1-ILOVA
2-ILOVA
|
Amalga oshiriladigan tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Ijro uchun masʼullar | |
|
I. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish | ||||
|
1. |
Gender tenglikni taʼminlash mexanizmlarini kuchaytirish maqsadida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. |
“Gender audit” tushunchasini yoritishni va ushbu jarayonni oʻtkazish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va jamoatchilik muhokamasiga qoʻyish. |
2021-yil dekabr |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O. Xasanov) |
|
2. |
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlariga mos keladigan maqbul normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish. |
1. Xalqaro mehnat tashkilotining: “Ishlayotgan ayollar va erkaklar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatga ega ishchilar toʻgʻrisida”gi (1981-yil 23-iyundagi 156-sonli); “Bandlikka koʻmaklashish va ishsizlikdan himoyalanish toʻgʻrisida”gi (1988-yil 21-iyundagi 168-sonli); “Toʻliqsiz ish kuni toʻgʻrisida”gi (1994-yil 24-iyundagi 175-sonli); “Kasanachilik toʻgʻrisida”gi (1996-yil 4-iyundagi 177-sonli); “Tazyiq va zoʻravonlik toʻgʻrisida”gi (2019-yil 10-iyundagi 190-sonli) konvensiyalarini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda ulardagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasini oʻrganish. |
2021-yil noyabr |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov) |
|
2. Oʻrganish natijalari asosida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2021-yil dekabr | |||
|
3. |
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar hamda bolalarning moddiy va maʼnaviy huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish. |
Aliment undirish boʻyicha sud qarorlarini ijro qilishda daʼvogar yashab kelayotgan hududdagi davlat ijrochisi va javobgar istiqomat qiluvchi hududdagi davlat ijrochisi oʻrtasidagi hamkorlik aloqasini oʻrnatishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2021-yil iyul |
Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) |
|
4. |
Xotin-qizlar tadbirkorligini, ilmiy va ixtirochilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda gender statistikasini yuritish tizimini takomillashtirish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlar faoliyatini subsidiya va grant shaklida qoʻllab-quvvatlash; xotin-qizlarning ixtirochilik hamda ratsionalizatorlik faoliyatini ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish; Davlat statistika qoʻmitasida gender statistikasini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish boʻyicha xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida alohida tuzilma tashkil etish. |
2021-yil noyabr |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Kuchkarov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
5. |
Iqtidorli xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalarida qoʻllab-quvvatlash maqsadida iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiyalar joriy etish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-hujjat loyihasini ishlab chiqish: ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur oʻzbek ayollari nomi bilan ataluvchi stipendiya joriy etish va uni taqdim etish mexanizmlarini ishlab chiqish; stipendiya taqdim etishda shaffoflik prinsipiga amal qilinishini taʼminlash; stipendiya gʻoliblarining magistratura, doktoranturaga qabul qilinishida imtiyozlar yaratish; stepindiatlarni rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish va yoʻnalishiga koʻra maʼlum amaliyotni oʻtgach rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish. |
2021-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) |
|
6. |
Iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish va rahbarlik lavozimlariga tayyorlashni tizimlashtirish va yaqin kelajakka moʻljallangan strategik vazifalarni belgilash. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish: Iqtidorli qizlar bilan alohida ishlash, ularni ragʻbatlantirish; bunday qizlarning siyosiy malakasini oshirishga, ularni rahbarlik lavozimlariga tayyorlashga qaratilgan tizimli oʻqishlarni tashkil etish; iqtidorli qizlarni aniqlash va ularni rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasiga kiritish ishlarini tizimlashtirish. |
2021-yil sentabr |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Tashqulov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O. Xasanov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
7. |
