21.07.2023 yildagi PF-111-son
3. Belgilansinki, 2023-yil 1-avgustdan boshlab 1-ilovada ko‘rsatilgan vazirlik va idoralarda:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.02.2024-y., 06/24/41/0166-son)
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosarlari 9-ilovaga muvofiq xorijiy mamlakatlarga biriktirilsin va investorlar bilan samarali faoliyatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ul etib belgilansin.

T/r

Tashkilotning amaldagi to‘liq (rasmiy) nomi

Tashkilotning taklif qilinayotgan to‘liq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar

1.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK.

Qonunchilikka muvofiq:

a) loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini va unga sarflangan xarajatlar qoplanishini baholaydi, loyiha uchun investitsiya xarajatlarining asoslanganligini o‘rganib chiqadi;

b) amaldagi infratuzilmaning mavjud quvvatlaridan foydalanilishi va yangi obyektning optimal joy�ashtirilishini hisobga olgan holda, loyihaning ijtimoiy ahamiyatini baholaydi;

v) taklif etilayotgan marketing konsepsiyasi asosida loyihani amalga oshirish imkoniyatini va taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiq asbob-uskunalar narxlarining cheklangan parametrlarini baholaydi;

g) investitsiya loyihasining rentabelligini baholaydi;

d) loyihani amalga oshirish bo‘yicha turli texnologik yechimlar tahlili, ularning afzalliklari va kamchiliklari, tanlangan variantni asoslanganligini baholaydi;

e) narx belgilashning (smetalarning) texnik reglamentlarini va amaldagi standartlarini tahlil qilish hamda takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

j) tahlil qilinayotgan loyiha doirasida taqdim etilgan kredit resurslarini qaytarish mexanizmlarini o‘rganish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar ehtimolini hisobga olgan holda, loyihalarni moliyalashtirish tartibini va ularning samaradorligini tahlil qiladi;

z) investitsiya loyihasini amalga oshirish va ishlab chiqarish barqaror ishlashi uchun muhandislik-kommunikatsiya ta’minoti vositalarining (ichimlik va oqava suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlari hamda kirish yo‘llari) zarur miqdorlari va parametrlari muvofiqligi ekspertizasini amalga oshiradi;

i) davlat xaridlariga doir tender hujjatlari va texnik topshiriqlarni belgilangan talablar va qoidalarga muvofiq ishlab chiqilganligini baholaydi;

k) shartnomalar, import kontraktlari va unga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi va ro‘yxatga oladi;

l) o‘z vakolati doirasida qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritadi;

m) ekspertiza va tanlov asosida o‘tkazilgan monitoring natijalarini umumlashtiradi va ular to‘g‘risida muassisga axborot beradi;

n) bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazadi.

2.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” DK.

Xususiy sektorga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” DK faoliyati tugatilib, uning funksiya va vazifalari hamda ko‘rsatadigan xizmatlari xususiy sektor orqali amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.02.2024-y., 06/24/41/0166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.02.2024-y., 06/24/41/0166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PF-20-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son)

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

Sanoatga oid rivojlantirish dasturi, strategiyasi va konsepsiyalarini ishlab chiqish.

1. “2026-yilgacha xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasi” loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil 1-sentabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atini 6 foizdan 10 — 14 foizga yetkazishni ko‘zda tutuvchi “2030-yilgacha sanoatni rivojlantirish strategiyasi” loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil 25-dekabr

3. O‘zbekiston Respublikasining “Sanoat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil 25-mart

2.

Investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish va tizimli muammolarni hal etish.

1. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi tarkibida “onlayn” va “oflayn” tartibda “Yagona darcha” tamoyili asosida faoliyat yurituvchi Investorlar markazini tashkil etish.

2023-yil 15-sentabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Investorlarga “Yagona darcha” tamoyili asosida (aeroportdan boshlab kutib olish, investitsiya vizasini taqdim etish, muzokaralar uchun sharoitlar yaratish va boshqalar) Investorlar markazi orqali xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

2023-yil 1-oktabr

3. Investorlarni aeroportdan boshlab kutib olish va hamrohlik qilish maqsadida Investorlar markaziga Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 3 ta avtotransport vositasini, shu jumladan 1 ta mikroavtobus (“miniven”) xarid qilish.

2023-yil 1-noyabr

3.

Eksportchi korxonalarga ko‘maklashish tizimini yanada takomillashtirish va ularning sonini oshirib borish.

1. Eksportni rag‘batlantirish agentligida eksportchi korxonalarning muammoli masalalarini muntazam ravishda hal etib borish maqsadida “onlayn” va “oflayn” tartibda “Yagona darcha” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatadigan Eksportchilar markazini tashkil etish.

2023-yil 1-sentabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

2. Eksportchilar shtabining doimiy faoliyatini samarali tashkil etish va biriktirilgan vazirlik va idoralar bilan ishlarni tashkil etish.

