05.06.2024 yildagi 320-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga muvofiq, shuningdek, kelajak avlodning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga muvofiq akademik litseylar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan, o‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini belgilash nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylarga tanlab olish va o‘qishga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni qabul qilish, imtihonlarni o‘tkazish hamda natijalarni e’lon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan olimpiadalari, tanlovlar g‘oliblari va umumta’lim fanlarini o‘zlashtirish sertifikatiga ega bo‘lganlar uchun imtiyozlarni qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litsey o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) akademik litseylarga hujjat topshiruvchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oliy ta’lim tashkilotlari tizimidagi akademik litseylari bo‘lgan vazirliklar va idoralar har yili 1-mayga qadar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari asosida mahalliy mehnat bozori ehtiyojlari, o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, akademik litseylarga qabul parametrlarini asoslangan takliflar asosida yo‘nalishlar kesimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, har yili 1-iyunga qadar akademik litseylarga qabul parametrlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarga imtihonlar o‘tkazish sanasi hamda qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini har yili 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari, mantiqiy fikrlash darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test uchun tayyorlanishi lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati navbatdagi o‘quv yili uchun har yili 1-noyabrga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyundagi 320-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom umumiy o‘rta ta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tizimidagi akademik litseylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyent — akademik litseyga o‘qishga kirish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va qoidalarga qat’iy amal qilgan holda belgilangan guruhda kirish test sinovlarida ishtirok etuvchi, umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf bitiruvchisi bo‘lgan talabgor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyent ruxsatnomasi — shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID kartasi, u bo‘lmagan holda tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma) bilan birgalikda abituriyentning belgilangan sana va vaqtda kirish test sinovlarida ishtirok etishiga ruxsat beradigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakili — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadigan, kirish test sinovlari o‘tkaziladigan tegishli hudud va binoda belgilangan vazifa va majburiyatlar bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi hamda kirish test sinovi ishtirokchilarining vazifalariga muvofiq harakatini nazorat qiluvchi va amaliy yordam ko‘rsatuvchi xodim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino rahbari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadigan, belgilangan vazifa va majburiyatlar bo‘yicha binodagi guruh nazoratchilari va abituriyentlar harakatlariga umumiy rahbarlik qiladigan, nazorat qiluvchi va amaliy yordam ko‘rsatuvchi xodim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruh nazoratchisi — Agentlik bilan tuzilgan shartnoma asosida shartnomada belgilangan vazifa va majburiyat bo‘yicha kirish test sinovlarida abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlik qilish, test sinovining belgilangan tartib bo‘yicha o‘tishini qat’iy nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan va abituriyentlarga test sinovini topshirish tartibi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish uchun jalb qilingan hamda kirish test sinovlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq seminarda ishtirok etadigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javoblar varaqasi — test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlangan javobning bittasini belgilashga mo‘ljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test topshiriqlari kitobi — belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha test topshiriqlarini o‘z ichiga olgan savollar to‘plami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘quvchilar akademik litseylarga mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Maslahat kengashi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Akademik litseylarda o‘qishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida har yili 1-iyunga qadar tegishli oliy ta’lim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrug‘i bilan 7 — 9 nafar a’zodan iborat tarkibda Maslahat kengashi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahat kengashiga akademik litsey direktori raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maslahat kengashi a’zolari tarkibiga akademik litseyning amaliyotchi psixologi, tajribali pedagoglari, tegishli vazirlik va idora yoki oliy ta’lim tashkilotining vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maslahat kengashi qabul boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tish muddatlari, yo‘nalishi, ajratilgan o‘rinlar haqidagi axborotlarni tegishli oliy ta’lim tashkiloti va akademik litseyning o‘z rasmiy veb-sayti orqali e’lon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Maslahat kengashining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar istagini inobatga olib, tegishli yo‘nalish yuzasidan batafsil ma’lumot va maslahatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litsey faoliyatiga oid bukletlar, audio, video va boshqa zarur materiallarni tayyorlash, akademik litseyning rasmiy veb-saytiga joylashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar akademik litsey hamda barcha shart-sharoitlar bilan tanishishi uchun ochiq eshiklar kunlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarni muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahat kengashi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Maslahat kengashining majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni kirish test sinovlari o‘tkaziladigan kunlar haqida besh kun oldin xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishda bevosita ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga imtihon natijalari bo‘yicha to‘liq ma’lumot berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maslahat kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlashi uchun javobgarlik shaxsan Maslahat kengashining raisi va mas’ul kotibi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Abituriyentlar akademik litseylarga qabul qilish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali (keyingi o‘rinlarda — tizim) har yili 10-iyundan 10-iyulga qadar bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Abituriyent ro‘yxatdan o‘tish jarayonida uning quyidagi shaxsiy ma’lumotlari “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiyalovchi ID karta ma’lumotlari (fotosurati bilan) — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining elektron ma’lumotlar bazasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma ma’lumotlari — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining elektron ma’lumotlar bazasidan (agar abituriyent tugilganlik to‘g‘risida guvohnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risida elektron shahodatnoma ma’lumotlari — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Abituriyent ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga quyidagi hujjatlarni va ma’lumotlarni kiritishi va yuklashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlarning nusxasi (fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi), diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (agar mavjud bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatda umumiy o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatning tan olinganligi (nostrifikatsiya) haqidagi ma’lumotnomasi (agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan abituriyent maktabning 9-sinfini xorijiy davlatda tamomlagan bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentning 3,5x4,5 hajmdagi fotosurati (agar abituriyent tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili, qaysi chet tilidan (ingliz, nemis, fransuz va sharq tillaridan biri) kirish test sinovini topshirishi haqida ma’lumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maslahat kengashi ushbu Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar va ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, abituriyentlar kirish test sinovlarida ishtirok etishi uchun ro‘yxatdan o‘tishini rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentdan qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan muddatlar tugagandan so‘ng hujjatlar va ma’lumotlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Abituriyent tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, abituriyent kirish imtihonlaridan chetlashtiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Imtihonlarni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Abituriyentlar akademik litseylarga kirish test sinovlari yoki ijodiy imtihon shaklida qabul qilinadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari va ijodiy imtihonlar akademik litseyda ta’lim olib boriladigan tilda (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari va ijodiy imtihonlar materiallari (topshiriqlari) umumta’lim fanlari dasturlari (5 — 9 sinflar) asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Abituriyentlarni akademik litseylarga qabul qilishda ushbu Nizomga 2-ilovada belgilangan imtiyozlar inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Ijodiy imtihonlarni o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan akademik litseylarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasi (keyingi o‘rinlarda — fanlar majmuasi)da ko‘rsatilgan ayrim ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda, kirish test sinovlari o‘rniga ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijodiy imtihonlarni o‘tkazish uchun har bir fan bo‘yicha Maslahat kengashi tavsiyasiga asosan tegishli oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan tasdiqlanadigan har birida kamida 5 — 7 nafar a’zodan iborat tarkibda Imtihon komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi, imtihon materiallari (topshiriqlari), baholash mezonlari Imtihon komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda tegishli oliy ta’lim tashkiloti rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ijodiy imtihonlar kirish test sinovlari o‘tkazilishiga qadar har yili 18-iyulgacha test majmualarida fanning o‘rniga qarab baholash mezonlarida nazarda tutilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizigacha bo‘lgan oralikda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ijodiy imtihonlar o‘tkazilayotgan joyga abituriyent tomonidan uyali telefon va boshqa aloqa vositalarini olib kirish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan bo‘lsa, ijodiy imtihonlar davomida boshqa abituriyentga yordam bersa, abituriyent ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, u ijodiy imtihonlardan chetlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Abituriyentga ijodiy imtihonlarni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ijodiy imtihonlar o‘tkaziladigan binoga jarayon boshlangan vaqtda abituriyentlar, komissiya a’zolari va kuzatuvchilardan tashqari boshqa shaxslar (zarur hollarda, tibbiyot xodimlari bundan mustasno) kirishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ijodiy imtihonlar natijalari Agentlikka Maslahat kengashi tomonidan 20-iyulgacha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Binolarni tayyorlash, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlar ota-onalarining ijodiy imtihon jarayonini onlayn tarzda kuzatib borishlari, abituriyentlarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali binoga kiritish, binolardagi va xizmat postlaridagi videoyozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratish tasarrufida akademik litsey mavjud bo‘lgan oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) tomonidan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazilgan ijodiy imtihonlar jarayoni bo‘yicha videoyozuvlar tasarrufida akademik litsey mavjud bo‘lgan oliy ta’lim tashkiloti tomonidan 6 oy davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kirish test sinovlari har yili iyul oyida qoida tariqasida, kuniga ikki smenada Agentlik tomonidan test jarayonining ochiqligi va shaffofligi ta’minlangan holda quyidagi shakllarda o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bo‘lim — tanlangan yo‘nalishga mos fanlar majmuasidagi 2 ta fan bo‘yicha kirish test sinovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bo‘lim — intellektual qobiliyat darajasini (IQ) aniqlash bo‘yicha test.