30.10.2019 yildagi PF-5863-son
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq er, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ko‘rsatkichlar

Mas’ul ijrochilar

I. Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish

1.

Orol dengizining O‘zbekiston tomonidagi qurigan tubida o‘rmonzor maydonlarini kengaytirish.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi, FVV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mutasaddi vazirliklar va idoralar

2.

Nukus, Urganch, Xiva shaharlari atrofida mahalliy turdagi daraxt-butalardan iborat “yashil belbog‘”lar barpo etish.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Qoraqalpog‘i�ton Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

II. Yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish

3.

Tuproq unumdorligini va qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini saqlash va oshirish uchun qisqa-rotatsiya va paxta-beda almashlab ekishni keng joriy etishni ta’minlash.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

4.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda organik qishloq xo‘jaligi usullarini joriy etish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

5.

Buzilgan yerlarni qayta tiklash va rekultivatsiya qilishni ta’minlash.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

6.

Kollektor-drenaj tarmog‘ining rekonstruksiya qilinishi va qayta tiklanishini ta’minlash.

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

III. Suv resurslarini muhofaza qilish

7.

Suv resurslari yo‘qotishlarini qisqartirish.

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

8.

Qishloq xo‘jaligida solishtirma gektarga nisbatan suv iste’molini qisqartirish.

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

9.

Tomchilatib sug‘orish va suvni tejovchi boshqa texnologiyalarga o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini kengaytirish.

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

10.

Oqava suvlarni tozalash samaradorligini oshirish.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar

11.

Sanoatda suv ta’minotining aylanma sikli amaliyotini kengaytirish.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Respublika aholisini markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olish qamrovini oshirish.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Atmosfera havosini muhofaza qilish

13.

Atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindilarni kamaytirish.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar

14.

Jamoat transportini gaz-ballon yoqilg‘isi va elektr energiyasida ishlashga o‘tkazish.

Transport vazirligi, IIV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95 foizdan past bo‘lmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalarni qo‘llash.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, Ekologiya vazirligi

16.

Elektr energiyasi ishlab chiqaradigan quvvatlarning umumiy tarkibida qayta tiklanadigan muqobil manbalar (quyosh va shamol energiyasi) ulushini ko‘paytirish.

Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

V. Biologik resurslarni muhofaza qilish va qayta tiklash

17.

I — V toifadagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish.

Ekologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

18.

Tabiiy muhitdan qizilmiya, kovrak, kovul va boshqa turdagi dorivor, ozuqabop va texnik o‘simliklarni olishni qisqartirish.

Ekologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

19.

Qizil kitobga kiritilgan, pitomniklarda yetishtirilgan chiroyli tuvaloqlarni tabiatga qo‘yib yuborishni ko‘paytirish.

Ekologiya vazirligi

20.

Yangi tashkil etiladigan qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda jayronlarning yangi populatsiyalarini tashkil etish.

Ekologiya vazirligi

21.

O‘rmonlar bilan qoplangan o‘rmon fondi hududini ko‘paytirish.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi

VI. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimni takomillashtirish

22.

Aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmati bilan qamrab olish.

Ekologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini oshirish.

Ekologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar

24.

Tibbiy chiqindilarni yig‘ish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mish tizimini tashkil etish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

Kutilayotgan natijalar

I. Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar

1.

Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etish.

Orol dengizi qurigan tubi O‘zbekistondagi hududining 30 foizida mahalliy daraxt va buta o‘simliklari bilan o‘rmonzorlar barpo etish choralarini ko‘rish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti, mahalliy budjetlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, FVV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi

Orol dengizining qurigan tubidan ko‘tarilayotgan qum hajmining kamayishi, bioxilma-xillikning qayta tiklanishi, turizm salohiyatining oshishi.

2.

Respublikaning viloyat markazlari va yirik shaharlari atrofida “yashil belbog‘”lar yaratish.

Nukus, Urganch va Xiva shaharlari atrofida mahalliy daraxt va buta o‘simliklaridan “yashil belbog‘” lar yaratish.

2021-yil 1-dekabr

Mahalliy budjetlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, FVV, Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi

Hududning yirik shaharlarida atmosfera havosini yaxshilash va qulay ekologik vaziyat hosil qilinishi.

II. Yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar

3.

Yer resurslarining ifloslanish darajasini kamaytirish.

O‘simliklarni himoya qilishda qo‘llanilishi taqiqlangan hamda cheklangan faol va nofaol ingrediyentlar reyestrini qayta ko‘rib chiqish.

2020-yil 1-yanvar

Aloqador vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davyergeodezkadastr, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, Fanlar akademiyasi

Yer resurslarining sifat bo‘yicha holati yaxshilanishi.

