Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2836-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-fevraldagi 109-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 13-fevraldagi 2024-03-son va Markaziy bank Boshqaruvining 2024-yil 8-fevraldagi 4/2-sonli ““Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2836-5, 12.03.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-son qarori (roʻyxat raqami 2836, 2016-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 44-son, 516-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-mart,
52-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-mart,
2018-19-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-mart,
341-V-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 13-banddagi “Mehnat vazirligi” degan soʻzlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 14-bandning birinchi xatboshisi va 15-banddagi “Mehnat vazirligining” degan soʻz “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 23-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqalar olishga talabnomalar bola tugʻilgan kundan boshlab 6 oydan, dafn etishga esa shaxs vafot etgan kundan 60 kundan kechiktirmasdan taqdim etilishi lozim.”.
4. 48 — 50-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. 51-banddagi “Mehnat vazirligi” degan soʻzlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 52-banddagi “Mehnat vazirligi” degan soʻzlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
2018-yil 1-mart
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIQOV
2018-yil 1-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)