Taʼlim muassasalaridagi iqtidorli qizlarni ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish maqsadida ular tomonidan yaratilgan intellektual loyihalarni chop ettirish, patentlashtirishda koʻmaklashish. |
Ilm-fan sohasidagi iqtidorli qizlarni ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish maqsadida ular tomonidan yaratilgan intellektual loyihalarni chop ettirish, patentlashtirish mexanizmlari va tartibini ishlab chiqish. |
2022-yil yanvar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattorov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
|
II. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy va gumanitar rivojlantirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish | ||||
|
8. |
“Oʻzbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli” mavzusidagi anʼanaviy forumni oʻtkazish. |
Forumda: xotin-qizlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va mavjud muammolarni muhokama qilish; parlamentdagi ayollar tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish; ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamda gumanitar sohalarda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. |
2021-2022-yillar dekabr |
Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi (M. Kadirxanova) |
|
9. |
Aholini tashvishga solayotgan muammolarni rahbarlik lavozimidagi xotin-qizlar tomonidan hududga chiqib hal qilish amaliyotini kengaytirish. |
1. Aholini tashvishga solayotgan muammolarning tub ildizini oʻrganish. 2. Hududlarda aholi turmush darajasini yuksaltirishga masʼul idoralar (tuzilmalar) faoliyatining samaradorligini tahlil qilish. 3. “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning holatini tanqidiy koʻrib chiqish. 4. Respublika va hududiy Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari faollari va aʼzolari imkoniyatidan keng foydalanish. |
2021-yil avgust |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Kuchkarov), mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), OʻzA (A. Koʻchimov) |
|
10. |
Xotin-qizlarning huquqiy ongi va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish. |
Xotin-qizlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan siyosiy-huquqiy oʻquvlarni doimiy ravishda tashkil etish mexanizmlarini joriy etish. |
2021-yil avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
11. |
Saylov jarayonlariga xotin-qizlar va erkaklarni teng asosda jalb qilish. |
1. Saylov komissiyalarini shakllantirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash. 2. Saylovning barcha bosqichlarida xotin-qizlar va erkaklarning teng asosda ishtirokini kuzatuvchi indikatorlarni ishlab chiqish. |
2021-yil iyul |
Markaziy saylov komissiyasi (Z. Nizamxodjayev) |
|
12. |
Davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan faol xotin-qizlarning kasbiy va intellektual salohiyatini oshirish, ularni rahbarlikka tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida maxsus oʻquvlarni tashkil etish. |
1. Davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan faol xotin-qizlarni aniqlash maqsadida maxsus ekspert guruhini tashkil etish. |
2021-yil iyul |
Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev), Davlat boshqaruvi akademiyasi (A. Bekmurodov), Yuristlar malakasini oshirish markazi (A. Raxmatov) Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya |
|
2. Oʻquv dasturlariga maʼnaviy qiyofani oʻzgartirish, rejalashtirish, jamoani shakllantirish, liderlik va muloqot oʻrnatish koʻnikmalarini shakllantirish mavzularini kiritish. 3. Davlat boshqaruvi akademiyasida tizimli ravishda hududlardan tanlab hamdazaxiraga olingan xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan oʻquvlarni tashkil etish. |
2021-yil sentabr oyidan boshlab | |||
|
13. |
Har bir vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, sud organlarida xotin-qizlarning kadrlar zaxirasini shakllantirish. |
1. Barcha sohalarda faoliyat koʻrsatib kelayotgan liderlik xususiyatiga ega boʻlgan, tashabbuskor, iqtidorli xotin-qizlar roʻyxatining elektron bazasini shakllantirish. |
2021-yil iyul |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O. Xasanov), Davlat boshqaruvi Akademiyasi (A. Bekmurodov), vazirlik va idoralar, Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasini tamomlagan ayol kadrlar zaxirasini shakllantirish. |
2021-yil iyul | |||
|
3. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan barcha maʼlumotlarni umumlashtirish va iqtidorli xotin-qizlarni rahbar kadrlar zaxirasiga elektron bazasini shakllantirish. |
2021-yil avgust | |||
|
4. Rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilgan iqtidorli xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat statistika qoʻmitasiga umumlashtirilgan holda taqdim etib borish. |
2021-yil avgust | |||
|
14. |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari, umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining mamlakatda boʻlayotgan siyosiy oʻzgarishlar jarayonidagi gender siyosatini targʻib qilishga oid oʻquvlar tashkil qilish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hududiy filiallari bilan hamkorlikda joylardagi maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari, umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining fuqarolik masʼuliyatini oshirishga qaratilgan oʻquv dasturlar tuzish. |
2022-yil sentabr |
Davlat boshqaruvi akademiyasi filiallari, Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
2. Oʻquv mashgʻulotlari yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. |
jadval asosida | |||
|
15. |
“STEAM” fanlari (Science — tabiiy fanlar,Technology — texnologiyalar, Engineering — texnik ijodkorlik, Art — sanʼat, Mathematics — matematika) boʻyicha taʼlim olayotgan xotin-qizlarning magistrlik, doktorlik ishlarini davlat tashkilotlari, xususiy kompaniyalarda aprobatsiyadan oʻtkazishlarida qoʻllab-quvvatlash, ilmiy izlanish, tadqiqotlar olib borayotganlarni qoʻllab-quvvatlash. |
1. “STEAM” sohasida taʼlim olayotgan xotin-qizlarning magistrlik, doktorlik ishlarini davlat tashkilotlari, xususiy kompaniyalarda aprobatsiyadan oʻtkazishlarida qoʻllab-quvvatlagan oliy oʻquv yurtlarini ragʻbatlantirish mexanizmini yaratish. |
2021-yil noyabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) |
|
2. Xotin-qizlarni ilm-fan, innovatsiya, axborot texnologiyalarni rivojlantirishdagi ishtirokini taʼminlash maqsadida “STEAM” aniq fanlar yoʻnalishida imtiyozli kvotalar ajratish. |
2022-yil may | |||
|
3. “STEAM” yoʻnalishi boʻyicha chekka hududlardagi xotin-qizlar uchun imtiyozli oʻquv kurslarini tashkil etish va iqtidorli qizlarni aniqlash, ularni oliy taʼlimga imtiyozli oʻqishga qabul qilish mexanizmini yaratish. |
2022-yil may | |||
|
16. |
Davlat statistika qoʻmitasida gender statistikasi koʻrsatkichlari haqqoniy tizimini yaratish va uni muntazam ravishda xalqaro indikatorlar asosida yangilab borilishini, maʼlumotlar ochiqligini taʼminlash. |
1. Davlat statistika qoʻmitasi masʼul xodimlari, xususan ayol kadrlarni xalqaro indikatorlar asosida milliy indikatorlar boʻyicha malakasini oshirish. |
2021-yil 1-avgust |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda |
|
2. Davlat statistika kuzatuvlarini gender koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda takomillashtirib borish. |
doimiy | |||
|
17. |
Respublikaning barcha hududlaridagi, ayniqsa chekka qishloqlardagi iqtidorli qizlarni izlab topish, ularni ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish, ular tomonidan yaratilgan intellektual loyihalarni targʻib etish ishlariga koʻmaklashish. |
1. Chekka hududlardagi iqtidorli qizlarni aniqlash. 2. Ularning intellektual loyihalarga jalb qilish. |
2021-yil avgust |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
3. Ular uchun imtiyozli asosda xorijiy tillar, axborot texnologiyalari boʻyicha oʻquv kurslarini joriy etish. |
2021-yil sentabr | |||
|
18. |
Iqtidorli yosh xotin-qizlarni xorijda chet tillari kurslarida oʻqishlarini taʼminlash, ularni yuqori nufuzli idoralarda stajirovka oʻtashlariga koʻmaklashish. |
1. “El yurt umidi” fondi tomonidan grantlar eʼlon qilish. 2. Shaffoflik prinsipi asosida nomzodlarni koʻrib chiqish. 3. Mazkur grantlar asosida chet elda boʻlgan va amaliyot (stajirovka) oʻtagan xotin-qizlarni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan saralab, rahbarlik zaxirasiga kiritish va rahbarlik lavozimlariga tavsiya etib borish. |
2021-yil iyun oyidan boshlab doimiy |
“El-yurt umidi” fondi (O. Sattarov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O. Xasanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
19. |
Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ishsiz fuqarolarni, ayniqsa chegara (yoki anklav), chekka va borish qiyin boʻlgan olis (togʻli, choʻlli) hududlardagi aholi bandligini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻlamini kengaytirish. |
Qoʻshma chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. Bunda: ishsiz xotin-qizlar va erkaklarni “Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish hududiy markazlari”da oʻqitib borish; “Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi viloyat (shahar) markazlari” orqali ishlash istagida boʻlgan fuqarolar bandligini taʼminlash nazarda tutiladi. |