2018-yilda qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlar hajmining kamida 10 foizini 2021-yilgacha bosqichma-bosqich organik o‘g‘itlar bilan almashtirish va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishning biologik usullarini keng joriy etish choralarini ko‘rish.

2021-yil 1-dekabr

Organik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va qabul qilish.

2020-yil 1-dekabr

Aloqador vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi

4.

Yer resurslari degradatsiya sur’atlarini kamaytirish bo‘yicha oldini oluvchi choralar ishlab chiqish va amalga oshirish.

Quyidagilarni o‘z ichiga olgan kompleks o‘rmon-meliorativ, agrotexnik va meliorativ chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:

qirg‘oqni mustahkamlovchi va ihota daraxtzorlari tizimini barpo etish;

tog‘ yonbag‘irlarida supa olish hamda o‘rmon va mevali daraxtzorlar hosil qilish;

tuproqning unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini saqlab qolish va oshirish maqsadida qisqa-rotatsion va paxta-beda almashlab ekishning keng qo‘llanilishini ta’minlash;

buzilgan yerlarni qayta tiklash va rekultivatsiya qilish hamda ularning kamida 5 foizi tiklanishini ta’minlash;

erlarni meliorativ yaxshilash maqsadida kollektor-drenaj tarmoqlarining kamida 20 foizi rekonstruksiya qilinishi va qayta tiklanishini, shuningdek, yangi suv omborlari qurilishini ta’minlash.

2020-yil 1-mart

Davlat (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida) va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari

Davyergeodezkadastr, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi

Agrotexnik kompleksning atrof tabiiy muhitga salbiy ta’siri kamayishi.

III. Suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar

5.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Quyidagilarga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish:

suvni hisobga olish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish;

suv resurslarini yo‘qotishni 2 foizga kamaytirish;

eng avvalo qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni tomchilab sug‘orishga o‘tkazish va ularning maydonini 4 foizga yetkazish hisobiga qishloq xo‘jaligidagi suv iste’molini 2 foizga kamaytirish;

sanoat korxonalarini tozalash inshootlari bilan jihozlashni rag‘batlantirish;

respublikadagi kanalizatsiya tozalash inshootlarini tubdan modernizatsiya qilish choralarini ko‘rish;

sanoatda suv ta’minotining aylanma siklini keng joriy etishni ta’minlash va uning umumiy suv iste’moli hajmini 10 foizgacha yetkazish;

respublika aholisining 20 foizini kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olinishini ta’minlash.

2021-yil 1-dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi

Suv yo‘qotishni kamaytirish hisobiga suv resurslaridan oqilona foydalanilishi.

IV. Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar

6.

Joylarda Konsepsiyaning atmosfera havosini muhofaza qilishga doir qismi bajarilishini ta’minlash.

Quyidagilarni inobatga olgan holda, atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amaldagi idoraviy uch yillik harakat rejalariga tuzatishlar kiritish, yangilarini ishlab chiqish va qabul qilish:

2020-yil 1-yanvar

Aloqador vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari

Manfaatdor vazirliklar, idoralar, Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Atmosfera havosiga statsionar va harakatdagi manbalardan ifloslantiruvchi moddalar chiqish hajmlarining kamayishi.

statsionar ifloslanish manbalaridan atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilarni 2018-yildagiga nisbatan 3 foizga kamaytirish;

yangidan foydalanishga topshirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarda kamida 99, 5 foizlik samaradorlikka ega chang-gaz tutgichlar qo‘llanilishini ta’minlash;

faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarning kamida 30 foizida 95 foizdan past bo‘lmagan samaradorlikka ega chang-gaz tutgichlar qo‘llanilishini ta’minlash.

Quyidagilarni inobatga olgan holda Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy harakatlar rejalarini ishlab chiqish va qabul qilish:

transport va piyodalar oqimining kesishmalari sonini kamaytirish, magistrallardagi yuklama darajasini pasaytirish, transport oqimi tarkibini, tezlik rejimini, tartibga solish siklini optimallashtirish, yo‘lovchi tashish transporti uchun alohida yo‘l qatori ochish, alohida velosiped yo‘lakchalarini tashkil qilish hisobiga yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etishni ta’minlash;

jamoat transportining kamida 50 foizini gaz-ballon yoqilg‘i, elektr va boshqa muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tkazish, shuningdek, yo‘l infratuzilmasini tashkil etish.

2020-yil 1-yanvar

Mahalliy budjet, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z mablag‘lari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning grantlari

7.

Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan ifloslantiruvchi moddalarni tashlash bo‘yicha solishtirma me’yorlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

Xalqaro me’yorlar va standartlarni o‘rganish.

2019-yil 1-dekabr

Aloqador vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari

Energetika vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish bo‘yicha solishtirma me’yorlarning xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishi.

Texnik tartibga solish sohasida tegishli tahliliy materiallar va me’yoriy hujjat loyihasini tayyorlash.

2020-yil 1-iyun

Texnik tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatni kelishish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020 yil 1-dekabr

Texnik tartibga solish sohasida qabul qilingan me’yoriy hujjatni hisobga olgan holda energetika kompleksi korxonalarini modernizatsiya qilish dasturlariga tuzatishlar kiritish.

2021-yil 1-iyun

V. Biologik resurslarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar

8.

O‘rmon daraxtlari maydoni va zichligini oshirish, shuningdek, ularning sifatini yaxshilash.

Quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish:

qurg‘oq (arid iqlimli) mintaqalarda o‘rmonlarni qayta tiklash va o‘rmonzorlar barpo etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish;

respublikaning o‘rmonlari atlasini yaratish maqsadida o‘rmon fondini xatlovdan o‘tkazish;

o‘rmon daraxtzorlarini, shu jumladan noqonuniy kesish, yong‘inlar va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishni yaxshilash;

daraxtzorlar bilan qoplangan o‘rmon fondi �aydonini 3, 3 million gektarga yetkazish va bunda majburiy ravishda o‘tkazilgan daraxtlar sifati hamda turlar xilma-xilligini mahalliy daraxt va buta navlari yordamida oshirish;

asosan biologik va ekologik jihatdan xavfsiz usullardan foydalangan holda zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashishning yangi usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

masofaviy usullar asosida o‘rmonlarni monitoring qilishning zamonaviy tizimini joriy etish;

o‘rmon fondining sifat tarkibini yaxshilash hamda uning o‘rmon zararkunandalari va kasalliklariga qarshi chidamliligini oshirish maqsadida ilmiy va seleksiya ishlarini takomillashtirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida) va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

Respublikada atmosfera havosining ifloslanish darajasini kamaytirish hamda biologik xilma-xillikni saqlash va qayta tiklash.

9.

Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar (keyingi o‘rinlarda — QTH) tarmog‘ini kengaytirish va rivojlantirish.

I — V toifadagi QTH maydonlarini respublika hududining 7 foizigacha yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari.

Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Fanlar akademiyasi

Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya tavsiyalarining respublika tomonidan bajarilishi, QTHlarni boshqarish samaradorligining oshishi.

10.

Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari, QTHning davlat kadastrini yuritish va ularni monitoring qilish jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy qilish.

Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari, QTHni muhofaza qilish va to‘g‘ri foydalanish maqsadida ularning davlat kadastri yagona ma’lumotlar bazasini yaratish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida monitoring qilishni ta’minlash.

2021-yil 1-dekabr

Davlat va mahalliy budjetlar, vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari.

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi

Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari, QTHning davlat kadastrini yuritish va ularni monitoring qilishning takomillashtirilishi.

11.

Biologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Xalqaro tajribani o‘rganish.

2020-yil 1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi

Autentik (asl) bioxilma-xillikni, shu jumladan hayvonot va nabototning indemik turlarini saqlash va qayta tiklash, shuningdek, aholi salomatligini himoya qilishning ta’minlanishi.

Quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarning yagona tizimini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasining “Biologik xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish:

2020-yil 1-iyun

davlat organlarining biologik xavfsizlik sohasidagi vakolatlarini belgilash;

biologik xavfsizlikni kuchaytirish;

tabiiy turkumlar va qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan begona turlarni olib kirish va tarqatish ustidan nazorat qilish;

tarkibida jonli modifikatsiyalashtirilgan organizmlar va genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar bo‘lgan organizmlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olib kirish, sotish va tarqatish ustidan nazorat qilish..

Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2020-yil 1-sentabr

Qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2021-yil
1-mart

12.

Biologik xilma-xillikni saqlashning qonuniy asoslarini takomillashtirish.

Quyidagilar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rish:

o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini qo‘riqlashni kuchaytirish, shuningdek, ulardan foydalanishni nazorat qilish;

pitomniklarda o‘stirilgan biologik xilma-xillik obyektlaridan foydalanishni rag‘batlantiruvchi soliq va bojlar tizimini yaratish hamda ularni tabiiy muhitdan tortib olish hajmlarini qisqartirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Tabiiy muhitdan tortib olishni kamaytirish hisobiga bioxilma-xillikni saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish.