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish test sinovlarining birinchi smenasi soat 09:00 da, ikkinchi smenasi soat 15:00 da boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Binolarni tayyorlash, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlar ota-onalarining kirish test sinovlari jarayonini onlayn tarzda kuzatib borishlari, abituriyentlarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali bino hududiga kiritish, binolardagi va xizmat postlaridagi videoyozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi tomonidan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi o‘tkazilgan kirish test sinovlari jarayoni bo‘yicha videoyozuvlarni saqlaydi va kirish test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga Agentlikka topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazilgan kirish test sinovi jarayoni bo‘yicha videoyozuvlar Agentlik tomonidan 6 oy davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kirish test sinovlariga jalb etilgan bino rahbari va guruh nazoratchisi mehnatiga kunlik haq to‘lash, binolarni tayyorlash, abituriyentlarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali bino hududiga kiritish, binolardagi va xizmat postlaridagi videoyozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratish bilan bog‘liq xarajatlar Agentlik faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan hamda Agentlikka ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Guruh nazoratchilari va abituriyentlarni kirish test sinovlari o‘tkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritish, tadbir jarayonida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash Maslahat kengashlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent kirish test sinovlari boshlanganidan so‘ng bino hududiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish test sinovlari o‘tkaziladigan kunda Agentlikning tegishli ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan shaxslarning kirish test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan hududga kirishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kirish test sinovlari o‘tkaziladigan har bir binoda Agentlikning vakiliga test materiallarini saqlash, tarqatish va yig‘ib olish uchun mo‘ljallangan yetarli miqdordagi stol, stullar, statsionar telefon aloqasi, doimiy videokuzatuv va seyf bilan jihozlangan maxsus joy (shtab) tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Binoda kirish test sinovlari jarayonini to‘liq nazorat qilish maqsadida, qoida tariqasida, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi o‘rnatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binoda bir nafar abituriyentga, qoida tariqasida, 2 m2 dan kam bo‘lmagan joy tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Hududlar bo‘yicha kirish test sinovlari o‘tkaziladigan bino va guruhlarning alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Har bir guruh alohida o‘ringa ega bo‘lgan 30 tadan stol va stullar bilan ta’minlanib, stollar birdan o‘ttizgacha raqamlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruh nazoratchisiga test materiallarini tarqatish va qabul qilish uchun alohida stol va stul ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Test o‘tkaziladigan har bir binoni tayyorlashda uning kirish joyida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilishi, yorug‘lik tushishi, kechki vaqtda yoritish yetarli ekanligi, ko‘rinarli joylarda soatlar osilgani, ovoz kuchaytirish moslamalari bilan ta’minlangani hisobga olinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Binoga tegishli hududda va binoga kirish joylarida guruh va abituriyentlar soni yozilgan ko‘rsatkichlar ilib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kirish test sinovlari o‘tkaziladigan har bir hududda test jarayoni uchun zarur axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Test topshiriqlari kitobi 60 ta savolni o‘z ichiga oladi. Bunda abituriyentlarning tegishli fanlar bo‘yicha bilimlarini aniqlash yuzasidan test topshiriqlari 2 ta umumta’lim fanlaridan jami 40 tani, intellektual qobiliyat darajasini (IQ) aniqlash bo‘yicha 20 tani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlarga test topshiriqlarini bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birgalikda jami 60 ta savolga 120 daqiqa vaqt me’yori belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir smenada abituriyentlar va guruh nazoratchilari yetarli miqdorda ichimlik suvi, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Quyidagilar kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni belgilangan talablar bo‘yicha tayyor holatga keltirish hamda bu haqda Agentlikka ma’lumot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarni kirish test sinovlari o‘tkaziladigan hududga shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali tartibli kiritilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn tizimda ota-onalarga ko‘rsatish, bosh shtab va har bir binoda tezkor axborotlarni to‘plash uchun ularning zarur moddiy-texnik vositalar bilan to‘liq jihozlanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarning ota-onalari va keng jamoatchilik uchun kirish test sinovlarini onlayn rejimda kuzatishini ta’minlash maqsadida binoga tegishli hudud tashqarisida o‘tirish joylarini belgilash hamda kutish joylarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovi bo‘lib o‘tadigan binolarni zaxira energiya manbai bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlarini o‘tkazish uchun transport vositalari bilan ta’minlashga amaliy yordam berish, har bir hudud xavfsizligini va kirish test sinovlarining tartibli o‘tishini ta’minlash, nazorat xizmati postlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir smenada abituriyentlar va guruh nazoratchilarini yetarli miqdorda ichimlik suvi, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan hamda kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga to‘liq javob berishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda Agentlikning vazifalari hamda mas’ul shaxslarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agentlik kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlarini o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan shakllar va jadvallarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test