19.08.2023 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Vengriya Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo qatnovi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan davlat reyestrida 4517-HU-2023-H tartib raqami bilan roʻyxatga olindi.]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Vengriya Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1944-yil dekabr oyining 7 kunida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiya va Xalqaro havo yoʻllarida tranzit toʻgʻrisida Bitimning ishtirokchilari boʻlgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining tegishli aviakorxonalariga qatnovlarni amalga oshirishda adolatli va teng imkoniyatlarni taklif qiluvchi hamda har bir Ahdlashuvchi Tomon davlatlarining qonunchiligiga muvofiq raqobat qilishga imkon beruvchi xalqaro aviatsiya tizimini rivojlantirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga tegishli va tashqari hududlarda havo kemalari qatnovini oʻrnatish maqsadida yuqorida aytib oʻtilgan Konvensiyaga qoʻshimcha tarzda Bitim tuzish niyatida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro havo transporti imkoniyatlarining kengayishini yengillashtirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro havo transportida xavfsizlikni eng yuqori darajada taʼminlashni istab, hamda insonlar va mol-mulkni xavf ostida qoldiruvchi havo kemasi xavfsizligiga qaratilgan harakatlar yoki tahdidlarning jiddiy muammo ekanligini yana bir bor tasdiqlagan holda, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1-modda

Tushunchalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimni talqin qilish va qoʻllash maqsadida, agar unda boshqacha holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Konvensiya” atamasi 1944-yil dekabr oyining 7 kunida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani anglatadi va har ikki Ahdlashuvchi Tomon qay darajada ratifikatsiya etgani yoki kuchga kirganiga qarab, Konvensiyaning 90-moddasiga muvofiq qabul qilingan har qanday Ilovani, shuningdek Konvensiyaning 90 va 94-moddalariga muvofiq Konvensiyaga yoki uning Ilovalariga kiritilgan har qanday oʻzgartirishni oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Aviatsiya maʼmuriyatlari” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Transport vazirligini; Vengriyaga nisbatan — Fuqaro aviatsiyasi boʻyicha bosh direktoratni; yoki ikkala holatda ham bunday aviatsiya maʼmuriyatlari tomonidan mazkur Bitimga bogʻliq ravishda har qanday funksiyani amalga oshirish vakolati berilgan har qanday boshqa organ yoki shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) “tayinlangan aviakorxona” atamasi Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri tarafidan mazkur Bitimning 3-moddasiga muvofiq va uning Ilovasida belgilangan yoʻnalishlarda, va kelishilgan qatnovlarni bajarish uchun tayinlangan, havo kemalari xalqaro qatnovini amalga oshirishni taʼminlovchi aviakorxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “hudud”, “havo kemalari xalqaro qatnovi” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” atamalari tegishli ravishda Konvensiyaning 2 va 96-moddalarida koʻrsatilgan maʼnolarga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “Bitim” atamasi mazkur Bitim, uning Ilovasi va kiritiladigan har qanday oʻzgartirishlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “belgilangan yoʻnalishlar” atamasi mazkur Bitim Ilovasida belgilangan yoxud belgilanishi mumkin boʻlgan yoʻnalishlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “kelishilgan qatnovlar” atamasi mazkur Bitim shartlari asosida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan havo kemalari xalqaro qatnovini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “tarif” atamasi yoʻlovchi, bagaj va yuk (pochtadan tashqari) tashish uchun toʻlanadigan qiymatni, shu jumladan havo transporti orqali olinadigan yoki taʼminlanadigan har qanday ahamiyatli qoʻshimcha foydani, shuningdek chiptalar sotuvi va tovarlar tashuvi uchun tegishli tranzaksiya bilan bogʻliq toʻlanadigan komissiyani anglatadi. Shuningdek, transport qiymatidan foydalanish shartlari va tegishli komissiya uchun toʻlovlar ham kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “fuqarolar” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, Vengriyaga nisbatan Yevropa Ittifoqi aʼzo-davlatlari fuqarolarini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “YI shartnomalari” Yevropa Ittifoqi toʻgʻrisidagi Shartnomani hamda Yevropa Ittifoqining faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi Shartnomani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) “foydalanuvchilardan undiriladigan yigʻimlar” atamasi aeroport yoki aeronavigatsiya jihozlaridan havo kemalari, ularning ekipaj aʼzolari, yoʻlovchilari va yuklariga xizmat koʻrsatishda foydalanish uchun aviakorxonalarga nisbatan tegishli maʼmuriyatlar tomonidan qoʻllaniladigan toʻlovni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) Mazkur Bitimdagi Vengriya aviakorxonalariga havolalar Vengriya tomonidan tayinlangan aviakorxonalarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ilova mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi. Bitimga barcha havolalar, basharti boshqacha holat aniq kelishilmagan boʻlsa, Ilovani oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2-modda

Huquqlar berish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga Ilovada belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha muntazam havo kemalari xalqaro qatnovlarini amalga oshirish maqsadida ushbu Bitimda koʻrsatib oʻtilgan huquqlarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomondan tayinlangan aviakorxona belgilangan yoʻnalishlarda kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish davomida quyidagi huquqlardan foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidan qoʻnmasdan uchib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aytib oʻtilgan hududda notijoriy maqsadlarda toʻxtash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida yoʻlovchilarni, yuk va pochtani alohida yoki birgalikda boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi manzillarda yoki mazkur Bitim Ilovasi shartlariga muvofiq boshqa davlat hududida olish yoki tushirish maqsadida mazkur Bitim Ilovasidagi yoʻnalishlar jadvalida koʻrsatilgan manzillarda toʻxtash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalaridan boshqa aviakorxonalariga ushbu moddaning (a) va (b) bandlarida keltirilgan huquqlar kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Bitimdagi hech qaysi qoida bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi bir manzildan oʻsha Tomon davlati hududidagi ikkinchi manzilga olib borish uchun yoʻlovchilar, ularning bagaji, yuk va pochtani havo kemasiga olish huquqini beradi deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

3-modda

Aviakorxonalarni tayinlash va ekspluatatsiya ruxsatnomalarini berish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilish orqali belgilangan yoʻnalishlarda kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida bir yoki bir necha aviakorxonani tayinlash va avval tayinlangan aviakorxona oʻrniga boshqa aviakorxonani tayinlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakorxona tayinlanganidan va tayinlangan aviakorxonadan belgilangan shakl va uslubdagi ariza olinganidan soʻng mazkur moddaning 3 va 4-bandlariga muvofiq eng qisqa muddatlarda faoliyat koʻrsatish uchun tegishli ekspluatatsiya ruxsatnomalarini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan har qanday aviakorxonadan mazkur maʼmuriyat tomonidan Konvensiya qoidalariga muvofiq havo kemalari xalqaro qatnovini amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan odatda va asosli ravishda qoʻllaniladigan shartlarni bajara olishini asoslantirishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddaning 2-bandida koʻrsatilgan ekspluatatsiya ruxsatnomalarini berish uchun quyidagilar talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Vengriya tomonidan tayinlangan aviakorxonaga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) aviakorxona Vengriya hududida YI shartnomalariga muvofiq tuzilgan boʻlishi hamda Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga asosan amaldagi faoliyat koʻrsatish ruxsatnomasiga ega boʻlishi; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) aviakorxona faoliyatining tartibga solinishi ustidan nazorat havo ekspluatanti sertifikatini berishga masʼul boʻlgan Yevropa Ittifoqi aʼzo-davlati tomonidan amalga oshirilishi va taʼminlanishi hamda tayinlashda tegishli aviatsiya maʼmuriyati aniq belgilanishi; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tayinlangan aviakorxonaga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) aviakorxona Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan boʻlishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya maʼmuriyatlari tomonidan berilgan amaldagi havo ekspluatanti sertifikatiga ega boʻlishi; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) aviakorxona faoliyati tartibga solinishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan olib borilishi hamda taʼminlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tayinlangan aviakorxona havo kemasi xalqaro qatnovlarini amalga oshirishda Konvensiya qoidalariga muvofiq qoʻllaniladigan yoki Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga binoan odatda va asosli ravishda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan shartlarga javob berishi lozim, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 9 va 10-moddalarda belgilangan standartlar qoʻllanilishi va ularga rioya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur tarzda tayinlangan va ruxsatnoma olgan aviakorxona istalgan vaqtda mazkur Bitim qoidalariga muvofiq kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishni boshlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