13.

O‘simlik dunyosi obyektlarini saqlash va qayta tiklash chora-tadbirlari.

Dorivor, ozuqa va texnik o‘simliklarning yovvoyi holda o‘suvchi turlari tabiiy zaxiralarini xatlovdan o‘tkazish.

2020-yil 1-iyun

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

Dorivor, ozuqa va texnik o‘simliklarning yovvoyi holda o‘suvchi turlari zaxiralarini aniqlash, o‘simliklar dunyosining ayrim obyektlarini yovvoyi tabiatdan tortib olish hajmlarini kamaytirish.

Qizilmiya, kavrak, qovul hamda boshqa turdagi dorivor, ozuqa va texnik o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha plantatsiyalar tashkil qilish va shu yo‘l bilan ushbu turlarni tabiatdan tortib olish darajasini 2018-yildagiga nisbatan 20 foizga kamaytirish.

2021-yil 1-dekabr

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi

14.

Hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash va qayta tiklash chora-tadbirlari.

Hayvonot dunyosining yo‘qolib ketish arafasida turgan obyektlarini ko‘paytirish bo‘yicha mavjud pitomniklarni kengaytirish va yangilarini tashkil qilish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi

Hayvonot dunyosi obyektlarining tabiatda ko‘payishini oshirish va yovvoyi tabiatdan tortib olish hajmlarini kamaytirish.

Pitomniklarda yetishtirilgan, Qizil kitobga kiritilgan tuvaloqlarni tabiatga qo‘yib yuborish miqdorini yiliga 2000 tagacha ko‘paytirish.

2021-yil 1-dekabr

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Buxorodagi “Jayron” ixtisoslashtirilgan pitomnigidagi jayronlar bosh sonini 850 taga yetkazish choralarini ko‘rish.

2021-yil 1-dekabr

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari

VI. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar

15.

O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish.

Xalqaro tajribani o‘rganish.

2020-yil 1-yanvar

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi aloqador vazirliklar va idoralar

Barcha turdagi chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimining samarali ishlashi uchun huquqiy asoslar yaratish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish:

chiqindilarni tasniflashning beshta xavflilik sinfi o‘rniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyoviy-fizik xossalari asosida tasniflash tizimini joriy qilish;

imtiyozli kreditlar taqdim etish orqali chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish;

tog‘-kon qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishlarning chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni rag‘batlantirish;

sanoat chiqindilarining hosil bo‘lishi va ularni ko‘mish hajmlarini kamaytirish uchun tabiatdan foydalanishdagi iqtisodiy mexanizmlarning rag‘batlantiruvchi rolini takomillashtirish;

sanoat obyektlaridagi xavfli chiqindilarni ekologik jihatdan xavfsiz saqlashni tashkil etishni ta’minlash;

o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan va tarkibida xavfli moddalar bo‘lgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, simobli lampalar va boshqalar) yig‘ish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;

tibbiy chiqindilarni yig‘ish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mish tizimini tashkil qilish..

2020-yil 1-iyun

Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2020-yil 1-sentabr

Qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2020-yil 1-oktabr

16.

Qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashti-rish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PQ-4291-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi hamda uni amalga oshirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasini ijro etish.

belgilangan muddatlarda

Davlat ekologiya qo‘mitasi, aloqador vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar

Qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning samarali tizimini yaratish.

17.

Xavfli chiqindilarning atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish.

Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasining talablarini bajarish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.

2020-yil 1-dekabr

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, ITSV, TIV

Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar va qishloq xo‘jaligi ekinlariga ishlov berishda foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan kimyoviy vositalarni yo‘q qilish yoki xavfsiz ravishda chiqarib tashlash hisobiga atrof tabiiy muhitga va aholi salomatligiga xavf-xatarlarni kamaytirish.

Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasining talablarini bajarish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish.

Belgilangan muddatlarda

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, “O‘zkimyosanoat” AJ, ITSV, TIV, Moliya vazirligi

Qishloq xo‘jaligi ekinlariga ishlov berishda foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan kimyoviy vositalarni bosqichma-bosqich yo‘q qilish yoki ekologik jihatdan xavfsiz ravishda chiqarib tashlashni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari

O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, ITSV, TIV,

Zaharli kimyoviy mahsulotlar va boshqa toksik moddalarni ko‘mishga mo‘ljallangan maxsus poligonlarni konservatsiya qilish bo‘yicha manzilli dasturni amalga oshirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida)

Moliya vazirligi“O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi

“Chorkesar” obyektini to‘liq rekultivatsiya va ekologik reabilitatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida)

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi

“Yangiobod” obyektini to‘liq rekultivatsiya va ekologik reabilitatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil 1-dekabr

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, kredit mablag‘lari

“Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, ITSV

VII. Iqtisodiyotni ekologiyalashtirish va tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari

18.

