Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.08.2016 yildagi 251-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr hisobiga olishni takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun asoslangan soliq solinishini taʼminlash, shuningdek “Elektron hukumat” tizimi doirasida “Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatga olish tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining 2016-2017-yillarda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda 2016-2017-yillar mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazishni, shuning bilan bir vaqtda ularni Maʼlumotlarni yigʻish va ishlov berish mexanizmini standartlashni hisobga olgan holda kadastr axborot tizimida hisobga qoʻyishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan xatlov natijalari boʻyicha tuman (shahar) davlat soliq xizmati organlariga jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisida axborot berishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha bir hafta muddatda 2-ilovaga muvofiq komissiyalar tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholi oʻrtasida ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazishning maqsadi va ahamiyati toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi rahbarlari, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi 251-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom 2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan (keyingi oʻrinlarda xatlov deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimiga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov — koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni topish va aniqlashga qaratilgan, ularning miqdori, sifati va huquqiy holati toʻgʻrisida axborot olish uchun amalga oshiriladigan kadastr chora-tadbirlari majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr yigʻmajildi — obyektning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan oʻtkazish va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va izlanishlar, sifat va qiymat jihatdan baholash hujjatlari, materiallari va maʼlumotlari jamlamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlari — jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yer uchastkalari, binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtzorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dala ishlari — ishchi guruh tomonidan ularning doimiy ish oʻrni boʻlgan binodan tashqarida bajariladigan dala ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq egasi — bitim asosida yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha koʻchmas mulkka boʻlgan huquqqa ega jismoniy va yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish — yerlardan huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki shaharsozlik normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa imorat, inshoot yoki oʻzga koʻchmas mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar xatlovning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari, binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtzorlarning egalarini, ulardan foydalanuvchilarni, ularning ijarachilari va mulkdorlarini hamda ular egallab turgan yer uchastkalarining maydonlarini, bino va inshootlarning hajmini, daraxtlarning turlari va sonini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlarining elektron maʼlumotlar bazasida toʻliq hisobga olinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallangan va qurilgan imoratlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer egaligi, yerdan foydalanish va ijara sohasida huquqiy masalalarni hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk soligʻini va yer soligʻini hisoblash uchun soliqqa tortish obyektlarini toʻliq hisobga olishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarni yigʻish, ishlov berish mexanizmini standartlashni hisobga olish va kadastr axborot tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlarini koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisida ishonchli va toʻliq axborot bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xatlovdan oʻtkazish ishlari tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi), davlat soliq inspeksiyasi, ichki ishlar boʻlimi va tegishli shahar, shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini kengashi vakillaridan iborat tarkibda tuziladigan dala ishlarini bajaruvi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tomonidan bajariladi. Ishchi guruhga Davlat korxonasi vakili rahbarlik qiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh xatlov jarayonida mazkur Nizomda belgilangan tartibda koʻchmas mulk obyektlarini tekshirish, yer uchastkasini suratga olish, bino va inshootlarning tashqi va ichki oʻlchamlarini oʻlchash, koʻp yillik daraxtlarning turlarini va sonlarini hisobga olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan foydalanilayotgan, shu jumladan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlar, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar va kadastr hujjatlari boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari xatlov obyekti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Xatlovni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xatlovni oʻtkazish uchun quyidagilardan iborat boʻlgan tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filiallar idora arxivida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni, kadastr yigʻmajildlarini, bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallarni va hujjatlarni yigʻadilar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv maʼlumotlari natijalari boʻyicha asosiy qidirish maʼlumotlarini (ushbu qaror qabul qilingan yil, yer uchastkasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organning nomi, yer uchastkasining joylashgan joyi (manzili) hamda yer uchastkasini olgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxsning toʻliq nomini koʻrsatgan holda yer uchastkalarini berish toʻgʻrisida qarorlari boʻlmagan jismoniy va yuridik shaxslarning roʻyxatini tuzadilar va u tegishli davlat arxivlariga Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilingandan keyin olingan yer uchastkalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer toʻgʻrisida”gi Qonuni amal qilgan davrda (1990-yil 20-iyun — 1998-yil 1-iyul) olingan yer uchastkalari boʻyicha oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari va undan oldingi yillarda olingan yer uchastkalari boʻyicha xalq deputatlari tuman, shahar, qishloq (ovul) Kengashlari ijroiya qoʻmitasining qarorlarini qidirish uchun yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura va qurilish boʻlimlari (boshqarmalari) idoraviy arxivlarida mavjud boʻlgan bino va inshootlarni qurish uchun berilgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, materiallar va hujjatlarni yigʻadilar va keyinchalik ularning ixtiyorida boʻlgan hujjatlarni filiallarga taqdim etadilar;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari oʻzlarining koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini filiallari bazasidagi maʼlumotlar bilan solishtiradilar. Solishtirish natijasi boʻyicha filiallarga ularning idoraviy arxivlarida va elektron bazasida boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlarining roʻyxatini hamda koʻchmas mulk obyektlari xatlovdan oʻtkaziladigan jismoniy va yuridik shaxslarning — soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamini taqdim etadilar;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) davlat arxivlari, roʻyxatlar olingan kundan boshlab uch kun mobaynida filiallariga qogʻoz va elektron shaklda arxivda mavjud boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini berish toʻgʻrisida davlat hokimiyati organlarining, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, xalq deputatlari tuman, shahar, shaharcha, qishloq (ovul) Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining (hujjatning nomi, sanasi va raqami) qarorlari yoki ular tomonidan qurilgan bino va inshootlarga mulk huquqini tan olish haqidagi qarorlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar. Qidirish maʼlumotlari qisman berilgan yoki berilmagan taqdirda davlat arxivlari filiallari talablarining tematik talablarni bajarish maqsadida belgilangan tartibda bajarilishini taʼminlaydilar;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filiallar Ishchi guruh aʼzolaridan maʼlumotlar olingandan soʻng besh kun mobaynida idoraviy arxivda mavjud boʻlgan materiallarning mazkur Nizom talablariga javob berishini tahlil qiladilar va koʻchmas mulk obyektlari xatlovdan oʻtkaziladigan jismoniy va yuridik shaxslarning roʻyxatini hamda alohida koʻchmas mulk obyektlari xatlovdan oʻtkazilmaydigan jismoniy va yuridik shaxslarning roʻyxatini tuzadilar.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tayyorgarlik ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining maxsus hisob raqamlariga tushadigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Filiallar xatlov oʻtkazish ishlari boshlanishidan avval ikki haftadan kechiktirmay tegishli mahalla fuqarolar yigʻini kengashiga koʻchmas mulk obyektlari xatlovdan oʻtkaziladigan jismoniy va yuridik shaxslarning roʻyxatini taqdim etadilar.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli mahallalarning fuqarolar yigʻini kengashlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlovdan oʻtkazish boshlanishidan oldin oʻn kundan kechiktirmay jismoniy va yuridik shaxslarni ularning koʻchmas mulk obyektlari xatlovdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida ogohlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta mobaynida filiallarga tegishli mahalla fuqarolar yigʻini kengashida mavjud boʻlgan maʼlumotlar boʻyicha koʻchmas mulk obyektlari tegishli boʻlgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarni (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport maʼlumotlarini) taqdim etadilar;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning roʻyxatini olgandan soʻng oʻn kun mobaynida koʻchmas mulk