4-modda

Ekspluatatsiya ruxsatnomalarini qaytarib olish yoki toʻxtatib qoʻyish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonaga berilgan ekspluatatsiya yoki texnik ruxsatnomalarni qaytarib olish yoki mazkur Bitimga muvofiq berilgan huquqlardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki bunday huquqlardan foydalanish uchun zarur boʻlgan muayyan shartlarni bajarishni talab qilish huquqiga ega, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Vengriya tomonidan tayinlangan aviakorxonaga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) aviakorxona Vengriya hududida YI shartnomalariga muvofiq tuzilmagan yoki Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq amaldagi faoliyat koʻrsatish ruxsatnomasiga ega boʻlmasa; yoxud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) aviakorxona faoliyati tartibga solinishi ustidan nazorat havo ekspluatanti sertifikatini berishga masʼul boʻlgan Yevropa Ittifoqi aʼzo-davlati tomonidan amalga oshirilmagan yoki taʼminlanmagan hamda tayinlanishda tegishli aviatsiya maʼmuriyati aniq belgilanmagan boʻlsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iii) agar aviakorxonaga Oʻzbekiston Respublikasi bilan boshqa Yevropa Ittifoqi aʼzo-davlati oʻrtasidagi ikki tomonlama bitimga asosan faoliyat koʻrsatishga vakolat berilgan boʻla turib, oʻsha boshqa Yevropa Ittifoqi aʼzo-davlati hududidagi manzil orqali ushbu Bitimga koʻra tashish huquqlaridan foydalansa va bu aviakorxonaning oʻsha boshqa Bitim qoidalariga amal qilmayotganligini Oʻzbekiston Respublikasi isbot qilsa; yoxud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iv) agar aviakorxona Yevropa Ittifoqi aʼzo-davlati tomonidan berilgan havo ekspluatanti sertifikatiga ega boʻlib, bu Yevropa Ittifoqi aʼzo-davlati bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida havo kemalari qatnovi toʻgʻrisida ikki tomonlama Bitim mavjud boʻlmasa va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tayinlangan aviakorxonaga ushbu Yevropa Ittifoqi aʼzo-davlatiga parvoz qilish huquqini berish rad etilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandga asosan oʻz huquqlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Yevropa Ittifoqi aviatashuvchilari oʻrtasida ularning milliy mansubligiga koʻra kamsitish holatlariga yoʻl qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tayinlangan aviakorxonaga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) aviakorxona Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilmagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya maʼmuriyatlari tomonidan berilgan amaldagi havo ekspluatanti sertifikatiga ega boʻlmasa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) aviakorxona faoliyatining tartibga solinishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilmasa yoki taʼminlanmasa; yoxud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) aviakorxona bunday huquqlarni berayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlati qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob bermasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) aviakorxona ushbu Bitimda belgilangan shartlar asosida kelishilgan yoʻnalishlardan foydalanish huquqini boshqa sabablarga koʻra yoʻqotsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu Bitimning 9 va 10-moddalariga muvofiq xavfsizlik standartlariga javob bermasa yoki bunday standartlarni qoʻllay olmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 9 va 10-moddalarga daxl qilmagan holda, mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan ruxsatnomani qaytarib olish, toʻxtatib qoʻyish yoki muayyan shartlarni bajarishni talab qilishi, Ahdlashuvchi Tomonlarning davlatlari qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish uchun zarur boʻlmasa bunday huquqdan faqatgina boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilgandan soʻng foydalaniladi. Bunday maslahatlashuvlar, agar har ikkala Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida boshqacha kelishuvga erishilmagan boʻlsa, bir Ahdlashuvchi Tomon soʻrovnomasi kelib tushgandan soʻng oʻttiz (30) kun ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

5-modda

Kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishni tartibga solish prinsiplari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitim bilan tartibga solinadigan kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishda har ikki Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonalarga raqobat qilish uchun adolatli va teng imkoniyatlar yaratilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining tayinlangan aviakorxonasi yoki aviakorxonalari ushbu prinsiplarga muvofiq faoliyat koʻrsatayotganligini nazorat qilishi va zarur hollarda, bu shartlarning bajarilishi uchun choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli hududlari oʻrtasida tayinlangan aviakorxonalari belgilangan yoʻnalishlarda kelishilgan havo kemalarining qatnovlari ommaviy tashuvlarga qoʻyilgan talablarga yaqindan aloqador boʻlishi hamda mazkur Bitimning 14-moddasi qoidalariga muvofiq tariflarga mos ravishda Ahdlashuvchi Tomonlarning davlat hududlari oʻrtasidagi havo kemalari qatnovlarining tartibli rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida havo kemasining oqilona yuklanishida yoʻlovchilar, yuk va pochtani amaldagi va kutilayotgan tashish talablariga mutanosib tashuv hajmlarini taʼminlash har bir aviakorxonaning asosiy vazifasi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