2023-yil 15-sentabr

4.

Yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash.

Yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish va ularning me’yorlarini tasdiqlash.

2023-yil 1-sentabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

5.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantirish.

1. Qiymati yuqori bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish Vazirlikning tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo‘yicha komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, elektron auksion orqali amalga oshirish.

2. Davlat xaridlari shaffofligini oshirish bo‘yicha har chorak yakuni bo‘yicha xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarni (xizmatlarni), mansabdor shaxslarning xizmat safari bo‘yicha xarajatlarini (sutkalik, mehmonxona va boshqa xarajatlar) Ochiq ma’lumotlar portali va Vazirlik rasmiy veb-saytiga joylashtirib borish.

Doimiy ravishda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6.

Vazirlikda energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish.

Vazirlikka 2023-yil uchun ajratilgan budjet mablag‘lari hamda budjetdan tashqari mablag‘lar yoki moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha Vazirlikning ma’muriy binosida 3 000 kvadrat metrga 300 kVt quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish.

2023-yil 1-sentabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Energetika vazirligi

7.

Vazirlikda davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish, tizim tashkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish.

Investitsiya loyihalarining biznes-reja (TIA)sini ishlab chiqishga mustaqil loyihalovchi tashkilot, ya’ni autsorsing asosida konsalting kompaniyasini belgilangan tartibda ochiq tanlov asosida uch tomonlama shartnomaga asosan jalb q�lish.

Bunda chora-tadbirlar Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

2023-yil 25-iyul

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Eksportni rag‘batlantirish agentligining jahon bozorida mahsulotlarga bo‘lgan talab, hajmlarni tahlil qilish, narx konyunkturasini o‘rganish vazifasini autsorsing bilan xususiy sektorga o‘tkazish.

2023-yil 1-oktabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo sohasidagi tadbirlar, sohaga oid publitsistik, chizma, foto, video materiallar tayyorlash va tarjimonlik xizmatlarini autsorsing orqali amalga oshirish choralarini ko‘rish.

Doimiy ravishda

8.

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib — taomillaridagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish.

Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining komissiyasi tomonidan litsenziya berish tartibini bekor qilish, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha vakolatlarni Vazirlik tomonidan amalga oshirish.

2023-yil 1-dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish (ularga xizmat ko‘rsatish, davlat tomonidan subsidiya taqdim etish, imtiyoz berish va boshqacha tartibda qo‘llab-quvvatlash) hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish. Xususan, yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibini soddalashtirish.

Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibi hamda yer ajratish jarayonlarini soddalashtirilgan holda amalga oshirish.

Bunda, yirik investitsiya loyihasi uchun belgilangan loyiha qiymatini kamida 5 million AQSh dollari ekvivalentida hamda hisobraqamga joylashtiriladigan loyiha qiymatining kamida 10 foizga teng qismini kamida 1 foizga tushirish ko‘zda tutiladi.

2023-yil 1-dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

10.

Sohani rivojlantirish dasturlari uchun jalb qilinadigan grant va texnik ko‘mak mablag‘larining prognozi hamda uning aniq yo‘nalishlarini belgilash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish guruhlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish.

1. Donorlar, Vazirlik va idoralar bilan birgalikda tarmoqlar hamda hududlarga oid istiqbolli loyihalar ro‘yxatini nazarda tutuvchi hamda 2023-yil uchun grantlarni jalb qilish bo‘yicha belgilangan qiymati 480 mln dollarga teng dastlabki rejadan kelib chiqib, “2023-yilda grantlarni jalb qilish dasturi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash choralarini ko‘rish.

2. 2023-yil mobaynida alohida grafik-jadval asosida bosqichma-bosqich Vazirlik va idoralar tizimidagi 50 ta loyihalarni amalga oshirish guruhlari (LAOG) faoliyatini tanqidiy o‘rganib, LAOG rahbarlari va xodimlari salohiyatini baholash bo‘yicha nazorat suhbatlarini o‘tkazish.

3. LAOG faoliyati samaradorligini (KPI) baholashda:

a) investitsiya loyihalarining loyihaoldi va tender hujjatlarini sifatli va belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishini ta’minlash;

b) tender savdolarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish, amalga oshiriladigan qurilish ishlari va asbob-uskunalarning tarmoq jadvallariga asosan yetkazib berilishini nazorat qilish.

2023-yil 31-dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

11.

Vazirlik tizimidagi tashkilotlar tomonidan nazorat funksiyalarini “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshirish tartibini takomillashtirish, shuningdek, ularni muvofiqlashtirish va nazorat funksiyalarini maqbullashtirish.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti tomonidan 2023-yilda vakolatli organ bilan kelishilgan holda, 1 680 ta profilaktika tadbirlarini hamda “xavfni tahlil etish” orqali 150 ta tadbirkorlik subyektlarida tekshirish o‘tkazish.