2021-yil avgust |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Kuchkarov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
20. |
Oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlar va erkaklarni qoʻllab-quvvatlash, bunday shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish, aholining oʻzini oʻzi band qilishga boʻlgan qiziqishini ragʻbatlantirish. |
1. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga soliqlardan beriladigan imtiyozlar boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish. |
2021-yil iyul |
Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Kuchkarov), mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda oʻzini oʻzi band qilish boʻyicha oʻquv kurslarni tashkil qilish. |
2021-yil avgust | |||
|
3. Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarini kengaytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2021-yil sentabr | |||
|
21. |
Oʻrta va oʻrta maxsus maʼlumotga ega fuqarolar uchun mehnat bozorida munosib ish oʻrinlarining hamda kafolatlangan mehnat sharoitlarining yaratilishini qoʻllab-quvvatlash. |
1. Oʻrta va oʻrta maxsus maʼlumotga ega fuqarolar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish. |
2021-2022-yillar |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Kuchkarov), (A. Toshqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
|
2. Bunday toifadagi xotin-qizlar va erkaklarning oʻzini oʻzi band qilish, ularga kredit va subsidiyalar berish uchun Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish tizimini takomillashtirish. |
2021-yil noyabr | |||
|
22. |
Xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalarini, innovatsion gʻoyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash. |
1. Xotin-qizlarni xorijiy ilmiy tadqiqot va oliy taʼlim muassasalariga ilmiy amaliyotlarga yuborish, ularning malakasini oshirish. 2. Xotin-qizlarning ixtirochilik hamda ratsionalizatorlik koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashish. 3. Ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan xotin-qizlar faoliyatini matbuot va OAV orqali keng yoritib borish. |
2021-2022-yillar davomida |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (O. Sattarov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Kuchkarov) Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov) |
|
23. |
Maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, sogʻliqni saqlash hamda erkaklar ulushi kam boʻlgan boshqa sohalarga xotin-qizlar bilan teng ravishda erkaklarni jalb qilishga doir faoliyatni qoʻllab-quvvatlash. |
1. Maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, sogʻliqni saqlash hamda boshqa sohalarda xotin-qizlar va erkaklar ulushini tahlil qilish. |
2021-yil iyul |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) |
|
2. Maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, sogʻliqni saqlash hamda erkaklar ulushi kam boʻlgan boshqa sohalarda kafolatlangan mehnat sharoitlarini yaxshilash. |
2021-yil noyabr | |||
|
3. Ushbu sohalarda qoʻshimcha moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimini joriy etish hamda imtiyozlarni belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi. |
2021-yil dekabr | |||
|
24. |
Gender tenglik sohasidagi statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish tizimini takomillashtirish. |
1. Gender statistikasiga oid maʼlumotlarni doimiy ravishda ochiqlash, OAVlarda yoritish, statistik koʻrsatkichlarning manbalari va metodologiyalari shaffofligini taʼminlash. 2. Gender masalalariga oid xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlarni milliy gender statistikasi bilan doimiy taʼminlab borishni yoʻlga qoʻyish. |
2021-2022-yillar |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
25. |
Mehnat sohasidagi gender statistikasi maʼlumotlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiq takomillashtirish. |
Mehnat statistikalari xalqaro konferensiyasining rezolyutsiyalari va koʻrsatmalariga (munosib mehnat, bandlik, norasmiy bandlik va hokazo) muvofiq mehnat statistikasini doimiy ravishda yangilab borish. |
2021-2022-yillar |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) |
|
26. |
Xotin-qizlar va erkaklarning jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishlarning oldini olishda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash. |
1. Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining mazkur yoʻnalishdagi faoliyatini samarali tashkil etish. 2. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun davlat granti eʼlon qilish va ijtimoiy buyurtmasini joylashtirib borish. 3. Mazkur yoʻnalishda jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish. |
2021-2022-yillar |
Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya, mahalliy davlat hokimiyati organlari, “Yuksalish” umummilliy harakati (B. Bekmurodov), nodavlat notijorat tashkilotlari |
|
27. |
Tazyiq va zoʻravonlik holati qayd etilgan oilalar, ish joylari, jazoni ijro etish muassasalari va boshqa obyektlarning hisobini yuritish, shuningdek tazyiq va zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan yoki ularni sodir etgan gʻayriijtimoiy xulq-atvorga ega shaxslarni aniqlash hamda ular bilan profilaktik ishlar oʻtkazish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish va amalga oshirish: oilalar, ish joylari, jazoni ijro etish muassasalari va boshqa obyektlarda qayd etilgan tazyiq va zoʻravonlik holati yuzasidan ushbu obyekt rahbarlari va aʼzolari bilan profilaktik tadbirlarni tashkil etish; joylarda oilalar bilan ishlash, tazyiq va zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularni qayta tarbiyalash choralarini koʻrish; tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarni ogʻir hayotiy vaziyatdan chiqarish, koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlar va erkaklarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish; rivojlangan mamlakatlarning tajribasini chuqur oʻrgangan holda “zoʻravon” shaxslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, bu borada maxsus oʻquv dasturlarni ishlab chiqish. |
2021-yil iyul |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), manfaatdor vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari |
|
28. |
Oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda barcha oila aʼzolarining masʼulligini oshirish boʻyicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish. |
1. Oilaviy hayotga oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va boshqa masalalar yuzasidan xotin-qizlar va erkaklar uchun maslahatlar berish tizimini takomillashtirish. 2. Oilalarni yoshlarning axloqiy negizlarini buzishga olib keladigan, oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targʻib qiladigan gʻoyalardan himoya qilish. 3. Bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishda xotin-qizlar bilan bir qatorda erkaklarning masʼuliyati hamda rolini oshirish. |
2021-2022-yillar |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva) Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
III. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, gender tenglikka erishishda xorijiy mamlakatlar bilan parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash | ||||
|
29. |
Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda parlamentlar ayol-spikerlari Global sammitini tashkil etish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish va amalga oshirish: Global sammit konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish, ishtirokchilar tarkibi boʻyicha takliflarni tayyorlash; Parlamentlararo ittifoq aʼzolari, BMT tuzilmalari, xorijiy davlatlar parlamentlari hamda xalqaro nohukumat tashkilotlarining delegatsiyalari ishtiroki masalasini oʻrganib chiqish; tadbirni yuqori tashkiliy darajada oʻtkazish, tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish; tadbirning ahamiyatini milliy va xorijiy OAVlarda keng yoritish; tadbir yakuni yuzasidan ishlab chiqilgan hujjat xalqaro tashkilotning rasmiy hujjati sifatida chop etish. |
2022-yil may |
Oliy Majlis Senati, Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
30. |
Xotin-qizlarning xalqaro miqyosda davlat vakili boʻlish hamda xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida mavjud yuqori diplomatik lavozimlarga xotin-qizlarni tayinlashda nomzod kadrlar zaxirasi bazasini shakllantirish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning yuqori diplomatik lavozimlariga erkak nomzodlar bilan birga xotin-qizlar nomzodlari boʻyicha takliflarni kiritib borish. 3. Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar tomonidan eʼlon qilinib boriladigan vakansiyalar haqida maʼlumotlarni doimiy ravishda kuzatib borish. 4. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston uchun kvotalar yoki ochiq tanlovlar eʼlon qilingan taqdirda, xotin-qizlar orasidan munosib nomzodlarni vakil sifatida oʻrnatilgan tartibda ilgari surish. |
2021 avgustdan boshlab doimiy |
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Investitsiyalar (S. Umurzakov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), (T. Ishmetov) |
