Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-son Farmoniga
1-ILOVA
Daryo oʻzanlarini toʻplanib qolgan noruda materiallardan tozalash tizimini tartibga solish va takomillashtirish boʻyicha
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar (litsenziyalar) talablarining bajarilish holatini tanqidiy koʻrib chiqish. |
1. Daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish uchun berilgan ruxsatnoma (litsenziyalar) talablarining bajarilish holatini tanqidiy oʻrganish. |
2024-yil mart |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Transport vazirligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil |
|
2. Daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan qum-shagʻal konlarini joyiga chiqqan holda, litsenziya shartlari va ekologik ekspertiza xulosalari talablariga rioya etilishini tanqidiy oʻrganish va ularning buzilish holatlari aniqlanganida, qonuniy choralar koʻrish. |
2024-yil aprel |
|||
|
3. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimining I va II sanitariya-muhofaza mintaqalarida, shuningdek, daryolardagi koʻpriklardan 2,5 kilometrgacha masofada joylashgan qum-shagʻal konlari uchun rasmiylashtirilgan ruxsatnoma (litsenziya) talablarining bajarilish holatini tanqidiy oʻrganish va ularning buzilishi holatlari aniqlanganida, qonuniy choralar koʻrish. |
2024-yil may — avgust |
|||
|
2. |
Togʻ va togʻoldi hududlarda joylashgan muqobil noruda materiallar konlarini aniqlash va onlayn-elektron auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish. |
1. Togʻ va togʻoldi hududlarda joylashgan noruda foydali qazilmalar zaxiralari mavjud boʻlgan muqobil konlarni aniqlash. |
2024-yil yanvar |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” AJ |
|
2. Mazkur muqobil noruda foydali qazilma konlarini onlayn-elektron auksion savdolariga chiqarish va tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish. |
2024-yil mart |
|||
|
3. Auksion natijalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga ruxsatnomalar rasmiylashtirish va uchastkalarni topshirish. |
2024-yil aprel |
|||
|
3. |
Tadbirkorlik subyektlariga xoʻjalik faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyish maqsadida muqobil noruda foydali qazilma konlari yaqinida kichik sanoat zonalarini tashkil qilish. |
1. Tadbirkorlik subyektlariga xoʻjalik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida muqobil noruda foydali qazilma konlari yaqinida kichik sanoat zonalarini tashkil qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzavtoyoʻl” AJ, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
|
2. Muhandislik-infratuzilma (avtoyoʻl, temir yoʻl, elektr energiyasi, gaz, suv taʼminoti) obyektlarini qurish boʻyicha shart-sharoitlar yaratib berish. |
2024-yil sentabr |
|||
|
3. Daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridagi buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) hamda ushbu hududlarni chiqindilardan tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil qilish. |
2024-2025-yillar |
|||
|
4. |
Chirchiq daryosining tabiiy holatini qayta tiklash, daryo oʻzanini kompleks reabilitatsiya qilish loyihasini amalga oshirish. |
1. Xavfsiz daryo boshqarmasi boshchiligida mutasaddi vazirlik va idoralar, loyiha tashkilotlari mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. |
2024-yil fevral |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, tegishli viloyatlar hokimliklari |
|
2. Chirchiq daryosi butun uzunligi boʻylab ekologik, gidrologik, gidrogeologik, toshqin suvlarini xavfsiz oʻtkazish, yoʻl-muhandislik obyektlarini muhofaza qilish jihatdan oʻrganishlar asosida muammoli (buzilgan, qayta tiklanadigan, chiqindi toʻkilgan, choʻllangan) uchastkalarni aniqlash, qayta tiklash va obodonlashtirish boʻyicha loyiha ishlab chiqish. |
2024-yil avgust |
|||
|
3. Ishlab chiqilgan loyiha asosida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan daryo oʻzanini tozalash, toʻgʻrilash, qirgʻoqlarini mustahkamlash, qurilish va boshqa chiqindilardan tozalash, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish tadbirlarini oʻz ichiga olgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil oktabr |
|||
|
5. |
Daryo oʻzanlarini tozalash ishlarini nazorat qilishda davlat kosmik monitoring tizimidan samarali foydalanish. |
1. Daryo oʻzanlarini toʻplanib qolgan noruda materiallardan tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlari amalga oshirilayotgan uchastkalarda loyihadan chetga chiqish, noqonuniy qazib olish holatlarini aniqlashda davlat kosmik monitoring tizimidan foydalanish. |
2024-yildan boshlab doimiy |
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
|
2. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli chora koʻrish uchun vakolatli organlarga taqdim etish. |
Doimiy |
|||
|
3. Davlat kosmik monitoring tizimi orqali aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan tezkor choralar koʻrib borish. |
Doimiy |
|||
|
6. |
Daryo va soylar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlari yakuni boʻyicha belgilangan tartibda qabul qilib olish tizimini joriy qilish. |
1. Daryo oʻzanlarida qum-shagʻal qazib oluvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibini belgilovchi qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil fevral |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
|
2. Idoralararo guruhlar tomonidan loyiha hujjatlari asosida pudrat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiyatlar bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish hamda dalolatnomalar bilan tasdiqlash tizimini joriy etish. |
2024-yildan boshlab |
|||
|
7. |
Noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obyektlarga zarar yetkazganlik holatlari yuzasidan zarur choralar koʻrib borish. |
1. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida aniqlangan tabiiy obyektlarga zarar yetkazganlik holatlari yuzasidan oʻzaro tezkor xabarlar almashish tizimini joriy etish. |
2024-yildan boshlab |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
2. Suv havzalaridan noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni aniqlash va belgilangan tartibda undirilishini taʼminlash. |
Doimiy |
|||
|
8. |