2023-yil 20-dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

12.

Vazirlik tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning modelini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentni tasdiqlash.

Bunda, xizmatlar faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishi ko‘zda tutiladi.

2023-yil 1-sentabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Adliya vazirligi

13.

Vazirlikda hamda uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar kesimida korrupsiya avj olgan sohalarda uning rivojlanish sabablari va shartlarini o‘rganish asosida ushbu sohalarning har biriga “tashxis qo‘yish” hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish.

Komplayens tizimini keng joriy qilish orqali:

a) Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning texnik iqtisodiy asoslashini hamda tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, xarid jarayonlarini baholash;

b) Eksportni rag‘batlantirish agentligi va Yoshlar jamg‘armasidan ajratiladigan moliyaviy resurslar, kompensatsiyalarni taqdim etish jarayonlari shaffofligini ta’minlash;

v) Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimini (ISO 31001 standartlari) joriy etish.

2023-yil 1-dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

14.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, Vazirlik faoliyatiga oid jarayonlarni raqamlashtirish.

1. Vazirlik rahbariyatining vazifalarini rejalashtirish, ichki hujjatlarni yuritish, harakat rejalari, “yo‘l xarita”lari bilan ishlash va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish.

2. “Task manager” axborot tizimining texnik topshirig‘ini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

3. “Task manager” axborot tizimini ishlab chiqish.

4. Axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish.

5. Axborot tizimini Vazirlik ichida ishga tushirish va barcha xodimlarni axborot tizimiga ulash.

6. Tarkibiy tuzilma tashkilotlarida joriy qilish va barcha xodimlarni axborot tizimiga ulash, ishlash ko‘nikmalarini oshirib borish.

2023-yil 25-sentabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

15.

Vazirlik tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish, tizim tashkilotlariga tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, o‘z ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish.

1. Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar�ing bilimlari, ko‘nikmalari va malakalarini oshirish uchun o‘quv-seminarlar jadvalini ishlab chiqish, jadval asosida tadbirlarni tashkil qilish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda boshqa tegishli oliy ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarida Vazirlik markaziy apparatining 50 nafar, chet davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro seminar va treninglarda 20 nafar xodimlar malakasini oshirish choralarini ko‘rish.

3. Vazirlik huzuridagi tashkilotlarga sohaga qiziquvchan, iqtidorli, fidoyi, nufuzli oliy ta’lim muassasalarini tugatgan, yuqori malaka va tajribaga ega tashabbuskor, sadoqatli, o‘z bilim va tajribasini oshirib boradigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini “Ustoz-shogird” tamoyili asosida uzluksiz va samarali oshirib borish.

Doimiy ravishda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

16.

Tashkiliy tuzilmalarni tasdiqlash, ular tarkibiga kiritilgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish.

1. Vazirlik va uning tarkibidagi idoralarning tashkiliy tuzilmalarini ishlab chiqish, tasdiqlash.

2. Vazirlik va uning tarkibidagi idoralarning faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi nizomlar hamda xodimlarining aniq vazifalarini belgilash.

3. Vazirlik hamda uning huzuridagi tashkilotlar rahbarlarining o‘rinbosarlari o‘rtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlab, ularning markaziy apparatlari va hududiy bo‘linmalarining tuzilmalari, shtat birliklarini tasdiqlash.

4. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Vazirlik hamda uning huzuridagi tashkilotlar markaziy apparatlari va hududiy bo‘linmalarini malakali, chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, o‘z vazifalarini samarali va mas’uliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan to‘ldirish.

2023-yil 1-avgust

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

17.

Qonunchilik hujjatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish.

1. Vazirlikning qaytadan tashkil etilishi va sanoat bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklanishi yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Takrorlanuvchi vazifalarni bartaraf etish.

3. O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 25-dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

18.

Laboratoriya xizmatlaridan foydalanishni osonlashtirish imkonini beradigan servislarni taqdim etuvchi “E-Sertifikat” avtomatlashgan axborot tizimini joriy qilish.

1. Investitsiyalar‚ sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Raqamli transformatsiya markazi” DUKni “E-Sertifikat” axborot tizimini yaratish bo‘yicha buyurtmachi etib belgilash.

2. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining axborot tizimlariga o‘ziga integratsiya qiladigan “E-Sertifikat” axborot tizimida quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutish:

mahsulotlarga qo‘yiladigan texnik talablarni, birinchi navbatda “GSP+” tizimi imtiyozlari qo‘llaniladigan mahsulotlarga qo‘yiladigan xalqaro talablar va ularda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan sinov yo‘nalishlari to‘g‘risida jamlangan ma’lumot olish;

mahsulot xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglamentlar, mahsulotni yetishtirish va qayta ishlashda ishlatiladigan o‘g‘itlar va kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan me’yorlari, mahsulotlarni qadoqlash, saqlash va tashish qoidalari va normalari to‘g‘risida ma’lumotlar olish;

sinov laboratoriyalarini va ularda o‘tkaziladigan sinov turlarini erkin tanlash imkonini bergan holda eng maqbul takliflarni avtomatik shakllantirish, laboratoriya xizmatlariga buyurtma berish;

idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda muvofiqlikni baholash bilan bog‘liq tartib-taomillarni avtomatlashtirish, laboratoriya sinovlari natijalari (bayonlari) va boshqa axborotlarning elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish;

muvofiqlikni baholash sohasida inson omilini qisqartirish, muvofiqlikni baholash organlari va sinov laboratoriyalari faoliyatini o‘zaro bog‘lash va to‘liq raqamlashtirish;

ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish.

3. Sinov bayonnomalari “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga yuborilishini ta’minlash.

4. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari (teng ulushlarda) hisobidan “E-Sertifikat” davlat axborot tizimini yaratish, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish manbai etib belgilash.

5. 2024-yil 1-yanvardan boshlab muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish‚ sohani kengaytirish va inspeksiya nazoratini amalga oshirish vaqtida mazkur tizimga ulanishning majburiy talabini belgilash.

2023-yil 1-dekabr

Investitsiyalar‚ sanoat va savdo vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

19.

Hududlar kesimida tadbirkorlik subyektlari bilan ishlashning yangicha mexanizmini yaratish maqsadida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shu jumladan veterinariya, karantin va sanitariya sohalarini qamrab oluvchi o‘quv kurslarini tashkil etish va sohada majburiy malakasini baholash (attestatsiya) tizimi joriy etish.

O‘quv kurslarini va baholash (attestatsiya) tizimini O‘zbekiston standartlar institutida ilg‘or mutaxassislarni jalb qilgan holda joriy etish.

Bunda, mutaxassislar malakasini baholash va baholash natijalarini elektron reyestrini yuritish, xo‘jalik subyektlari tomonidan xodimlarni attestatsiyalash, mutaxassislarni malaka oshirish davriyligini uch yil etib belgilash nazarda tutilsin.

2023-yil 1-sentabrdan boshlab

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

20.

“Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga zarur ma’lumotlar to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash.

Vazirlikka ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar tuzish vakolatini berishni nazarda tutuvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish.

Bunda “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga zarur �a’lumotlar to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritilishi davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyatlari uchun majburiy hisoblanadi.

2023-yil 25-sentabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

21.

Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish.

Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

2023-yil 1-sentabr

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

22.

“Loyiha guruhlari” faoliyatini yanada jadallashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida “Situatsion markaz”larni tashkil etish.

1. Investorlarga yagona darcha tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida “Situatsion markaz”ga davlat idoralari vakillarini joylashtirish.

2. Markaz tomonidan investorlarga:

davlat xizmatlari, ruxsat beruvchi hujjatlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, qurilish ishlarini amalga oshirishga doir hujjatlarni olishda ko‘maklashib boriladi;

tadbirkorlarga loyihalarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini va eksportni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari hisobidan olinadigan imtiyozlardan foydalanishda ko‘maklashib boradi;

“Loyiha guruhlari” tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdim etiladi;

muammolarni “24 soatlik” rejimda faoliyat yurituvchi “Call-markaz” orqali qabul qilish va ularni operativ tarzda hal etish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.

2023-yil sentyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar

T/r

Pirovard natija

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. “GSP+” tizimi doirasida imtiyozga ega bo‘lgan mahalliy mahsulotlarning Yevropa bozorlariga eksportini kengaytirishga oid xalqaro standart tizimlarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish bo‘yicha

1.

“GSP+” tizimi doirasida xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 3 baravar oshirib, 1 200 taga yetkazish.

1. Respublikadagi eng yirik 1200 ta korxonaning ishlab chiqarish jarayoniga xalqaro standart tizimlarini joriy etish uchun O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxassislarini manzilli biriktirish.

Shundan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 85 ta, Andijon viloyati — 88 ta, Buxoro viloyati — 86 ta, Jizzax viloyati — 81 ta, Qashqadaryo viloyati — 86 ta, Navoiy viloyati — 90 ta, Namangan viloyati — 90 ta, Samarqand viloyati — 86 ta, Surxondaryo viloyati — 86 ta, Sirdaryo viloyati — 65 ta, Toshkent viloyati — 86 ta, Farg‘ona viloyati — 86 ta, Xorazm viloyati — 100 ta, Toshkent shahri — 85 ta.

2. Ro‘yxatga muvofiq Yevropa Ittifoqidagi sifat va xavfsizlik talablarini korxonalarning ishlab chiqarish jarayoniga joriy etishga ko‘maklashish.