obyektlari tegishli boʻlgan uzoq muddat mobaynida yoʻq boʻlgan jismoniy shaxslarning roʻyxati filiallarga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Olingan maʼlumotlar boʻyicha alohida roʻyxatga kiritilgan xatlovdan oʻtkaziladigan koʻchmas mulk obyektlari xatlovdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh xatlov ishlari boshlangan kundan boshlab ikki kun mobaynida obyektga chiqib quyidagilarni aniqlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq egasining maʼlumoti boʻyicha yoki filial ixtiyorida boʻlgan maʼlumotlar boʻyicha koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni (hujjatlarning mavjudligini, uning nomini, berilgan sanasini va raqamini), yer uchastkasiga, binoga, inshootga va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini (koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va raqami hamda huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami va berilgan sanasi);
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektining joylashgan joyi (shahar, shaharcha, qishloq, ovul, mahalla, koʻcha, uy, korpus, xonadon raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining umumiy maydoni, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha hamda yer uchastkasini suratga olish va maydonini hisoblash natijalari boʻyicha oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlarning maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarning umumiy maydoni qayta qurilgan va qoʻshimcha qurilgan imoratlarni hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni hisobga olgan holda, joylardagi tekshiruv maʼlumotlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxtlarning turlari va soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarning qurilgan yili, shartnoma boʻyicha qurilishning boshlanishi va tugallanishi, agar ushbu hujjat boʻlmasa — jismoniy va yuridik shaxslarning maʼlumotlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining, bino va inshootning foydalanish maqsadi — amaldagi foydalanilishi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligining maqomi (yuridik shaxs tashkil etgan holda va tashkil etmasdan) — dehqon xoʻjaligini tashkil etish haqida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda yashayotgan oilaning xoʻjalik yuritish shakli (shaxsiy yordamchi xoʻjalik yoki yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki tashkil etmasdan tuzilgan dehqon xoʻjaligi), dehqon xoʻjaligiga aylantirilgan boʻlsa, dehqon xoʻjaligining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan reyestr raqami va sanasi — jismoniy shaxsda mavjud boʻlgan hujjatlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlaridan tashqarida dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaligini yuritish uchun ilgari berilgan yer uchastkasining mavjudligi (yer uchastkasining maydonini aniqlashda ushbu uchastkani berish toʻgʻrisidagi qaror asos qilib olinadi, shuningdek yer uchastkasini suratga olish va maydonini oʻlchash boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshni yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari bilan nizolar borligi — jismoniy va yuridik shaxslarning maʼlumotlari boʻyicha va qoʻshni yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer ijarachilari va mulkdorlaridan soʻrov yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarning hajmi — ularni tashqi tomonidan oʻlchash yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir qavatdagi alohida xonalarning oʻlchami — ichki oʻlchov yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarning konstruktiv qismlarining holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binoning muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida xonalarning abrisi tuziladi (xonalarning oʻlchov hajmlarini koʻrsatgan holdagi xomaki chizmasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xatlovni oʻtkazishda yer uchastkasining 1:2000 masshtab boʻyicha belgilangan tartibda kadastr surati olinadi. Planda barcha bino va inshootlar, yer turlari va oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlarning (mavjud boʻlsa) chegarasi aks ettiriladi. Yer uchastkasini kadastr suratiga olish uchun alohida toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xatlovni oʻtkazish boʻyicha dala ishlari tugallangandan keyin mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma Ishchi guruh aʼzolari hamda koʻchmas mulk obyektining huquqiy egasi boʻlgan shaxs yoki tilxat boʻyicha uning vakili boʻlgan shaxs tomonidan imzolanadi va filialning rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi jismoniy va yuridik shaxsga topshiriladi, ikkinchisi — filial vakilida tuman (shahar) boʻyicha xatlov materiallarini umumlashtirish uchun qoldiriladi. Dalolatnomaga ishning ijrochisi, yer uchastkasining egasi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori tomonidan imzolangan yer uchastkasining plani ilova qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kadastr yigʻmajildlari mavjud boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha xatlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarorida belgilangan miqdorda tegishli jismoniy va yuridik shaxslar mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli mahallalar fuqarolar yigʻini kengashlari maʼlumotlari boʻyicha egalari nomaʼlum yoki uzoq muddat mobaynida yoʻq boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha xatlov ishlari mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan mablagʻlar hisobiga bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr yigʻmajildi koʻchmas mulk obyektlarining kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalariga muvofiq belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xatlov oʻtkazishda yer uchastkalarining chegaralari va maydonlari, bino va inshootlarning qayta qurish, yonma-yon qurish, qoʻshimcha obyektlarni qurish va shu kabilar natijasida texnik parametrlari oʻzgarganligi aniqlanganda, ular mavjud koʻchmas mulk obyektlari kadastr yigʻmajildiga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish dalolatnomasi tuzilgan holda hisobga olinadi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi jismoniy va yuridik shaxsga topshiriladi, ikkinchisi — filial vakilida qoladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mavjud materiallarda mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar yetishmagan taqdirda, mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan mablagʻlar hisobiga koʻchmas mulk obyektlarini joyida tekshirish yoʻli bilan yetishmagan maʼlumotlarni yigʻish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xatlov natijalaridan norozi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxs — koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq egasi tuman (shahar) hokimiga yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Xatlov natijalarini umumlashtirish, koʻrib chiqish, kelishish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Filiallar tomonidan xatlov natijalari boʻyicha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Koʻchmas mulk obyektlarining xatlov maʼlumotlari boʻyicha yigʻma jadval tuziladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Filial tomonidan tayyorlangan xatlov natijalari Ishchi guruh tomonidan puxta tahlil qilinadi va yer uchastkalariga huquqlarni belgilash, oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni buzish yoki ularni mulk huquqi bilan saqlab qolish, yer uchastkalarining maydonlarini qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar bilan muvofiqlashtirish masalalarini hal qilish boʻyicha takliflar tayyorlanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari yer uchastkalariga huquqlarni belgilash masalalarini koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimlari (boshqarmalari) tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, bino va inshootlarni tegishli ruxsatsiz, shaharsozlik normalari va qoidalarini buzib qayta ixtisoslashtirish va qayta qurish holatlari koʻrib chiqiladi va tahlil qilinadi, keyinchalik oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarning zarurligi yoki buzishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida asoslangan takliflar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalariga huquqlarini belgilash masalalari boʻyicha takliflarni tayyorlashda, ularni koʻrib chiqishda va hal qilishda Ishchi guruh, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha komissiyalar (keyingi oʻrinlarda Komissiyalar deb ataladi) va tuman (shahar) hokimlari quyidagi qoidalarga amal qilishlari zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, qurilishdan boʻsh boʻlgan yer uchastkalari, ushbu yer uchastkalarini ularni oldingi egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari yoki mulkdorlariga qaytib berish yoxud boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga berish imkoni boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 91-moddasiga muvofiq tuman (shahar) hokimining qarori bilan ushbu yer uchastkalarida qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan holda olib qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida bino va inshootlar qurilgan holatlarda har bir jismoniy va yuridik shaxs boʻyicha imoratni oʻzboshimchalik bilan qurish holatlari oʻrganiladi hamda bino va inshootlar boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini buzib, ularga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalarida, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarini buzib qurilgan holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga muvofiq ularni buzish toʻgʻrisida sudlarga daʼvo arizasi kiritish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarori qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjalik yuritish uchun foydalanilayotgan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari, ularni olib qoʻyish maqsadga muvofiq boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasida belgilangan meʼyorlar doirasida tuman (shahar) hokimining qarori bilan jismoniy shaxslarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilishi mumkin, meʼyoridan ortiqcha egallab olingan yer uchastkalari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 46-moddasiga muvofiq vaqtinchalik foydalanishga yoki ijaraga yakka tartibda bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilik yuritish uchun berilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan uzluksiz foydalanilayotgan yer uchastkalari, agar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasa yoki fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasa, tuman (shahar) hokimining qarori bilan jismoniy va yuridik shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar doirasida quriladigan imorat uchun berilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu maqsadlar uchun belgilangan tartibda berilmagan yer uchastkalarida qurilgan obyektlar mulkdori boʻlmagan, lekin oʻn besh yil mobaynida oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan foydalanilayotgan bino va inshootlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 187-moddasiga muvofiq Komissiya tomonidan ushbu jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlishi koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari yoki xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasida — Joʻqorgʻi Kenges) qarorlari bilan qishloq aholi punktlari yoki ularning bir qismlari shahar va shaharchalar chegarasiga kiritilgan holatlarda, jismoniy shaxslarga dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjalik yuritish uchun ilgari berilgan yer uchastkalari aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq oʻsha yer uchastkalari joylashgan hududlarda qayta qurilish amalga oshirilgunga qadar ilgari belgilangan tartibda berilgan miqdorda jismoniy shaxslarning foydalanishida qoldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Yer toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishiga qadar (1990-yil 20-iyun) yakka tartibda uy-joy qurish, shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish, jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun boshqa huquqlarda va tartibda olingan yoki ularga huquqlarni belgilovchi hujjatlar saqlab qolinmagan boʻlsa, yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 19-moddasiga muvofiq meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs tomonidan bir necha uy-joy sotib olingan yoki boshqa uy-joy meros boʻlib qolgan boʻlsa, unga ushbu uy-joylar joylashgan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi oʻtadi va jismoniy shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 22-moddasiga muvofiq ushbu uy-joylar egallagan barcha yer uchastkalari biriktirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlovni oʻtkazish jarayonida tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan rasmiylashtirilmagan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalaridan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yerlarni huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanish oqibatlarining yuzaga kelishini inobatga olgan holda foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yer uchastkalariga huquqlarni belgilash va oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish yoki ularni jismoniy va yuridik shaxslarda mulk huquqi bilan saqlab qolish masalalarini hal qilish boʻyicha tayyorlangan takliflar Komissiyaga koʻrib chiqish uchun quyidagilarni ilova qilgan holda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan va olib qoʻyiladigan yer uchastkalari mavjud boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan bino va inshootlari buziladigan jismoniy va yuridik shaxslarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan amalda foydalanilayotgani boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar doirasida yer uchastkalari beriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda uy-joy qurish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjalik yuritish, jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalari amalda foydalanilayotgani boʻyicha umrbod meros qilib qoldirish huquqi bilan beriladigan jismoniy shaxslarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida barpo etilgan bino va inshootlari mulk huquqi bilan ularga tegishli deb eʼtirof etiladigan jismoniy va yuridik shaxslarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari yakka tartibda bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun beriladigan jismoniy shaxslarning roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan belgilangan maqsadlarda va davlat hokimiyati organlari tomonidan berilgan maydonlar doirasida foydalanilayotgan yer uchastkalari tayyorlangan takliflarda aks ettirilmaydi va tuman (shahar) hokimning qarori bilan tasdiqlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflar Komissiyaga alohida aholi punktlarida, qishloqlarda, ovullarda yoki mahallalarda xatlov ishlari tugallangach taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya materiallarni olgan kundan boshlab bir hafta