23.02.2024 yildagi PQ-82-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saudiya Arabistonining “ACWA Power Company” kompaniyasi bilan birga “Maxam-Chirchiq” AJ negizida “yashil vodorod” ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada zamonaviy texnologiyalar asosida “yashil vodorod” ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot tarmoqlarining ushbu mahsulotga boʻlgan talabini qondirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Saudiya Arabistonining “ACWA Power Company” kompaniyasining “ACWA Power Uzbekistan Nydrogen Noldings LTD” shoʻba korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) va “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda “Maxam-Chirchiq” AJ negizida “yashil vodorod” ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) doirasida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “ACWA Power UKS Green N2” qoʻshma korxonasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) tashkil etgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2023-yil 27-noyabr kuni investitsiya bitimi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya bitimi) imzolangani hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida “Maxam-Chirchiq” AJ negizida quvvati 3 ming tonna boʻlgan “yashil vodorod” ishlab chiqarish zavodini hamda Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida quvvati 52 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va ekspluatatsiya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 62 mln AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2023-yil 27-noyabr kuni Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Energiya sotib olish bitimi) imzolangani hamda unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi shamol elektr stansiyasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasi uchun toʻlovlarni Energiya sotib olish bitimida belgilangan muddat davomida xorijiy valyutada denominatsiyalangan, qatʼiy belgilangan narx boʻyicha milliy valyutada amalga oshirish sharti bilan kafolatli xarid qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ oʻz zimmasiga Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etish majburiyatini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2023-yil 27-noyabr kuni Elektr energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda — Transportirovka qilish bitimi) imzolangani hamda unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bitimda belgilangan davr mobaynida vodorod ishlab chiqarishda talab etiladigan 20 MVt quvvatni kafolatli yetkazib berilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shamol elektr stansiyasi ishga tushgunga qadar vodorod ishlab chiqarish maydoniga bitimda belgilangan shartlar asosida elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2023-yil 27-noyabr kuni “yashil vodorod” sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — “Yashil vodorod” sotib olish bitimi) imzolangani hamda unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqariladigan “yashil vodorod”ni “Oʻzkimyoimpeks” MCHJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ sotib olinadigan “yashil vodorod” uchun toʻlovlarni 15 yil davomida chet el valyutasida denominatsiyalangan, qatʼiy belgilangan narx boʻyicha milliy valyutada amalga oshirish sharti bilan kafolatli xarid qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ oʻz zimmasiga Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etish majburiyatini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “Oʻzkimyosanoat” AJ Loyiha kompaniyasi talabiga muvofiq qurilish obyektlarining ulanish punktlariga ishlab chiqarish resurslarining (elektr energiyasi, havo, azot hamda ichimlik va texnik suv) zarur miqdor va parametrlarda mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli shartnomalarga asosan yetkazib berilishini tashkil qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Investitsiya loyihasi doirasida yuzaga keladigan qisqartirilgan issiqxona gazi emissiyalari hajmi (yashil atributlar) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan toʻliq tasarruf qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida imzolangan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Transportirovka qilish bitimi va Energiya sotib olish bitimi hamda “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan “Yashil vodorod” sotib olish bitimi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Oʻzkimyoimpeks” MCHJga Loyiha kompaniyasi, Investor hamda Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadigan kreditorlar bilan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi va Investor huquqini Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadigan kreditorlarga oʻtkazib berish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzkimyoimpeks” MCHJga Energiya sotib olish bitimi va “Yashil vodorod” sotib olish bitimida belgilangan tartib-taomillarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil vodorod” va elektr energiyasini sotib olish majburiyatini uch oy davomida bajarish taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga bankning chet el valyutasida tasdiqlangan bank kafolatini taqdim etishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, barcha tegishli soliqlar va yigʻimlarni toʻlagan holda quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasida kredit va boshqa mablagʻlar olish hamda ulardan foydalanish maqsadida xorijdagi banklarda bank hisobvaraqlarini ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir holatda loyiha va moliyalashtirish shartnomalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasida ochilgan bank hisobvaraqlaridan xorijdagi bank hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni xorijdagi bank hisobvaraqlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlar bilan tuzilgan moliyaviy hujjatlar, shu jumladan boshqa aksiyadorlar bilan tuzilgan qarz shartnomalari va bridj-kredit shartnomalari boʻyicha xorijdagi bank hisobvaraqlariga chet el valyutasidagi mablagʻlarni qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Loyiha kompaniyasi tomonidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yuritilayotgan bank hisobvaraqlari kesimida tegishli bank tomonidan har bir holat boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirmaning toʻliq nusxalari Loyiha kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi xizmat koʻrsatuvchi bankiga va soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Buxoro viloyati hokimligining Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Loyiha kompaniyasiga ajratiladigan Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani hududidagi 1-ilovaga muvofiq jami 20,98 gektar yaylov yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda mazkur yer uchastkasini hokimlik zaxirasiga qaytarsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buxoro viloyati hokimligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun 20,98 gektar yer maydonini loyiha amalga oshiriladigan muddatga keyinchalik Loyiha kompaniyasiga berilishi uchun oʻrnatilgan tartibda Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan ajratiladigan yer uchastkasi Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga ijaraga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasi tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzkimyosanoat” AJ “Maxam-Chirchiq” AJ bilan birgalikda Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun 0,5 gektar yer maydoni Investitsiya loyihasi uchun yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomalariga muvofiq amaldagi ijara toʻlovlari qiymatida Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan muddatga oʻrnatilgan tartibda Loyiha kompaniyasiga ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Energetika vazirligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Loyiha kompaniyasining buyurtmasiga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi — Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik viza muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini va muddati (zarur hollarda) uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan ishlab chiqilgan “Maxam-Chirchiq” AJ negizida “yashil vodorod” ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi amalga oshirilishini jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishga. Bunda, bir hafta muddatda mazkur maqsadda Energetika vazirligi huzurida masʼul vazirlik va idoralar xodimlari biriktirilgan holda doimiy ishchi shtab tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika tarmogʻi korxonalari bilan birgalikda Investitsiya loyihasini zarur hajmlarda energiya resurslari bilan kafolatli taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasi doirasida “yashil vodorod” ishlab chiqarish qurilmasining 2024-yil noyabr oyiga qadar va shamol elektr stansiyasining 2025-yil mart oyiga qadar toʻliq ishga tushirilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda belgilangan vazifalar oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash boʻyicha boshqa tezkor choralar koʻrishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b. T.R. Muxamedjanov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj, infratuzilmani barpo etish va uskunalarni oʻrnatish ishlari oʻz vaqtida bajarilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasi ishga tushirilgandan soʻng “yashil energiya” asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar ularning eksportbopligini taʼminlagan holda tashqi bozorlarga yetkazib berilishini yoʻlga qoʻyishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov — investitsiya loyihasi doirasida shamol elektr stansiyasini qurish uchun Gʻijduvon tumani hududida yer maydonlari oʻz vaqtida ajratilishiga shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga ilovaga muvofiq Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan Investitsiya bitimi yuzasidan yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov va “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b. T.R. Muxamedjanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-82-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-fevraldagi PQ-82- son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida shamol elektr stansiyasini qurish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hudud nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Kontur raqami