3. Korxonalarda sifat tizimlarini joriy etish maqsadida 3 000 nafar mutaxassis malakasini oshirish uchun xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda seminar-treninglar tashkil etish.

Shundan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 220 ta, Jizzax viloyati — 203 ta, Andijon viloyati — 220 ta, Buxoro viloyati — 200 ta, Qashqadaryo viloyati — 215 ta, Navoiy viloyati — 220 ta, Namangan viloyati — 220 ta, Surxondaryo viloyati — 242 ta, Xorazm viloyati — 230 ta, Toshkent viloyati — 230 ta, Farg‘ona viloyati — 210 ta, Samarqand viloyati — 220 ta, Toshkent shahri — 250 ta; Sirdaryo viloyati — 120 ta.

2023-yil 30-oktabr

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

“Eltexsanoat” uyushmasi,

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi,

“O‘zkimyosanoat” uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi

2.

Eksport qiluvchi korxonalarda xalqaro standartlarni joriy qilish va Yevropaga eksport qiluvchi korxonalar sonini oshirish.

1. Yevropa mamlakatlarida qo‘llaniladigan 1 500 ta standart tizimlari joriy qilinadigan korxonalar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning Yevropa mamlakatlarida qo‘llaniladigan 1 500 ta standartlar talablariga muvofiqligini o‘rganish.

3. Aniqlangan nomuvofiqlik bo‘yicha korxonalar bilan amaliy tadbirlarni belgilash va bartaraf etish chorala�ini ko‘rish.

4. 300 ta korxonaga mahsulot sifatining Yevropa mamlakatlaridagi talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi sinov bayonnomalarini rasmiylashtirish, shundan to‘qimachilik, elektrotexnika, charm-poyabzal mahsulotlariga Oeko Tex, GOTS, BCSI, Sedex, SE markirovka va boshqa standartlarni joriy etish orqali korxonalar sonini 150 taga yetkazish.

Shundan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 23 ta, Jizzax viloyati — 13 ta, Andijon viloyati — 23 ta, Buxoro viloyati — 22 ta, Qashqadaryo viloyati — 22 ta, Navoiy viloyati — 25 ta, Namangan viloyati — 22 ta, Surxondaryo viloyati — 22 ta, Xorazm viloyati — 30 ta, Toshkent viloyati — 22 ta, Farg‘ona viloyati — 22 ta, Samarqand viloyati — 22 ta, Toshkent shahri — 22 ta, Sirdaryo viloyati — 10 ta.

2023-yil 1-noyabr

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

“Eltexsanoat” uyushmasi,

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi,

“O‘zkimyosanoat” uyushmasi

3.

“GSP+” tizimi imtiyozlari tatbiq etiladigan mahsulotlar tahlilini o‘tkazish va mahalliy sanoat korxonalariga Yevropa mamlakatlarida qo‘llaniladigan standart va direktivalar talablarini joriy qilish.

1. “GSP+” tizimi imtiyozlari tatbiq etiladigan 3 500 ga yaqin mahsulotlarning TIF TN kodi bo‘yicha har bir mahsulotga belgilangan standartlarni tahlil qilish.

2. Korxonalar ro‘yxatini shakllantirib, manzilli ishni tashkil qilgan holda, korxonalar kesimida mutaxassislarni biriktirish.

3. Yevropa mamlakatlarida ushbu mahsulotlarga qo‘llaniladigan standart va direktivalar talablarini o‘rganish va eksport qiluvchi korxonalarga yetkazish.

4. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Yevropa standartlari talablariga asosan sinovdan o‘tkazish hamda ularni eksport qilishga ko‘maklashish.

2023-yil 25-avgust

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

tegishli vazirlik va idoralar

4.

121 ta laboratoriya xulosalari xalqaro standartlar talabiga muvofiq 100 ta davlatda tan olinishini ta’minlash.

1. APAC tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan baholash natijalari yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish va APAC tashkiloti kotibiyatiga topshirish.

2. ILAC MRA va IAF MLA tashkilotlari bilan ko‘p tomonlama kelishuvlarni imzolash.

3. Laboratoriya xulosalarining chet davlatlarda tan olinishini ta’minlash.

2023-yil 25-avgust

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

5.

Sohaga malakali kadrlarni tayyorlashda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish.

1. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan OTM talabalariga yangi standartlar talablarini yetkazish.

2. Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun sohaga oid seminar-treninglar tashkil qilish.

3. Professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda soha bo‘yicha 20 ta ilmiy-texnik va innovatsion loyihalar pasportlarini tayyorlash.

4. Ishlab chiqilgan loyihalarni Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etish.

2023-yil 25-dekabr

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

tegishli vazirlik va idoralar

6.

Milliy mahsulotlarning eksport geografiyasini kengaytirish uchun Xitoy, Eron, Turkiya, Pokiston, Afg‘oniston, Hindiston Yaqin Sharq mamlakatlari standartlarini korxonalarga yetkazish.