materiallarining sifatli va nuqsonsiz tayyorlanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakili, bino rahbari, guruh nazoratchisining vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test materiallarining belgilangan kunlarda Davlat feldegerlik xizmati tomonidan Agentlik vakiliga yetkazilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq seminarda ishtirok etgan malakali shaxslar tarkibidan, qoida tariqasida, har 30 nafar abituriyentga 2 nafargacha guruh nazoratchisini kirish test sinovlari jarayoniga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda abituriyentlar haqida tushgan ma’lumotlar asosida guruhlarni shakllantirish va ularning binolar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlarini belgilash hamda kirish test sinovlari va tanlovni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka olib kelingan javoblar varaqalari bo‘yicha kirish test sinovlari natijalarini hisoblash va e’lon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino rahbarlari va guruh nazoratchilariga umumiy rahbarlik qilish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlarining boshlanishi va tugashini qat’iy nazorat qilish, kirish test sinovlarining adolatli, xolisona va mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida o‘tishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Agentlik vakili o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va qabul komissiyalariga ko‘rsatma berish, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan bino rahbari, guruh nazoratchisi va abituriyentni kirish test sinovlari jarayonidan chetlashtirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbariyati bilan kelishilgan holda, sinovlardan chetlashtirilgan xodimlarning o‘rniga boshqa bino rahbarini, guruh nazoratchilarini tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Quyidagilar Agentlik vakilining majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga biriktirilgan hududda test o‘tkazish tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sanalarda belgilangan vaqtdan kechikmasdan, o‘ziga tegishli hududga yetib kelish va nazorat xizmati posti orqali pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino rahbarlari va guruh nazoratchilari ro‘yxatini nazorat xizmati postlariga yetkazishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruh nazoratchilariga abituriyent tomonidan kirish test sinovlari qoidalari buzilganda, guruh nazoratchilariga uni kirish test sinovlaridan chetlashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Mazkur Nizom talablari asosida o‘ziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilarining faoliyati va abituriyentlarning test topshirishini nazorat qilish bino rahbari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bino rahbari o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Agentlik vakilidan amaliy yordam olishi, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan guruh nazoratchisi va abituriyentni kirish test sinovlari jarayonidan chetlashtirish hamda Agentlik vakili bilan kelishilgan holda guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Quyidagilar bino rahbarining majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sanalarda belgilangan vaqtdan kechikmasdan o‘ziga tegishli bo‘lgan bino hududiga yetib kelish va nazorat xizmati posti orqali pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sanalarda guruh nazoratchilariga ularning ruxsatnomalarini tarqatish va taqsimotini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat feldegerlik xizmatidan bino bo‘yicha test materiallarini qabul qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sanalarda birinchi va ikkinchi smenada abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxati, test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyent test materialida nuqson (tipografik xatolik) borligi haqida murojaat qilsa, zudlik bilan zaxira qutilaridan, ta’lim yo‘nalishi va tiliga mos test materiallarini guruh nazoratchisiga berish va zaxira test materiallarini tarqatish bayonnomasini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruhlarda kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan abituriyentlarning testdan chetlashtirilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovining boshlanish va tugash vaqtiga qat’iy amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan so‘ng javoblar varaqasi paketi, test topshiriqlari kitobi qutisi guruhlarda muhrlanishini nazorat qilish hamda guruh nazoratchilaridan muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test materiallari qutilarini qabul qilib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Bino rahbari abituriyentlarga taqiqlangan vositalarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatni ko‘rib turib kirish test sinovlaridan chetlashtirish uchun ko‘rsatma bermasa, mazkur holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Kirish test sinovi o‘tkazilayotgan guruhda mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya qilish va sinov adolatli o‘tkazilishini ta’minlash guruh nazoratchisining vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Guruh nazoratchisi o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun bino rahbaridan amaliy yordam olishi, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan abituriyentni kirish test sinovlari jarayonidan chetlashtirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Quyidagilar guruh nazoratchilarining majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari o‘tkaziladigan kuni o‘ziga biriktirilgan binoga belgilangan vaqtdan kechikmasdan, taqiqlangan vositalarsiz pasporti bilan yetib kelish va bino shtabida o‘ziga tegishli ruxsatnomani olish va o‘ziga biriktirilgan guruhning kirish test sinovlariga tayyorligini tekshirish, jarayonga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruhdagi stollarning ketma-ketlikda raqamlanganligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan vaqtlarda bino rahbaridan abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini hamda test materiallarini qabul qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentning ruxsatnomasidagi rasmi va identifikatsiyalovchi ID kartasi yoki pasporti (u bo‘lmagan holda tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomasi)dagi ma’lumotlar asosida tekshirib, ularni guruh ro‘yxati bo‘yicha belgilangan joyiga o‘tirishini ta’minlash hamda kirish test sinovlariga kelmagan