻiga avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bunda aksiyadorlik jamiyati aksiyadordan dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi arizani talab qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ obligatsiyalar boʻyicha foizlarni (kuponlarni) toʻlash va ularni soʻndirish faqat Markaziy depozitariy orqali amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 6-apreldagi 13-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3523-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 10/26/3523-1/0370-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qimmatli qogʻozlar egalariga qimmatli qogʻozlar daromadlari emitent bilan Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi oʻrtasida tuziladigan shartnoma (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) asosida Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijiy nominal saqlovchi, investitsiya vositachisi va ularning mijozlariga tegishli qimmatli qogʻozlar daromadlarini toʻlash Markaziy depozitariy hamda xorijiy nominal saqlovchi va (yoki) investitsiya vositachisi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qimmatli qogʻozlar daromadlarini toʻlash uchun Markaziy depozitariyda emitent va qimmatli qogʻozlar egalariga shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisining majburiyatlari boʻyicha emitent yoki qimmatli qogʻozlar egalarining shaxsiy hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlarini undirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablagʻlaridan oʻz maqsadlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlarini koʻzlab foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qimmatli qogʻozlar egalarining shaxsiy hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldigʻi uchun foizlar (mukofotlar) hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qimmatli qogʻozlar daromadlarini toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qimmatli qogʻozlar daromadlarini hisoblash va toʻlash mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Emitent hamda Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi oʻrtasida aksiyalar boʻyicha dividend toʻlovlarini amalga oshirish yuzasidan xizmat koʻrsatish shartnomasi dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi emitentning boshqaruv organi tomonidan qaror qabul qilinadigan sanadan kamida 30 kun oldin tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaziy depozitariy emitentning topshirigʻiga asosan aksiyalar egalari reyestrini shakllantirib uch kun ichida emitentga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy emitentning topshirigʻiga asosan obligatsiyalar boʻyicha toʻlanadigan foiz daromadlarini hisob-kitob qilgan holda obligatsiyalar egalari reyestrini uch kun ichida emitentga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Emitentning boshqaruv organi dividend toʻlanishi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida Markaziy depozitariyga dividendlarni hisoblash va toʻlash uchun aksiyalar egalari reyestrini shakllantirish haqida xat taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markaziy depozitariy emitentning xati olingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida dividendlarni hisoblash va toʻlash uchun aksiyalar egalari reyestrini tuzadi hamda uni dividendlar boʻyicha soliq hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun emitentga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markaziy depozitariy tomonidan qimmatli qogʻozlar daromadlarini hisoblash va toʻlash maqsadida qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini tuzish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar boʻyicha dividendlar uchun emitent boshqaruv organining aksiyalar boʻyicha eʼlon qilingan dividendlar miqdori toʻgʻrisidagi qarori (emitent vakolatli boshqaruv organining bayonnomasidan koʻchirma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obligatsiyalar uchun qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va agar mavjud boʻlsa, qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaziy depozitariy reyestrga kiritilgan qimmatli qogʻozlar egalariga kelgusida qimmatli qogʻozlar daromadlari toʻlanishi toʻgʻrisidagi xabarnoma reyestr shakllantirilgan sanadan eʼtiboran bir ish kunida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan (shaxsiy kabinet, elektron pochta, SMS, SWIFT) foydalangan holda elektron shaklda yuboradi va Markaziy depozitariyning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma emitent va investitsiya vositachisi oʻrtasida tuzilgan taqdirda, Markaziy depozitariy reyestr shakllantirilgan sanadan eʼtiboran bir ish kuni ichida investitsiya vositachisiga qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrini taqdim etadi va investitsiya vositachisi ushbu bandning birinchi qismida koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jismoniy shaxslarga yuboriladigan qimmatli qogʻozlar daromadlari toʻlanishi toʻgʻrisidagi xabarnomada mobil qurilmaga yuklab olinishi mumkin boʻlgan Markaziy depozitariyning va (yoki) investitsiya vositachisining mobil