1. Xitoy, Pokiston, Afg‘oniston, Hindiston Yaqin Sharq mamlakatlari standart talablarini eksport qiluvchi 800 ta yirik korxonalarga manzilli yetkazish.

2. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning markirovkasi, qadoqlanishi, tashish va saqlash qoidalari yuzasidan buklet, qo‘llanma va flayerlarini yetkazish.

2023-yil 25-iyul

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

tegishli vazirlik va idoralar

7.

Mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda ichki bozorda sifatsiz mahsulotlar aylanmasini kamaytirishga qaratilgan choralarni qo‘llash va sifatsiz import mahsulotlari kirib kelishining oldini olish.

1. Hududlar kesimida ichki bozorlardagi mahsulotlarning “xavf-tahlili” asosida sifatini baholash.

2. Hududlardagi 7 200 ta sanoat korxonalariga chiqqan holda, soha yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatish va qonunbuzilish holatlarining oldini olish.

2023-yil 1-avgust

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Savdo-sanoat palatasi

8.

Mahalliy hokimliklar bilan hududlardagi korxonalarda texnik jihatdan tartibga solish sohasida hamkorlikda ishni yo‘lga qo‘yish.

1. Mahalliy hokimliklar bilan birgalikda tumanlar va shaharlar kesimida xalqaro standartlarni joriy qilish bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish.

2. Tumanlar kesimida korxonalarning 3 000 nafar mutaxassisi malakasini oshirish uchun seminar-treninglar tashkil qilish.

3. “GSP+” tizimi doirasida imtiyozlar tatbiq etiladigan 3 500 ta mahsulotlarga qo‘yilgan talablarni tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqaruvchilarga yetkazish.

4. Hududlardagi yangi korxonalarni tashkil etishda ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar talablari asosida amalga oshirish.

2023-yil 30-oktabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

9.

Mahalliy korxonalarda “GSP+” tizimi doirasida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun sinovlarni o‘tkazishga ixtisoslashgan laboratoriyalar tashkil etish.

1. Sinovlarni o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarni tashkil etish bo‘yicha tarmoq jadvalini ishlab chiqish;

2023-yil 25-avgust

Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi,

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi,

“O‘zavtosanoat” AJ,

“O‘zkimyosanoat” AJ

2. Laboratoriyani zarur jihozlar va sinov uskunalari bilan jihozlash, xodimlarni tayyorlash;

Tarmoq jadvaliga muvofiq

3. Laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2024-yil dekabr

10.

Hududlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Yevropa talablari asosida sinovdan o‘tkazish uchun tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 4 ta, charm-poyabzal mahsulotlari va kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 3 ta, mashinasozlik yo‘nalishidagi 2 ta, elektrotexnika sohasida 1 ta laboratoriyani Yevropa talablari asosida sinovlar o‘tkazish darajasiga yetkazishga erishish.

Hududlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Yevropa talablari asosida sinovdan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish uchun:

1. Buxoro, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi to‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashtirilgan 4 ta korxonada;

2. Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi charm-poyabzal sanoatiga ixtisoslashtirilgan 3 ta korxonada;

3. Toshkent shahridagi elektrotexnika sanoatiga ixtisoslashtirilgan 1 ta korxonada;

4. Andijon va Samarqand viloyatlaridagi mashinasozlikka ixtisoslashgan 2 ta korxonada;

5. Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi kimyo sanoatiga ixtisoslashtirilgan 3 ta korxonadagi laboratoriyalarda o‘tkaziladigan sinovlarni Yevropaga import qiluvchilarga qo‘yiladigan talablarga moslashtirish.

2023-yil 25-avgust

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

“Eltexsanoat” uyushmasi,

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi,

“O‘zkimyosanoat” uyushmasi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

11.

O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida xalqaro donor tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish, grant va texnik ko‘maklarni jalb qilish.

1. Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risidagi bitim doirasida xalqaro donor tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish.

2. Grant va texnik ko‘maklarni jalb qilish uchun texnik talablar loyihasini ishlab chiqish va mahsulotlar turi bo‘yicha zarur uskunalar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ko‘magida xalqaro donor tashkilotlarga 15 mln dollarlik grant loyihalari buyurtmalarini taqdim etish.

4. Xalqaro donor tashkilotlar bilan hududlarda sinov laboratoriyalarini tashkil etish va modernizatsiya qilish choralarini ko‘rish.

2023-yil 25-dekabr

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

12.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimidagi Qarshi, Farg‘ona, Buxoro va Urganch shaharlaridagi veterinariya laboratoriyalarini ISO-17025 xalqaro standarti bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazish.

1. Tegishli hujjatlarni tayyorlash.

2. Xodimlarni tayyorgarlikdan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish.

3. Akkreditatsiyadan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni akkreditatsiya organiga taqdim etish.

2023-yil 15-sentabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

13.