Iqtisodiyotning barcha sektorlarida ekologik jihatlar hisobga olinishini ta’minlash.

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturiy hujjatlari, konsepsiyalari va strategiyalarini, shu jumladan ularni strategik jihatdan ekologik baholash, shuningdek, ekotizimlarning qayta tiklash imkoniyatlari va ehtimoliy sig‘imini hisobga olgan holda, alohida loyihalarning atrof muhitga ta’sirini baholash orqali qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil 1-dekabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat ekologiya qo‘miasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Iqtisodiyot sektorlarini ekologik tarkibiy qismni hisobga olgan holda rivojlantirish.

19.

Iqtisodiyotni jadallik bilan ekologiyalashtirish vositalarini yaratish.

Quyidagilar bo‘yicha choralar ko‘rish:

Davlat ekologiya qo‘mitasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Iqtisodiyot sektorlarini rivojlantirishni rejalashtirishda ekologik tarkibiy qismni hisobga olish orqali ifloslanish hajmlarini kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash.

ekotizimlarning qayta tiklash imkoniyatlari va ehtimoliy sig‘imini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;

2020-yil 1-iyun

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini ekologik sug‘urtalash va ekologik auditdan o‘tkazish tizimini joriy etish;

2020-yil 1-dekabr

atrof muhitning sifatini belgilab beruvchi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro standartlarga (BMTning YIK, YI va boshqalar) o‘tish.

2021-yil 1-dekabr

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

20.

Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashti-rish.

Xalqaro tajribani o‘rganish.

2020-yil 1-yanvar

Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga investitsiyalar ortishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ekologik toza texnologiyalardan foydalanishni rivojlantirish.

Milliy normativ-huquqiy bazani xatlovdan o‘tkazish

2020-yil 1-mart

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish:

2020-yil 1-dekabr

“ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyilini to‘liq ro‘yobga chiqarib, tashlangan chiqindilar va tashlamalar uchun to‘lov miqdorlarini ularning hajmi hamda atrof muhit va aholi salomatligi uchun xavfiga bog‘liq bo‘lishini ta’minlash;

nazorat ostidagi ifloslantiruvchi moddalar sonini YI standartlari asosida optimallashtirgan holda chiqindi va tashlamalar ustidan samarali nazorat mexanizmini joriy etish;

iqtisodiyotni xomashyo eksport qilishdan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlashga o‘tkazishni rag‘batlantiruvchi soliq va tarif siyosatini shakllantirish hamda olib borish;

ekologik neytral texnologiyalar, tovarlar va xizmatlardan foydalanish va olib kirishni rag‘batlantiruvchi soliqlar va bojlar tizimini yaratish;

xo‘jalik faoliyati natijasida atrof muhitga yetkazilgan zararni hisoblashning samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etish;

qayta tiklanuvchi va noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan elektr energiyasini tarmoqqa yetkazib berish bo‘yicha maxsus xarid tarifini (“yashil tarif”) joriy etish;

sanoat chiqindilarini takroriy ishlatish va ikkilamchi qayta ishlashni rag‘batlantiruvchi bozor mexanizmlarini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2021-yil 1-aprel

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-iyun

VIII. Ekologik nazoratni va atrof muhit muhofazasi sohasidagi davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari

21.

Ishlab chiqarish ustidan ekologik nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish:

ishlab chiqarish ustidan ekologik nazoratni amalga oshirishda maqsadlar, vazifalar, faoliyatning asosiy yo‘nalishlari va javobgarlik choralarining dolzarbligini ta’minlash;

ishlab chiqarish ustidan ekologik nazoratning samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar;

atrof muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassisliklar, o‘quv rejalari va mutaxassislar tayyorlash dasturlarining dolzarbligini ta’minlash, shu jumladan ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

atrof muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi (yuqori va o‘rta darajadagi xavf-xatar) xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ekologik xizmatlar tashkil etilishi amaliyotini joriy etish va bunda majburiy ravishda mutaxassislarning malakasini muntazam oshirish.

2020-yil 1-sentabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, aloqador vazirliklar va idoralar

Ishlab chiqarish ustidan ekologik nazorat bo‘yicha samarali ishlovchi zamonaviy tizimning yaratilishi.

22.

Atrof muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi faoliyat turini amalga oshiruvchi (yuqori va o‘rta darajadagi xavf-xatar) xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari bilan kelishilgan holda ekologik talablar va me’yorlarni bajarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tegishli obyektlarda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlarni tasdiqlash.

