10.02.2024 yildagi SQ-875-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda 2024-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 25-maydagi SQ-297-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish yoʻnalishida 13 ta normativ-huquqiy hujjat (3 ta qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni va 2 ta qarori hamda hukumatning 6 ta qarori) qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unda jinsiy zoʻravonlik, jumladan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etganlarga nisbatan javobgarlik choralarining kuchaytirilishi bilan birga, ushbu toifadagi jinoyatlar uchun qonunchilikda koʻzda tutilgan yengilliklar berilmasligi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish, yarashganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish kabi choralar qoʻllanilmasligi qatʼiy belgilab qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jins boʻyicha kamsitishni targʻib qilish, shu jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etish, ushbu mazmundagi qarashlarni, gʻoyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish boʻyicha maʼmuriy javobgarlik belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar koʻrsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan 40 foizga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genderga oid audit oʻtkazilishi qonunchilik bilan mustahkamlanib, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan mazkur auditni oʻtkazish uslubiyati va uch yillik rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkilotining “Haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisida”gi (132-sonli), “Ishlayotgan ayollar va erkaklar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatga ega ishchilar toʻgʻrisida”gi (156-sonli), “Toʻliqsiz ish kuni toʻgʻrisida”gi (175-sonli) konvensiyalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida qonun loyihalari hukumatga kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homilador va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilayotgan xotin-qizlarga moslashuvchan ishlash imkoniyatini yaratish, tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning xulq-atvorini oʻzgartirish, saylovga oid normalarda gender balansini belgilash hamda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha 4 ta normativ-huquqiy hujjat (1 ta qonun va 3 ta hukumat qarori) loyihalari ishlab chiqildi va hukumatga kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan rahbar xotin-qizlarni tayyorlash boʻyicha 60 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etilib, unda 319 nafar xotin-qiz oʻqitildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kadrlar zaxirasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarlari hamda tuman (shahar) hokimlari lavozimlari uchun jami 970 nafar, shundan 162 nafar nomzoddan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gender tenglik yuzasidan media mahsulotlarni monitoring qilish natijalariga koʻra respublika telekanallarida 89 ta holatda, davriy nashrlarda 70 ta holatda, Internet jahon axborot tarmogʻi resurslarida 549 ta holatda gender tenglikka mos boʻlmagan epizodlar mavjud deb topilib, tegishli chora koʻrish uchun vakolatli organlarga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gender tenglik tamoyillariga muvofiq ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinayotgan materiallarni gender tenglik tamoyillariga muvofiq holda tayyorlash yuzasidan “Gender zoʻravonlik holatlariga huquq-tartibot organlari tomonidan munosabat bildirish siyosati”, “Gender-taʼsirchan jurnalistika: xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikni ommaviy axborot vositalarida qanday yoritish kerak”, “Gender-sezgir jurnalistika”, “Ayollar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari: xalqaro va milliy mexanizmlar” mavzularida turkum oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 262,2 ming xotin-qizga 4,5 trln soʻm miqdorida kredit, ishsiz va ijtimoiy daftarlarda roʻyxatda turuvchi 56,8 mingdan ziyod xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, oʻzini oʻzi band qilish uchun 274 mlrd soʻm subsidiyalar ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika miqyosida 250 mingdan ziyod ayollar “Ishga marhamat” monomarkazlari, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida va boshqa nodavlat taʼlim muassasalarida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayollarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish yoʻnalishida 3,2 mln ayol onkoskrining tekshiruvidan oʻtkazildi. Kasallik aniqlangan 3 662 ayoldan 3 643 nafari sogʻlomlashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan oʻtkazilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi va granti tanlovlarida xotin-qizlar bandligini taʼminlash, erta nikoh va ajrimlarni kamaytirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularga huquqiy, psixologik koʻmak koʻrsatish sohalari boʻyicha 39 ta loyiha uchun 6,6 mlrd soʻm ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini (bundan buyon matnda Strategiya deb yuritiladi) amalga oshirishda qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Strategiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha samarali faoliyat tashkil eta olmaganligi sababli 2023-yilda belgilangan ayrim maqsadli koʻrsatkichlar bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida (hokim) va siyosiy partiyalarning rahbarlik lavozimlarida hamda sudyalar orasida xotin-qizlarning ulushi, ayollar boshchilik qiladigan yuridik maqomdagi korxonalar va tashkilotlar ulushini oshirish, OIV infeksiyasi yuqtirgan ayollar va erkaklar intensiv koʻrsatkichini kamaytirish boʻyicha rejalashtirilgan maqsadga erishilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan budjetni shakllantirishda ayollarning ishtirokini oshirish choralarini koʻrishga oid topshiriq ijrosi yuzasidan faqatgina xorijiy tajriba oʻrganilishi bilan cheklanilgan. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda budjetni shakllantirishda xotin-qizlarning ishtirokini taʼminlash boʻyicha amaliy choralar koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashi organlarining faoliyati samarali tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarida Maslahat kengashi organlarini faqat tuzish bilangina cheklanilgan, ular deyarli faoliyat yuritmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda xotin-qizlarning aksariyati xususiy sektorda band boʻlishiga qaramay, xususiy korxonalar, tashkilot va muassasalarda bu kabi Maslahat kengashlari organlari tashkil etilishini ommalashtirish yetarli darajada olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarning boshqaruv lavozimdagi ulushi iqtisodiyotning tarmoqlar kesimida tahlil qilish koʻrsatganidek, qurilish sohasida ayol rahbarlar 4,3 foizni, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasida 6,3 foizni, tashish va saqlash sohasida 7,6 foizni, sanoat sohasida 8,6 foizni, moliyaviy va sugʻurta faoliyati sohasida 11,6 foizni, savdo sohasida 11,8 foizni, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 14 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, “Rahbar ayollar maktabi” oʻquv dasturining 99 nafar bitiruvchisi Milliy kadrlar zaxirasi maʼlumotlar bazasiga kiritilgan boʻlib, ularning atigi 10 foizi rahbarlik lavozimlariga tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarida xotin-qizlarning ulushini oshirish boʻyicha samarali choralar koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Din ishlari boʻyicha qoʻmitada xotin-qizlarning ulushi 9,1 foizni, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida 11,2 foizni, Suv xoʻjaligi vazirligida 11,6 foizni, Tashqi ishlar vazirligida 12,8 foizni, Qishloq xoʻjaligi vazirligida 16,2 foizni, Transport vazirligida 16,8 foizni, Energetika vazirligida 16,7 foizni, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida 17,5 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ushbu koʻrsatkichning tuman, shahar hokimliklari devonidagi tahlili 117 ta tuman (shahar) hokimligida 2 — 12,7 foizni, 63 tasida 13 — 20 foizni tashkil qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi ishlar ham talab darajasida emas. Masalan, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlarining imkoniyatlaridan umuman foydalanilmagan. Bugungi kunda ushbu mukofot bilan taqdirlangan 424 nafar xotin-qizdan 22 nafari (yoki 8,4 foizi) vazirlik va idoralarning markaziy apparatida, 6 nafari rahbarlik lavozimlarida, 8 nafari deputatlikda faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan 2023-yilda xorijga taʼlim olish uchun yuborilgan yoshlar orasida xotin-qizlar ulushi 30,6 foizni tashkil etgan (274 nafardan 84 nafari xotin-qizlar). Xususan, magistratura taʼlim dasturi boʻyicha ayollar 22 foizni (159 nafardan 35 nafari), doktorantura taʼlim dasturi boʻyicha 20,6 foizni (29 nafardan 6 nafar) tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorantura taʼlim dasturi boʻyicha Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan tashqari boshqa hududlar boʻyicha birorta ayol taʼlim olish uchun yuborilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlimning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, muhandislik, ishlab chiqarish va ishlov berish hamda texnika yoʻnalishlarida tahsil olayotgan xotin-qizlarning ulushi hamon pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2022/2023 oʻquv yilida oliy oʻquv yurtlaridagi talabalar orasida xotin-qizlar ulushi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida 30 foizni, muhandislik ishi sohasida 26 foizni, ishlab chiqarish va ishlov berish sohasida 20 foizni va texnika yoʻnalishida 14 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida ayol rahbarlarni qoʻllab-quvvatlash va lavozimlarini koʻtarish boʻyicha taʼsirchan choralar amalga oshirilmaganligi sababli bugungi kunda ularning soni quyi darajada qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 213 ta umumiy oliy taʼlim muassasasida atigi 13 nafar rektor, 51 nafar prorektor lavozimlarida ayollar faoliyat koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga nomzodlar yuzasidan eʼlon qilingan tanlovlarga Milliy kadrlar zaxirasidagi xotin-qizlarning nomzodlarini jalb qilish va joylarda targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish ishlari yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan jami 1 826 ta korxona boʻyicha maʼlumotlar oʻrganilganda 266 tasida kuzatuv kengashi raisi va 1 335 tasida kuzatuv kengashi aʼzolik oʻrinlari mavjud boʻlib, ularda atigi 116 nafar (8,7 foiz) xotin-qiz faoliyat koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha nomzodlarni koʻrsatish uchun maxsus veb-portal (www.cns.davaktiv.uz) orqali jami 4 ta tanlov eʼlon qilingan boʻlib, mazkur tanlovlarda ishtirok etish uchun 64 ta korxonaning davlat ulushi boʻyicha 314 nafar aʼzolik oʻrinlariga 845 nafar talabgor orasida bor-yoʻgʻi 27 nafar (3 foiz) ayol nomzoddan arizalar kelib tushgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-yanvarga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari orasida xotin-qizlarning ulushini kamida 30 foizga yetkazish belgilangan boʻlsa-da, ammo bugungi kunda ularning ulushi bor yoʻgʻi 15 foizni tashkil etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, tazyiq va zoʻravonlik holatlarini baholovchi xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekistonning holatini yaxshilash boʻyicha aniq takliflar shakllantirilmagan va choralar belgilanmagan, birgina “Global ayollar, tinchlik va xavfsizlik indeksi” nomli risola chop etish bilan cheklanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, “Global gender tafovuti” indeks hisobotida Oʻzbekistonning oʻrnini aks ettirish boʻyicha Indeks hisobotini tuzishda ishtirok etuvchi xalqaro tashkilotlar ekspertlari bilan hamkorlik qilish, ularga zarur boʻlgan maʼlumotlarni yetkazish, shuningdek, Indeksda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrnini aks ettirish borasidagi aniq choralarni oʻz ichiga olgan “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi M. Kadirxanovaning 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda 2024-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklariga Strategiyada va uni 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hududiy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin hamda tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakunida keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tahliliy axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining ijrosi yuzasidan tahliliy maʼlumotlarni hamda mavjud muammolarni batafsil oʻrganish asosida 2025-yilga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda hududlardagi iqtidorli va istiqbolli xotin-qizlarni aniqlash va ularning salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Strategiyaning maqsadli koʻrsatkichlari bilan ishlash boʻyicha Qoʻmita faoliyatini samarali tashkil etish choralarini koʻrsin, zarur hollarda maqsadli koʻrsatkichlarga erishishda yuzaga kelayotgan muammolar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Davlat budjeti va mahalliy budjetlardan gender tenglikka erishishni hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash borasida mablagʻlar ajratilishini tahlil qilib borsin hamda har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tahliliy maʼlumotlarni kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj, notinch oilalarda yashayotgan xotin-qizlarning taʼlim olishiga koʻmaklashish va ularni kasbga yoʻnaltirish holatini monitoring qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash boʻyicha Maslahat kengashlari faoliyatini toʻgʻri va samarali tashkil etish maqsadida reja asosida seminar-treninglar oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi har chorak yakuni boʻyicha Strategiyaning amalga oshirilishi yuzasidan masʼul vazirlik va idoralarning axborotlarini eshitib, tegishli choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tegishli soha va tarmoqlarda gender maqsadlariga erishish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosini Kengash sessiyalarida tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi M. Kadirxanova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-875-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 10-fevraldagi SQ-875-IV-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga va gender zoʻravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunchilik asoslarini va institutsional tizimni takomillashtirish