Jami yer uchastkasi

(gektar)

shundan:

yaylov va pichanzorlar

(gektar)

boshqa yerlar

(gektar)

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

178q

6,28

6,28

-

177q

173q

240q

178q

1,27

1,27

-

178q

2,25

2,25

-

177q

2,63

2,63

-

178q

240q

5,13

5,13

-

178q

177q

173q

240q

1,41

1,41

-

178q

177q

173q

240q

2,01

2,01

-

Jami

20,98

20,98

-

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-fevraldagi PQ-82- son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxam-Chirchiq” AJ negizida yashil vodorod ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi amalga oshirilishini jadallashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼullar

Ijro uchun

Nazorat uchun

1. Yer uchastkalarini ajratish

1.

Shamol elektr stansiyasini qurish uchun yer maydonlarini ajratish.

1. Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi jami 20,98 gektar yaylov yer uchastkalarini hokimlik zaxirasiga qaytarish.

2024-yil mart

Buxoro viloyati hokimligi

(B. Zaripov),

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

(I. Ergashev),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Bosh vazir oʻrinbosari

J.A. Xodjayev

2. Hokimlik zaxirasiga qaytarilgan jami 20,98 gektar yaylov yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish.

2024-yil mart

3. Hokimlik zaxirasidagi jami 20,98 gektar sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yer uchastkasini Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish.

2024-yil aprel

4. Doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan jami 20,98 gektar sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yer uchastkasini investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga ijaraga berish.

2024-yil aprel

2.

Yashil vodorod ishlab chiqarish qurilmasi uchun “Maksam-Chirchiq” AJ hududidan yer uchastkasini ijaraga berish.

1. “Maksam-Chirchiq” AJ hududidan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun 0,5 gektar yer maydonini ijaraga berish yuzasidan shartnoma tayyorlash.