|
IV. Davlat va jamiyat qurilishida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarning yaratilganligi holatini oʻrganish, shuningdek jamiyatda gender tenglikning taʼminlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy soʻrovlarni tashkil etish | ||||
|
31. |
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlash holatini oʻrganish. |
1. Gender tenglikni taʼminlash sohasidagi xorijiy tajribalarni oʻrganish, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. |
2021-yil sentabr |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O. Xasanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Kuchkarov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), |
|
2. Mahalliy ijro hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlangan xotin-qizlar orasida soʻrovnomalar, intervyu oʻtkazish orqali ularning bir yillik faoliyatini oʻrganish. 3. Maʼlumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish, uning natijalarini OAVda eʼlon qilish. |
2021-yil sentabr | |||
|
32. |
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida xotin-qizlar va erkaklarning bandligi, ular uchun munosib va kafolatlangan mehnat sharoitlarining yaratilganligi holatini oʻrganish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash: olib borilayotgan islohotlarning hududlardagi norasmiy bandlikka taʼsiri; norasmiy sektor ishtirokchilarining huquqiy va ijtimoiy himoyalanganligi va boshqalar. |
2021-yil avgust |
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (O. Xakimov) |
|
33. |
Xotin-qizlar va erkaklar tomonidan mehnatga toʻlanadigan haqlarida tafovutlar boʻlgan kasblarni tanlashlari borasidagi mavjud holatga chek qoʻyish choralarini koʻrish. |
1. Aholida shakllangan xotin-qizlar va erkaklar kasblari borasidagi stereotiplarni bartaraf etish, kasb tanlashda tenglikni targʻib qilish. |
2021-yil iyundan boshlab doimiy |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), “Oʻzbekkino” milliy agentligi (F. Abduxolikov), MTRK (A. Xodjayev) |
|
2. Koʻp haq toʻlanadigan sohalarda (IT texnologiyalar, injenerlik, ixtirochilik, sudyalik va boshqalar) muvaffaqiyatga erishgan ayollar haqida hujjatli va badiiy filmlar, ijtimoiy roliklar yaratish. |
2021-2022-yillar | |||
|
34. |
Davlat budjeti va hududiy budjetlardan gender tenglikka erishishni hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida mablagʻlar ajratilishini tahlil qilib borish. |
1. “Gender tenglikka yoʻnaltirilgan budjetlashtirish” uslubiy qoʻllanmasini ishlab chiqish. 2. Qoʻllanma asosida monitoring oʻtkazish, davlat budjeti (shu jumladan mahalliy budjet) mablagʻlari ajratilishini tahlil qilish. 3. Monitoring natijalarini OAVlarda eʼlon qilib borish. |
har yil yakunlariga koʻra |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Kuchkarov), |
|
35. |
Mamlakatda gender tenglikning taʼminlanishi, olib borilayotgan islohotlarning natijadorligini baholashga qaratilgan turkum ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish. |
1. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashda davlat hokimiyati organlarining roli haqida”. |
2021-yil |
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (N. Raximova) |
|
2. “Gender tenglik: xotin-qizlar va erkaklarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar natijadorligini baholash”. 3. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarning kafolatlari toʻgʻrisida”gi mavzularida ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish. |
2022-yil | |||
3-ILOVA
|
Koʻrsatgichlar nomi |
Yillar kesimida |
Masʼul ijrochilar | |||||
|
Birlamchi koʻrsatkich |
Oraliqdagi koʻrsatkich |
Maqsadli koʻrsatkich | |||||
|
Joriy holat |
2022 |
2025 |
2027 |
2030 | |||
|
1. |
Siyosiy partiyalarda xotin-qizlarning ulushi (foizda) |
44 |
46 |
49 |
50 |
50 |
Siyosiy partiyalarning markaziy kengashlari |
|
2. |
Siyosiy partiyalarning rahbarlik lavozimlarida xotin-qizlarning ulushi (foizda) |
30 |
35 |
41 |
46 |
50 |
Siyosiy partiyalarning markaziy kengashlari |
|
3. |
Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi (sonda) |
5 |
7 |
10 |
13 |
15 |
Vazirlar Mahkamasi |
|
4. |
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida rahbarlik (hokimlar) lavozimidagi xotin-qizlar ulushi (sonda) |
6 |
7 |
10 |
15 |
20 | |
|
5. |
Boshqaruv lavozimlarida ishlovchi xotin-qizlar ulushi (foizda) |
26 |
27 |
28 |
29 |
30 |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
6. |
Sudyalar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda) |