abituriyentlarning o‘rnini bo‘sh qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test materiallari qutisida abituriyentlar soniga mos test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi, javoblar varaqasi paketi va muhrlar mavjudligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarga test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqalarini tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasining xatosizligini tekshirib chiqish hamda ularning tegishli bo‘limlarini rasmiylashtirish bo‘yicha abituriyentlarga ko‘rsatma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test topshiriqlari kitobida xato mavjudligi aniqlansa, uning birinchi betiga “nuqsonli” deb yozish, almashtirilgan vaqtini ko‘rsatish hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzolash va ushbu holat haqida dalolatnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlariga kelmagan abituriyentning test topshiriqlari kitobini kirish test sinovlari boshlanganidan 15 daqiqa o‘tib, test materiallari qutisiga solib qo‘yish, abituriyentlarning guruh bo‘yicha ro‘yxatiga kirish test sinovlariga kelmagan abituriyentning ismi, familiyasi, otasining ismi to‘g‘risiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritish hamda uning javoblar varaqasini javoblar varaqasi paketiga solib qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlar bilan test topshiriqlari bo‘yicha savol-javob qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test topshiriqlari uchun ajratilgan vaqt tugaganligini e’lon qilish, abituriyentlarni o‘rinlaridan turishlarini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib qabul qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha javoblar varaqalarini, “nuqsonli” deb topilgan test topshiriqlari kitobini (dalolatnomasi bilan), e’tiroz blankasini, abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan ro‘yxatini javoblar varaqasi paketiga solib, paketni muhrlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javoblar varaqasi paketi ustidagi ma’lumotlarni xatosiz to‘liq rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha test topshiriqlari kitoblarini, javoblar varaqalari paketini test materiallari qutisiga solib muhrlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari tugagandan so‘ng guruhda abituriyentlar bo‘lsa, ularni tashqariga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test materiallarini bino rahbariga belgilangan vaqtlarda topshirish va topshirganligini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Guruh nazoratchisi abituriyent test topshiriqlari kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilsa, kirish test sinovlari boshlanishi e’lon qilinishidan avval quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruhda kirish test sinovlarida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan test topshiradigan fanlari va tili mos bo‘lgan test topshiriqlari kitobini murojaat qilgan abituriyentga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruhda ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi bo‘lmasa, bino rahbaridan zaxiradagi shu yo‘nalish va tiliga mos bo‘lgan test topshiriqlari kitobini berishni so‘rash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino rahbari bu jarayonni dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Kirish test sinovlarini o‘tkazishda guruh nazoratchilari abituriyentlarga taqiqlangan vositalarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatlarda kirish test sinovlaridan chetlashtirmasa va ushbu holat uchun javoblar varaqasining tegishli qismini rasmiylashtirmasa, mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Kirish test sinovlarini o‘tkazishda abituriyentlarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning muddati yakunlanganidan so‘ng kirish test sinovlari boshlanishidan uch kun oldin abituriyent ruxsatnomasini Maslahat kengashidan yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uzdagi shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan hudud, sana va vaqtda kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentga boshqa hudud, sana va vaqtda kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Kirish test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so‘ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Abituriyent kirish test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga kirish test sinovlari boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin faqat abituriyent ruxsatnomasi va identifikatsiyalovchi ID kartasi yoki pasporti (u bo‘lmaganda shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) yordamida tartibli ravishda kirishi bilan birgalikda, kirish test sinovlari boshlanishi e’lon qilingunga qadar quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javoblar varaqasini o‘ziga tegishli ekanligi va test topshiriqlari kitobi test topshirish tiliga, tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha kirish test sinovlarini topshirish fanlar majmuasiga mosligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test materiallari xatosizligini tekshirish va xato borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test materiallarini guruh nazoratchisiga topshirgandan so‘ng kirish test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Abituriyent quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javoblar varaqasini havo rang pastali, sharikli ruchka bilan to‘ldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘i, chetlashtirish bo‘limiga yozmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda, javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo‘yab, test topshiriqlari kitobini va unga mos bo‘lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Abituriyent tomonidan har bir test topshirig‘iga faqat bitta javob belgilanishi shart bo‘lib, test topshiriqlari kitobida to‘g‘ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo‘yaydi (javoblar varaqasida bo‘yalgan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan, bitta test topshirig‘iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa, ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Abituriyentning kirish test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, guruhdan chiqqan abituriyentlar qaytadan kirish test sinovlariga qo‘yilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida (sog‘lig‘i bilan bog‘liq hollarda) guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Quyidagi hollarda abituriyent kirish test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan kirish test sinovlari davomida foydalansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa, ularga yordam bersa yoki ulardan yordam so‘rasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Natijalarni e’lon qilish va rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Kirish test sinovlari natijalari bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazishning umumiy tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentning to‘plagan ballari ustuvorlik bo‘yicha u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan ikkinchi hamda uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentning to‘plagan ballari ustuvorlik bo‘yicha u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi. Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentning to‘plagan ballari ustuvorlik bo‘yicha u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentning to‘plagan ballari ustuvorlik bo‘yicha u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Agarda bitta akademik litseyning bitta yo‘nalishi bo‘yicha oxirgi qabul o‘rni uchun ikki yoki undan ko‘p abituriyentlarning to‘plagan umumiy ballari teng bo‘lib qolganda, ushbu teng balli abituriyentlarning barchasi o‘qishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Kirish test sinovlarida qatnashmagan abituriyentlarning natijalari hamda imtiyozlari yakuniy natijalarni chiqarishda hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijodiy imtihon natijalari kirish test sinovlarida qatnashgan abituriyentlarning natijalariga qo‘shib hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijalar akademik litseyning e’lonlar taxtasiga ilib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylarga o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning natijalari ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlariga tikib quyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Imtihon natijalari bo‘yicha berilgan apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Abituriyentlar murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Ijodiy imtihon natijalari bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga akademik litsey Maslahat kengashining a’zolari va fanlar bo‘yicha ekspertlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasining tarkibi bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim tashkiloti rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi raisi akademik litsey direktori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Kirish test sinovi natijalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Kirish test sinovi va/yoki ijodiy imtihon natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar kirish test sinovlari va/yoki ijodiy imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Agentlikka Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Apellyatsiya shikoyatiga abituriyent ruxsatnomasining nusxasi ilova qilinadi. Apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi hamda apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish kuni va vaqti to‘g‘risida abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga xabarnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiyani ko‘rib chiqishda abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati Apellyatsiya komissiyasi tomonidan ikki hafta davomida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovi va/yoki ijodiy imtihon natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilishini rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish test sinovlari va/yoki ijodiy imtihon natijalarini o‘zgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Kirish test sinovi natijasini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilishini rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya mazkur Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyada ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish test sinovi va/yoki ijodiy imtihon natijasini o‘zgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish to‘g‘risidagi qaror shikoyatda ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topsa, qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Abituriyentga Apellyatsiya komissiyasining abituriyent murojaatidagi barcha vajlar bo‘yicha asoslantirilgan qarori yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Abituriyent Apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Akademik litseylarga o‘qishga qabul qilishni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Imtihonlar (kirish test sinovlari va ijodiy imtihonlar)ning yakuniy natijalari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha qabul parametrlariga muvofiq shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihonlarning yakuniy natijalari qaydnomasida o‘qishga qabul qilingan, lekin o‘z xohishiga ko‘ra o‘qish istagini bildirmagan o‘quvchilar o‘rniga kirish test sinovlaridan yetarli ball to‘play olmagan, o‘qishga tavsiya etilmagan o‘quvchilar hisobidan o‘qitish tili va to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda qabul parametrlarida belgilangan o‘rinlar to‘ldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha qabul parametrlarining to‘liq bajarilishi, shakllanmagan guruhlarning qayta taqsimlanishi tizimida akademik litseylar mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarning taklifiga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. O‘qishga qabul qilingan abituriyentlar to‘g‘risida akademik litsey direktorining tegishli buyrug‘i yakuniy natijalar e’lon qilingandan so‘ng uch kun ichida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Akademik litseyga o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarni umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi o‘quvchilar safidan chiqarish uchun akademik litsey tomonidan o‘quvchi tahsil olgan umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ma’lumotnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Imtihonlar yakuniy natijalariga ko‘ra akademik litseylarga o‘qishga qabul qilinmagan abituriyentlar o‘zlari o‘qigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qishni davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari bundan mustasno) akademik litseylarga suhbat natijasiga ko‘ra qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni o‘qishga akademik litsey tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Xorijiy fuqarolar o‘qish uchun to‘lovni har yili shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori bir o‘quvchini o‘qitish uchun ketadigan sarf-xarajatlardan kam bo‘lmagan miqdorda akademik litsey direktori tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Akademik litsey o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Akademik litsey o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Akademik litsey o‘quvchilari o‘qishini bir akademik litseydan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha arizalar yozgi ta’til davrida har yili 20-iyundan 20-iyulgacha, qishki ta’til davrida semestrlar oralig‘ida 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. O‘quvchilarning o‘qishi bir akademik litsey doirasida akademik litsey direktorining buyrug‘i bilan ko‘chiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. O‘quvchilarning o‘qishi bir akademik litseydan boshqa akademik litseyga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ruxsati bilan ko‘chiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda quyidagilarga ruxsat etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar maktablaridan akademik litseylarga o‘qishni ko‘chirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida akademik litsey o‘quvchilariga o‘qishni ko‘chirish uchun belgilangan 84-bandda ko‘rsatilgan uzrli sabablar ko‘rsatilmaganda, bir akademik litseydan boshqa akademik litseyga o‘qishni ko‘chirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. O‘quvchilar o‘qishini bir akademik litseydan boshqa akademik litseyga ko‘chirishda o‘quvchi ta’lim olayotgan akademik litseyda o‘quvchilar, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan hamkorlikda quyidagi hujjatlar yig‘majildi tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning yozma arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyning nomi, yo‘nalish, kurs, semestrlar davomida olgan baholari bo‘yicha akademik ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzrli sabablarni (respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tganda, ota-onasi xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda yoki ota-onasi xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari bo‘lgan xalqaro nufuzli fan olimpiadalari g‘oliblarining asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. O‘quvchining o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi hujjatlar yig‘majildi akademik litsey direktori tomonidan oliy ta’lim tashkilotining yo‘llanma xati bilan har yili 1-avgustga (qishki ta’til davrida 22-yanvarga) qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga rasmiy elektron pochta manzili orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan arizalar 15-avgustga (qishki ta’til davrida 5-fevralga) qadar ko‘rib chiqilib, natijalari haqida tegishli oliy ta’lim tashkilotiga va akademik litseyga yozma xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan olingan yozma xabar asosida oliy ta’lim tashkiloti va akademik litsey rahbariyati ariza beruvchini besh kun muddatda yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. O‘quvchini qabul qiluvchi akademik litsey direktori o‘quvchi ilgari o‘qigan akademik litsey direktoriga o‘quvchining shaxsiy hujjatlarini yuborish haqida so‘rovnoma yuboradi. So‘rovnomani olgan akademik litsey direktori o‘quvchini o‘quvchilar safidan chiqarish haqida buyruq chiqaradi va uch kun muddatda o‘quvchining shaxsiy hujjatlarini o‘qishini ko‘chirgan akademik litseyga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. O‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilgan o‘quvchini qabul qiluvchi akademik litsey direktori uch kun muddatda o‘quvchini o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalaridan xizmat faoliyati tugashi munosabati bilan O‘zbekistonga qaytgan xodimlarning xorijda akademik litsey maqomiga tenglashtirilgan ta’lim tashkilotlarda ta’lim olgan farzandlarining o‘qishi, istisno tariqasida, akademik litseyga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ruxsati bilan ko‘chiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) o‘qishdan chetlashtirilgan o‘quvchilarni o‘qishga qayta tiklash uchun o‘quvchi, agarda o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar chetlashtirish sabablarini ko‘rsatgan holda akademik litsey direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. O‘quvchining, o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning o‘quvchini o‘qishga qayta tiklash haqidagi arizasi ariza berilgan kundan boshlab o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. O‘quvchi oldin o‘qigan yo‘nalishi to‘xtatilgan bo‘lsa, uning xohishiga ko‘ra turdosh yo‘nalishga o‘qishini tiklash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Akademik litsey o‘quvchilari quyidagi holatlarda chetlashtirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) o‘quv yili davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy yashash uchun boshqa hududga yoki mamlakatga chiqib ketganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganligi sabablari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘quv semestri yakunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qishi boshqa akademik litseyga ko‘chirilishi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchining, uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning tashabbuslariga ko‘ra o‘z arizasiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchi tomonidan o‘quv dasturi va rejasi talablari bajarilmaganda (semestr yakuni bo‘yicha ikki yoki undan ortiq fanni “qoniqarsiz” bahoga o‘zlashtirgan, uzrli sabablarsiz 76 soat va undan ortiq dars mashg‘ulotlarini qoldirgan) yoki akademik litseyning ichki tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzish sabablari bo‘yicha akademik litsey pedagogik kengashining qaroriga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. O‘qishdan chetlatilgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar akademik litsey direktori tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir hafta muddatda akademik litsey joylashgan hudud bo‘yicha Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. O‘quvchilarni o‘qishdan chetlatishda hujjatlarning ishonchliligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi uchun mas’uliyat akademik litsey direktoriga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilarni akademik litseylarga-qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Mas’ullar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylar

Maslahat kengashlarini tashkil etadi.

Har yili 1-iyunga qadar

2-bosqich

Akademik litseylar va Maslahat kengashlari

Abituriyentlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishini tashkil etadi.

Har yili 10-iyundan 10-iyulga qadar

3-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Akademik litseylarga imtihonlar o‘tkazish sanasi hamda qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritadi.

Har yili 1-iyulga qadar

4-bosqich

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Akademik litseylarga kirish test sinovlarini o‘tkazadi.

Har yili iyul oyida

5-bosqich

Oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylar

Imtihonlarning yakuniy natijalarini o‘z rasmiy veb-sayti orqali e’lon qiladi.

Imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng uch kun ichida

6-bosqich

Akademik litsey direktori

O‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar to‘g‘risida buyruqni rasmiylashtiradi.

Yakuniy natijalar e’lon qilingandan so‘ng uch kun ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilarni akademik litseylarga-qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlarni akademik litseylarga qabul qilishda beriladigan imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (Intemational Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (Intemational Chemistry Olympiad (ICho), Xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (Intemational Olympiad in Informatics (IOI) xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etgan yoki Xalqaro Jautikov Olimpiadasi (Intemational Zhautykov Olympiad (IZhO), Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi, O‘smirlar o‘rtasida Xalqaro Tabiiy fanlar olimpiadasi (Intemational Junior Science Olympiad (IJSO), Xalqaro Matematika musobaqasi (Intemational Mathematics Competition (IMS)da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari.

Akademik litseyning mos yo‘nalishiga qabul parametrlaridan tashqari imtihonsiz qabul qilinadilar.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari orasidan fan olimpiadasining hududiy (viloyat va shahar) bosqichida 1 — 3-o‘rinlar g‘oliblari.

Akademik litseyning mos yo‘nalishiga hujjat topshirganda, ixtisoslik fani bo‘yicha test sinovidan maksimal ball beriladi.

T/r

Sertifikatlar nomi

Tillar/Fanlar

Minimal ballar

Mazkur chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarga akademik litseylarga kirish test sinovlarining fanlar majmuasiga kiritilgan mos chet tili va fanlardan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

1.

Intemational English Language Testing System (IELTS academic)

Ingliz tili

5

2.

Test of English as a Foreign Language (TOEFL)

IBT 42

3.

Cambridge Assessment English PET

V1

4.

Goethe-Zertifikat

Nemis tili

V1

5.

TestDaf

V1

6.

Deutsches Sprachdiplom

V1

7.

Diplome d'Etudes en Langue Francaise (DELF)

Fransuz tili

V1

8.

Test de Connaissance du Francais (TCF)

V1

9.

Boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha

Ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tili

V1

10.

Umumta’lim fani va chet tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy sertifikat

tegishliligi bo‘yicha

B1*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Umumta’lim fanini bilish darajasi bo‘yicha minimal ball O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilarni akademik litseylarga-qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litsey o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Mas’ullar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati


1-bosqich

Akademik litsey o‘quvchilari, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan hamkorlikda

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hujjatlar yig‘majildi tayyorlaydi.

Har yili 20-iyundan 20-iyulgacha

(20-dekabrdan 20-yanvargacha)


2-bosqich

Akademik litsey

O‘quvchining hujjatlar yig‘majildini oliy ta’lim tashkilotining yo‘llanma xati asosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 1-avgustgacha

(22-yanvargacha)


3-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Arizalarni ko‘rib chiqib, natijalari haqida tegishli oliy ta’lim tashkilotiga yozma xabar beradi.

Har yili 15-avgustgacha

(5-fevralgacha)


4-bosqich

O‘quvchini qabul qiluvchi akademik litsey direktori

O‘quvchining shaxsiy hujjatlarini yuborish haqida o‘quvchi ta’lim olgan akademik litseyga so‘rovnoma yuboradi.

Har yili 16-avgustgacha

(6-fevralgacha)


5-bosqich

So‘rovnomani olgan akademik litsey direktori

O‘quvchining shaxsiy hujjatlarini o‘qishga qabul qilgan akademik litseyga yetkazadi.

Har yili 19-avgustgacha

(9-fevralgacha)


6-bosqich

O‘quvchini qabul qiluvchi akademik litsey direktori

O‘quvchini qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.

Har yili 22-avgustgacha

(12-fevralgacha)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyundagi 320-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 23-martdagi 212-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 31-avgustdagi 434-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2024-yil 6-maydagi 266-son qaroriga ilovaning 286-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/320/0423-son)