6-modda

Adolatli raqobat

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar har ikki Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonalariga belgilangan yoʻnalishlarda kelishilgan qatnovlardan adolatli va teng imkoniyatlarda foydalanishlari uchun adolatli va raqobatbardosh muhit yaratib berishni oʻzlarining umumiy maqsadlari deb tan oladilar. Shu tufayli, Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu maqsadga toʻla erishishni taʼminlash uchun tegishli choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning maqsadlari amalga oshirilishida mustaqil, adolatli va toʻgʻri raqobat muhim ekanligi, raqobat masalalari boʻyicha qonunlar va mustaqil organlarning mavjudligi, shuningdek ushbu qonunlarning asosli va samarali qoʻllanilishi aviatashuv xizmatlarini taqdim etishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlaydilar. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning raqobatga oid mazkur moddadagi masalalarni oʻz ichiga olgan qonunlari, vaqti-vaqti bilan kiritiladigan oʻzgartirishlar bilan birga, har bir tegishli Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi doirasida aviakorxonalar faoliyatiga nisbatan qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Tomonlar raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari maqsadlarining oʻzaro mosligi va oʻxshashligi, hamda uning samarali qoʻllanilishida oʻzaro hamfikrdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ular raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini toʻgʻri qoʻllash maqsadida va zarur hollarda oʻz qonun va qoidalariga muvofiq tegishli aviakorxona(lar) yoki boshqa fuqarolariga raqobatga aloqador har bir Tomon organlari amalga oshirgan harakatlar toʻgʻrisida axborotni oshkor qilishga ruxsat berish orqali hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimdagi hech bir qoida Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining (va Yevropa Komissiyasining) raqobat masalalari boʻyicha tegishli organlari va sud idoralarining vakolat va huquqlariga taʼsir oʻtkazmaydi, cheklamaydi yoki toʻsqinlik qilmaydi hamda raqobat huquqini qoʻllash bilan bogʻliq barcha masalalar bunday organ va sud idoralarining mutlaq vakolat doirasida boʻlishda davom etadi. Shu tufayli, Ahdlashuvchi Tomonlarning har qaysisi mazkur moddaga oid amalga oshirgan xatti-harakati bunday organ va sud idoralarining har qanday amalga oshirishi mumkin boʻlgan harakatlariga zid boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddaga muvofiq amalga oshirilgan har qanday harakat faqatgina Ahdlashuvchi Tomonlar javobgarligi ostida boʻladi va faqatgina boshqa Ahdlashuvchi Tomonga va/yoki Ahdlashuvchi Tomonlar hududidan va hududida aviatashuv xizmatlarini koʻrsatayotgan aviakorxona(lar)ga nisbatan yoʻnaltirilgan boʻladi. Bunday harakat ushbu Bitimning 19-moddasida koʻzda tutilgan nizolarni hal etish tartibiga asosan koʻrib chiqish uchun sabab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adolatsiz raqobat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonalarining aviatashuv xizmatlarini taqdim qilishi chogʻida ularning adolatli va teng imkoniyatlardagi raqobatiga zararli taʼsir etadigan har qanday shakldagi kamsitishlar va adolatsiz harakatlarni bartaraf etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat subsidiyalari va qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hech bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining aviakorxonalariga davlat subsidiyalari yoki koʻmak bermasligi yoxud bunday subsidiya yoki koʻmak berilishiga ruxsat bermaydi, basharti ular boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonalariga havo kemalari qatnovlarini amalga oshirishda adolatli va teng imkoniyatlar yaratishga asossiz ravishda va keskin salbiy taʼsir qilsa. Ushbu davlat subsidiyalari yoki qoʻllab-quvvatlash oʻzida quyidagilarni jam qilishi, lekin ular bilan cheklanmasligi mumkin: kesishadigan subsidiyalar, ekspluatatsiya yoʻqotishlarining oʻzaro hisobi, kapital, grant, kafolat, kredit yoki sugʻurtani imtiyoz asosida taqdim qilish, bankrotlikdan himoya qilish, qoplanishi lozim boʻlgan toʻlovlardan va investitsiya qilingan budjet mablagʻlarini chiqarib olishdan hamda soliq toʻlashdan ozod etish yoki soliq imtiyozlari berish, davlat organlari tomonidan oʻrnatilgan moliyaviy majburiyatlar uchun olinadigan soliq kompensatsiyalari; kamsitgan holda yoki notijoriy ravishda aeronavigatsiya yoki aeroport xizmatlarini koʻrsatish, yoqilgʻi taʼminoti, yer usti xizmatini koʻrsatish, xavfsizlikni taʼminlash, kompyuter orqali bronlash tizimi, slotlarni taqsimlash va kelishilgan qatnovlardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa tegishli xizmatlarga ruxsat etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonaga yuqoridagi 6-bandda keltirilgan davlat subsidiyalarini taqdim qilsa yoki uni qoʻllab-quvvatlasa, u bunday choralar ochiqligini har qanday tarzda, shu jumladan aviakorxona hisobvaraqlarida aniq va alohida ifoda etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon talabiga muvofiq oqilona muddatda birinchi Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi ostidagi yuridik shaxslarga oid moliyaviy hisobotlarni va ushbu modda talablari bajarilayotganligini kafolatlaydigan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon asosli ravishda talab qilgan boshqa har qanday kerakli axborotni taqdim etadi. Bu yuqoridagi 6-band mazmun mohiyatidan kelib chiqadigan subsidiya va qoʻllab-quvvatlashga oid batafsil axborotni oʻz ichiga olishi mumkin. Maʼlumotdan foydalanishni soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning tarafidan taqdim etilgan maʼlumotlar maxfiy axborot sifatida belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mutasaddi raqobat organi va/yoki sud tomonidan joriy qilingan 5 va 6-bandlarda koʻrsatilgan qoidalarga rioya qilish boʻyicha har qanday harakatga daxl qilmagan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) agar bir Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonaga nisbatan 5 va 6-bandlar mazmunidan kelib chiqadigan koʻrsatilgan kamsitilish yoki adolatsiz amaliyot qoʻllanilganligini aniqlasa va isbotlasa, oʻz eʼtirozlarini yozma ravishda boshqa Ahdlashuvchi Tomonga taqdim etishi mumkin. Bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ogohlantirgandan soʻng uning hududidagi masʼul davlat organlariga, shuningdek markaziy, mintaqaviy yoki mahalliy miqyosdagi organlarga mazkur moddaga oid masalalarni muhokama qilish uchun murojaat etishi mumkin. Bundan tashqari, Ahdlashuvchi Tomon ushbu masalani hal qilish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin. Bunday maslahatlashuvlar soʻrovnoma olingan kundan boshlab oʻttiz (30) kun ichida boshlanadi. Shuningdek, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining murojaati boʻyicha koʻtarilgan masalani toʻliq tahlil qilish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar yetarlicha axborot almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) agar Ahdlashuvchi Tomonlar yuqoridagi 5 yoxud 6-bandlar qoidalarining buzilishi boʻyicha maslahatlashuvlar boshlanganidan soʻng oʻttiz (30) kun ichida bir toʻxtamga kela olmasalar yoki bunday maslahatlashuvlar soʻrovnoma olingan kundan boshlab oʻttiz (30) kun ichida oʻtkazilmasa, maslahatlashuvlar oʻtkazishni taklif qilgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonasi(lari)ga berilgan xizmat koʻrsatish huquqini rad etishi, bekor qilishi, toʻxtatib qoʻyishi yoki qaytib olishi yoxud shunday huquqlarni bajarish borasida kerakli hisoblangan talablar va majburiyatlarni qoʻyishi yoxud boshqa choralarni koʻrish orqali mazkur Bitimda koʻrsatilgan ekspluatatsiya ruxsatnomasini toʻxtatib turishi mumkin. Mazkur bandga muvofiq koʻrilgan har qanday choralar toʻgʻri va mutanosib hamda bunday choralar qatʼiyan zaruriyligi koʻlami va davomiyligiga muvofiq ravishda cheklangan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Har bir Ahdlashuvchi Tomon 2-bandga asosan monopoliyaga qarshi qonunlarni qoʻllaydi va aviakorxona(lar)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga/dan amalga oshirilayotgan havo kemalari qatnovlariga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan va raqobatni bartaraf etish, cheklash yoki yoʻq qilishga yoʻnaltirilgan boshqa har qanday aviakorxona bilan shartnoma imzolash, qarorlar qabul qilish yoki oʻzaro muomalaga kirishishni taʼqiqlaydi. Bunday shartnomalar, qarorlar yoki amaliyot oʻz navbatida xizmatlar koʻrsatilishi yoki kengayishi yoxud texnik yoki iqtisodiy rivojlanish, shuningdek isteʼmolchilarga olinayotgan foydaning adolatli ulushiga ega boʻlishga imkon berishi bilan bogʻliq omillar yaxshilanishiga hissa qoʻshsa, ushbu taʼqiq qoʻllanilmasligi eʼlon qilinishi mumkin va bunda: (a) ushbu maqsadlarga erishishda bunday cheklovlarni tatbiq etilmaslik imkoni boʻlsa, ular aviakorxonalarga nisbatan qoʻllanilmaydi; (b) bunday aviakorxonalarga tegishli xizmatlarning asosiy qismiga nisbatan raqobatni bartaraf qilish imkoni berilmaydi, hamda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga/dan amalga oshirilayotgan havo kemalari qatnovlariga taʼsir etuvchi ustun mavqeyini suiisteʼmol qilish hollarini taʼqiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Har bir Ahdlashuvchi Tomon yuqoridagi 10-bandda koʻrsatilgan monopoliyaga oid qoidalar qoʻllanilishini faqatgina oʻzining mustaqil tegishli idorasi va/yoki sudiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar bir Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonasi yuqoridagi 10-band qoidalari buzilganligi oqibatida zarar koʻrayotganligini aniqlasa va buni isbotlab bersa, 10-bandda belgilangan qoidalarga rioya qilishga oid tegishli idora yoki sud tomonidan qoʻllaniladigan har qanday harakatlarga daxl qilmagan holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomonga yozma ravishda eʼtiroz bildirishi mumkin. Bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ogohlantirgandan soʻng uning hududidagi masʼul davlat organlariga, shuningdek markaziy, mintaqaviy yoki mahalliy, miqyosidagi organlarga mazkur moddaga oid masalalarni muhokama qilish uchun murojaat etishi mumkin. Bundan tashqari, Ahdlashuvchi Tomon ushbu masalani hal qilish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin. Bunday maslahatlashuvlar soʻrovnoma olingan kundan boshlab oʻttiz (30) kun ichida boshlanadi. Shuningdek, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining murojaati boʻyicha koʻtarilgan masalani toʻliq tahlil qilish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar yetarlicha axborot almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar 10-band qoidalarining buzilishi boʻyicha maslahatlashuvlar boshlangandan soʻng oʻttiz (30) kun ichida bir toʻxtamga kela olmasalar yoki muzokaralar soʻrovnoma olingan kundan boshlab oʻttiz (30) kun ichida oʻtkazilmasa, va tegishli organ yoki sud monopoliyaga oid qoidalar buzilgan deb topsa, maslahatlashuvlar oʻtkazishni taklif qilgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonasiga berilgan xizmat koʻrsatish huquqini rad etishi, bekor qilishi, toʻxtatib qoʻyishi yoki qaytib olishi yoxud shunday huquqlarni bajarish borasida kerakli hisoblangan talablar va majburiyatlarni qoʻyishi yoxud boshqa choralar koʻrish orqali mazkur Bitimda koʻrsatilgan ekspluatatsiya ruxsatnomasini toʻxtatib turishi mumkin. Mazkur bandga muvofiq koʻrilgan har qanday choralar toʻgʻri va mutanosib hamda bunday choralar qatʼiyan zaruriyligi koʻlami va davomiyligiga muvofiq ravishda cheklangan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