Tashkiliy choralar

Har yili 25-yanvarga qadar

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar,

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Xo‘jalik faoliyatining ekologik talablar va me’yorlarga muvofiqligini ta’minlash.

23.

Ekologik ekspertizadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish.

Xalqaro tajribani o‘rganish.

2020-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Ekologik ekspertizadan o‘tkazishning samarali, zamonaviy va shaffof tizimini yaratish.

Milliy normativ-h�quqiy bazani xatlovdan o‘tkazish.

2020-yil 1-sentabr

Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri hamda ekologik ekspertiza o‘tkazishni tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish:

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ekologik xavflilik toifasini xalqaro standartlar asosida belgilashning shafof tizimini yaratish;

“eng yaxshi arzon texnologiyalardan foydalanish” tamoyiliga o‘tish, ekspertiza obyektlarining ta’sirini modellashtirish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning atrof muhitga ta’sirini baholash natijalarini ko‘rishning zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;

ekologik me’yorlarni yakka tartibda belgilash usulidan tarmoq bo‘yicha belgilash usuliga o‘tish;

ifloslantiruvchi moddalarni tashlash, chiqarish, shuningdek, ekologik-xo‘jalik rayonlarining chiqitlarini joylashtirishni kvotalashning aniq mezonlarini belgilash;

“quvurdan chiqindi chiqish joyi”ni nazorat qilish emas, balki ifloslantirishni bartaraf etish va kamaytirishning ustuvorligi;

ekspertlardan keyingi nazoratning samarali mexanizmi;

suv, xomashyo iste’moli va energiya resurslaridan samarali foydalanish hisobga olinadigan nazoratning samarali, arzon texnik usullaridan foydalanish mexanizmi.

2021-yil 1-mart

Qonun va tegishli qonunosti hujjatlari loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2021-yil 1-avgust

Qonun va tegishli qonunosti hujjatlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-noyabr

24.

Ekologik sertifikatlash va standartlashtirish tizimini takomillashtirish.

Xalqaro tajribani o‘rganish.

2020-yil 1-yanvar

Davlat ekologiya qo‘mitasi, aloqador �azirliklar va idoralar

Ekologik sertifikatlashning samarali, zamonaviy va shaffof tizimini yaratish.

Milliy normativ-huquqiy bazani xatlovdan o‘tkazish.

2020-yil 1-iyun

Shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish:

2020-yil 1-dekabr

ekologik menejment tizimini yaratishning xalqaro standartlarini joriy etish;

MDH, YI mamlakatlari va boshqa davlatlar bilan ekologik sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘zaro tan olish mexanizmini joriy etish;

ekologik sertifikatlashtirish tizimini, shu jumladan g‘ildirakli transport vositalarini sertifikatlashtirishni takomillashtirish;

amaldagi standartlarni ISO va XEK xalqaro standartlari bilan uyg‘unlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2021-yil 1-mart

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-iyun

25.

Atrof tabiiy muhitni ekologik monitoring qilish tizimini takomillashtirish.

Atrof tabiiy muhit ustidan davlat monitoringini olib boruvchi vazirlik va idoralar laboratoriyalarining moddiy-texnik va metodik ta’minotini tubdan yaxshilash.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, ITSV, TIV, aloqador vazirliklar va idoralar

Atrof tabiiy muhitni ekologik monitoring qilishning samarali, zamonaviy va shaffof tizimini yaratish.

Respublika ichida atmosfera havosining ifloslanishini avtomatik ravishda o‘lchovchi postlar tizimini yaratish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

“O‘zgidromet” markazi, Moliya vazirligi, ITSV, TIV, Davlat ekologiya qo‘mitasi

Atrof muhitga ta’siri bo‘yicha I toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 20 foizini atmosfera havosiga ustuvor turg‘un (tashkillashtirilgan) ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik tizimlar bilan jihozlash.

2021-yil 1-dekabr

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar

Atrof muhitga ta’siri bo‘yicha I toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 20 foizini suv obyektlari va yer relyefiga ustuvor ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik tizimlar bilan jihozlash.

2021-yil 1-dekabr

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar

26.

Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning tarkibiy tuzilmalariga belgilangan tartibda fuqaro aviatsiyasining, shu jumladan videoregistrator bilan ta’minlangan, uchuvchisiz uchish apparatlarini, olib kirish uchun ruxsatnoma berish.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqarolik aviatsiyasi agentligi zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning tuzilmaviy bo‘linmalariga fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida xulosa berilishini ta’minlasin.