2024-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(T. Muxamedjanov),

“Maksam-Chirchiq” AJ

(X. Saydaxmedov),

Bosh vazir oʻrinbosari

J.A. Xodjayev,

2. Loyiha kompaniyasi va “Maksam-Chirchiq” AJ oʻrtasida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun 0,5 gektar yer maydonini belgilangan tartibda ijaraga berish yuzasidan shartnoma imzolash.

2024-yil aprel

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Energetika vaziri

J.T. Mirzamahmudov

II. Ishlab chiqarish resurslari bilan taʼminlash

3.

Investitsiya loyihasi qurilish maydoniga ichimlik va texnik suv taʼminoti tarmoqlarini tortish.

1. Investitsiya loyihasi doirasida talab etiladigan suv miqdori va parametrlarini aniqlash.

2024-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(T. Muxamedjanov),

“Maksam-Chirchiq” AJ

(X. Saydaxmedov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Bosh vazir oʻrinbosari

A.J. Ramatov,

Energetika vaziri

J.T. Mirzamahmudov

2. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

3. Investitsiya loyihasi qurilish maydonida ichimlik va texnik suv tarmoqlarini qurish ishlarini yakunlash.

2024-yil avgust

4.

Investitsiya loyihasi qurilish maydoniga elektr energiyasi taʼminoti tarmoqlarini qurish.

1. Investitsiya loyihasi doirasida talab etiladigan elektr energiyasi miqdori va parametrlarini aniqlash.

2024-yil mart

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(D. Isaqulov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Energetika vaziri

J.T. Mirzamahmudov

2. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

3. Investitsiya loyihasi qurilish maydonida elektr energiyasi tarmoqlarini qurish.

2024-yil avgust

5.

Investitsiya loyihasi qurilish maydoniga havo va azot taʼminoti tarmoqlarini tortib kelish.

1. Investitsiya loyihasi doirasida talab etiladigan havo va azot miqdori va parametrlarini aniqlash.

2024-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(T. Muxamedjanov),

“Maksam-Chirchiq” AJ

(X. Saydaxmedov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Energetika vaziri

J.T. Mirzamahmudov

2. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

3. Investitsiya loyihasi qurilish maydonida havo va azot tarmoqlarini qurish.

2024-yil avgust

6.

Investitsiya loyihasi qurilish obyektlarining ulanish punktlariga ishlab chiqarish resurslarini yetkazib berishni tashkil qilish.

1. Zarur resurslarni (elektr energiyasi, havo, azot hamda ichimlik va texnik suv) yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni rasmiylashtirish.

2024-yil oktabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(T. Muxamedjanov),

“Maksam-Chirchiq” AJ

(X. Saydaxmedov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Energetika vaziri

J.T. Mirzamahmudov

2. Investitsiya loyihasini zarur resurslar (elektr energiyasi, havo, azot hamda ichimlik va texnik suv) bilan taʼminlash.

2024-yil noyabr

III. “Maxam-Chirchiq” AJ negizida yashil vodorod ishlab chiqarishni tashkil etish (1-loyiha)

7.

Qurilish-montaj ishlarini olib borish.

1. Qurilish maydonini tayyorlash ishlarini olib borish.

2024-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(T. Muxamedjanov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Energetika vaziri

J.T. Mirzamahmudov

2. 1-loyiha doirasida qurilish ishlarini boshlash.

2024-yil aprel

3. 1-loyiha doirasida qurilish ishlarini yakunlash.

2024-yil noyabr

8.

Asosiy asbob-uskunalarni yetkazib kelish.

1. Asosiy asbob-uskunalar roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(T. Muxamedjanov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Energetika vaziri

J.T. Mirzamahmudov

2. Asbob-uskunalarga buyurtmalarni joylashtirish.

2024-yil aprel

3. Asbob-uskunalarni qurilish maydoniga yetkazish.

2024-yil sentabr

9.

Shamol elektr stansiyasi ishga tushgunga qadar investitsiya loyihasi uchun elektr energiyasini yetkazib berish.

1. 1-loyiha doirasida ishlatiladigan elektr energiyasiga (shamol elektr stansiyasi ishga tushgungacha) boʻlgan talabni aniqlash.

2024-yil may

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(D. Isaqulov),

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(T. Muxamedjanov),

“Maksam-Chirchiq” AJ

(X. Saydaxmedov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Energetika vaziri

J.T. Mirzamahmudov

2. Investitsiya loyihasi uchun elektr energiyasini yetkazib berish.

2024-yil sentabr

10.