ilovasiga havola mavjud boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markaziy depozitariy emitentning topshirigʻi asosida qimmatli qogʻozlar daromadlarini hisobga olish va toʻlash uchun emitent va qimmatli qogʻozlar egalari reyestriga kiritilgan shaxslarga shaxsiy hisobvaraqlar ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Markaziy depozitariy qimmatli qogʻozlar egalariga shaxsiy hisobvaraq ochishdan avval ularni terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatida mavjudligini tekshiradi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jismoniy shaxslar uchun ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar ushbu hisobvaraqlar egalari tomonidan Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisining mobil ilovasidan (agar mavjud boʻlsa) foydalangan holda masofadan turib boshqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Emitent qimmatli qogʻozlar boʻyicha tegishli soliqlarni hisoblab toʻlaganidan soʻng toʻlanishi kerak boʻlgan mablagʻ koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini Markaziy depozitariyga va (yoki) investitsiya vositachisiga taqdim etadi hamda qimmatli qogʻozlar egalariga toʻlanishi kerak boʻlgan mablagʻlarni Markaziy depozitariyga va (yoki) investitsiya vositachisiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan qimmatli qogʻozlar daromadlari kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida qimmatli qogʻozlar egalari reyestriga kiritilgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hisobvaraqlariga ularga tegishli boʻlgan pul mablagʻlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan qogʻozlar egalari reyestriga kiritilgan yuridik shaxslarga ularning qimmatli qogʻozlar daromadlari ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrida koʻrsatilgan yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Toʻlanishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar daromadlari emitent tomonidan qisman yoki toʻliq boʻlmagan miqdorda oʻtkazilgan taqdirda, Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi barcha qimmatli qogʻozlar egalariga umumiy toʻlov summasining 1 (bir) tiyingacha yaxlitlangan holda toʻlovlarni mutanosib ravishda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni baʼzi qimmatli qogʻozlar egalariga boshqalarga nisbatan erta yoki kechroq toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Emitent tomonidan qimmatli qogʻozlar daromadlari qimmatli qogʻozlar egalariga qisman yoki toʻliq boʻlmagan miqdorda toʻlash uchun oʻtkazilgan taqdirda, Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi ikki ish kunidan kechiktirmay qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jismoniy shaxslarning shaxsiy hisobvaraqlariga qimmatli qogʻozlar daromadlari oʻtkazilganidan soʻng jismoniy shaxslar ushbu mablagʻlarni Markaziy depozitariyning va (yoki) investitsiya vositachisining mobil ilovasidan foydalangan holda oʻzlarining tijorat banklarida ochilgan bank hisobvaraqlariga, shu jumladan bank kartalariga oʻtkazishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi qimmatli qogʻozlar daromadlari qimmatli qogʻozlar egalariga toʻlangandan soʻng uch kun ichida emitentga amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Talab qilinmagan qimmatli qogʻozlar daromadlari hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan yuridik shahslarning bank rekvizitlari boʻyicha qimmatli qogʻozlar daromadlarini toʻlash imkoniyati boʻlmagan (bank rekvizitlari mavjud boʻlmagan, koʻrsatilgan bank hisobvaragʻida xatolik boʻlganligi sababli toʻlovlar amalga oshmagan yoki qabul qiluvchi bank tomonidan qaytarib yuborilgan va boshqa) hamda shaxsiy hisobvaraq ochish uchun jismoniy shaxslarning maʼlumotlari yetarli boʻlmagan taqdirda, qimmatli qogʻozlar daromadlari Markaziy depozitariyda ochilgan Aniqlangunga qadar shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Aniqlangunga qadar shaxsiy hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar daromadlarining hisobi har bir qimmatli qogʻozlar egasi boʻyicha alohida yuritiladi hamda ushbu mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Aniqlangunga qadar shaxsiy hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar daromadlari qimmatli qogʻozlar egasi yoki uning merosxoʻri tomonidan talab qilib olguniga qadar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi Aniqlangunga qadar shaxsiy hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar daromadlarini olish uchun murojaat qilgan qimmatli qogʻozlar egasi yoki uning merosxoʻrini besh ish kuni ichida identifikatsiya qilishi va qimmatli qogʻozlar daromadlarini ularning hisobvaraqlariga oʻtkazib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi Aniqlangunga qadar shaxsiy hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar daromadlari (dividendlar, foizlar) toʻlovlarini “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ va (yoki) investitsiya vositachilari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar daromadlarini hisoblash va toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Ijrochi tomon