7-modda

Qonun hujjatlari va qoidalarning qoʻllanilishi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining xalqaro havo kemalari qatnovlariga jalb qilingan havo kemasining yoki ushbu davlat hududida havo kemasining faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq holda uning hududiga uchib kelishi va uchib ketishini nazorat qiluvchi qonun hujjatlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonalari havo kemalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga yoʻlovchilar, ekipajlar, bagajlar, pochta va yuklarning kirishi, harakatlanishi, boʻlishi va joʻnab ketishini nazorat qiluvchi qonun hujjatlari, shuningdek, mamlakatga kirish va chiqish talablari bilan bogʻliq qoidalar, aviatsiya xavfsizligi, immigratsiya, bojxona pasportlari, valyuta va sogʻliqni saqlash, karantin va sanitariya choralari bunday hududda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari faoliyatiga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hech bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddada nazarda tutilgan qonunlar va qoidalarni qoʻllashda oʻzining yoki boshqa aviakorxonaga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalariga nisbatan ustunlik bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

8-modda

Sertifikat va ruxsatnomalarni tan olish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, Vengriya holatida esa Yevropa Ittifoqi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan yoki haqiqiy deb tan olingan va amal qilish muddati oʻtmagan uchishga yaroqlilik sertifikatlari, ekspluatant sertifikatlari va ruxsatnomalari ushbu Bitim Ilovasida belgilangan yoʻnalishlarda kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida, agar bunday sertifikat va ruxsatnomalar berilishi yoki haqiqiy deb tan olinishi uchun asos boʻlgan talablar Konvensiyada belgilangan minimal standartlarga teng yoki ulardan yuqoriroq boʻlgan taqdirda boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarafidan haqiqiy deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq, har bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarolariga uning hududidan uchib oʻtish va/yoki hududida qoʻnish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomon bergan ekspluatant sertifikatlari va ruxsatnomalarning haqiqiyligini tan olishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

9-modda

Parvozlar xavfsizligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon istalgan vaqtda aviatsiya xizmatlari, ekipaj, havo kemasi yoki ularni ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq boshqa Ahdlashuvchi Tomon qabul qilgan parvoz xavfsizligi standartlari boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazish toʻgʻrisida murojaat qilishi mumkin. Bunday maslahatlashuvlar murojaat qilingan sanadan boshlab oʻttiz (30) kun ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar bunday maslahatlashuvlar natijasida Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomon 1-bandda koʻrsatilgan yoʻnalishlarda xavfsizlik standartlarini, hech boʻlmaganda Konvensiyada belgilangan minimal standartlarni taʼminlamayotganligini aniqlasa, boshqa Ahdlashuvchi Tomonni bunday xulosalar va oʻsha minimal standartlarga rioya etish yuzasidan zarur harakatlarni amalga oshirishi boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida xabardor qiladi, boshqa Ahdlashuvchi Tomon esa kamchiliklarni tuzatish boʻyicha tegishli choralarni koʻradi. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon tegishli chora-tadbirlarni oʻn besh (15) kun davomida yoki boshqa kelishilgan muddat mobaynida amalga oshira olmasligi mazkur Bitimning 4-moddasini tatbiq etishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konvensiyaning 33-moddasida eslatib oʻtilgan majburiyatlarga qaramasdan, bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasi yoki aviakorxonalari tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga/dan havo qatnovlari uchun foydalanilayotgan yoki ijara asosida foydalanilayotgan har qanday havo kemasi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida uning vakolatli vakillari tomonidan havo kemasi va ekipaji hujjatlarining haqiqiyligi, shuningdek havo kemasi hamda asbob-uskunasining tegishli holatdaligini aniqlash maqsadida tekshiruvdan (mazkur moddada “perron tekshiruvi” deb ataluvchi) oʻtkazishi mumkin, basharti bunday tekshiruv asossiz kechiktiruvga olib kelmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar bunday perron tekshiruvi yoki tekshiruvlari natijasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) havo kemasi yoki havo kemasining ekspluatatsiyasi Konvensiyaga muvofiq oʻsha paytda amalda boʻlgan minimal standartlarga javob bermasligi toʻgʻrisida jiddiy xavotir tugʻilsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Konvensiyaga muvofiq oʻsha paytda oʻrnatilgan xavfsizlik standartlarini samarali taʼminlanishi va ularga rioya etilishida kamchilik borligi jiddiy tashvishga solayotgan boʻlsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv oʻtkazayotgan Ahdlashuvchi Tomon Konvensiyaning 33-moddasiga muvofiq ushbu havo kemasi yoki uning ekipajiga tegishli boʻlgan amaldagi sertifikat yoki ruxsatnomalarga qoʻyilgan talablar, yoki shu havo kemasidan foydalanishga qoʻyilgan talablar Konvensiyada belgilangan standartlarning minimal darajasiga teng yoki ulardan yuqoriroq emas degan xulosa chiqarishda erkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasi yoki aviakorxonalari tomonidan foydalanilayotgan havo kemasining ushbu moddaning 3-bandiga muvofiq perron tekshiruvini oʻtkazishga shu aviakorxona yoki aviakorxonalarning vakili yoʻl qoʻymasa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 4-bandida taʼriflangan jiddiy xavotir mavjud degan fikrga kelishi va shu band asosida tegishli xulosa chiqarishda erkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, agar birinchi Ahdlashuvchi Tomon perron tekshiruvi yoki bir necha perron tekshiruvlarini oʻtkazish, perron tekshiruvi oʻtkazishni rad qilish, maslahatlashuvlar yoki boshqa muzokaralar natijasida aviakorxona yoki aviakorxona faoliyati xavfsizligi uchun tezkor choralar koʻrilishi lozim degan xulosaga kelsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonasi yoki aviakorxonalariga berilgan ruxsatnomani darhol toʻxtatish yoki oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Choralar koʻrishga sabab boʻlgan asoslar bartaraf qilingan taqdirda, yuqoridagi 2 yoki 6-bandlarga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlardan biri qoʻllagan choralar davom ettirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tartibga solish nazorati Yevropa Ittifoqi aʼzo-davlati tomonidan amalga oshiriladigan va taʼminlanadigan aviakorxonani Vengriya tayinlasa boshqa Ahdlashuvchi Tomonning bu boradagi huquqlari boshqa Yevropa Ittifoqi aʼzo-davlati tomonidan xavfsizlik standartlarining qabul qilinishi, qoʻllanilishi yoki taʼminlanishiga nisbatan ham va shu aviakorxonaga berilgan ruxsatnomaga nisbatan ham bir xilda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