Tashkiliy choralar

Belgilangan muddatlarda

Transport vazirligi, aloqador vazirliklar va idoralar

Atrof muhitni monitoring qilish sifatini oshirish.

IX. Atrof muhitni muhofaza qilishning ilmiy ta’minotini rivojlantirish

27.

Fundamental ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha choralar ko‘rish:

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Innovatsiya vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi

Ekologik muammolarni hal etishga ilmiy asoslangan yondashuvni ta’minlash.

biologik xilma-xillikni saqlash muammolarini va biologik xavfsizlikning ilmiy asoslarini o‘rganish;

2020-yil 1-yanvar

tabiiy tizimlar va xo‘jalik faoliyati sektorlarining ehtimoliy global va mintaqaviy iqlim o‘zgarishlariga ta’sirchanligini tadqiq qilish;

2020-yil 1-dekabr

ekologik xavf-xatar�arni aniqlashning ilmiy asoslari;

2021-yil 1-dekabr

atrof muhit holatidagi o‘zgarishlarning aholi salomatligiga ta’siri.

2021-yil 1-dekabr

28.

Amaliy ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha choralar ko‘rish:

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Innovatsiya vazirligi

Amaliy ahamiyat kasb etuvchi ekologik muammolarni hal qilishga ilmiy asoslangan yondashuvni ta’minlash.

suv iste’molining yangi me’yorlari, suv ta’minoti va ichimlik suvi manbalarining sifat me’yorlarini ilmiy-metodik asoslash;

2020-yil 1-dekabr

ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalar, ishlab chiqarishlar, xomashyo, material, mahsulot va uskunalar turlarini ishlab chiqish;

2021-yil 1-dekabr

hududlarni ekologik rayonlashtirish metodologiyasini ishlab chiqish, shuningdek, salomatlik uchun eng xavfli hududlarni aniqlash uchun suv havzalari va ichimlik suvining ifloslanish darajasini baholash mezonlarini qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil 1-dekabr

29.

Atrof muhitni muhofaza qilishning ilmiy ta’minoti bilan bog‘liq amaliy va tashkiliy masalalarni hal etish.

Ilmiy g‘oyalar transformatsiyasini tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi sanoat uskunalari namunalariga aylantirish va ularni texnologik jarayonga joriy etishni ta’minlovchi mexanizmni yaratish.

2020-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Innovatsiya vazirligi

Atrof muhitni muhofaza qilishni ilmiy ta’minlashning samarali tizimini yaratish.

Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida to‘plangan bilimlarning tizimlashtirilishi va ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirilishini tashkillashtirish.

2021-yil 1-dekabr

X. Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faollashtirish va uzluksiz ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar

30.

Aholining atrof muhit holati to‘g‘risida xabardorligini oshirish.

Atrof muhit va tabiiy resurslardan foydalanish holati to‘g‘risida milliy ma’ruzalarni muntazam ravishda tayyorlash va e’lon qilish.

2021-yildan boshlab har yili

Vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Aholining atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirish.

31.

Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faollashtirish.

Jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish:

ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik ishtiroki shartligini ta’minlovchi samarali mexanizmni yaratish;

atrof muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi (yuqori va o‘rta darajadagi xavf-xatar) qayd qilingan faoliyat turlarida davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishdan oldin ularning atrof muhitga ta’sirini baholash loyihalari bo‘yicha jamoatchilik eshitishlarini va jamoat ekologik ekspertizasini o‘tkazish mexanizmini yaratish;

atrof muhitni muhofaza qilish jamoat inspektorlari institutini takomillashtirishni ta’minlash.

2021-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga fuqarolik jamiyatining jalb etilishini ta’minlash.

32.

Ekologik ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish:

ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlantirish masalalarini ta’limning barcha bosqichidagi o‘quv dasturlariga joriy etish;

ekologik muammolarni va tabiatdan to‘g‘ri foydalanish zaruratini yanada chuqur anglab yetishga yordam beruvchi ekologiya bo‘yicha yangi umumta’lim va maxsus o‘quv rejalari (dasturlari)ni joriy etish va mavjudlarini yaxshilash;

ta’lim tizimining barcha bosqichlari uchun ekologiya sohasida mutaxassislar tayyorlashni, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlash;

atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi uzluksiz ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi pedagog kadrlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

2021-yil 1-dekabr

Davlat budjeti (har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida), vazirliklar va idoralarning mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, aloqador vazirliklar va idoralar

Aholining ekologik ta’limini, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida kadrlar salohiyatini yaxshilash.

XI. Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

33.

Xorijiy davlatlar bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va kengaytirish.