mobaynida taqdim etilgan takliflarni jismoniy va yuridik shaxslarning har bir koʻchmas mulk obyekti boʻyicha koʻrib chiqadi, takliflarning asoslanganligini oʻrganadi, shubha tugʻilganda — qoʻshimcha axborot berishni taklif qiladi, zarur holatlarda takliflarga oʻzgartirishlar kiritadi. Mazkur Nizomning 19-bandida koʻrsatilagan jismoniy va yuridik shaxslarning yakuniy roʻyxati Komissiyaning bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tuman (shahar) hokimiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tuman (shahar) hokimi taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqadi va ular huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan asoslangan boʻlsa, besh kun mobaynida oʻzining qarori bilan tasdiqlaydi. Tuman (shahar) hokimining qarorida jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini tartibga solish boʻyicha qarorlarni amalda bajarilishini taʼminlaydigan chora-tadbirlar ham nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tuman (shahar) hokimining qarori kadastr yigʻmajildiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish va jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalariga, bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki materiallarni sudga berish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xatlov oʻtkazilgan har bir koʻchmas mulk obyekti boʻyicha belgilangan tartibda kadastr yigʻmajildi tayyorlanadi, u xatlov natijalari tasdiqlangandan keyin tuman (shahar) hokimining yer uchastkalari berish hamda bino va inshootlarga mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi qaroridan koʻchirmalar bilan toʻldiriladi. Kadastr yigʻmajildi Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining yagona maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun elektron-raqam shakliga aylantiriladi. Xatlov natijalari boʻyicha koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi ikki nusxada tayyorlanadi, uning bir nusxasi huquq egasiga, ikkinchisi — xatlov ishlarini bajargan filial arxivida saqlanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xatlov ishlari tugallangach va tuman (shahar) hokimi tomonidan tegishli qaror qabul qilingach mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda koʻchmas mulk obyektlarning xatlovdan oʻtkazish natijalari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni belgilash boʻyicha amalga oshirilgan choralarning yigʻma jadvali tuziladi va oʻn kun mobaynida qogʻoz va elektron koʻrinishda tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xatlov natijalari tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlangandan soʻng oʻn kun mobaynida koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida hisobot tuziladi, hisobot filial rahbari tomonidan imzolanadi va korxonaning arxivida saqlanadi. Hisobotda quyidagilar mavjud boʻladi:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan takliflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning bayonnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimining xatlov natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish natijalarining yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni belgilash boʻyicha yigʻma jadval.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xatlov natijasida har bir koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida olingan maʼlumotlar koʻchmas mulk obyektlarini avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish uchun yagona maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yer uchastkalariga, bino inshootlarga va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazmagan jismoniy va yuridik shaxslar yer uchastkalari joylashgan joydagi filiallarga (tadbirkorlik subyektlari buyurtmani “yagona darcha” markazlariga berishadi) huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun buyurtma berishlari zarur. Kadastr yigʻmajildi xatlov materiallarini hisobga olgan holda tayyorlanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Filiallar xatlov ishlari tugallangandan keyin yagona maʼlumotlar bazasini yangilash va koʻchmas mulk obyektlarining koʻrsatkichlarida yuz bergan oʻzgarishlarni hisobga olish choralarini koʻradilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xatlov boʻyicha bajariladigan ishlarning sifati yuzasidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahri hokimliklari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xatlovni ushbu Nizom normalarini buzgan holda amalga oshirganlik uchun tegishli filiallarning xodimlari, Ishchi guruh va Komissiya rahbarlari va aʼzolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tumanlar (shaharlar) hokimlari yer uchastkalariga belgilangan huquqlar, jismoniy va yuridik shaxslarning oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlariga boʻlgan mulk huquqini tan olish masalalari boʻyicha asoslanmagan qarorlar qabul qilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xatlov masalalari boʻyicha nizolarni koʻrib chiqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