10-modda

Aviatsiya xavfsizligini taʼminlash

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqdan kelib chiqadigan oʻzlarining huquq va majburiyatlariga muvofiq fuqaro aviatsiyasi xavfsizligini gʻayriqonuniy aralashuvlardan himoya qilish boʻyicha oʻzaro majburiyati ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolik havo kemalari, ularning yoʻlovchilari va ekipaji xavfsizligini taʼminlash xalqaro havo qatnovining asosiy sharti boʻlganligi sababli, Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birining oldidagi fuqaro aviatsiyasi xavfsizligini gʻayriqonuniy aralashuvlardan himoya qilish boʻyicha oʻzaro majburiyatlari (va xususan, Chikago Konvensiyasi va uning Ilovalari, 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemasida sodir etiladigan jinoyatchilik va boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarining gʻayriqonuniy ravishda egallab olinishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1971-yil 23-sentabrda Monrealda qabul qilingan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi noqonuniy harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiya va 1988-yil 24-fevralda Monrealda imzolangan Xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat koʻrsatayotgan aeroportlarda gʻayriqonuniy kuch ishlatish harakatlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Bayonnomadan kelib chiqadigan ularning majburiyatlari) ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ular ularning hududida roʻyxatdan oʻtgan yoxud Ahdlashuvchi Tomonlar davlati hududida qatʼiy tijorat joyi yoki bosh ofisi joylashgan yoxud Vengriya holatida, Yevropa Ittifoqi shartnomalariga muvofiq uning hududida taʼsis etilgan havo kemalari ekspluatantlaridan Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq amalda boʻlgan ekspluatatsiya ruxsatnomasiga egaligini talab qiladilar va oʻzlarining hududlaridagi aeroport operatorlari bunday xavfsizlik qoidalariga muvofiq faoliyat koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlar iltimosnomaga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy qoʻlga olishning hamda havo kemasiga, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, aeroportlar va aeronavigatsiya vositalariga, shuningdek fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday boshqa noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy yordamni koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bundan tashqari, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining roʻyxatdan oʻtgan havo kemalari ekspluatatorlaridan yoki oʻz hududida qatʼiy tijorat joyi yoki bosh ofisi joylashgan havo kemalari ekspluatantlaridan hamda oʻz hududidagi aeroportlar operatorlaridan Ahdlashuvchi Tomonlarga nisbatan qoʻllaniladigan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha bunday qoidalarga muvofiq harakat qilishlarini talab qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining havo kemasi ekspluatantlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidan joʻnab ketayotganda yoki uning hududida boʻlgan vaqtida ushbu davlatda amaldagi qonunchilikka, shuningdek, Vengriya holatida, Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq aviatsiya xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari talab etilishiga rozi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida havo kemasini himoya qilish, yoʻlovchilar, ekipaj va olib ketuvchi buyumlarni xavfsizlikni tekshirish hamda qoʻnish yoki yuklashdan oldin bagaj, yuk va havo kemasi omborlarida tegishli xavfsizlik tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar samarali qoʻllanilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, shuningdek, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning muayyan tahdidni bartaraf etish uchun oqilona maxsus xavfsizlik choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi har qanday soʻrovini ijobiy koʻrib chiqishga rozi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar fuqaro havo kemasini noqonuniy qoʻlga kiritish hodisasi yoki ushbu hodisa sodir boʻlish xavfi mavjud boʻlsa, yoki bunday havo kemasiga, uning yoʻlovchilariga va ekipaj aʼzolariga, aeroportlarga va aeronavigatsiya vositalariga qarshi qaratilgan boshqa noqonuniy harakatlar amalga oshirilsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqalarni yengillashtirish yoʻli bilan yoki bunday hodisani yoxud xavfni tezda va muvaffaqiyatli oldini olish maqsadida boshqa tegishli choralar koʻrish orqali bir-birlariga yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning qonunga xilof olib qoʻyilgan yoki boshqa noqonuniy aralashuv harakatlariga duchor boʻlgan havo kemasi oʻz hududida ushlab turilishini taʼminlash uchun zarur deb topadigan choralarni koʻradi agar joʻnab ketish uning yoʻlovchilari va ekipajining hayotini himoya qilish boʻyicha asosiy majburiyatdan kelib chiqmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning aviatsiya xavfsizligiga oid qoidalariga rioya qilmayotganligi haqida xulosaga kelishi uchun yetarlicha asosi boʻlsa, birinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyati boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyati bilan zudlik bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin. Bunday soʻrov yuborilgan kundan boshlab oʻn besh (15) kun ichida qoniqarli kelishuvga erishilmasa, ushbu Bitimning 4-moddasi (1) bandini qoʻllash uchun asos boʻladi. Favqulodda vaziyat talab qilganda, Ahdlashuvchi Tomon 4-moddaning (1) bandiga muvofiq oʻn besh (15) kun oʻtgunga qadar vaqtinchalik choralar koʻrishi mumkin. Ushbu bandga muvofiq amalga oshirilgan har qanday harakat boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarafidan ushbu moddaning xavfsizlik qoidalariga rioya qilingandan keyin toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

11-modda

Foydalanuvchilardan undiriladigan yigʻimlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon tegishli maʼmuriyatlari yoki organlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan yoki aviakorxonalaridan aeroport vositalari va xizmatlari, parvoz xavfsizligi, aviatsiya xavfsizligi, aeronavigatsiya va boshqa ularning nazoratida boʻlgan vositalaridan foydalanganliklari uchun olishi mumkin boʻlgan yigʻimlar adolatli, oqilona boʻlishi va kamsitish asosida boʻlmasligi hamda turli toifadagi foydalanuvchilar oʻrtasida adolatli taqsimlanadi. Ular bunday xizmatlar va vositalardan foydalanganlik uchun shu kabi yoki shunga oʻxshash xalqaro aviatashuvlarni amalga oshirayotgan boshqa aviakorxonadan olinayotgan yigʻimlardan yuqori boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday yigʻimlar aeroport xizmatlari, shuningdek parvoz xavfsizligi, aviatsiya xavfsizligi va aeronavigatsiyani taʼminlashga sarflangan umumiy xarajatlarning oqilona hissasini aks ettiradi, lekin ulardan yuqori boʻlmaydi. Yigʻim olinayotgan xizmatlar va vositalar tejamli va samarali ravishda koʻrsatiladi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon maʼmuriyatlari va tegishli organlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasini yoki aviakorxonalarini bunday yigʻimlarga har qanday muhim oʻzgartirishlar kiritilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi; bunday xabarnoma oʻzgartirish kuchga kirmasdan avval oqilona muddat ichida yuboriladi. Yigʻimlarning oshirilishi hollarida har bir Ahdlashuvchi Tomon davlati oʻz hududida maʼmuriyatlar yoki tegishli organlar bilan mazkur xizmat va vositalardan foydalanayotgan aviakorxonalar oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