Xorijiy davlatlar bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi ikki tomonlama shartnomalarni xatlovdan o‘tkazish.

2019-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, TIV

Xorijiy davlatlarning keng doirasi bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun zamonaviy shartnomaviy-huquqiy bazani yaratish.

Xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini o‘rganish.

2020-yil 1-mart

Quyidagilarni inobatga olgan holda xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama bitimlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ishlab chiqish, kelishish va belgilangan tartibda kiritish:

transchegaraviy qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tashkil qilish;

transchegraviy daryolar havzalarini boshqarish, bioxilma-xillikni saqlash va tartibga solish;

transchegaraviy ifloslanishni monitoring qilish va atrof muhitning holati to‘g‘risida axborot almashish.

2020-yil 1-dekabr

Xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish yuzasidan takliflar kiritish.

2020-yil 1-dekabr

34.

Xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va kengaytirish.

Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar o‘rtasidagi shartnomaviy-huquqiy bazani xatlovdan o‘tkazish.

2019-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, ITSV, TIV

Xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning keng doirasi bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun zamonaviy shartnomaviy-huquqiy bazani yaratish.

Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar o‘rtasidagi shartnomaviy-huquqiy bazani o‘rganib chiqish.

2020-yil 1-mart

Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar o‘rtasidagi amaldagi normativ-huquqiy bazaga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ishlab chiqish, kelishish va belgilangan tartibda kiritish, shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar o‘rtasidagi shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish yuzasidan takliflar kiritish.

2020-yil 1-dekabr

35.

Milliy qonunchilikni O‘zbekiston Respublikasining “Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq holatga keltirish maqsadida uni takomillashtirish).

Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini ratifikatsiya qilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi olgan majburiyatlarni bajarishning samarali mexanizmini yaratish.

36.

Minamata konvensiyasiga (Kumamoto shahri, Yaponiya, 2013-yil 10-oktabr) qo‘shilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqish.

Zarur tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.

2019-yil 1-dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar

O‘zbekiston Respublikasining Minamata konvensiyasiga qo‘shilishi orqali rivojlangan davlatlarning xalqaro tajribasi asosida simob hamda tarkibida simob bo‘lgan moddalar va tovarlar aylanmasini boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni takomillashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish.

37.

Monreal protokoli talablariga rioya qilish maqsadida Ozon qatlamini buzuvchi jismlardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha Milliy dasturning yangi tahririni hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

“Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-may

Xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Monreal protokoli doirasidagi O‘zbekiston Respublikasi olgan majburiyatlarni bajarishning samarali mexanizmini yaratish.

38.

Parij bitimini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasini qabul qilish.

Parij bitimini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi loyihasini ishlab chiqish, kelishish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-iyun

“O‘zgidromet” markazi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Parij bitimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi olgan majburiyatlarni bajarishning asosiy yo‘llarini belgilash.

39.

Xalqaro savdoda alohida xavfli kimyoviy moddalar va pestitsidlarga nisbatan asoslantirilgan dastlabki kelishuv tartib-taomili to‘g‘risidagi Rotterdam konvensiyasiga (Rotterdam shahri, Niderlandiya, 1998-yil 10-sentabr) qo‘shilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqish.

Zarur tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.

2021-yil 1-iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar

O‘zbekiston Respublikasining Rotterdam konvensiyasiga qo‘shilishi orqali rivojlangan davlatlarning xalqaro tajribasi asosida alohida kimyoviy moddalar va pestitsidlarni boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni takomillashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish.

40.

O‘zbekiston Respublikasining Monreal protokoliga Kigali tuzatishlariga (Kigali shahri, Ruanda, 2016-yil 15-oktabr) qo‘shilishining maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqish.

Zarur tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.

2020-yil 1-dekabr

Xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, TIV, O‘zbekiston ekologik partiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

O‘zbekiston Respublikasining Monreal protokoliga Kigali tuzatishlariga qo‘shilishi orqali gidroftoruglerodlarni bosqichma-bosqich muomaladan chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqish.

41.

Atrof muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Orxus konvensiyasi, Orxus shahri, Daniya, 1998-yil 25-iyun) qo‘shilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqish.

Zarur tahliliy materiallarni tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.

2021-yil 1-dekabr

Xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Oliy sud, Adliya vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

O‘zbekiston Respublikasining Orxus konvensiyasiga qo‘shilishi orqali insonning o‘z salomatligi va farovonligi uchun qulay atrof muhitga ega bo‘lish, atrof muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish, ishtirok etish va odil sudlovga erishish huquqini ta’minlash tizimini takomillashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)