1.

Xalqaro mehnat tashkilotining “Mehnat sohasida tazyiq va zoʻravonlik toʻgʻrisida”gi (2019-yil 10-iyundagi 190-sonli) konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish choralarini koʻrish.

Bunda ish joyida yoki ish bilan bogʻliq holatda sodir etilgan jinsiy zoʻravonlik/tegajogʻlik uchun jinoiy javobgarlik hamda ish joyida yoki ish bilan bogʻliq holatda jinsiy zoʻravonlik/tegajogʻlikdan jabrlangan shaxsga kompensatsiya toʻlash masalasini oʻrganib chiqish.

1. Xalqaro mehnat tashkilotining 190-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilishga oid Qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh tuzish.

mart

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ish beruvchilar Konfederatsiyasi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qoʻllash va xorijiy davlatlar amaliyotini oʻrganish.

iyun

3. Oʻrganish natijalari asosida Qonun loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda kelishish.

iyul

4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

avgust

2.

Farzand tugʻilishi munosabati bilan erkaklarga ish haqi saqlangan holda qisqa muddatli taʼtil berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh tuzish.

mart

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ish beruvchilar Konfederatsiyasi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish.

aprel

3. Oʻrganish natijalari asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish, jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish.

may

4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

iyun

3.

Davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlar uchun munosib va qulay mehnat sharoitlarini yaratish, ish vaqtidan unumli foydalanishni tashkil qilish maqsadida mehnatni normallashtirish boʻyicha namunaviy mehnat normalarini ishlab chiqish.

1. Mutasaddi vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etish.

mart

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Ish beruvchilar konfederatsiyasi

2. Toʻliq ish vaqti davomida tegishli malakaga ega boʻlgan xodim mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan mehnat vazifasini toʻliq bajarishga erishish uchun, shu jumladan masofaviy ishdagi, mehnat normalarini joriy qilish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.

aprel-may

3. Mehnat normalarini belgilash mumkin boʻlgan va maqsadga muvofiq hisoblanadigan ish turlarini aniqlash va tahlil qilish.

iyun-iyul

4. Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari uchun namunaviy mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda kiritish.

noyabr

4.

Xalqaro mehnat tashkilotining “Qishloq xoʻjaligida mehnat gigiyenasi va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi (2001-yil 5-iyundagi 184-sonli) konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish choralarini koʻrish.

1. Xalqaro mehnat tashkilotining 184-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilishga oid Qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh tuzish.

mart

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ish beruvchilar Konfederatsiyasi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qoʻllash va xorijiy davlatlar amaliyotini oʻrganish.

iyul

3. Oʻrganish natijalari asosida qonun loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda kelishish.

avgust

4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

noyabr

5.

Xalqaro mehnat tashkilotining “Tadbirkorning toʻlovga qodir boʻlmaganligi taqdirda ishchilarning talablarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi (1992-yil 3-iyundagi 173-sonli) konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasini oʻrganish.

1. Xalqaro mehnat tashkilotining 173-sonli Konvensiyasining normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasini oʻrganish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh tuzish.

aprel

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ish beruvchilar Konfederatsiyasi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qoʻllash va xorijiy davlatlar amaliyotini oʻrganish.

avgust

3. Oʻrganish natijalari asosida Konvensiyani ratifikatsiya qilish yuzasidan xulosa va aniq takliflar ishlab chiqish.

sentabr

4. Ishlab chiqilgan xulosa va aniq takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish.

sentabr

6.

Oilaviy zoʻravonlik sodir etilishi xavf darajasi yuqori boʻlgan holatlarda xotin-qizlar xavfsizligini taʼminlash masalasini oʻrganish.

1. Oilaviy zoʻravonlik sodir etilishi xavf darajasini baholash tizimini yaratish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh tuzish.

mart

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

nodavlat notijorat tashkilotlari

(kelishuv asosida)

2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qoʻllash va xorijiy davlatlar amaliyotini oʻrganish.

aprel

3. Oʻrganish natijalari asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish.

may

4. Ishlab chiqilgan xulosa va aniq takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish.

iyun

II. Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash

7.

Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish.

1. Saylov jarayonlariga puxta tayyorgarlik koʻrish hamda saylovlarning barcha bosqichida xotin-qizlarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha alohida dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Dastur ishlab chiqish — mart,

Siyosiy partiyalar

(kelishuv asosida),

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

OʻzMTRK,

OʻzA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari

2. Jamiyatda “Ayol siyosatchi” obrazi toʻgʻrisida ijobiy fikrni shakllantirishga qaratilgan targʻibot ishlarini olib borish.

3. Siyosatchi ayollar haqida media mahsulotlar tayyorlash hamda markaziy, mahalliy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilishini tashkil etish.

amalga oshirish yil davomida

8.

Mahalliy Kengash deputatligiga nomzod xotin-qizlarning siyosiy faolligini kuchaytirish.

1. Mahalliy Kengash deputatligiga nomzod xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish.

2. Mahalliy Kengash deputatligiga nomzod xotin-qizlarning siyosiy faolligini va bilimlarini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda uning hududiy filiallarida oʻqitish. Bunda:

oʻquv kurslarini tashkil qilish dasturini va rejasini ishlab chiqish;

oʻquvlarga yetakchi mutaxassislarni, siyosatchilarni va olimlarni jalb qilish.

alohida reja asosida

Siyosiy partiyalar

(kelishuv asosida),

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

vazirlik va idoralar

9.

Davlat boshqaruvida xotin-qizlar ulushini oshirishda siyosiy partiyalarning ishtirokini yanada kengaytirish.

1. Jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy faolligini ragʻbatlantirishga qaratilgan siyosiy partiyalarning dasturlarini ishlab chiqish.

may

Siyosiy partiyalar

(kelishuv asosida),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari

(kelishuv asosida)

2. “Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirishda siyosiy partiyalarning oʻrni va roli” mavzusida hududiy va respublika ilmiy-amaliy anjumanini tashkil etish.

iyun

10.

Saylovlarda xotin-qizlarning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida “Siyosiy jarayonlarga befarq emasman” shiori ostida targʻibot kampaniyasini tashkil etish.

1. “Siyosiy jarayonlarga befarq emasman” shiori ostida targʻibot kampaniyasini tashkil etish dasturini ishlab chiqish.

may

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

vazirlik va idoralar,

Nodavlat notijorat tashkilotlari

(kelishuv asosida)

2. Targʻibot tadbirlari doirasida foydalanish uchun turli buklet, flayer, ijtimoiy roliklar ishlab chiqish va chop etish.

iyul

3. Targʻibot tadbirlarga atoqli ilm-fan namoyandalari, siyosatchilari, madaniyat va sanʼat arboblari, taniqli yozuvchi va shoirlar, yosh ijodkorlar, sportchilar va faol xotin-qizlarni keng jalb qilish.

avgust — oktabr

4. Kampaniya doirasida ommaviy axborot vositalarida turli ijtimoiy roliklar efirga uzatilishini, ijtimoiy tarmoqlarda taniqli, yetakchi ayollar ishtirokida xeshteglar va fleshbomlar oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish.

avgust — oktabr

5. Mahallalarda va mehnat jamoalarida saylov qonunchiligidan xabardorlik va huquqiy savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar va davra suhbatlari oʻtkazish.

avgust — oktabr

III. Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash

11.

Davlat xizmatidagi xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy salohiyatini oshirish.

1. Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallari tomonidan davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan faol xotin-qizlarning kasbiy va intellektual salohiyatini oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquvlar tashkil qilish.

aprel

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Xotin-qizlarning kasbiy va shaxsiy malakasini oshirish boʻyicha interaktiv maxsus onlayn kurslarni ishlab chiqish hamda xodimlarning masofaviy oʻquvlarini taʼminlash.

yil davomida

12.