Laboratoriya tekshiruvlari yagona elektron ma’lumotlar bazasi axborot tizimini (VIS-SAYYOR) amaliyotga joriy qilish.

1. Texnik hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2. Texnik hujjatlar asosida axborot tizimini ishlab chiqish.

3. Axborot tizimini sinovdan o‘tkazib, amaliyotga joriy etish.

2023-yil 1-dekabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

14.

“Akvakultura yo‘nalishida baholash missiyasi” tashkil etish maqsadida Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkilotining (JHST) xalqaro ekspertlarini jalb qilish.

1. Akvakultura yo‘nalishida baholash missiyasini o‘tkazish bo‘yicha Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkilotiga murojaat yuborish.

2023-yil iyul

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

2. Akvakultura yo‘nalishida baholash missiyasini o‘tkazish vaqtini kelishish.

2023-yil sentyabr

3. Baholash ishlarini o‘tkazish maqsadida xalqaro ekspertlarini jalb qilish choralarini ko‘rish.

Kelishuv asosida

15.

Yevropa Ittifoqi Komissiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda veterinariya xizmati vakillari uchun Yevropa Ittifoqi savdo amaliyotining TRACES (Trade Control and Expert System) platformasidan foydalanish, savdo jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy trening tashkil etish.

1. Yevropa Ittifoqi Komissiyasi bilan mintaqaviy trening o‘tkazish vaqti, barcha tashkiliy hamda uslubiy masalalarini kelishish.

2. Qo‘mita tizimidagi mas’ul xodimlarni jalb qilgan xolda Yevropa Ittifoqi talablari bilan tanishtirish, savdo jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.

2023-yil IV chorak

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

16.

Yevropa Ittifoqining “GSP+” tizimi doirasida imtiyozga ega bo‘lgan veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni tashqi bozorlarga chiqarishda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga xalqaro talablarni joriy etish hamda import qiluvchi mamlakatlarga qo‘yilgan talablarga muvofiq tayyorlash choralarini ko‘rish.

1. Chorvachilik mahsulotlari turiga qarab import qiluvchi mamlakatlarga qo‘yilgan talablarni o‘rganish.

2 Chorvachilik mahsulotlarini talablar asosida eksportga tayyorlash va yuborishda veterinariya talablari jihatidan tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish choralarini ko‘rish.

Doimiy

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

II. Karantin osti tovarlarini yetishtirish, qayta ishlash va qadoqlashda Yevropa Ittifoqi talablarini joriy etish

17.

Meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar yetishtirilayotgan 249 ta meva-sabzavot klasteri hamda ularga biriktirilgan 19 582 ta fermer xo‘jaliklarining 198,1 ming gektar maydonini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish.

1. O‘simliklarni himoya qilishda uyg‘unlashgan kurash tizimini tashkil etish maqsadida xalqaro ilmiy va amaliy markazlar (CABI (Buyuk Britaniya), VNIIKR (Rossiya), BATEM (Turkiya), Sofriko (Fransiya)) ekspertlarini jalb qilish orqali O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi mutaxassislar malakasini oshirish.

2. Meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar yetishtiruvchilarga ekinlarni himoya qilishda xalqaro talablarni targ‘ib qilish maqsadida qo‘llanmalar va taqdimotlar tayyorlash.

3. Meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar yetishtiruvchi klaster va fermer xo‘jaliklari agronomlarini hududlar kesimida o‘qitish reja-jadvalini tasdiqlash.

4. O‘qitish reja-jadvaliga asosan meva sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar yetishtiruvchi klaster va fermer xo‘jaliklari agronomlari uchun ko‘rgazmali amaliy-o‘quv seminarlarini tashkil etish.

5. Zararli organizmlarni monitoring qilish va ularga qarshi kurashishda feromonitoring tadbirlarini amalga oshirish maqsadida uyg‘unlashgan kurash tizimi qo‘llanilishiga ko‘maklashish.

2023-yil 15-avgust

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

18.

“CABI” (Qishloq xo‘jaligi va biologiya fanlari markazi) mutaxassislari ishtirokida 3 ta meva-sabzavot mahsulot turi uchun o‘simliklar himoyasi bo‘yicha “IPM” (uyg‘unlashgan qarshi kurash) namunaviy dasturini ishlab chiqib, amaliyotga yo‘naltirish.

1. “CABI” ekspertlari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganishlarni tashkil etish.

2. “IPM” dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Tasdiqlangan “IPM” dasturlarini amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rish.

2023-yil 25-avgust

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

19.

Yil yakunigacha mavjud 249 ta meva-sabzavot klasterlari bilan ishlab, eksport qiluvchi tadbirkorlar sonini 400 taga yetkazish choralarini ko‘rish.

1. 400 ta eksport qiluvchi tadbirkorlarning ro‘yxatini shakllantirib, 249 ta meva-sabzavot klasterlariga biriktirish va mas’ullarni belgilash.