12-modda

Bojxona yigʻimlari va soliqlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan qatnovlarda foydalaniladigan havo kemalari, shuningdek odatiy sahn jihozlari (havo kemasining ekspluatatsiya qilinishida foydalaniladigan zaruriy jihozlar), yonilgʻi zaxiralari, moylash xomashyolari va havo kemalarining sahn zaxiralari (shu jumladan oziq-ovqat, ichimliklar, tamaki mahsulotlari) oʻzarolik asosida amaldagi qonunchilikka muvofiq barcha import cheklovlaridan, mol-mulk soliqlaridan, bojxona bojidan, maxsus soliq va yigʻimlardan yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida olinadigan shu kabi yigʻim va boshqa soliqlardan, ushbu jihoz va zaxiralar havo kemalari sahnida ularni qayta olib chiqib ketgunga qadar qolishi sharti bilan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shuningdek, koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan yigʻimlardan tashqari, quyidagilar bojxona bojlari, soliqlar va yigʻimlardan ozod etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi kelishilgan qatnovlarda foydalaniladigan havo kemasining sahniga olingan va unda foydalanish uchun moʻljallangan ushbu Ahdlashuvchi Tomon maʼmuriyatlari oʻrnatgan cheklovlar miqdoridagi sahn zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan qatnovlarda foydalaniladigan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish yoki uni taʼmirlash uchun olib kirilgan ehtiyot qismlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan qatnovlarda foydalaniladigan havo kemasi sahniga olingan va unda ishlatish uchun moʻljallangan yonilgʻi va moylash ashyolari, hatto mazkur zaxiralar havo kemasi sahniga olingan Ahdlashuvchi Tomon hududi miqyosida ishlatilgan taqdirda ham;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aviakorxonaning belgisi boʻlgan barcha turdagi bosma materiallar, chiptalar, yuk xati va tayinlangan aviakorxonalar tomonidan tekinga tarqatiladigan materiallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning havo kemasi sahnidagi odatiy sahn jihozlari, shuningdek ehtiyot qismlar va sahn zaxiralari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida faqatgina mazkur Ahdlashuvchi Tomon bojxona organlarining roziligi bilan tushirilishi mumkin. Bunday holatda ular Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining bojxona qonunchiligiga muvofiq olib chiqilguniga yoki boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilguniga qadar yuqorida qayd etilgan organlarning nazorati ostida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddada qayd etilgan istisnolar Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari boshqa aviakorxonalar bilan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida mazkur moddada koʻrsatilgan odatiy jihozlar va oʻzga ashyolarni qarzga olish yoki ularni oʻtkazish kabi kelishuvlar tuzgan holatlarda ham bir xil imtiyozlar qoʻllanishi sharti bilan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon hududidan tranzit orqali oʻtayotgan yoʻlovchilar va ularning bagajlarini nazorat qilish ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining bojxona qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Bevosita tranzit orqali oʻtayotgan bagaj va yuklar bojxona toʻlovlari va boshqa turdagi yigʻimlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur moddada qayd etilgan istisnolar Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining bojxona qonunchiligida belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq mazkur Bitimdagi hech bir qoida Vengriyaga Oʻzbekiston Respublikasi tayinlangan aviakorxonasining Vengriya hududidagi bir manzildan uning yoki boshqa Yevropa Ittifoqiga aʼzo-davlatning hududidagi ikkinchi manzilga parvozlarni amalga oshirayotgan havo kemasida ishlatish uchun uning hududida yetkazib berilgan yonilgʻi uchun adolatli ravishda soliqlar, yigʻimlar, bojlar yoki toʻlovlar undirishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Bitimdagi hech bir qoida Oʻzbekiston Respublikasiga Vengriya tayinlagan aviakorxonasining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bir manzildan uning hududidagi ikkinchi manzil orasida parvozlarni amalga oshirayotgan havo kemasida ishlatish uchun uning hududida yetkazib berilgan yonilgʻi uchun adolatli ravishda soliqlar, yigʻimlar, bojlar yoki toʻlovlar undirishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida tegishli maxsus bitim mavjud boʻlgan taqdirda, bunday kelishuv ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

13-modda

Hajm

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalariga ushbu Bitimda belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish uchun adolatli va teng imkoniyatlar yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari taqdim etadigan parvozlar takroriyligi, tashuvlar hajmi va huquqi Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar tayinlagan aviakorxonalari parvozlar boshlanishidan kamida oʻttiz (30) kun oldin parvoz jadvallarini tasdiqlash uchun ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlariga taqdim etadi. Jadvallarni tasdiqlash uchun aviakorxonalar parvozlar takroriyligi, jadvallar, havo kemasi turi va konfiguratsiyasi hamda yoʻlovchilar oʻrnining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz ichiga oluvchi tashuvlar dasturini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tasdiqlangan jadvalga kiritiladigan har qanday keyingi oʻzgartirishlar tasdiqlashga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning bir yoki undan ortiq aviakorxonalari amalga oshirayotgan xizmatlarini ushbu moddada koʻzda tutilgan prinsiplar va majburiyatlarga muvofiq emas deb hisoblasa, mazkur holatni aniqlash va birgalikda tegishli harakatlarni belgilab olish maqsadida ushbu Bitimning 18-moddasiga muvofiq maslahatlashuvlar oʻtkazilishini soʻrashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

14-modda

Tariflar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimga muvofiq kelishilgan qatnovlardagi xalqaro tashuvlar uchun belgilangan tariflar ekspluatatsiya xarajatlari, xizmat koʻrsatish shartlari, foydalanuvchilar manfaatlari, oqilona foyda va bozor bilan bogʻliq boshqa koʻrsatgichlarni oʻz ichiga oluvchi barcha tegishli omillarni inobatga olgan holda Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining aviakorxonalari tomonidan oqilona darajada erkin belgilanadi. Hech bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz aviakorxonalaridan boshqa aviakorxonalar tariflari toʻgʻrisida maslahatlashishni talab qilmaydi yoki ushbu Bitimda nazarda tutilgan xizmatlar uchun haq olishni taklif qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan hech qaysi biri raqobat va isteʼmolchilar huquqini himoya qilishga oid qonun hujjatlariga daxl qilmagan holda har qaysi Ahdlashuvchi Tomonda qoʻllanilayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonasi tomonidan mazkur Bitimda nazarda tutilgan xizmatlar boʻyicha xalqaro tashuvlar uchun undirilishi taklif etilgan tarifning tayinlanishiga yoki uning muddatini uzaytirishga toʻsqinlik qilish boʻyicha bir tomonlama harakat olib bormaydilar. Ahdlashuvchi Tomonlarning aralashuvi quyidagilar bilan cheklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asossiz kamsituvchi narx yoki harakatlarning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) isteʼmolchilarni ustun mavqeyini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq asoslanmagan yuqori yoki chegaralovchi tariflardan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) aviakorxonalarni bevosita yoki bilvosita subsidiya yoki qoʻllab-quvvatlash orqali narxlarning sunʼiy pasaytirilishidan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aviakorxonalarni raqobatni bartaraf etishga qaratilgan narxlarning sunʼiy pasaytirilishidan himoya qilish, basharti bunda aniq dalil mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining aviatsiya maʼmuriyatlari alohida tariflar mazkur moddaning 2a, 2b, 2s va 2d bandlarida koʻrsatilgan toifaga tushadi deb hisoblasa, u qisqa muddat ichida ushbu holatning unga maʼqul emasligi toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlari va tegishli aviakorxonaga xabarnoma yuborishi hamda mazkur moddaning 4-bandida koʻrsatilgan tartibga asosan maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlaridan ushbu boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonasi birinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga yoki hududidan amalga oshirayotgan xalqaro tashuvlarga nisbatan qoʻllanilayotgan har qanday tariflar, shuningdek qanoatlantirmasligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan tariflarni oʻz ichiga olgan holatlarga oid maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin. Bu kabi maslahatlashuvlar soʻrovnoma olingandan soʻng oʻttiz (30) kundan kechiktirilmasdan oʻtkaziladi. Ahdlashuvchi Tomonlar masalaning oqilona hal etilishi uchun zarur axborotlarni himoya qilishda hamkorlik qiladilar. Agar qanoatlantirmayotgan tarif boʻyicha kelishuvga erishilsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyatlari bunday kelishuvning kuchga kirishi uchun barcha chora-tadbirlarni koʻradilar. Agar bunday oʻzaro kelishuvga erishilmasa, tarif kuchga kirgan yoki amal qilishi davom etgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

