1-ILOVA
2-ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlarning nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
| “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida (keyingi oʻrinlarda — Universitet) taʼlim sifatini oshirish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash | |||||
| 1. | Zarur oʻquv rejalari va dasturlari, oʻquv-metodik materiallar va darsliklar ishlab chiqishni tashkil etish. | 1. Professor-oʻqituvchilar tarkibi va jalb qilingan ekspertlar orasidan ishchi guruhini tuzish. 2. Taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlari, shuningdek, talabalar bilimini baholash tizimini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2018-yil 20-sentabrgacha | - | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Universitet |
| 2. | Talabalarning turizm sohasidagi muayyan korxonalar va tashkilotlarda amaliy mashgʻulotlar hamda malakaviy amaliyotlar oʻtishini tashkil qilish. | 1. Tarmoqning nazariy va amaliy muammolaridan kelib chiqib, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba va ilmiy tadqiqotlar natijalarini inobatga olgan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari uchun malakaviy talablar, oʻquv rejasi, ilmiy dasturlar va oʻquv adabiyotlarini ishlab chiqish. 2. Tahsil olayotgan talabalar kontingentini tegishli korxonalar va tashkilotlarga biriktirish, shuningdek, taʼlim yoʻnalishi xususiyatidan kelib chiqqan holda shartnomalar tuzish. 3. Shartnomalar va jadval asosida talabalarning amaliy mashgʻulotlari va malakaviy amaliyotini tashkil qilish, mazkur jarayonni nazorat qilish uchun Universitetning masʼul vakillarini tayinlash. | 2018-yil 15-dekabrgacha | - | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, korxonalar va tashkilotlar — kadrlar buyurtmachilari, Universitet |
| 3. | Universitet professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining xorijiy turistik kompaniyalar, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarda stajirovkalarini va malaka oshirishini tashkillashtirish. | 1. Xorijiy mamlakatlarning sohadagi yetakchi OOʻYU va ilmiy-tahliliy markazlari bilan turizm sohasida xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish va chuqurlashtirish boʻyicha 2018 — 2020-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash. 2. Tegishli xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish. 3. Stajirovka va malaka oshirishni tashkil qilish jadvalini tuzish va kelishilgan grafikni tasdiqlash. 4. Stajirovka va malaka oshirish tashkil qilinishini taʼminlash. | 2019-yildan boshlab | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, XMI grantlari, Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Universitet |
| 4. | Kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalarining maʼlumotlar bazasini yaratish. | 1. Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassislari kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalarining maʼlumotlar bazasini yaratish. 2. Turistik tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini turizm sohasining muammolarini hisobga olgan holda shakllantirilgan mavzular boʻyicha bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining ilmiy rahbarlariga biriktirish. 3. Universitetdagi bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining yakuniy davlat attestatsiyasi va himoyasida komissiyalar tarkibida korxonalarning vakillari ishtirokini taʼminlash. | 2019-yildan boshlab | - | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet |
| 5. | Universitetda elektron oʻqitish tarmogʻini yaratish. | 1. Asosiy darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini elektron shaklga oʻtkazish. 2. Taʼlimning elektron resurslarini axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimiga joylashtirish. | 2018-2019-yillar | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Universitet |
| 6. | Oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlari asosida oʻqitishning ilgʻor texnologiyalari va metodlarini tatbiq etish. | Universitetning xorijda stajirovka va malaka oshirish kurslaridan oʻtgan professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari tomonidan mahorat darslari tashkil qilish, oʻqitishning ilgʻor texnologiyalari va metodlarini tatbiq etish. | 2018-2019-yillar | - | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet |
| 7. | Universitetda oʻqitishning tegishli mutaxassisliklari va yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim jarayonini taʼminlash maqsadida respublikamizning yetakchi ilmiy xodimlari, mutaxassislar va oʻqituvchilarni jalb qilish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari, boshqa muassasalar va tashkilotlar mutaxassislarining shartnoma asosida Universitetda dars berishi masalasini ishlab chiqish. 2. Amaliy mashgʻulotlar oʻtish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi; Universitet, manfaatdor tashkilotlar va muassasalar |
| 8. | Isteʼdodli talabalarning xalqaro turizm masalalariga bagʻishlangan ilmiy-ijodiy forumini tashkil qilish. | 1. Universitetning faol va isteʼdodli talabalarini ilmiy-tadqiqot va ijodiy guruhlarga jalb qilish mexanizmini yaratish. 2. Universitet hududida “Buk-kafe” faoliyatini tashkil qilish. | 2019-yil 1-aprelgacha | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, boshqa manbalar | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Universitet |