2. Klaster va fermer xo‘jaliklari agronomlarini dalada fitosanitar tadbirlar samarali tashkil etilishi bo‘yicha “Amaliyot kelishuvi” asosida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy bo‘linmalariga biriktirish.

3. Klaster va fermer xo‘jaliklari agronomlari tomonidan xalqaro talablar asosida fermerning “dala daftari”ni yuritish amaliyotini joriy etish (dala daftari — dalada o‘simliklar himoyasida monitoring, agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash, mineral o‘g‘itlarni qo‘llash usullari).

2023-yil 30-noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

20.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga muvofiq, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Respublika agrokimyoviy tahlil markazini 1,0 mln AQSh dollari qiymatiga teng asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

1. Respublika agrokimyoviy tahlil markazi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlari ro‘yxatini shakllantirish.

2. Asbob-uskuna va jihozlar xaridi bo‘yicha tender savdolari jarayonlarini amalga oshirish.

3. Asbob-uskuna va jihozlarni Respublika agrokimyoviy tahlil markaziga yetkazib berilishini ta’minlash.

4. Respublika agrokimyoviy tahlil markazining faoliyatini to‘laqonli amalga oshirish.

2023-yil 1-sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

1.

J.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Hukumat komissiyasining raisi

2.

B.B. Valiyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisining o‘rinbosari

3.

D.S. Kasimov

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman), Hukumat komissiyasi raisining o‘rinbosari

4.

N.Q. Xolmurodov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisining o‘rinbosari

5.

D.A. Abdusalamov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari kotibiyati mudiri

6.

U.A. Agzamov

madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari

7.

G.G. Fazilov

tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

8.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

9.

A.N. Karimov

adliya vaziri o‘rinbosari

10.

J.E. Choriyev

transport vaziri o‘rinbosari

11.

U.M. Madaminov

qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

12.

A.R. Jumanazarov

energetika vaziri o‘rinbosari

13.

D.K. Adilov

qurilish va uy-joy xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

14.

A.A. Kadirxodjayev

tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari

15.

E.M. Muxitdinov

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari

16.

J.S. Kazbekov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari

17.

B.Y. Abubakirov

Markaziy bank raisi o‘rinbosari

18.

Sh.A. Jabbarov

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

19.

N.K. Musamuxammedov

Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

20.

A.E. Fayzibayev

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

21.

D.N. Sattarov

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori

22.

I.K. Ergashev

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining bosh direktori

23.

F.J. Pulatov

Kadastr agentligining direktori

24.

O.A. To‘ychiyev

Innovatsion rivojlanish agentligining direktori

25.

B.Sh. Usmonov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining o‘rinbosari

26.

A.K. Gaybullayev

“Hududi� elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari

27.

T.J. Turdiyev

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari

28.

U.H. Muxtorov

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining o‘rinbosari

29.

A.M. Maxamatov

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijrochi direktori

30.

A.K. Mirsoatov

“O‘zmilliybank” AJ boshqaruvi raisi

31.

S.S. Annaklichev

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi

32.

K.A. Tulyaganov

“Asakabank” AJ boshqaruvi raisi

33.

�avozimi bo‘yicha

Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi departamenti direktori, Hukumat komissiyasi kotibi

1.

Lavozim bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining o‘rinbosarlari, Hududiy komissiyaning raisi

2.

Lavozim bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokurorlari o‘rinbosarlari

3.

Lavozim bo‘yicha

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

4.

Lavozim bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari

5.

Lavozim bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Re�publikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari

6.

Lavozim bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

7.

Lavozim bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Markaziy bank bosh boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari va hududiy tijorat banklari rahbarlari

8.

Lavozim bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari

9.

Lavozim bo‘yicha

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari boshliqlari

10.

Lavozim bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari

11.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari

12.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari

13.

Lavozimi bo‘yicha

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari boshliq o‘rinbosarlari

14.

Lavozimi bo‘yicha

“Hududgazta’minot” AJning hududiy filiallari boshliq o‘rinbosarlari

15.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investits�yalar, sanoat va savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi mas’ul xodimi, Komissiya kotibi

b) uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.02.2024-y., 06/24/41/0166-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5026-son qarorining 2-bandidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-banddagi “va tashqi” so‘zlari “, sanoat va” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 7-banddagi “S.U. Umurzakov” so‘zlari “J.A. Xodjayev” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti to‘g‘risidagi ustavining 3-bandidagi “muassasasi tomonidan xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan tushumlarning ularni ko‘rsatishga sarflangan jami xarajatlar qoplangandan keyin qolgan summasining yarmi” so‘zlari “muassasasining yalpi foydasidan 20 foiz to‘lov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) nomlanishi, 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-banddagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1 — 3-ilovalarning nomlanishidagi tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.