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Emitent

1. Emitent bilan Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi oʻrtasida aksiyalar boʻyicha dividend toʻlovlarini amalga oshirish yuzasidan shartnoma tuzish.

dividend toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinishidan 30 kun oldin

2. Emitent bilan Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi oʻrtasida obligatsiyalar boʻyicha foiz toʻlovlarini amalga oshirish yuzasidan shartnoma tuzish.

foiz toʻlovlarini toʻlashdan avval


2-bosqich

Markaziy depozitariy

1. Emitentning topshirigʻiga asosan aksiyalar egalari reyestrini shakllantirib emitentga taqdim etish.

2. Emitentning topshirigʻiga asosan obligatsiyalar boʻyicha toʻlanadigan foiz daromadlarini hisob-kitob qilgan holda obligatsiyalar egalari reyestrini emitentga taqdim etish.

3 kun


3-bosqich

Emitent

Markaziy depozitariyga dividendlarni hisoblash va toʻlash uchun aksiyalar egalari reyestrini shakllantirish haqida topshiriq taqdim etish.

dividend toʻlanishi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida

4-bosqich

Markaziy depozitariy

1. Dividendlarni hisoblash va toʻlash uchun aksiyalar egalari reyestrini tuzadi hamda uni dividendlar boʻyicha soliq hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun emitentga taqdim etish.

2 ish kuni

2. Reyestrga kiritilgan qimmatli qogʻozlar egalariga kelgusida qimmatli qogʻozlar daromadlari toʻlanishi toʻgʻrisidagi xabarnomani axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan (shaxsiy kabinet, elektron pochta, SMS, SWIFT) foydalangan holda elektron shaklda yuborish va oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirish.

3. Shartnoma emitent va investitsiya vositachisi oʻrtasida tuzilgan taqdirda, investitsiya vositachisiga qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrini taqdim etish.

reyestr shakllantirilgan sanadan boshlab 1 ish kuni


5-bosqich

Emitent

Qimmatli qogʻozlar boʻyicha tegishli soliqlarni hisoblab toʻlaganidan soʻng toʻlanishi kerak boʻlgan mablagʻ koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini Markaziy depozitariyga va (yoki) investitsiya vositachisiga taqdim etish hamda qimmatli qogʻozlar egalariga toʻlanishi kerak boʻlgan mablagʻlarni Markaziy depozitariyga va (yoki) investitsiya vositachisiga oʻtkazish

kelishilgan muddatda


6-bosqich

Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi

1. Qimmatli qogʻozlar daromadlarini qimmatli qogʻozlar egalari reyestriga kiritilgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazish.

2 ish kuni

2. Qogʻozlar egalari reyestriga kiritilgan yuridik shaxslarga ularning qimmatli qogʻozlar daromadlari qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrida koʻrsatilgan yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlariga oʻtkazish.

3 ish kuni

3. Qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlar emitent tomonidan qisman yoki toʻliq boʻlmagan miqdorda toʻlash faktlari aniqlangan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini xabardor qilish.

2 ish kunidan kechiktirmay

4. Qimmatli qogʻozlar daromadlari qimmatli qogʻozlar egalariga toʻlangandan soʻng emitentga amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etish.

3 kun


7-bosqich

Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachisi

1. Yuridik shahslarning bank rekvizitlari boʻyicha qimmatli qogʻozlar daromadlarini toʻlash imkoniyati boʻlmagan (bank rekvizitlari mavjud boʻlmagan, koʻrsatilgan bank hisobvaragʻida xatolik boʻlganligi sababli toʻlovlar amalga oshmagan yoki qabul qiluvchi bank tomonidan qaytarib yuborilgan va boshqa) hamda shaxsiy hisobvaraq ochish uchun jismoniy shahslarning maʼlumotlari yetarli boʻlmagan taqdirda, qimmatli qogʻozlar daromadlari Markaziy depozitariyda ochilgan Aniqlangunga qadar shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazish.

shu kunning oʻzida

2. Aniqlangunga qadar shaxsiy hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar daromadlarini olish uchun murojaat qilgan qimmatli qogʻozlar egasi yoki uning merosxoʻrini identifikatsiya qilish va qimmatli qogʻozlar daromadlarini ularning hisobvaraqlariga oʻtkazib berish.

5 ish kuni

3. Aniqlangunga qadar shaxsiy hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga taqdim etish.

hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2024-y., 10/24/3523/0454-son; 17.04.2026-y., 10/26/3523-1/0370-son)