12 |
15 |
20 |
24 |
30 |
Sudyalar |
|
7. |
Yetakchi xotin-qizlarni tayyorlash boʻyicha amalga oshirilgan dasturlar soni |
0 |
1 |
1 |
2 |
3 |
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi |
|
8. |
Davlat boshqaruv akademiyasida xotin-qizlarning rahbarlik koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan dasturlar asosida oʻqishni yakunlagan xotin-qizlarning ulushi (foizda) |
5 |
7 |
9 |
12 |
15 |
Davlat boshqaruvi akademiyasi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi |
|
9. |
Oʻzbekistonning chet mamlakatlaridagi elchilari orasida xotin-qizlarning ulushi (sonda) |
1 |
1 |
2 |
3 |
4 |
Tashqi ishlar vazirligi |
|
10. |
Shaharlarda taʼlim olishi lozim boʻlgan imkoniyati cheklangan qizlarning umumiy sonidan maktab taʼlimiga qamrab olingan ushbu toifadagi qizlar ulushi (foizda) |
92,7 |
93 |
93,5 |
94,2 |
94,7 |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
11. |
Shaharlarda taʼlim olishi lozim boʻlgan imkoniyati cheklangan oʻgʻil bolalarning umumiy sonidan maktab taʼlimiga qamrab olingan shu toifadagi oʻgʻil bolalar ulushi (foizda) |
93,9 |
94,2 |
94,8 |
95,8 |
96,4 | |
|
12. |
Qishloqlarda taʼlim olishi lozim boʻlgan imkoniyati cheklangan qizlarning umumiy sonidan maktab taʼlimiga qamrab olingan shu toifadagi qizlar ulushi (foizda) |
90,8 |
91,5 |
92,2 |
93,1 |
94 | |
|
13. |
Qishloqlarda taʼlim olishi lozim boʻlgan imkoniyati cheklangan oʻgʻil bolalarning umumiy sonidan maktab taʼlimiga qamrab olingan shu toifadagi oʻgʻil bolalar ulushi (foizda) |
92,6 |
93,2 |
93,9 |
94,7 |
95,2 | |
|
14. |
Ilmiy, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish sohalari bitiruvchilari orasida xotin-qizlar ulushi (foizda) |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
15. |
1 — 4 sinflarda bolalarda oʻqish va matematikani oʻzlashtirish darajasi (foizda) |
98 |
99 |
100 |
100 |
100 |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
16. |
5 — 9 sinflarda oʻquvchilarda adabiyot va matematikani oʻzlashtirish darajasi (foizda) |
96 |
97 |
98 |
99 |
100 | |
|
17. |
Umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi oʻqituvchilar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda) |
70,3 |
70 |
69,7 |
69,5 |
69 |
Xalq taʼlimi vazirligi, |
|
18. |
Umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi oʻqituvchilar orasida erkaklar ulushi (foizda) |
29,7 |
30 |
30,3 |
30,5 |
31 | |
|
19. |
Oʻrta maxsus, professional taʼlim sohasidagi oʻqituvchilar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda) |
44,5 |
44,5 |
47,5 |
49 |
50 |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, |
|
20. |
Oʻrta maxsus, professional taʼlim sohasidagi oʻqituvchilar orasida erkaklar ulushi (foizda) |
50,5 |
50,4 |
50,3 |
50,2 |
50 | |
|
21. |
Oliy taʼlim sohasidagi oʻqituvchilar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda) |
40 |
42 |
45 |
47 |
50 | |
|
22. |
Oliy taʼlim sohasidagi oʻqituvchilar orasida erkaklar ulushi (foizda) |
60 |
58 |
56 |
53 |
50 | |
|
23. |
Nodavlat taʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda) |
30 |
32 |
33 |
34 |
35 |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
24. |
Nodavlat taʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilar orasida erkaklar ulushi (foizda) |
70 |
68 |
67 |
66 |
65 | |
|
25. |
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega ayollar soni |
1 411 |
1 750 |
2 250 |
2 850 |
3 700 |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi |
|
26. |
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega eraklar soni |
4 154 |
5 100 |
6 400 |
8 100 |
10 150 | |
|
27. |
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega ayollar soni |
271 |
450 |
650 |
950 |
1 400 | |
|
28. |
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega erkaklar soni |
1 052 |
1 350 |
1 600 |
2 100 |
2 750 | |
|
29. |
Fertil yoshdagi ayollarni zamonaviy kontratseptiv vositalar bilan qamrab olish darajasi (foizda) |
47,4 |
47,5 |
47,5 |
47,6 |
47,8 |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
30. |
100 000 nafar xotin-qizlar orasida OIV infeksiyasi yuqqan ayollar intensiv koʻrsatkichi |
10,5 |
8,1 |
6,3 |
5,1 |
3,3 |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika OITSga qarshi kurash markazi |
|
31. |
100 000 nafar oʻgʻil bolalar (erkaklar) orasida OIV infeksiyasi yuqqan erkaklar intensiv koʻrsatkichi yuqqanlar soni |
14,0 |
10,1 |
8,8 |
6,1 |
5,1 | |
|
32. |
Retrovirus terapiyadan foydalanayotgan OIV infeksiyali ayollar (foizda) |
63.3 |
70 ARVT bilan taʼminlash |
75 ARVT bilan taʼminlash |