| 9. | Turizm sohasidagi taʼlim muassasalariga metodik va amaliy koʻmak koʻrsatish. | Turizm sohasidagi taʼlim muassasalari bilan, shu jumladan quyidagilar orqali yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish: memorandumlar tuzish; qoʻshma nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish; turizmni rivojlantirish boʻyicha loyihalarda qatnashish. | 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab | - | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Universitet |
| 10. | Amaliyotda talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni maqsadli tayyorlashni taʼminlash hamda shu asosda taʼlim mutaxassisliklari va yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlashga har yillik maqsadli buyurtmalar portfelini shakllantirish. | Turizm sohasidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tijoriy tuzilmalar va nodavlat tashkilotlarning kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini kompleks tahlil qiluvchi doimiy ishlaydigan tizimni yaratish. | 2018-yil 10-dekabrgacha | - | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 11. | Universitetni professor-oʻqituvchilar tarkibi, tegishli mutaxassislar bilan butlash. | 1. Nomzodlarni oʻrganish va ularning roʻyxatini shakllantirish. 2. Nomzodlar bilan suhbatlar oʻtkazish hamda tanlovni tashkil qilish. 3. Tegishli nomzodlarni Universitetga ishga qabul qilish. toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish. | 2018-yil avgust va sentabr oylari davomida | - | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 12. | Turizm sohasidagi innovatsiyalar markazi faoliyatini samarali tashkil qilish. | Turizm sohasida yangi loyihalar, ilmiy tadqiqotlar va gʻoyalarni shakllantirish, tajriba, tadqiqotlar bilan almashinuv uchun maydon yaratish. | 2019-yil 1-yanvargacha |
| Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
| 13. | Turizm sohasidagi axborot texnologiyalari markazi faoliyatini samarali tashkil qilish. | Zarur kompleks tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2019-yil 1-yanvargacha |
| Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Universitet |
| II. Universitetning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va innovatsion hamkorlikni yoʻlga qoʻyish | |||||
| 14. | Oliy taʼlim — ilm-fan — ishlab chiqarishni integratsiyalashtirgan holda ilmiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish. | 1. Turizmning tarmoq tashkilotlari rivojidagi ilmiy-texnikaviy yoʻnalishdagi muammolarga bagʻishlangan tematik bazani shakllantirish. 2. Xoʻjalik shartnomalari (grantlar, loyihalar), bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini tematik bazadan foydalangan holda bajarish. | 2019-yil 15-yanvargacha | - | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet |
| 15. | Professor-oʻqituvchilar tarkibi, olimlarni turizmning dolzarb muammolarini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish. | 1. Turizm sohasidagi ilmiy-texnikaviy muammolar bazasini shakllantirish va uning doimiy yangilab borilishini taʼminlash. 2. Universitetning professor-oʻqituvchilar tarkibini va talabalarni turizm sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish. 3. Olingan natijalarni, oʻrganilgan materiallar asosida xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarni tatbiq qilishda amaliy yordam berish. | 2018-2019-yillar | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet |
| 16. | Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish | 1. Yosh oʻqituvchilarni xorijiy va respublika taʼlim muassasalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlariga biriktirish. 2. Universitetning axborot-resurs markazini xorijiy ilmiy jurnallar, yetakchi davriy nashrlar bilan taʼminlash. 3. Universitet professor-oʻqituvchilar tarkibining xalqaro turizm rivojining dolzarb masalalari boʻyicha xorijda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda ishtirok etishini taʼminlash. | 2019-yil 1-maygacha | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet |
| III. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish | |||||
| 17. | Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni mustahkamlash, ularning samaradorligini yanada oshirish. | 1. Boshqa oliy taʼlim muassasalarining maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar boʻyicha ilgʻor tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, aniq maqsadlar qoʻyilgan yillik ish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini taʼminlash. 2. Axborot-resurs markazi, fakultetlar, kafedralarning metodik materiallar, koʻrgazmali qurollar, maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash. 3. Talabalar va professor-oʻqituvchilar tarkibi tomonidan axborot-resurs markazida maʼnaviy-maʼrifiy adabiyotlardan foydalanishini monitoring qilish va natijalarni universitet (fakultet) yigʻilishida muhokama qilish. 4. “Yangi kitoblar va metodik materiallar koʻrgazmasi” tadbirini oʻtkazish. 5. Talabalar oʻrtasida sayyohlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar, tanlovlarni tizimli asosda oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish. | 2018-yil davomida | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet |
| 18. | Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish boʻyicha soʻrov oʻtkazish, natijalarni universitet (fakultet) yigʻilishida muhokama qilish asosida tegishli chora-tadbirlarni tashkillashtirish. | 1. Universitet maʼmuriyati tomonidan talabalarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va hal qilish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirni tashkil qilish. 2. Taʼlim-tarbiya jarayonining sifati toʻgʻrisida soʻrov oʻtkazish va uning natijalariga koʻra aniq vazifalarni belgilash. | har oy har chorakda | - | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Universitet, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
| 19. | Talabalar yashash joylarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil qilish. | 1. Talabalar yashash joylarida istiqomat qiluvchi Universitet talabalarini jalb qilgan holda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. 2. Talabalar yashash joylariga maʼnaviy-maʼrifiy ruhdagi shiorlar oʻrnatish, axborot-resurs markazi, dam olish xonalari, sport-sogʻlomlashtirish binolari, kompyuter zallari va maishiy xizmat punktlarida zarur shart-sharoitlar yaratish. 3. Talabalarning oʻzini oʻzi boshqarish tizimidan keng foydalanish. | doimiy | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Universitet, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
| 20. | Yashash joylarini ijaraga oluvchi talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish. | Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, fuqarolar yigʻinlari vakillarini jalb qilgan holda, talabalarning turmush kechirish, darslarga tayyorlanish, dam olish va boshqa hayotiy ahamiyatga molik shart-sharoitlarini va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish. | doimiy | - | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Universitet, IIV, “Mahalla” jamgʻarmasi |
| 21. | Universitet hududida turizm boʻyicha amaliy ishlab chiqarish maydonlari (media markaz, buk-kafe, Wi-Fi zonalar, munozara klublari va boshqalar)ni tashkil qilish. | 1. Turizm boʻyicha amaliy ishlab chiqarish maydonlari loyihasini (dizaynini) yaratish. 2. Turizm boʻyicha amaliy ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish maqsadida grantlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb qilish. 3. Obyektlarning toʻlaqonli ishlashini taʼminlash. | 2018 — 2020-yillar davomida | XMI va xorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Universitet |
| 22. | “Turizmni rivojlantirish uchun eng yaxshi tashabbuslar” respublika tanlovini tashkil qilish. | 1. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Tanlovni ommaviy axborot vositalarida keng yoritgan holda tashkil qilish va oʻtkazish. | har oʻquv yilida | - | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet |
| IV. Universitet hududida qurilish-montaj ishlari va uning hududini obodonlashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
| 23. | Zarur infratuzilmani yaratish va Universitet faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun birinchi bosqichda kerakli kompleks ishlarni amalga oshirish. | 1. Universitet bino va inshootlarini taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish. 2. Universitetni kompyuter va boshqa orgtexnika, oʻqitishning texnik vositalari, shu jumladan masofaviy va onlayn taʼlimni tashkil qilish uchun zarur boʻlgan texnikalar, turizm masalalari boʻyicha oʻquv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan taʼminlash. 3. Universitetni mebel (doskalar, partalar, stollar, stullar va boshqalar), inventar, zamonaviy laboratoriya jihozlari, shuningdek, oʻquv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan jihozlash. | 2018-yil 30-sentabrgacha | Samarqand viloyatining mahalliy budjet mablagʻlari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi | Samarqand viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Matbuot va axborot agentligi |
| 24. | Universitet bino va inshootlarini hamda tutash hududlarni rekonstruksiya qilish ishlarini bajargan holda, undagi oʻqitish sharoitlarini yanada yaxshilash. | Universitet bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish, unga tutash hududdagi yoʻllar sifatini yaxshilash, tegishli infratuzilma, kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl-axborot koʻrsatkichlari bilan taʼminlash. | 2019-yil davomida | Davlat rivojlanish dasturlari doirasida kapital qoʻyilmalar limitlari | Samarqand viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, IIV, Moliya vazirligi, Universitet |
| 25. | Universitetni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash. | Tegishli uskunalar bilan jihozlagan holda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish boʻyicha barcha zarur ishlarni bajarish. | 2018-yil 1-sentabrgacha | Foydalanuvchi tashkilotlarning mablagʻlari | Samarqand viloyati hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Universitet |
| 26. | Universitetni optik tolali liniya orqali Internet tarmogʻiga va axborot-taʼlimiy portallarga ulash. | Mazkur vazifani bajarish uchun barcha tashkiliy-texnik masalalarni hal qilish. | 2018-yil 15-sentabrgacha | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Universitet |
| 27. | Universitetning oʻz veb-saytini yaratish. | 1. Veb-saytni ishlab chiqish boʻyicha ijrochilarni qidirish va shartnoma tuzish. 2. Veb-saytning Internet tarmogʻida toʻlaqonli ishlashini taʼminlash. 3. Veb-saytni dolzarb va zarur axborot bilan doimiy ravishda yangilab borish. | 2019-yil 1-yanvardan boshlab 2019-yildan boshlab muntazam ravishda | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Universitet |