Lavozimi koʻtarilishida xotin-qizlar uchun genderning vertikal segregatsiyasi muammosini bartaraf etish.

1. Davlat organi, tashkiloti va korxonasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar orasidan istiqbolli va iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va vazirlik va idoralar kesimida kadrlar zaxirasini shakllantirish.

iyun

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Zaxiraga kiritilgan xotin-qizlarning bilim va kasbiy koʻnikmalarini muntazam rivojlantirish hamda ularni yuqori rahbarlik lavozimlariga maqsadli tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv dasturlari va oʻquv rejalarini ishlab chiqish.

Bunda:

har bir davlat organi, tashkiloti va korxonasi kadrlar zaxirasiga kiritilgan xotin-qizlar uchun qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish boʻyicha individual dastur, zaxiradagi kadrlarni oʻqitish dasturlari va rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

oʻquv jarayoniga mahalliy va xorijiy yetakchi taʼlim va oʻquv muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini shartnoma asosida jalb qilish amaliyotini joriy etadi;

individual dasturda zaxiradagi mutaxassis bilan uni kasbiy yuksaltirishda olib boriladigan individual ishlar, xususan, oʻqitish, malakasini oshirish, amaliyot oʻtashi, tajribali rahbarlar va mutaxassislarga biriktirilishi, rotatsiya qilinishi masalalariga eʼtibor qaratiladi.

iyul

3. Maxsus oʻquv dasturlari va oʻquv rejalari asosida oʻquvlarni tashkil qilish.

4. Har chorakda amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganib borish va monitoring qilish.

reja asosida har chorakda

13.

Xotin-qizlarning davlat xizmatida faoliyat yuritishi jozibadorligi va ish rejimi qulayligini oshirish.

1. Tanlov asosida davlat organi, tashkiloti va korxonasida, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida moslashuvchan va masofaviy ish rejimlari tashkil etilganligi yuzasidan pilot tariqasida 40 ta vazirlik va idorada oʻrganish olib borish.

aprel

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Ish beruvchilar konfederatsiyasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender tadqiqot instituti

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha puxta va asoslangan takliflar ishlab chiqish.

noyabr

14.

Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan xotin-qizlarda liderlik koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish borasida tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish.

1. Oliy taʼlim muassasalarda talaba xotin-qizlardan iborat “Lider qizlar klubi” faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish.

aprel

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari

2. Klub aʼzolarini vazirlik va idoralarda va ularning quyi tuzilmalarida maqsadli amaliyot oʻtash tartibini yoʻlga qoʻyish.

aprel

3. Vazirlik va idoralarda malakali mutaxassisga biriktirish (ustoz-shogird) orqali ularni kasbiy mahoratini oshirish.

aprel

4. Rahbar ayollar bilan tajriba ulashish maqsadida uchrashuvlar oʻtkazish.

reja asosida

5. Barcha qilingan ishlarni OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish.

yil davomida

15.

Oliy oʻquv yurtlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning huquqiy bilimini mustahkamlash va huquqiy madaniyatini yuksaltirish.

1. Oliy taʼlim muassasalardagi xotin-qizlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bunda huquqiy bilimlarni sodda va koʻrgazmali oʻrgatishga qaratilgan koʻrgazma, tanlov, aksiya, fleshmob, davra suhbatlari, seminar-treninglar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish va ularda flayerlar, bukletlar, taqdimot slaydlari, videoroliklar tarqatish nazarda tutiladi.

aprel

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda tadbirlarni oʻtkazish.

reja asosida

16.

Davlat xizmatida jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishga oid holatlarni tahlil qilish.

1. Xodimlar oʻrtasida gender tenglikni taʼminlash, jins boʻyicha kamsitish va ish joyidagi turli tazyiq va zoʻravonliklar boʻyicha ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish.

aprel

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Mehnat tadqiqotlari instituti,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari nodavlat notijorat tashkilotlari

(kelishuv asosida)

2. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarning buzilishiga doir murojaatlarni koʻrib chiqish hamda ularni tiklash boʻyicha choralar koʻrish.

doimiy

17.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashlarining faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxona, tashkilot va muassasada xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash boʻyicha maslahat kengashlari organlari faoliyatini ommalashtirish choralarini koʻrish.

yil davomida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Ish beruvchilar konfederatsiyasi,

manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Maslahat kengashlari organlari ishini toʻgʻri va samarali tashkil etish maqsadida ularning aʼzolari uchun oʻquv seminarlarni tashkil etish.

reja asosida

18.

Milliy kadrlar zaxirasida xotin-qizlar ulushini 30 foizga yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan xotin-qizlar ulushini vazirlik, idora va tashkilotlar hamda hududlar kesimida tahlil qilish.

iyul

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, vazirlik, idora va tashkilotlar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tahlil natijalari asosida Milliy kadrlar zaxirasida salohiyatli, faol xotin-qizlar ulushini 30 foizga yetkazish choralarini koʻrish.

avgust

3. Rahbarlik lavozimlariga Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishda ayol nomzodlarni inobatga olish va lavozimga tayinlash tizimini joriy etish.

noyabr

19.

Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari tarkibida xotin-qizlar ulushini kengaytirish.

1. Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga nomzodlar yuzasidan eʼlon qilingan tanlovlarga Milliy kadrlar zaxirasidagi xotin-qizlarning nomzodlarini jalb qilish choralarini koʻrish va ommaviy axborot vositalari, Internet ijtimoiy tarmoqlarida tanlovni keng targʻib qilish.

belgilangan muddatlarda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi

2. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxirasidagi xotin-qizlarni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining korporativ boshqaruv boʻyicha oʻquv kurslariga keng jalb etish choralarini koʻrish.

doimiy

20.

Xorijda kadrlar malakasini oshirish, ularning stajirovkadan oʻtishlarini tashkil etish.

1. Har bir vazirlik, idora va tashkilotlarning tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari, ilmiy markazlari va kompaniyalarida malaka oshirish (stajirovka) oʻtish dasturlarini tashkil etish boʻyicha maqsadli buyurtmalarini olish.

aprel

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Manfaatdor vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida xotin-qizlarning xorijda malaka oshirishi va stajirovka oʻtishini tashkil etish.

yil davomida

3. Malaka oshirgan xotin-qizlarning olgan bilimlarini boshqa xodimlar bilan ulashish va oʻz ish amaliyotiga tatbiq qilish choralarini koʻrish.

yil davomida

21.