80 ARVT bilan taʼminlash |
90 ARVT bilan taʼminlash | |
|
33. |
Retrovirus terapiyadan foydalanayotgan OIV infeksiyali erkaklar (foizda) |
58.3 |
70 ARVT bilan taʼminlash |
75 ARVT bilan taʼminlash |
80 ARVT bilan taʼminlash |
90 ARVT bilan taʼminlash | |
|
34. |
Aholi, ayniqsa yoshlar orasida OIV/OITS boʻyicha oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari miqdori |
94 |
126 |
258 |
382 |
497 | |
|
35. |
Gender jihatlarni hisobga olingan holda ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar soni (foizda) |
0 |
1 |
2 |
3 |
5 |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Fanlar akademiyasi, tasarrufida OTM va ITM mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
36. |
Yuridik shaxs tashkil etib, unga rahbarlik qilayotgan xotin-qizlar ulushi (foizda) |
12 |
15 |
17 |
20 |
25 |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
37. |
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektorlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ulushi (foizda) |
7 |
9 |
11 |
13 |
15 | |
|
38. |
Qishloq xoʻjaligi, sanoat, xizmatlar koʻrsatish kesimida band boʻlgan xotin-qizlarning ulushi (foizda) |
23 |
25 |
27 |
30 |
35 | |
|
39. |
Qishloq xoʻjaligi, sanoat, xizmatlar koʻrsatish kesimida band boʻlgan erkaklarning ulushi (foizda) |
77 |
75 |
73 |
70 |
65 | |
|
40. |
Umumiy band boʻlganlar orasida oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlarning ulushi (foizda) |
32 |
34 |
36 |
38 |
40 |
Davlat soliq qoʻmitasi |
|
41. |
Umumiy band boʻlganlar orasida oʻzini oʻzi band qilgan erkaklarning ulushi (foizda) |
68 |
66 |
64 |
62 |
60 | |
|
42. |
Umumiy boʻlmagan soha qishloq xoʻjaligi bandligida norasmiy sektorda band boʻlgan xotin-qizlarning ulushi (foizda) |
17 |
19 |
21 |
23 |
25 |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
43. |
Umumiy boʻlmagan soha qishloq xoʻjaligi bandligida norasmiy sektorda band boʻlgan erkaklar ulushi (foizda) |
83 |
81 |
79 |
77 |
75 | |
|
44. |
Shaxsiy yeriga (uy-joyiga) ega boʻlgan aholi orasida xotin-qizlarning ulushi (foizda) |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
Kadastr agentligi |
|
45. |
Shaxsiy yeriga (uy-joyiga) ega boʻlgan aholi orasida erkaklarning ulushi (foizda) |
97 |
96 |
95 |
94 |
93 | |
|
46. |
Shahar hududida xususiy mulk egasi xotin-qizlar boʻlgan firmalar ulushi (foizda) |
7 |
9 |
11 |
13 |
15 |
Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi |
|
47. |
Shahar hududida xususiy mulk egasi erkaklar boʻlgan firmalar ulushi (foizda) |
93 |
91 |
89 |
87 |
85 | |
|
48. |
Qishloq hududida xususiy mulk egasi xotin-qizlar boʻlgan firmalar ulushi (foizda) |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 | |
|
49. |
Qishloq hududida xususiy mulk egasi erkaklar boʻlgan firmalar ulushi (foizda) |
97 |
96 |
95 |
94 |
93 | |
|
50. |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda) |
35 |
36 |
37 |
38 |
40 |
Savdo-sanoat palatasi, Davlat xizmatlari agentligi |
|
51. |
Barcha koʻrinishlarda kam taʼminlangan hisoblanuvchi barcha yoshdagi xotin-qizlar ulushi (foizda) |
40 |
39 |
38 |
37 |
35 |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, |
|
52. |
Barcha koʻrinishlarda kam taʼminlangan hisoblanuvchi barcha yoshdagi erkaklar ulushi (foizda) |
37 |
36 |
35 |
34 |
33 | |
|
53. |
Mobil telefonga ega boʻlgan xotin-qizlarning ulushi (foizda) |
62 |
63 |
65 |
67 |
70 |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
54. |
Mobil telefonga ega boʻlgan erkaklarning ulushi (foizda) |
78 |
79 |
81 |
83 |
85 | |
|
55. |
Jamoat transportidan foydalanayotgan xotin-qizlar ulushi (foizda) |
87 |
88 |
89 |
90 |
91 |
Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
56. |
Jamoat transportidan foydalanayotgan erkaklash ulushi (foizda) |
87 |
88 |
89 |
90 |
91 | |
|
57. |
Rasman ishsiz deb hisoblanuvchi xotin-qizlarning ulushi (foizda) |
12,8 |
12,5 |
12 |
11,5 |
11 |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
58. |
Rasman ishsiz deb hisoblanuvchi erkaklarning ulushi (foizda) |
6,1 |
5,9 |
5,6 |
5,3 |
5,0 | |
|
59. |
Erkaklar va ayollar mehnatiga haq toʻlashdagi farq (foizda) |
30 |
29 |
28 |
27 |
25 |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
60. |
OAVda chop etilgan oilaviy munosabatlarda xotin-qizlar va erkaklarning oʻrnini oshirishga qaratilgan materiallar soni |
1190 |
1340 |
1480 |
1650 |
1780 |
AOKA, |
|
61. |
Bolalar tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi, ularning savodxonligini oshirishga koʻmaklashuvchi teledasturlar soni |
3450 |
3700 |
3900 |
4100 |
4300 |
MTRK, |