15-modda

Tijoriy imkoniyatlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviakorxonalari oʻzarolilik prinsipi asosida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida oʻz idoralarini ochish va vakillarini tayinlash, shuningdek kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tijoriy, ekspluatatsion va texnik xodimlar saqlashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xodimlarga boʻlgan ehtiyoj Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining tayinlangan aviakorxonalari xohishiga koʻra oʻzlarining yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududidan uchishlarni amalga oshiruvchi va shu Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida bu kabi parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega har qanday boshqa vakolatli tashkilot, kompaniya yoki aviakorxona xodimlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasi yoki aviakorxonalarining tegishli xodimlariga oʻzarolilik asosida oʻz hududida aeroportga va boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemalari qatnovlari, ekipaji, yoʻlovchilari, yuklariga xizmat koʻrsatiladigan hududlarga kirishga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Alohida holatlarda xodimlarning favqulodda va vaqtinchalik boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga kirishi yoki u erda boʻlishlari uchun har bir Ahdlashuvchi Tomonning qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinadigan ruxsatnoma, viza va boshqa har qanday hujjat berish masalasi bunday xodimlarning ushbu davlat hududiga kirishlarini kechiktirmaslik uchun qisqa muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq, shuningdek Vengriyaga nisbatan Yevropa Ittifoqi qonun hujjatlariga muvofiq, har bir aviakorxona boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida oʻz yer usti xizmatini koʻrsatish (oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish) yoki oʻz xohishiga koʻra yer usti xizmatini qisman yoxud toʻliq koʻrsatilishini amalga oshiruvchi oʻzaro raqobatchi taʼminotchilar ichidan birini yoki bir nechtasini tanlash huquqiga ega. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati hududida yer usti xizmatlariga nisbatan qoʻllaniladigan qonun va qoidalar tayinlangan aviakorxonalarga oʻzlariga tegishli xizmatlarni amalga oshirish yoki bunday xizmatlar boʻyicha shartnomalar tuzishiga toʻsqinlik qilsa yoki cheklasa, har bir tayinlangan aviakorxona oʻziga shunday xizmat koʻrsatishda va boshqa taʼminotchi yoki taʼminotchilar koʻrsatadigan yer usti xizmatlaridan foydalanishda kamsitilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalqaro tashuvlarda band boʻlgan boshqa aviatashuvchilarga nisbatan oʻzarolilik va kamsitmaslik asosida Ahdlashuvchi Tomonlarning aviakorxonalari ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududlarida bevosita yoki agent orqali har ikkala Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq har qanday pul birligida aviatashuvlarni sotish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasi aviachipta sotilgan hududdan ushbu aviakorxona joylashgan hududga aviachipta sotilgan hududida xarajatlardan tashqari olingan daromadlar qiymatini erkin oʻtkazish huquqiga ega. Bunday transfer bevosita yoki agent orqali aviatashuvlarni sotish, yordamchi yoki qoʻshimcha xizmatlardan olingan daromadni va bunday daromadlardan olingan va transferni amalga oshirgunga qadar depozitga kiritilgan oddiy foizlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Pul mablagʻlarini oʻtkazish har bir Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida amaldagi soliq majburiyatlarini buzmagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalariga mablagʻlarni belgilangan muddatlarda soʻrovnoma vaqtida amalda boʻlgan rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha xorijiy valyutada oʻtkazish uchun ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalariga xalqaro havo kemalari qatnovlarini amalga oshirish munosabati bilan yer usti transportining har qanday turidan Ahdlashuvchi Tomonlarning davlat hududidagi yoki uchinchi davlatlar hududidagi har qanday manzildan(ga) foydalanishga ruxsat etiladi. Aviakorxonalar shaxsiy yer usti transportlaridan foydalanishlari yoki tadbirlarni amalga oshirishni tashkil qilishlari mumkin, shu jumladan yer usti transport tashuvchilari bilan kod-sher bitimi doirasida. Bunday intermodal xizmatlarning kombinatsiyalashgan aralash havo va yer usti transporti tashuvlarini bajarish yoʻli bilan yagona tarif boʻyicha faqatgina yoʻlovchilar va yuk joʻnatuvchilar yuk tashishga jalb qilingan transportlar toʻgʻrisida xabardor qilingandagina amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

16-modda

Tijoriy bitimlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilangan yoʻnalishlarda kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish chogʻida, har ikki Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari Ahdlashuvchi Tomonlarning xohlagan aviakorxonasi bilan yoki uchinchi davlatning tegishli qatnov va transport huquqlari huquqqa ega boʻlgan aviakorxonasi bilan SPA yoki kod-sher kabi tijoriy bitimlarga kirishishi mumkin. Agar uchinchi davlat aviakorxonalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonalari va boshqa aviakorxonalar oʻrtasida bunday uchinchi davlatga, undan va u orqali havo qatnovlari boʻyicha oʻxshash kelishuvlarni amalga oshirishga vakolat bermasa yoki ruxsat bermasa, manfaatdor Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlari bunday kelishuvlarni qabul qilmaslik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar tayinlangan aviakorxona kod-sher bitimi asosida tashuvchi aviakorxona sifatida qatnovlarni amalga oshirayotgan boʻlsa, amalga oshirilayotgan hajmlar bunday aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon hajmlaridan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqa aviakorxonalarning xizmatlari boʻyicha hamkor (marketing) aviakorxona sifatida faoliyat yuritayotgan tayinlangan aviakorxona tomonidan taklif qilinayotgan hajm, mazkur aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga taqdim qilingan hajmga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Havoning beshinchi erkinligi huquqi kod-sher kelishuvlariga asosan yoʻnalishdagi hamkor aviakorxonalar tomonidan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har qaysi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari kod-sher kelishuvga jalb etilgan havo kemalariga, ularning soni, hajmi hamda havo kemasining turini cheklamasdan, parvozlarni toʻgʻri bogʻlovchi reys koʻrinishida tashkil etish sharti bilan tashuvlarni amalga oshirish huquqini berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kod-sher kelishuvi doirasidagi qatnovlar Ahdlashuvchi Tomonlarning odatda bunday xizmatlarga nisbatan qoʻllaniladigan yoʻlovchilarning himoyasi va ularga maʼlumot, xavfsizlik, javobgarlik boʻyicha talablar hamda xalqaro tashishlarni amalga oshiradigan boshqa aviakorxonalarga qoʻllaniladigan har qanday boshqa talablarga javob beradi. Sotilgan har bir chipta boʻyicha xaridor savdo nuqtasida qaysi aviakorxona xizmat koʻrsatishning har bir sohasini amalga oshirishi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatiga parvozlarni amalga oshirishni boshlash taklif qilingan sanadan hech boʻlmaganda oʻttiz (30) kun oldin parvozlar dasturi va jadvalini koʻrib chiqish va/yoki tasdiqlash uchun taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

17-modda

Statistik maʼlumotlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlarining tegishli soʻrovnomasiga binoan Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga yoki hududidan kelishilgan qatnovlar doirasida amalga oshirgan parvozlarga oid axborotlar yoki statistik maʼlumotlar taqdim etilishi lozim va ular tayinlangan aviakorxonalar oʻzlarining aviatsiya maʼmuriyatlariga tayyorlagan va taqdim etgan maʼlumot va axborotlar bilan bir xil shaklda boʻladi. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining aviatsiya maʼmuriyatlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlaridan tashuvlarga oid soʻrashi mumkin boʻlgan har qanday qoʻshimcha statistik maʼlumot Ahdlashuvchi Tomonlardan birining soʻrovnomasiga asosan oʻtkaziladigan ikkala Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasidagi muzokaralarda muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