Daryo oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlari ustidan jamoatchilik ekologik nazoratini oʻrnatish. |
1. Daryo oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlarining atrof-muhitga taʼsirini baholash loyihalarining jamoatchilik eshituvidan oʻtkazilishini taʼminlash. 2. Daryo oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash loyihalarining amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik ekologik nazoratini oʻrnatish. |
Doimiy |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
9. |
Daryolar oʻzanidagi buzilgan yer maydonlarini tekislash va davlat zaxirasiga qaytarish boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan hamda qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan taʼsir choralarini koʻrish. |
1. Daryolar oʻzanlarining toʻlib qolishi va qirgʻoqlar yemirilishini doimiy monitoring qilib borish. |
Har chorakda |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
|
2. Daryo oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlarining tasdiqlangan loyiha talablari asosida amalga oshirilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish. 3. Buzilgan yer maydonlarini mexanik va biologik jihatdan rekultivatsiya qilish ishlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. |
Doimiy |
|||
|
10. |
Daryo va soylarning oʻzanlarida mavjud xavfli uchastkalarda sel xavfining oldini olish choralarini koʻrish. |
1. Idoralararo ishchi guruhlar tomonidan sel va toshqinlar mavsumidan oldin xavfli uchastkalarni aniqlash maqsadida daryo va soylarning oʻzanlari, qirgʻoqlar, gidrotexnik inshootlar, elektr energiyasi, transport infratuzilmasi obyektlari holatini oʻrganish. |
2024-yil fevral |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar |
|
2. Suv toshqini mavjud boʻlgan hududlarda qirgʻoqlarni mustahkamlash, noruda materiallarni qazib olishni cheklash choralarini koʻrish. |
2024-yil mart |
|||
|
3. Daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida ruxsatnoma (litsenziya) asosida qum-shagʻal materiallarini qazib olish uchun yer uchastkalarini ajratish boʻyicha avval qabul qilingan qarorlarni sud tartibida bekor qilish. |
2024-2025-yillarda |
|||
|
11. |
Tabiiy suv havzalari boʻyicha foydalanishdagi suv fondi yer uchastkalarining kadastr pasportlarini yuritish. |
1. Respublikadagi daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash, qum-shagʻal materiallarini qazish ishlari amalga oshirilayotgan tabiiy suv havzalarida foydalanishdagi suv fondi yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish. |
2024-yil may |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Kadastr agentligi |
|
2. Suvni muhofaza qilish zonalari belgilanmagan va ulardan sohilboʻyi mintaqalari ajratilmagan tabiiy suv havzalari boʻyicha tegishli loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. |
2025-2026-yillarda |
|||
|
12. |
Daryo oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan oqibatlarni bartaraf etish boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilishini taʼminlash uchun sugʻurtalash tizimini joriy qilish. |
1. Daryo oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilinishini yoʻlga qoʻyish. 2. “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi bilan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi shartnoma munosabatlarini qayta koʻrib chiqish va sugʻurtalash mexanizmini amaliyotga joriy etish. |
2024-yildan boshlab |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, tadbirkorlik subyektlari |
|
13. |
Amudaryoning Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidan oqib oʻtgan qismida faoliyat yuritayotgan “Suv yoʻllari texnik uchastkasi” davlat muassasalari tomonidan qazib olinadigan noruda materiallar hajmini aniqlash va davlat muassasalarini qurilish tashkilotlariga biriktirish ishlarini tashkil etish. |
1. Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Termiz suv yoʻllari texnik uchastkasi” davlat muassasasi, Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Cholish suv yoʻllari texnika boʻlimi” davlat muassasasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi “Amudaryo suv yoʻllari Xoʻjayli texnik uchastkasi” davlat muassasasini noruda materiallarni ishlab chiquvchi subyektlar roʻyxatiga kiritish, ularning taʼsis hujjatlarini qayta rasmiylashtirish. 2. Ular tomonidan qazib olinadigan qum-shagʻal materiallari hajmiga aniqlik kiritish. 3. Davlat muassasalarini qurilish tashkilotlariga biriktirish. |
2024-yil fevral |
Surxondaryo viloyati hokimligi, Xorazm viloyati hokimligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
14. |
Sirdaryo daryosining yuvilgan qirgʻoqlarini mustahkamlash, sohil boʻyi mintaqasidagi buzilgan yerlarni qayta tiklash va reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish. |
1. Sirdaryo viloyat hokimligi boshchiligida Sirdaryo daryosining yuvilgan qirgʻoqlarini mustahkamlash, sohil boʻyi mintaqasidagi buzilgan yerlarni qayta tiklash va reabilitatsiya qilish boʻyicha ishchi guruh tashkil qilish. 2. Sirdaryo daryosi butun uzunligi boʻylab ekologik, gidrologik, gidrogeologik, toshqin suvlarini xavfsiz oʻtkazish, gidrotexnik, yoʻl-muhandislik obyektlarini muhofaza qilish jihatdan oʻrganishlar asosida muammoli (qirgʻoqlar yuvilgan, noqonuniy qazilgan, buzilgan, chiqindi toʻkilgan, choʻllangan) uchastkalarni aniqlash va ularni qayta tiklash va obodonlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Sirdaryo viloyati hokimligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-son Farmoniga
2-ILOVA
| “ |
| Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
| ”; |
| “ |
| Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi |
| ”; |
| “ |
| Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
| ”. |
| “ |
| Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (B. Yusupaliyev), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov) |
| ”; |
| “ | ||||
| 19. | Daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlariga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi tomonidan belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-sayt | har chorakda | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
| ”. |
| “ | |
| 2. | Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi, guruh rahbari oʻrinbosari |
| ”. |