Jahon iqtisodiy forumining “Global gender tafovuti” (Global Gender Gap) indeksi bilan ishlashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

1. Jahon iqtisodiy forumining “Global gender tafovuti” indeksida Oʻzbekiston oʻrnini aks ettirish maqsadida mazkur indeksni ishlab chiquvchi jamoasi bilan aloqa oʻrnatish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

aprel

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Jahon iqtisodiy forumining “Global gender tafovuti” indeksi hisobotini tuzishda ishtirok etuvchi tashkilotlar (Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNESKO, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqalar) vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish.

may — avgust

3. Zarur maʼlumotlarni ushbu Indeks hisobotini tuzuvchilariga yetkazish.

doimiy

22.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Ijtimoiy institutlar va gender indeksi”da (The Social Institutions and Gender Index) Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrish.

1. Mutasaddi vazirlik va idoralar vakillarini hamda NNT va xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda “Ijtimoiy institutlar va gender indeksi” (The Social Institutions and Gender Index) indeksida Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan omillarni oʻrganish.

iyun

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda Indeksning har bir oʻlchov mezonlari boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

avgust

3. Takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish.

avgust

23.

Media mahsulotlarini gender tenglik tamoyillari yuzasidan monitoring qilish choralarini koʻrish.

1. Ishlab chiqilgan tartib asosida har olti oyda media mahsulotlarni gender tenglik yuzasidan monitoringdan oʻtkazish.

2. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasiga tahliliy maʼlumot taqdim qilish.

har olti oy yakunlari boʻyicha

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi,

OʻzMTRK,

OʻzA

24.

BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan tashkilotlarning gender tenglikka erishish boʻyicha faoliyat samaradorligini baholashga qaratilgan xalqaro “Gender tenglik nishoni” talablarini oʻrganish va tatbiq qilish.

1. BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) vakillari, mutaxassislar va ekspertlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi

2. Mutaxassislar va ekspertlarning tavsiyalarini amaliyotga tatbiq qilish boʻyicha oʻrganish olib borish.

aprel

3. Tajriba sinov tariqasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Bojxona qoʻmitasi tomonidan xalqaro “Gender tenglik nishoni”ni olish boʻyicha manzilli choralar koʻrish.

dekabr

25.

Xotin-qizlarning xalqaro miqyosda davlat hamda oʻzi faoliyat yuritayotgan davlat organi va tashkiloti nomidan vakil boʻlish hamda xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchilarini lavozimga tayinlashda gender tenglikni taʼminlash masalasini oʻrganib chiqish.

2. Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi ayol (xotin-qiz) elchilari sonini oshirish choralarini koʻrish.

yil davomida

Tashqi ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

26.

Rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar tomonidan aholini tashvishga solayotgan muammolarni bevosita hududga chiqib hal qilish amaliyotini kengaytirish.

1. Rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish, ular tomonidan aholini tashvishga solayotgan muammolarni bevosita hududga chiqib hal qilish boʻyicha grafik-rejalarni ishlab chiqish.

aprel

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Grafik-reja asosida aholini, ayniqsa ayollarning tashvishga solayotgan muammolarni oʻrganish va tegishli choralar koʻrilishini taʼminlash.

yil davomida

27.

Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlash amaliyotini kengaytirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ishlarda ularning faolligini oshirish.

1. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlarida gender tenglikni taʼminlash masalasini oʻrganib chiqish.

2. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlarida ayollar (xotin-qiz) sonini oshirish choralarini koʻrish.

yil davomida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

IV. Taʼlim, ilm-fan, sport hamda sogʻliqni saqlash sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash

28.

STEM (Sience — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — texnik ijodkorlik, Mathematis — matematika) yoʻnalishlarida oʻqishni istagan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash.

1. STEM yoʻnalishlarida chekka hududlardagi xotin-qizlar uchun imtiyozli oʻquv kurslarini tashkil etish.

yil davomida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Xotin-qizlarni ilm-fan, innovatsiya, axborot texnologiyalarni rivojlantirishdagi ishtirokini kengashtirish maqsadida STEM aniq fanlar yoʻnalishida bakalavr va magistratura bosqichi uchun alohida imtiyozli kvotalar belgilash masalasini oʻrganish va takliflar kiritish.

may

3. Talaba-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, qoʻshimcha kasb egallashi, oʻz ustida ishlashi uchun oliy taʼlim muassasalari qoshida ularning ehtiyojidan kelib chiqib, turli oʻquv kurslari, ayniqsa, ustuvor ravishda STEM yoʻnalishlaridagi kurslar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

yil davomida alohida reja asosida

4. Oliy taʼlim muassasalarida STEM yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi professor-oʻqituvchilar va iqtidorli talaba qizlarni xorijiy davlatlarning hamkor universitet va ilmiy tadqiqot muassasalarida tajriba almashish va oʻqib kelishlari uchun hamkor oliy taʼlim muassasalari va Yevropa Ittifoqining Erasmus+ mobillik loyihalarida ishtirok etishini taʼminlash.

yil davomida

29.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tahsil oluvchi xotin-qizlarni IT, muhandislik, matematika, fizika, kimyo, biologiya yoʻnalishlariga jalb qilish choralarini koʻrish.

1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tahsil oluvchi xotin-qizlarni IT, muhandislik, matematika, fizika, kimyo, biologiya yoʻnalishidagi toʻgaraklarga jalb etish.

aprel

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Toʻgaraklar faoliyatini monitoring qilib borish.

doimiy

30.

Oliy taʼlim muassasalarida STEM yoʻnalishlarida tahsil oluvchi talaba qizlarning mutaxassisliklari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar hamda malaka amaliyotlarini tashkil etish.

1. Ish beruvchi tashkilotlar hamda sohada faoliyat yuritayotgan boshqa xoʻjalik subyektlari bilan talaba qizlarning amaliy mashgʻulotlar va malaka amaliyotiga biriktirish boʻyicha shartnomalar tuzish.

mart-aprel

Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari

2. Mazkur shartnomalarga muvofiq amaliy mashgʻulotlar va malaka amaliyotini oʻquv jarayoni jadvali asosida tashkil etish.

reja asosida

3. Malaka amaliyotlarini oʻtayotgan talaba qizlarga korxonalar tomonidan ish haqlari berilishini tashkil qilish.

yil davomida

31.

Xotin-qizlarning ilmiy va startap gʻoyalarini roʻyobga chiqarish koʻnikmalarini shakllantirish, ularni ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb etish.

1. Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tomonidan xotin-qizlarning ilmiy va startap gʻoyalarini roʻyobga chiqarishga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish.

may

Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Oʻrganish natijasida innovatsion loyihalar boʻyicha “Olima ayol” va “Boʻlajak olim” tanlovlarida xotin-qizlarning faol ishtirok etishlarini taʼminlash.

mart — avgust

3. Tanlovlarda ishtirok etishning ahamiyati haqida tushuntirish-targʻibot tadbirlarini tashkil etish va xotin-qizlar uchun loyihalarni tayyorlash boʻyicha oʻquv seminarlarini oʻtkazish.

tanlov eʼlon qilinishidan ikki oy oldin

32.

