18.12.2023 yildagi PQ-397-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika sanoatini jadal rivojlantirishda yangi zamonaviy mexanizmlarni joriy qilish orqali ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va qoʻshimcha zaxiralarni yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-111-son Farmoni bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat tarmoqlarini tubdan rivojlantirish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi huzurida Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga 1 mlrd AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablagʻ jalb qilinishi, shu jumladan 2023-2024-yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 200 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlar ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat tarmoqlarida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, sohaga zamonaviy texnologiyalar va bilimlarni olib kirish hamda mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qoʻshilgan qiymatli eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, xususiy sektor korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini yaratish hamda ularni eksport faoliyatiga jalb qilish va yangi bozorlarni oʻzlashtirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qoʻshilgan qiymatli va yangi yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan va eksportbop investitsiya loyihalarini, shu jumladan sanoat ipotekasi tizimi orqali moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarmaning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yildan boshlab har yili Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Jamgʻarma tomonidan taqdim etiladigan kompensatsiya xarajatlari uchun 15 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, loyiha qiymati 4 mln AQSH dollaridan yuqori boʻlgan sanoat loyihalariga Jamgʻarma tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat banklariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud quvvatlarni kengaytirishga qaratilgan sanoat loyihalari uchun import qilinadigan asbob-uskuna xarid qilish, shu jumladan avans toʻlovlarini qoplab berish maqsadida, xorijiy valyutada yillik 5 foiz va milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yil muddatgacha, shundan 3 yilgacha imtiyozli davr bilan kredit mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida bino-inshootlar xarid qilish uchun 7 yil muddatgacha, shundan 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada sanoat ipotekasi tizimi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalariga xomashyo materiallarini xarid qilish uchun aylanma mablagʻlarni shakllantirish maqsadida 1 yil muddatgacha xorijiy valyutada yillik 4 foiz hamda milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kredit yoki subordinar qarz mablagʻlari ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir loyiha doirasida kredit mablagʻlari 1 mln AQSH dollaridan 10 mln AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskorining loyihadagi ulushi loyiha qiymatining 30 foizidan kam boʻlmagan miqdorda, shu jumladan kapital qoʻyilmalar qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda (kredit mablagʻi ajratilgunga qadar) pul mablagʻlari bilan ishtiroki talab etiladi (aylanma mablagʻlarini shakllantirish maqsadida ajratiladigan kreditlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi tartibga muvofiq 2024-yildan boshlab Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida kompensatsiya toʻlovlari uch tomonlama shartnoma asosida talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga qaratilgan loyihalarning marketing tadqiqotlari, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, xorijiy mutaxassislar jalb qilish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning 50 foizigacha, lekin 20 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sanoat korxonalari bilan taʼsis qilinadigan qoʻshma korxonaning (SPV) ustav kapitalida 25 foizgacha ulush Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining shuʼba korxonasi orqali ishtirokchi (taʼsischi) sifatida ishtirok etishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Jamgʻarmaga sanoat korxonalari tomonidan, oʻrnatilgan tartibda 5 yildan yuqori boʻlmagan muddatlarda emissiya qilingan obligatsiyalarni (bir loyiha doirasida 10 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha) quyidagi shartlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital rentabelligi (ROE) 15 foizdan kam boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obligatsiyalarning toʻlanadigan yillik daromad miqdori milliy valyutada, qarz oluvchining xatarlarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutadagi suveren obligatsiyalari stavkasidan past boʻlmagan miqdorda Jamgʻarma tomonidan sotib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari tegishli tarmoqning ilmiy-texnik kengashi tomonidan va loyiha doirasidagi import kontarktlari “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar tijorat banklarining ijobiy xulosalari, sanoat korxonalarining ustav kapitaliga kirish boʻyicha esa Jamgʻarmaning ijobiy xulosalari asosida Hukumat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Statistika agentligi, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlarining Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha arizalari Oʻzbekiston Milliy sanoat portali koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direksiyasining yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori Sh.A. Vafayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-397-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-dekabrdagi PQ-397-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Jamgʻarmani boshqarish kengashi

Direktor yordamchisi — matbuot kotibi (1)

Ijrochi direktor (1)

Yuridik xizmat (2)

 

Ijrochi direktor oʻrinbosari (1)

Ijrochi direktor oʻrinbosari (1)

Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi rahbari — direktor oʻrinbosari (1)

Buxgalteriya hisobi va aktivlarni boshqarish boʻlimi (4)

Investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi (1)

Investitsiya loyihalarini monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi (1)

Kreditlarni rasmiylashtirish va ajratish boʻlimi (5)

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi (1)

Yoqilgʻi-energetika kompleksi va kimyo sanoati loyihalari ekspertizasi boʻlimi (5)

Yoqilgʻi-energetika kompleksi va kimyo sanoati loyihalari monitoringi boʻlimi (3)

Subsidiyalar va kompensatsiyalar ajratish boʻlimi (3)

Kadrlar boʻlimi (1)

Metallurgiya sanoati va mashinasozlik loyihalari ekspertizasi boʻlimi (3)

Metallurgiya sanoati, mashinasozlik va infratuzilma loyihalari monitoringi boʻlimi (3)

Investitsiyalarni boshqarish boʻlimi (3)

Birinchi boʻlimi (1)

Infratuzilma loyihalari ekspertizasi boʻlimi (2)

Investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish boʻlimi (3)

Maʼmuriy sektor (1)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 47 ta shtat birligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-dekabrdagi PQ-397-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-350-son qarori 4-bandining yettinchi xatboshisi quyidagi yangi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan kreditlar berish va kredit liniyalarini ochish, shuningdek, kreditlar va kredit liniyalar tarkibini oʻzgartirish, shu jumladan Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan kreditlar ajratish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1725-son qarorning 3-bandi hamda 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-332-son qaroriga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi” soʻzlaridan keyin “, shu jumladan Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “loyihalar” soʻzidan keyin “, Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 07/23/397/0948-son; 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son)