Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 12-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2836-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 661-son “Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-fevral,
109-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-fevral,
2024-03-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-fevral,
4/2-son
Kelishildi:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2024-yil 31-yanvar
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2024-yil 10-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-fevraldagi 109-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 13-fevraldagi 2024-03-son va Markaziy bank Boshqaruvining 2024-yil 8-fevraldagi 4/2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2836, 2016-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 44-son, 516-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2836-1, 2018-yil 27-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2019-yil 10-yanvardagi 3, 2019-03 va 341-V-2-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2836-2, 2019-yil 23-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/2836-2/2531-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2019-yil 25-martdagi 42, 2019-27 va 341-V-3-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2836-3, 2019-yil 8-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2836-3/2897-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2019-yil 8-oktabrdagi 103, 2019-56 va 341-V-4-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2836-4, 2019-yil 18-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2019-y., 10/19/2836-4/3938-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2024-y., 10/24/2836-5/0206-son)