28.07.2023 yildagi PF-119-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholining uy-joyga boʻlgan huquqi amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratish, jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish orqali aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi “2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 251-son qaroriga asosan huquq belgilovchi hujjatlarsiz 71 987 ta uy-joyga boʻlgan huquqlar eʼtirof etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-apreldagi “Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-5421-son Farmoniga asosan huquq belgilovchi hujjatlarsiz 50 361 ta uy-joyga boʻlgan huquqlar eʼtirof etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining maʼlumotlariga koʻra, yuqoridagi qaror va Farmon doirasida huquq eʼtirof etilmagan qoʻshimcha 43 432 ta uy-joylar mavjudligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqini, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yer uchastkasiga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini eʼtirof etish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro ushbu uy-joydan 2018-yil 1-maygacha boʻlgan davrdan boshlab oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan boʻlishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda soʻnggi besh yil uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻi toʻlanganligi bilan tasdiqlangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni eʼtirof etish boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi boʻsh boʻlmasligi, unda qurilgan uy-joy yashash uchun moʻljallangan boʻlishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi sugʻoriladigan yerlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, transport, aloqa va mudofaa maqsadlariga moʻljallangan yerlar, kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlar toifasiga kirmasligi, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalarida, yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalarida joylashmagan boʻlishi shartligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer uchastkasiga ijara huquqi 1998-yil 30-aprelga qadar egallangan yerlar uchun — 0,24 gektargacha, 1998-yil 1-maydan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan yerlar uchun — 0,06 gektargacha hajmda eʼtirof etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uy-joy egalari hamda tuman (shahar) hokimi oʻrtasida yer uchastkasi ijarasi shartnomasini tuzish talab etilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ushbu band doirasiga tushmaydigan yoki belgilangan hajmdan ortiqcha yer uchastkalari zaxiraga qaytarilishi, ularni berish (realizatsiya qilish) Yer kodeksida belgilangan tartibda amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, mazkur Farmonga muvofiq huquqlarni eʼtirof etish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan uy-joylar roʻyxatiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qarori bilan rasmiylashtiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar va (yoki) chegaradosh yer uchastkalari egalari oʻrtasida nizo mavjud boʻlgan hollarda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari nizo bartaraf etilganidan keyin qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan ushbu bandga asosan qarorlar qabul qilish hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishning oxirgi muddati — 2024-yil 1-avgust sanasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining ushbu bandda nazarda tutilgan qarorlari tegishli adliya organida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganidan keyin qabul qilinadi va rasmiy eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi — bir hafta muddatda oʻzining elektron maʼlumotlar bazasiga kiritilgan uy-joylar roʻyxatini tumanlar va shaharlar kesimida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkosmos” agentligi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishilgan grafik asosida hududlarning 2018-yil 1-maygacha boʻlgan holatiga kosmik suratlarini qayta ishlash natijasida olingan maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qoʻmitasi — ikki oy muddatda Kadastr agentligining elektron maʼlumotlar bazasiga kiritilgan uy-joylar orasidan soʻnggi besh yil uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻi toʻlangan uy-joylar haqidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat kadastrlarini yuritishga masʼul boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar — ikki oy muddatda oʻzlariga biriktirilgan hududda joylashgan, mazkur Farmonning 2-bandi “a” kichik bandiga muvofiq huquq eʼtirof etilishi lozim boʻlmagan uy-joylar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga mazkur Farmonni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilash, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, tumanlar va shaharlar boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq eʼtirof etilganligi uchun bir martalik yigʻim joriy etish, undan tushgan mablagʻlarni sarflash yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmonni amalga oshirish boʻyicha xarajatlar uchun, xususan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan fuqarolarga koʻmaklashish, kosmik suratlarni qayta ishlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari, bir martalik yigʻimdan tushgan mablagʻlarni yoʻnaltirish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi mazkur Farmon ijrosi yakunlariga koʻra 2024-yil 1-avgustga qadar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlar hamda oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari toifasiga oʻtkazish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bosh prokuratura Farmon ijrosini tashkil etishda qonuniylikni taʼminlash ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida 2024-yil 1-sentabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-119-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 06/23/119/0533-son)