Xotin-qizlarning ilmiy hamda innovatsion faolligini qoʻllab-quvvatlash.

1. Hududlardagi iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va roʻyxatini shakllantirish.

iyun

Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Aniqlangan xotin-qizlarni Yoshlar akademiyasiga jalb qilish choralarini koʻrish.

doimiy

3. Professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchi ayollar va talaba qizlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga maqsadli jalb qilish.

rejaga asosan

4. Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini Sopus, Web of Sience maʼlumotlar bazasidagi jurnallarda chop etish. Natijalarni ishlab chiqarish sohasida amaliyotga keng joriy etish choralarini koʻrish.

rejaga asosan

33.

Xotin-qizlarning ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va muvaffaqiyatli startap loyihalarini moliyalashtirish.

1. Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va pedagog xodimlari, yosh ayol tadqiqotchilar hamda talaba qizlar tomonidan yaratilgan ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va moliyaviy resurslarni jalb etishda ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish.

avgust

Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Mahalliy va xalqaro koʻrgazma hamda yarmarkalarda ilmiy-tadqiqot natijalari va ishlanmalar namoyish qilinishini taʼminlash.

doimiy

3. Chet ellik mutaxassis-ekspertlar bilan davra suhbatlari va yaratilgan ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan muzokaralar tashkil etish.

doimiy

34.

Xotin-qizlar orasida reproduktiv organlar xavfli oʻsma kasalliklarini erta aniqlash va tizimli nazorat qilish choralarini koʻrish.

Kasalliklar profilaktikasini amalga oshirish maqsadida quyidagi skrining koʻriklari taqsimot rejasini tasdiqlash va sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish:

45 — 65 yoshli ayollarda koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash boʻyicha skrining koʻriklari taqsimot rejasi;

35 — 55 yoshli ayollar orasida bachadon boʻyni saratoni kasalligini aniqlash boʻyicha skrining koʻriklari taqsimot rejasi;

15 — 49 yoshli tugʻish yoshidagi ayollar salomatligini muhofaza qilish, ekstragenital kasalliklarni erta bosqichda aniqlash boʻyicha skrining koʻriklari taqsimot rejasi;

xavf guruhiga mansub aholi orasida sil kasalligini erta aniqlash boʻyicha flyuorografik skrining koʻriklari taqsimot rejasi.

ishlab chiqish — aprel, amalga oshirish reja asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

35.

Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish.

1. Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari “Prenatal tashxis xona”lari, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridagi “Ayollar maslahatxonalari” boʻlimi va bolalar boʻlimlarining moddiy-texnika bazasi holatini oʻrganish.

iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha talab yuqori boʻlgan zamonaviy tibbiy jihozlar va asbob-uskunalar roʻyxatini shakllantirish hamda bosqichma-bosqich jihozlash choralarini koʻrib borish.

yil davomida

36.

Sogʻlom ovqatlanish asoslari, jismoniy faollik, zararli odatlarga qarshi kurashish, reproduktiv salomatlik va tibbiy madaniyatini oshirish boʻyicha targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

1. Sogʻlom ovqatlanish asoslari, jismoniy faollik, zararli odatlarga qarshi kurashish, oilani rejalashtirishda tibbiy madaniyatni oshirish boʻyicha barcha taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda targʻibot ishlarini tashkil etish.

2. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish.

yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

OʻzMTRK,

OʻzA

37.

Ijtimoiy sohalarda, jumladan taʼlim, ilm-fan, sport va tibbiyot yoʻnalishlarida dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan qarorlarni qabul qilish hamda ularni amalga oshirishda xotin-qizlarning ishtirokini kuchaytirish.

1. Taʼlim, ilm-fan, sport hamda sogʻliqni saqlash va shu kabi boshqa sohalarda vazirlik va idoralarning kollegial organlarini gender tenglik asosida tashkil etish masalasini koʻrib chiqish.

may

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Taʼlim, ilm-fan, sport hamda sogʻliqni saqlash sohalarida vazirlik va idoralarning kollegial organlarda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtirok etishini taʼminlash.

yil davomida

38.

Uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, xotin-qizlar va erkaklarni butun umr davomida oʻqishga boʻlgan imkoniyatlarini ragʻbatlantirish.

Davlat xizmatida faoliyat yuritayotgan tajribasi 10 yildan ortiq boʻlgan xotin-qizlar va erkaklar uchun taʼlim dasturlarini koʻpaytirish masalasini koʻrib chiqish. Bunda Davlat boshqaruvi akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va boshqalarda qisqa muddatli (onlayn/oflayn) oʻquv dasturlarini koʻpaytirish choralarini koʻrish.

yil davomida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

39.

Xotin-qizlar va erkaklarning oilani rejalashtirish borasidagi tibbiy madaniyatini oshirish, oilani rejalashtirishda ularning shaxsiy hayotiga uchinchi shaxslarning aralashishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish.

1. Targʻibot-tashviqot guruhlarini tuzish, dasturlarini ishlab chiqish, grafik-reja asosida hududlarda targʻibot ishlarini olib borish.

2. Uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish va tarqatish choralarini koʻrish.

yil davomida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

V. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash

40.

Mahallalarda tashkil etilgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyati samaradorligini oshirish.

1. Markazlarda ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan uyda oʻtirgan ehtiyojmand ayollar bandligini taʼminlash maqsadida mahallalarda talab yuqorigi boʻlgan mahsulot ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil etish.

iyun

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish va tibbiyot profilaktikasini yoʻlga qoʻyish.

yil davomida

3. Mahallalarda tashkil etilgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini samaradorligi yuzasidan Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasiga tahliliy maʼlumot va takliflar taqdim etish.

oktabr

41.

Odam savdosidan jabr koʻrgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etiladigan fuqarolarning oilalaridagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga koʻmaklashish.

1. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etiladigan shaxslar, xotin-qizlarning roʻyxatlarini shakllantirish va har birining oilasi bilan manzilli ishlar boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

yil davomida

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Shaxslar, shu jumladan, xotin-qizlarning oilalaridagi muammolarni oʻrganish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha manzilli choralarni koʻrish (bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, psixologik, huquqiy yordam va boshqalar).

chora-tadbirlar asosida

42.

Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

1. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga muhtoj boʻlgan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish.

2. Aniqlangan muammolarning yechimi boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash.

yil davomida

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi,

Oʻzbekistonlik vatandosh xotin-qizlar kengashi,

Tashqi ishlar vazirligi,

43.

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida band boʻlgan shaxslar orasida xotin-qizlar ulushini kamaytirish.

1. Mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh tuzish.

aprel

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

2. Ishchi guruh tomonidan quyidagi masalalarni oʻrganish:

qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish tarmoqlarida norasmiy band boʻlgan xotin-qizlar ulushini kamaytirish maqsadida ushbu korxonalarda rasmiy band boʻlgan xotin-qizlar ulushidan kelib chiqqan holda ish beruvchi tomonidan oylik ish haqi fondidan toʻlanadigan yagona ijtimoiy toʻlov miqdorini differensial tartibda kamaytirish;

ushbu sohalarda mavsumiy band boʻlgan xotin-qizlarni soliq hisobotlarida aks ettirish orqali aholi bandligini soliq va bandlik organlarida raqamlashtirilgan qayd etish tizimini joriy qilish;

qishloq xoʻjaligi tarmogʻida mavsumiy band boʻlgan xotin-qizlarga kalendar yil uchun toʻliq yillik ish staji berilishini, shu bilan birga, ushbu ayollarga har oy uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlanishini joriy etish.

may

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

iyun

44.

Agrar sektorida ayol rahbarlarning ulushini oshirish choralarini koʻrish.

1. Joylarda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish va tahlil qilish.

may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender tadqiqot instituti,

Oʻzbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi

2. Tadqiqot natijalariga koʻra sohadagi xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushini bosqichma-bosqich oshirib borishga qaratilgan asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

iyun

3. Ishlab chiqilgan takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish.

iyun

45.

Agrar sektorida band boʻlgan xotin-qizlar va erkaklarning malakasini oshirish dasturlarini qoʻllab-quvvatlash.

1. Agrar sektorida band boʻlgan xotin-qizlar, shuningdek, ayol fermer va tomorqa yer egalari roʻyxatini shakllantirish.

aprel

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi,

Oʻzbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

2. Oʻquv materiallari (maʼruza matni, taqdimot, tarqatma material, koʻrgazmali targʻibot vositalari)ni tayyorlash.

may

3. Malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda reja-jadvallar asosida qishloq xoʻjaligi va agrobiznes amaliyotiga oid oʻquv kurslarini (shu jumladan masofaviy) tashkil etish.

reja asosida

46.

Erkaklar va ayollarning yoshga doir pensiyaga chiqishida tenglik prinsipini taʼminlash masalasini oʻrganib chiqish.

1. Pensiyaga chiqish yoshini tenglashtirish masalasida erkaklar va ayollarning fikrini va munosabatini oʻrganish maqsadida soʻrov oʻtkazish. Bunda ayollarning yoshga doir pensiyasini “60 yosh” yoki erkaklarning yoshga doir pensiyasini “55 yosh” etib belgilashga munosabatlariga eʼtibor qaratish. Soʻrov natijasini Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish.

aprel

Oila va gender tadqiqotlar instituti, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi

2. Pensiyaga chiqish yoshini tenglashtirish masalasida soʻrov oʻtkazish. Soʻrov natijasini Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish.

aprel

“Yuksalish” umummilliy harakati

3. Soʻrovnomalar natijalari asosida erkaklar va ayollarning pensiyaga chiqish yoshini tenglashtirish maqsadga muvofiqligini oʻrganish hamda takliflar ishlab chiqish.

may

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender tadqiqotlar instituti

47.

Joylarida xotin-qizlar va erkaklarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish.

1. Hududlarda, ayniqsa qishloq joylarida xotin-qizlar va erkaklarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oʻrganish.

may-iyun

Ijtimoiy himoya Milliy agentligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy axborot maʼlumot tayyorlash.

iyul

3. Taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish choralarini koʻrish.

yil davomida

48.

Ijtimoiy ahamiyatli va yuqumli kasalliklarga duchor boʻlgan bemorlarni qoʻllab-quvvatlash.

1. Ijtimoiy ahamiyatli va yuqumli kasalliklarga duchor boʻlgan bemorlar holidan xabar olish.

2. Donor tashkilotlari bilan ishlash, turli aksiyalarni oʻtkazish orqali davolash uchun zarur mablagʻlarni jamgʻarishda koʻmak berish.

yil davomida

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

NNTlar

(kelishuv asosida)

49.

Xotin-qizlar masalalari boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish, gender siyosatini amalga oshirishda ular ishtirokini qoʻllab-quvvatlash.

1. Xotin-qizlar masalalari boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish, gender siyosatini amalga oshirishda ular ishtirokini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalarni eʼlon qilish.

2. Gender siyosatini amalga oshirishda xotin-qizlar masalalari boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini oshirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish.

yil davomida

Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi,

OʻzNNTMA va uning huzuridagi Jamoat fondi

(kelishuv asosida)

VI. Tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash

50.

Gender tenglikni taʼminlashga oid turli stereotiplarning oldini olish boʻyicha jamoatchilik orasida keng targʻibot ishlarini olib borish.

1. Aholida shakllangan gender stereotiplarni hududlarning oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida targʻibot materiallari, maʼruza va tezislarni ishlab chiqish.

aprel

Oila va gender tadqiqotlar instituti,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

OʻzMTRK,

nodavlat notijorat tashkilotlari

(kelishuv asosida)

Aholida shakllangan gender stereotiplarni bartaraf etish va gender tenglikni aholiga tizimli yetkazish boʻyicha targʻibot guruhlarini shakllantirish hamda hududlarda targʻibot tadbirlarini tashkil etish jadvallarini ishlab chiqish.

may

3. Mahallalar, taʼlim muassasalari va korxona-tashkilotlarda targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

4. OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali aholida shakllangan gender stereotiplarni bartaraf etishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

reja asosida

51.

Davlat boshqaruv organlari mehnat jamoalarida zoʻravonlik turlari va ularning oldini olish boʻyicha qisqa muddatli oʻquvlarni tashkil etish.

1. Malakali psixologlarni jalb etgan holda mehnat jamoalarida zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

aprel

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Barcha davlat xizmatchilarini ushbu dasturlar asosida oʻqitishni tashkil etish.

may — noyabr oylarida

52.

Tazyiq va zoʻravonlik koʻp sodir etiladigan hududlarda tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda oʻrganishlar oʻtkazish hamda bu kabi salbiy holatlarning oldini olish choralarini koʻrish.

1. Tazyiq va zoʻravonlik koʻp sodir etiladigan hududlarni aniqlash va mutaxassislarni jalb etgan holda ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganish.

may

Oila va gender tadqiqotlar instituti,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ushbu hududlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bu kabi salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

iyun

3. Tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha aniq manzilli choralarni belgilash va amalga oshirilishini taʼminlash.

reja asosida

4. Amalga oshirilgan ishlarning natijadorligini tahlil qilish va hududiy komissiya majlislarida muhokama qilish.

dekabr

53.

Tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimiga kiruvchi barcha tashkilotlarning oʻzaro idoralararo hamkorligini yanada muvofiqlashtirish choralarini koʻrish.

1. Mutasaddi vazirlik va idoralar vakillarini hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda idoralararo hamkorlik tizimni yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan omillarni pilot Samarqand, Jizzax va Buxoro viloyatlarida oʻrganish.

aprel

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Yoshlar ishlari agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

pilot viloyatlar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari

(kelishuv asosida)

2. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda idoralararo hamkorlik tizimini yaxshilash boʻyicha aniq mexanizmni ishlab chiqish va infografika koʻrinishida tayyorlash.

may

3. Takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish.

iyun

4. Ishlab chiqilgan tajribani boshqa hududlarda tatbiq etish choralarini koʻrish.

iyul

VII. Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash

54.

Genderga oid huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirish maqsadida umumtaʼlim maktablarida huquqiy savodxonlik boʻyicha interfaol usullardan foydalangan holda mashgʻulotlar oʻtkazish.

1. Umumtaʼlim maktablarida genderga oid huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirish boʻyicha reja ishlab chiqish.

aprel

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

OʻzMTRK,

nodavlat notijorat tashkilotlari

(kelishuv asosida)

2. Rejaga asosan taʼlim muassasalarida yoshlarga xos ochiq darslar, interfaol mashgʻulotlar, koʻrik-tanlovlar, viktorina oʻtkazish.

reja asosida

3. Oʻquvchilarda huquqiy madaniyatni, jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligiga oid tushunchalarni singdirishga qaratilgan qisqa metrajli roliklar yaratish va targʻib qilish.

aprel

55.

Oliy taʼlim, professional taʼlim muassasalarida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha aniq choralarni amalga oshirish.

1. Taʼlim muassasalarida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” maslahatxonalarini tashkil etish.

aprel

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender tadqiqot instituti,

“Madad” NTT

2. “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” maxsus kursi dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

may

3. Talabalarni milliy qadriyatlar ruhida oilaviy hayotga tayyorlashni rivojlantirishga doir trening va metodikalar majmuini ishlab chiqish.

iyun

4. Maxsus kurs dasturi asosida professional va oliy taʼlim muassasalarida yoshlarni oʻqitib borish.

reja asosida

56.

Oilaning birdamligini mustahkamlash, ibratli ota-onalik koʻnikmalarini hosil qilish, oilaviy burch va masʼuliyatni bajarishda otaning va onaning oʻrni va ahamiyatini targʻib qilishni kuchaytirish.

1. Oilaning birdamligini mustahkamlash, ibratli ota-onalik koʻnikmalarini hosil qilish, oilaviy burch va masʼuliyatni bajarishda otaning va onaning oʻrni va ahamiyatini targʻib qilish media-rejasini ishlab chiqish.

mart-aprel

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender tadqiqoti instituti,

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi

2. Media-rejada belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va natijalari haqida maʼlumotlar kiritib borish.

rejaga asosan

57.

Yoshlar oʻrtasida tazyiq va zoʻravonlikni bartaraf qilish, oilaviy ajralishlar va shu kabi salbiy holatlarga ularning munosabati va fikr-mulohazalarini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqot oʻtkazish.

1. Soʻrovnomani ishlab chiqish.

aprel

Oila va gender tadqiqot instituti,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ichki ishlar vazirligi

2. Yosh oilalar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish va natijalari yuzasidan takliflar tayyorlash.

iyun

3. Takliflar asosida aniq chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirilishini taʼminlash.

ishlab chiqish — iyul,

amalga oshirish reja asosida

58.

Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikoh, erta tugʻruq holatini tahlil qilish.

1. Mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh tuzish.

aprel

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender tadqiqot instituti,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ishchi guruh tomonidan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikoh, erta tugʻruq holatini oʻrganish.

may

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot va aniq takliflar tayyorlash.

iyun

59.

Huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, oiladagi mojaro va zoʻravonliklar, oilalar ajrashishi hamda ularning ijtimoiy oqibatlarini kompleks tadqiq qilish asosida ularning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

1. Mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh tuzish.

mart

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oila va gender tadqiqot instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishchi guruh tomonidan huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, oiladagi mojaro va zoʻravonliklar, oilalar ajrashishi holatini oʻrganish.

aprel-may

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ijroga qaratish.

may

60.

Davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan ibratli, faol xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng targʻib etish maqsadida “Yil ayoli” hamda gender tenglikni taʼminlash sohasida idora va tashkilotlarning ilgʻor tajribasini aniqlash maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini oʻtkazish.

1. Tanlovni Nizom talablari asosida belgilangan muddatlarda tashkil etish va oʻtkazish.

2. Tanlov jarayonlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

tanlov nizomida belgilangan muddatlarda

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VIII. Gender jihatlarni hisobga olgan holda rejalashtirish va budjetlashtirish

61.

Gender tenglikni hisobga olgan holda budjetlashtirish tizimini joriy etish.

1. “Gender tenglikni hisobga olgan holda dasturiy budjetlashtirish” tizimining sinov tariqasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi misolida maqsadli indikatorlarni ishlab chiqish;

iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Budjet-soliq ilmiy tadqiqotlari instituti

2. Sinov natijalari asosida “Gender tenglikni hisobga olgan holda budjetlashtirish” uslubiyotini ishlab chiqish.

oktabr

IX. Gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish

62.

Vazirlik va idoralar tomonidan yuritiladigan idoraviy statistik maʼlumotlarni gender koʻrsatkichlarni inobatga olgan holda shakllantirish.

1. Vazirlik va idoralar tomonidan amalda yuritilayotgan idoraviy statistika maʼlumotlarini yuritish shakllarini qayta koʻrib chiqish.

avgust

Statistika agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Vazirlik va idoralarning idoraviy statistika maʼlumot shakllariga gender koʻrsatkichlarni nazarda tutuvchi tegishli oʻzgarishlar kiritish, amaliyotga joriy etish va Statistika agentligiga taqdim etib borish.

2024-yil yakuni bilan

63.

Gender statistikasiga oid maʼlumotlarni oʻzida mujassamlashtirgan toʻplamni tayyorlash.

1. “Oʻzbekistonda xotin-qizlar va erkaklar: fakt va raqamlar” nomli statistik toʻplamni ishlab chiqish.

avgust

Statistika agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishlab chiqilgan toʻplam taqdimotini oʻtkazish.

sentabr

64.

2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlarini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish.

1. Vazirlik va idoralarda Gender statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantiruvchi xodimlar malakasini oshirish.

reja asosida

Statistika agentligi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Maqsadli koʻrsatkichlarning meta maʼlumotlarini shakllantirish.

iyun