Loyihani ishga tushirish.

1. 1-loyiha doirasida sozlash ishlarini olib borish.

2024-yil oktabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(T. Muxamedjanov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Energetika vaziri

J.T. Mirzamahmudov

2. 1-loyihani ishga tushirish.

2024-yil noyabr

IV. Investitsiya loyihasi doirasida shamol elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish (2-loyiha)

11.

Qurilish-montaj ishlarini olib borish.

1. Qurilish maydonida ishchilarni va maxsus texnikalarni mobilizatsiya qilish.

2024-yil iyun

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Bosh vazir oʻrinbosari

J.A. Xodjayev

2. 2-loyiha doirasida qurilish ishlarini boshlash.

2024-yil avgust

3. 2-loyiha doirasida qurilish ishlarini yakunlash.

2025-yil fevral

12.

Asosiy asbob-uskunalarni yetkazib kelish.

1. Asosiy asbob-uskunalar roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil aprel

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Bosh vazir oʻrinbosari

J.A. Xodjayev

2. Asbob-uskunalarga buyurtmalarni joylashtirish.

2024-yil may

3. Asbob-uskunalarni qurilish maydoniga yetkazish.

2025-yil yanvar

13.

Loyihani ishga tushirish.

1. 2-loyiha doirasida sozlash ishlarini olib borish.

2025-yil fevral

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Bosh vazir oʻrinbosari

J.A. Xodjayev

2. 2-loyihani ishga tushirish hamda podstansiyaga (BASN 500MVt) ulash.

2025-yil mart

V. Ishlab chiqarish xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish

14.

Investitsiya loyihasi doirasida mutaxassislar malakasini oshirish hamda ishlab chiqarish xodimlarini tayyorlash.

1. Ishlab chiqarish xodimlarining hamda mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2024-yil may

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(T. Muxamedjanov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Energetika vaziri

J.T. Mirzamahmudov

2. Ishlab chiqarish xodimlarini qayta tayyorlash boʻyicha ishlar olib borish.

2024-yil avgust — oktabr

VI. Boshqa masalalar

15.

Imzolangan bitimlarda belgilangan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash.

1. Investor hamda Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadigan kreditorlar bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlarning Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilishini taʼminlash.

Doimiy

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(D. Isaqulov),

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(T. Muxamedjanov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Bosh vazir oʻrinbosari

J.A. Xodjayev

2. Loyiha kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yuritilayotgan bank hisobvaraqlari kesimida tegishli bank tomonidan har bir holat boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirmaning toʻliq nusxalarini Loyiha kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi xizmat koʻrsatuvchi bankiga va soliq xizmati organlariga taqdim etish.

Har chorakda

3. Majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi va Investor huquqini investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadigan kreditorlarga oʻtkazish.

Zaruratdan kelib chiqib

16.

Qurilish-montaj ishlariga pudratchi tashkilotlarni jalb qilish.

1. Investitsiya loyihasi doirasida pudratchi tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish.

2024-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(T. Muxamedjanov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Bosh vazir oʻrinbosari

A.J. Ramatov,

Energetika vaziri

J.T. Mirzamahmudov

2. Investitsiya loyihasi doirasida YERS-pudratchi bilan shartnomalarni rasmiylashtirish.

2024-yil mart

17.

Investitsiya loyihasiga xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilar jalb qilinishini tashkil qilish.

1. Investitsiya loyihasi doirasida xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilar yordamida amalga oshiriladigan ishlar hajmini aniqlash.

2024-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(T. Muxamedjanov),

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

(D. Isaqulov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov)

Bosh vazir oʻrinbosari

J.A. Xodjayev,

Energetika vaziri

J.T. Mirzamahmudov

2. Xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilarni tanlash, ularni jalb qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish va ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish.

2024-yil aprel

18.

Loyihani amalga oshirishga xorijiy mutaxassislarni va boshqa maslahatchilarni jalb qilishni tashkil qilish.

1. Jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish.

2. Xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddatlarining uzaytirilishi, shuningdek, vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlash.

3. Xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini va muddati (zarur hollarda) uzaytirilishini taʼminlash.

Zaruratdan kelib chiqib

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(T. Muxamedjanov),

Loyiha kompaniyasi

(Sh. Onarkulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev)

Bosh vazir oʻrinbosari

J.A. Xodjayev,

Energetika vaziri

J.T. Mirzamahmudov

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish mexanizmi va muddatlariga investor bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 07/24/82/0150-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)