___________________________ mahallasi boʻyicha koʻchmas mulk obyektlari
‎tegishli boʻlgan, uzoq muddat yoʻq boʻlgan jismoniy shaxslar
‎ROʻYXATI ‎‎

T/r‎

‎‎Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi‎

Obyektning joylashgan joyi, pochta manzili‎‎

‎‎Obyektning tavsifi (belgilangan tartibda yoki oʻzboshimchalik bilan qurilganligi)

‎‎Jismoniy shaxslarning yoʻq boʻlgan davri
‎‎Yoʻq boʻlganining sababi

1‎

‎‎2

‎‎3

4‎‎

‎‎5

‎‎6

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Mahalla fuqarolar
‎yigʻini Kengashi raisi:

‎___________________________________________________‎

‎‎‎(M.Oʻ.)

‎(mahalla nomi, imzo, F.I.O.)‎‎

‎‎201___ yil “____” _________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

““Tasdiqlayman”
‎Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri
‎davlat korxonasifiliali rahbari
‎201___ yil “___” ____________

______________________________________________________________________________ ga tegishli

(Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxsning nomi)

koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish
‎DALOLATNOMASINING NAMUNAVIY ShAKLI

‎201____ yil “____” ______________

Ushbu dalolatnoma _______________________ Yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonasining

(mintaqaning nomi)‎‎

‎________________________________________________________________________________ filiali

(tuman, shahar nomi)

‎‎______________________________________________________________________________________,

(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) ________________________________________________,

‎‎(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

davlat soliq inspeksiyasi _________________________________________________________________,

(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

mahalla fuqarolar yigʻini kengashi __________________________________________________________,

(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

va ichki ishlar boʻlimi ____________________________________________________________________,

(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

vakillari tomonidan koʻchmas mulk obyektidan foydalanuvchi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning vakili ______________________________________________________________________ ishtirokida tuzildi.

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

Koʻchmas mulk obyektini xatlovda� oʻtkazish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

‎‎1. Koʻchmas mulk obyekti joylashgan joy (pochta manzili) _________________________________________
‎‎2. Yer uchastkasining (raqam berilganda) ______________________bino va inshootning (raqam berilganda) kadastr raqami ________________________
‎‎3. Huquq turi:
yer uchastkasiga

‎‎_____________________________________________________________

bino va inshootga

‎‎_____________________________________________________________

koʻp yillik daraxtlarga

‎‎_____________________________________________________________

4. Huquqni belgilovchi hujjatlar:
yer uchastkasiga

‎‎_____________________________________________________________

bino va inshootga

‎‎_____________________________________________________________

koʻp yillik daraxtlarga

_____________________________________________________________
‎5. Foydalanish maqsadi:
‎‎yer uchastkasidan _____________________________________________________________
bino va inshootdan

‎‎_____________________________________________________________

6. Yer uchastkasining maydoni: hujjat boʻyicha ___________ ga, amalda _________ ga.
‎7. Dehqon xoʻjaligining maqomi: yuridik shaxsni tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda tuzilgan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi)‎‎_______________________________________________________________________________________
‎8. Qishloq joyda yashovchi oilaning xoʻjalik yuritish shakli: shaxsiy yordamchi xoʻjalik yoki dehqon xoʻjaligi, agar dehqon xoʻjaligiga aylantirilgan boʻlsa tuman hokimi qarorining sanasi va tartib raqami aniqlanadi
‎‎_______________________________________________________________________________________‎
‎ 9. Dehqon xoʻjaligi (shaxsiy yordamchi xoʻjalik) yuritish uchun aholi punktidan tashqarida ajratilgan yer uchastkasining maydoni ___________________________________________ ga, tuman hokimi qarorining __________________________________________________ sanasi va tartib raqami.
‎10. Qoʻshni yer egasi va yerdan foydalanuvchilar oʻrtasida nizolar mavjudligi ___________.
‎11. Bino va inshootlarni qurishga ruxsat beruvchi hujjatning mavjudligi, ruxsatnomaning berilgan sanasi va tartib raqami ______________________________.
‎12. Tuman (shahar) hokimining bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomani tasdiqlash haqidagi qarori mavjudligi, sanasi va tartib raqami
‎_______________________________________________________________________________________
‎13. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumot:
‎reyestrdagi yozuv № ___________ ______yil “______” ________________
‎yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
‎seriyasi № __________, berilgan sanasi ____ yil “____” ________________
‎14. Bino, inshootlar va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumot:
‎reyestrdagi yozuv № ________ , _______ yil “____” _________________________
‎bino, inshootlar va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
‎seriyasi № ______, berilgan sanasi _____ yil “_______” _________________
‎15. Xatlov jarayonida aniqlangan boshqa maʼlumotlar _______________
‎Ushbu dalolatnomaga 1 va 2-ilovalarga muvofiq yer uchastkasining plani hamda bino va inshootning tavsifi ilova qilinadi.
‎Vakillar:‎

‎Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filialidan
‎_______________________________________________________________________________________

(tuman (shahar nomi)

_______________________________________________________________________________________

(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarma)sidan
‎‎‎‎_______________________________________________________________________________________,