18-modda

Maslahatlashuvlar va oʻzgartirishlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yaqin hamkorlik ruhida Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyatlari mazkur Bitim qoidalarining qoʻllanilishi va ularga lozim darajada rioya qilish masalalarida vaqti-vaqti bilan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazadilar. Bunday maslahatlashuvlar Ahdlashuvchi Tomon tarafidan soʻrovnoma olingan sanadan boshlab oltmish (60) kun ichida boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlardan biri mazkur Bitim qoidalaridan birortasini oʻzgartirishni lozim deb hisoblasa, boshqa Ahdlashuvchi Tomondan maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin. Bunday maslahatlashuvlar soʻrovnoma kelib tushgandan boshlab oltmish (60) kun ichida boshlanadigan muzokaralar yoki yozishmalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Shu tarzda kelishilgan har qanday oʻzgartirishlar mazkur Bitimning 23-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimga ushbu moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq avvaldan kelishilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz ichki davlat protseduralarini tugatganligi toʻgʻrisidagi xabarnomalari diplomatik kanallar orqali almashganidan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

19-modda

Nizolarni hal etish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash bilan bogʻliq har qanday nizo kelib chiqsa, Ahdlashuvchi Tomonlar, birinchi navbatda, uni toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yoʻli bilan hal qilishga harakat qiladilar. Aviatsiya maʼmuriyatlari ushbu Bitimning 18-moddasi 1-bandi qoidalariga muvofiq bunday muzokaralarda ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlar kelishuvga erishmasalar, ushbu nizo diplomatik maslahatlashuvlar orqali hal etiladi. Bunday maslahatlashuvlar bir Ahdlashuvchi Tomon tarafidan soʻrov olingan sanadan boshlab oltmish (60) kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlar nizoni mazkur moddaning 1 va 2-bandlariga muvofiq muzokara yoʻli bilan hal etishga erishmasalar, ushbu nizo Ahdlashuvchi Tomonlardan birining soʻroviga binoan ikkala Ahdlashuvchi Tomondan bittadan tayinlanadigan arbitr va ushbu tartibda ikki tayinlangan arbitr tomonidan oʻzaro kelishuvga asosan tanlangan uchinchi arbitr tarkibidagi uch nafar arbitrlardan iborat hakamlik sudiga murojaat qilishlari mumkin. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomondan diplomatik kanallar orqali arbitraj oʻtkazilishi boʻyicha soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab oltmish (60) kun ichida arbitrni tayinlaydi. Uchinchi arbitr ikkinchi arbitr tayinlangandan soʻng keyingi oltmish (60) kun ichida tayinlanadi. Uchinchi arbitr boshqa davlat fuqarosi boʻlishi lozim va sud raisi sifatida faoliyat olib boradi hamda arbitraj oʻtkazilish joyini belgilaydi. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining arbitrlarini yuqorida qayd etilgan muddatlarda tayinlay olishmasa, u holda Ahdlashuvchi Tomonlardan biri Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti kengashi Prezidentidan talab qilinayotgan holatga qarab arbitr yoki arbitrlarni tayinlashni soʻrashi mumkin. Bunday holatda uchinchi arbitr uchinchi davlat fuqarosi boʻladi va arbitraj sudining raisi sifatida faoliyat olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Arbitraj sudi oʻz tartibotlarini mustaqil belgilaydi. Milliy arbitrlarning xarajatlarini uning nomzodini koʻrsatgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz zimmasiga oladi. Arbitraj sudi bilan bogʻliq boshqa xarajatlar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur moddaning 3-bandiga muvofiq chiqarilgan har qanday qarorga rioya qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har qanday holatda Ahdlashuvchi Tomonlardan biri mazkur moddaning 3-bandiga muvofiq chiqarilgan qarorga rioya qilmasa va rioya qilmaslikda davom etsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitimga asosan berilgan har qanday huquq yoki imtiyozni cheklashi, rad etishi yoki bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20-modda

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotida roʻyxatdan oʻtish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim va unga keyingi kiritiladigan har qanday oʻzgartirishlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

21-modda

Koʻp tomonlama konvensiyalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitim kuchga kirgandan soʻng u bilan tartibga solinadigan masalalarga taalluqli koʻp tomonlama konvensiya yoki bitimga qoʻshilgan hollarda, mazkur Bitimni bunday koʻp tomonlama konvensiya yoki bitim shartlariga muvofiqlashtirishni aniqlash maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning 18-moddasiga muvofiq maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

22-modda

Tugatilishi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon istalgan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimning amal qilishini tugatish qarori toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali xabardor qilishi mumkin. Ayni vaqtda bunday mazmundagi xabarnoma Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga ham yuboriladi. Bunday hollarda Bitimning amal qilishi bir Ahdlashuvchi Tomon xabarnomasi boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarafidan olingan kundan boshlab oʻn ikki (12) oydan soʻng tugatiladi, basharti bu muddat davomida Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida bunday xabarnoma qaytarib olinmasa. Boshqa Ahdlashuvchi Tomonning bunday xabarnomani olganligi tasdiqlanmasa, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti xabarnomani olgan sanadan boshlab oʻn toʻrt (14) kun oʻtgach u olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

23-modda

Kuchga kirishi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarilganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnoma olingan sanadan keyingi ikkinchi oyning birinchi kunidan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuning tasdigʻi sifatida, oʻzlarining hukumatlari tomonidan tegishlicha vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budapesht shahrida 2023-yil 19-avgustda har biri oʻzbek, venger va ingliz tillarida ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilishda har qanday tafovut yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Vengriya Hukumati oʻrtasidagi havo qatnovi toʻgʻrisidagi Bitimga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻnalishlar jadvali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-boʻlim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya maʼmuriyatlari tomonidan tayinlangan aviakorxonalar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha havo kemalari qatnovlarini amalga oshirish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasidagi manzillar

Oraliq manzillar

Vengriyadagi manzillar

Tashqi manzillar

Xohlagan manzil yoki manzillar

Xohlagan manzil yoki manzillar

Xohlagan manzil yoki manzillar

Xohlagan manzil yoki manzillar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-boʻlim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vengriya Aviatsiya maʼmuriyatlari tomonidan tayinlangan aviakorxonalar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha havo qatnovlarini amalga oshirish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vengriyadagi manzillar

Oraliq manzillar

Oʻzbekiston Respublikasidagi manzillar

Tashqi manzillar

Xohlagan manzil yoki manzillar

Xohlagan manzil yoki manzillar

Xohlagan manzil yoki manzillar

Xohlagan manzil yoki manzillar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tayinlangan aviakorxonalar bir yoki bir necha manzillarni oʻzgartirishi yoki Ilovaning 1 va 2-boʻlimlarida koʻrsatilgan yoʻnalishlardagi manzillarni toʻliq yoki qisman tushirib qoldirishi mumkin, xususan, joʻnash manzili aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari oʻzlariga qulay boʻlishi uchun manzillarni 1 va 2-boʻlimlarda belgilangan yoʻnalishlarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida birlashtirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1 va 2-boʻlimlarda koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi manzillar hamda Vengriya hududidagi manzillar va har ikkala yoʻnalishlarda oʻrnatilgan oraliq va tashqi manzillar havoning beshinchi erkinligi huquqlarisiz amalga oshirilishi, Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari tomonidan erkin tanlangan boʻlishi va qatnovlar amalga oshirilishidan 30 kun oldin Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyati tomonidan taqdim qilinishi lozim. Dastlabki tanlangan manzillar shu tartibda oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida bunday bitim tuzilib kuchga kirmasa, oraliq manzillar va tashqi manzillar hamda boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi manzillar oʻrtasida beshinchi erkinlik huquqi qoʻllanilmaydi.