07.11.2018 yildagi PQ-4008-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijdagi, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — chet el fuqarolari deb yuritiladi) respublikadagi mehnat faoliyatini tartibga solish maqsadida mamlakatdan chiqish va unga kirishni tashkil etish tizimi va mexanizmlarini tartibga solish, shuningdek, mehnat organlarining faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, xorijiy migrantlarning kirib kelishiga tanlovga oid yondashuvga asoslangan differensiyalashtirilgan immigratsiya siyosatiga qaratilgan zarur choralar ko‘rilmadi. O‘z o‘rnida, mutaxassislarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, malakali xorijiy menejerlarni jalb qilishdagi to‘siqlarning bartaraf etilishi yalpi ichki mahsulotni xorijiy investitsiyalar kirib kelishi hisobiga oshganiga qaraganda yanada ko‘proq oshishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga ko‘ra, o‘tkazilgan tadqiqot natijalari mamlakatga malakali mehnat resurslarining kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, chet ellik kadrlarni malaka toifalari bo‘yicha huquqiy chegaralashning mavjud emasligi, shuningdek, har bir malaka o‘ziga xosligining tartibga solinmaganligi tor doiradagi chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni yuqori samaradorlikda amalga oshirish imkoniyatini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishlariga ruxsat berishning ikki bosqichli tartib-taomillarining mavjudligi hozirgi zamon talablariga javob bermaydigan jiddiy byurokratik to‘siq bo‘lib qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mamlakatga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish sohasida kompleks jihatdan tartibga solingan vazifalarining mavjud emasligi ushbu sohani rivojlantirishga har tomonlama va samarali ko‘maklashishga imkon bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, malakali chet el fuqarolarini rag‘batlantirish bo‘yicha samarali mexanizmlarning mavjud emasligi, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarga nisbatan afzallik rejimini qo‘llash amaliyotining yo‘lga qo‘yilmaganligi ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishga bo‘lgan qiziqishining oshishiga yordam bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malakali chet ellik mutaxassislar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, O‘zbekiston Respublikasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va uni mutlaqo yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda raqobatbardosh mehnat resurslarini jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali chet ellik mutaxassislarni jalb qilish sohasida yaqin xalqaro hamkorlikni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali chet ellik mutaxassislarga ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat qilish huquqini ro‘yobga chiqarishlariga har tomonlama ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali chet ellik mutaxassislarning elektron ma’lumotlar bazasini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining mehnat faoliyatini amalga oshirishining muntazam tahlili va monitoringini o‘tkazib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat migratsiyasi sohasidagi muammolarni o‘rganish, ushbu sohani takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish yo‘li bilan bo‘shliq va kamchiliklarni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2018-yil 1-dekabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni (keyingi o‘rinlarda — tasdiqnoma deb yuritiladi) olish (berish) bo‘yicha yagona tartib-taomilni saqlagan holda yuqori malakali va malakali chet ellik mutaxassislarga nisbatan xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnomalarni olish (uzaytirish) zaruriyati haqidagi talab bekor qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali chet ellik mutaxassislarga tasdiqnomalarni rasmiylashtirish va berish (uzaytirish) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida, malakali chet ellik mutaxassislarga — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida to‘lov undiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali va malakali chet ellik mutaxassislarga berilgan tasdiqnomalarning amal qilish muddati ariza beruvchining istagiga ko‘ra ular berilgan kundan boshlab cheksiz miqdorda, biroq har bir holatda 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatgacha uzaytirish imkoniyati bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuqori malakali mutaxassislar deb quyidagi chet el fuqarolari tan olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadigan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallaydigan oliy ta’lim muassasalarini bitirgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e’tirof etilgan mutaxassislik yoki diplomdagi mutaxassislik bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega bo‘lgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatiga jalb qilish shartlari yiliga 60 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan summada ish haqi (mukofot) olishni nazarda tutuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) malakali mutaxassislar deb quyidagi chet el fuqarolari tan olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ma’lumotga ega bo‘lgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e’tirof etilgan mutaxassislik yoki diplomdagi mutaxassislik bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega bo‘lgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatiga jalb qilish shartlari yiliga 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan summada ish haqi (mukofot) olishni nazarda tutuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yuqori malakali va malakali mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘rindoshlik asosida ishlash uchun tasdiqnoma olmasdan o‘rindoshlik asosida ishlash huquqiga egadirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yuqori malakali va malakali mutaxassislarga ko‘p marotabali mehnat vizasi mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi amal qiladigan, biroq 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yuqori malakali va malakali mutaxassislarga berilgan mehnat vizalarining amal qilish muddatini uzaytirish ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish zaruriyatisiz mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi amal qiladigan, biroq har bir holatda 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yuqori malakali mutaxassislarga va ularning oila a’zolariga xohishiga ko‘ra mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi amal qiladigan muddatga yashash guvohnomasi rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yuqori malakali va malakali mutaxassislar 30 ish kuni ichida boshqa ish beruvchini qidirish huquqiga egadirlar, bu muddat davomida ularga berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalari o‘z kuchini saqlab qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki ishlar organlari, mehnat organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari va diplomatik vakolatxonalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari va mas’ul xodimlari ushbu qarorning 2-3-bandlarida nazarda tutilgan talablarga so‘zsiz rioya qilishlari haqida, shuningdek, vizalar berish (uzaytirish), yashash guvohnomalarini rasmiylashtirish, chet el fuqarolarini yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida qat’iy ogohlantirilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2018-yil 1-dekabrdan boshlab investitsiya kiritish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 8 500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari hech qanday ruxsat beruvchi tartib-taomillarni o‘tmagan holda mazkur tashkilotning istalgan lavozimida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan har yili tasdiqlanadigan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oylik muddatda, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari, yuqori malakali va malakali mutaxassislar tushunchasi va huquqiy maqomini belgilashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari tomonidan ma’muriy va fuqarolik-huquqiy tartib-taomillardan o‘tishning hamda mehnat munosabatlari sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishning shaffof va ochiq tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolarining davlat xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmini yaratishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda bir necha xalqaro tillarda (ingliz, nemis, arab, xitoy, rus va boshqalar) ishlaydigan O‘zbekiston Respublikasiga kirish va undan chiqish tartib-taomillari, viza, yashash guvohnomasi olish, ro‘yxatga turish, propiska qilinish tartibi, soliq solish mexanizmlari va mehnat munosabatlari xususiyatlari, chet el fuqarolari uchun imtiyoz va preferensiyalar bo‘yicha batafsil axborotni nazarda tutuvchi hamda ish va uy-joy izlash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oluvchi maxsus axborot portalini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi maxsus portalni doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlash va axborot bilan ta’minlashni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbai etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus portalni yaratish bo‘yicha — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus portalni doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlash va axborot bilan ta’minlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, elektron ommaviy axborot vositalariga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralarning maslahati ko‘magida chet ellik shaxslarni ishga joylashtirishni samarali tashkil qilish sohasida mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni keng yoritish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini tushuntirish ishlarini tashkil qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oylik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yangilangan Nizomni tasdiqlash bo‘yicha qaror loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlik va idoralar bir oylik muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4008-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2018-y., 07/18/4008/2168-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)