(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎Davlat soliq inspeksiyasidan
‎‎______________________________________________________________________________________,

(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Mahalla fuqarolar yigʻini kengashidan
‎______________________________________________________________________________________,

(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Ichki ishlar boʻlimidan
‎‎______________________________________________________________________________________,

(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning vakili
‎‎_____________________________________________________________________________________

(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
__________________________ga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish dalolatnomasiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Yer uchastkasining
‎PLANI

Masshtab __________________________

‎‎‎Chegaradosh yerdan fo�dalanuvchilar bilan kelishilgan: _____________________________________
‎‎_________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________

‎‎(nomi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎Ijrochi __________________________________________________________________________

‎‎(imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______________________ga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish dalolatnomasiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Binolar, inshootlar

va koʻp
yillik daraxt turlarining
nomi

Qurilgan yili

Binoning tashqi oʻlchami,

kv.m

Umumiy maydoni,

kv.m

Devor materiali

Eskirish darajasi, %

Muhandislik kommunikatsiyalarining mavjudligi

Koʻp yillik daraxtlar

soni

Umumiy

Foydali, yashash

Elektr taʼminoti

Suv taʼminoti

Kanalizatsiya

Issiq suv taʼminoti

Issiqlik energiyasi taʼminoti

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlarining xatlovi boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIGʻMA JADVAL
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi

STIR

Obyektning joylashgan joyi

Yer uchastkalari toʻgʻrisida maʼlumotlar

yer uchastkasining kadastr raqami

yer uchastkasining moʻljallangan maqsadi

huquq turi

yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar

yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi

yer uchastkasini umumiy maydoni, ga

reyestr raqami va sanasi

guvohnomaning seriyasi va raqami

hujjat boʻyicha

shu jumladan oʻzboshimchalik bilan egallangani

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

Jadvalning davomi

Bino va inshootlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

Bino va inshootdan foydalanish

maqsadi

qurilgan yili

umumiy maydoni,

kv. m

devor materiali

eskirish darajasi, %

huquq turi

(agar belgilangan boʻlsa)

qurilishning huquqiy maqomi

huquqni tasdiqlovchi

hujjatning nomi, sanasi va raqami

bino, inshoot va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi

umumiy

foydali,

(yashash)

reyestr raqami va sanasi

guvohnoma seriyasi va raqami

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish natijalari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIGʻMA JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi

STIR

Obyektning joylashgan joyi

Yer uchastkalari toʻgʻrisida maʼlumotlar

yer uchastkasining kadastr raqami

yer uchastkasining moʻljallangan maqsadi

huquq turi

yer uchastkasining umumiy maydoni, ga

umumiy

shu jumladan

qaytarilgan

mavjud hujjat boʻyicha

amalda foydalanishda

shaxsiy foydalanishda

oʻzboshimchalik bilan egallangan

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

Jadvalning davomi

Bino va inshootlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

bino va inshootdan foydalanish

maqsadi

huquq turi

qurilgan yili

umumiy maydoni,

kv. m

oʻzboshimchalik bilan qurilganlar

huquqni tasdiqlovchi

hujjatning nomi

sanasi va raqami

bino, inshoot va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi

umumiy

foydali,

(yashash)

reyestr raqami va sanasi

guvohnoma seriyasi va raqami

14

15

16

17

18

19

20

21

22

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi 251-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish ishlarining belgilangan muddatda va sifatli bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI

lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi

lavozimiga koʻra

tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi

lavozimiga koʻra

tuman (shahar) bosh arxitektori

lavozimiga koʻra

tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi

lavozimiga koʻra

tuman (shahar) davlat bosh sanitariya vrachi

lavozimiga koʻra

tuman (shahar) tabiatni muhofaza qilish davlat inspektori

lavozimiga koʻra

tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar: 1. Komissiyalarning shaxsiy tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiyalarning aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 9-son, 132-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31-son, 379-modda; 2017-y., 9-son, 132-modda, 35-son, 931-modda)