26.07.2021 yildagi 463-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-martdagi PQ-5026-son qaroriga asosan, shuningdek, yirik korxonalar, investitsiya fondlari va moliya institutlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasiga Rossiya Federatsiyasidan jalb etiladigan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hajmlarini koʻpaytirish, Rossiya Federatsiyasi bozoriga mahalliy tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiya qilish, ikki mamlakat tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi hamkorlikni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-martdagi PQ-5026-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik loyihalarini sifatli tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni taʼminlash maqsadida Moskva shahrida xodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasi (keyingi oʻrinlarda — Vakolatxona) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Vakolatxonaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha “yoʻl xaritalari”ga kiritilgan Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy-texnik hamkorlik sohasidagi aniq loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlari hamda infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasining toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalari, ilgʻor texnologiyalari va moliyaviy-texnik koʻmak dasturlari, investitsiya fondlari va moliya institutlari mablagʻlarining jalb etilishi va oʻzlashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salohiyatli investorlarni topishda uzoq muddatli sheriklik aloqalarini oʻrnatish, savdo va investitsiya shartnomalarini tuzish, ishbilarmon doiralar ishtirokida muzokaralar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun loyiha takliflari va boshqa zarur materiallarni tayyorlashda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga, Rossiya Federatsiyasi bozoriga mahalliy mahsulotlar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish va oʻzaro tovar aylanmasi nomenklaturasini kengaytirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotlari tarmoqlarining sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda hududlararo hamkorlikdagi sanoat yarmarkasi va koʻrgazmalarini samarali oʻtkazishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit salohiyatini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, eksport yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo yuklarini tashish va tranzit qilish uchun imtiyozli rejimlarni qoʻllash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona joylashgan mamlakatda savdoga va ikkala mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikning boshqa turlariga taalluqli boʻlgan barcha masalalarda oʻz davlatlarining manfaatlarini ifoda qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona joylashgan mamlakatdagi iqtisodiy shart-sharoitlar va uning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga doir qonunchiligi haqida oʻz mamlakatining davlat organlarini xabardor qilib turish, shuningdek, vakolatxona joylashgan mamlakatning manfaatdor organlariga oʻz mamlakati haqidagi ana shunday axborotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mamlakatlarining yuridik va jismoniy shaxslariga vakolatxona joylashgan mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari bilan savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnika hamkorlik sohalarida kelishuvlarni amalga oshirishda koʻmaklashish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-iyundagi 324-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasi tuzilmasi va shtat jadvali 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasini saqlash uchun 2021-yilning olti oyidagi xarajatlar smetasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatxona xodimlariga yillik mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari nazarda tutilsin. Moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Vakolatxona xodimlariga faoliyatining aniq natijalari uchun belgilanadi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Vakolatxona faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonani 2021-yilda saqlash xarajatlarini 3-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida xorijdagi vakolatxonalarni saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining soʻroviga asosan 2022-yildan boshlab Vakolatxonani saqlash xarajatlari uchun zarur budjet mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonaga toʻrtta avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona rahbari va xodimlarining masʼuliyati, javobgarligi va faoliyatini baholash mezonlarini nazarda tutuvchi Vakolatxona toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonani shtatlar jadvaliga muvofiq mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Vakolatxonaning Moskva shahrida joylashtirilishi va jihozlanishini taʼminlasin, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga muvofiq uning faoliyatini tashkil etish, Vakolatxona xodimlariga diplomatik maqom berishni hamda boshqa masalalarni hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga hisobot beradi va oʻz faoliyatini vazirning umumiy rahbarligida amalga oshiradi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona direktori qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona rahbari oʻz darajasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalarning maslahatchisi — vakil lavozimiga, Vakolatxona rahbarining oʻrinbosari maslahatchi lavozimiga, shu jumladan Vakolatxonaning menejerlari birinchi kotib lavozimiga tenglashtiriladi va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradilar.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-iyundagi 324-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 26-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
463-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-iyuldagi 463-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rahbar

1

Rahbar oʻrinbosari

1

Investitsiya masalalari boʻyicha menejer

1

Bosh hisobchi

1

Moliya institutlari bilan ishlash boʻyicha menejer

1

Tashqi savdo masalalari boʻyicha menejer

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 7 nafar (xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ehtiyojdan kelib chiqib belgilanishi mumkin).
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-iyundagi 324-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-iyuldagi 463-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi savdo vakolatxonasi shtat jadvali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

AQSH doll.

T/r

Lavozimi

Shtat birliklari soni

Oylik ish haqi

(2025-yil 1-sentabrdan)

Oylik ish haqi

(2025-yil 1-oktabrdan)

Yillik ish haqi toʻlash fondi*

Jami

10

22 855

32 650

251 568

1.

Direktor

1

3 150

4 500

34 673

2.

Direktor oʻrinbosari

1

2 975

4 250

32 746

3.

Investitsiya masalalari boʻyicha menejer

1

2 625

3 750

28 894

4.

Moliya institutlari bilan ishlash boʻyicha menejer

1

2 625

3 750

28 894

5.

Tashqi savdo masalalari boʻyicha menejer

1

2 625

3 750

28 894

6.

Tashqi savdo masalalari boʻyicha menejer

1

2 625

3 750

28 894

7.

Bosh hisobchi

1

2 625

3 750

28 894

8.

Ish yurituvchi

1

1 505

2 150

16 566

9.

Haydovchi

1

1 365

1 950

15 025

10.

Farrosh

1

735

1050

8 090

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Vakolatxona xodimlariga yillik mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona xodimlariga Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik ish haqiga qoʻshimcha ravishda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri tomonidan oylik ish haqining 100 foizgacha boʻlgan miqdorda shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona xodimlarining oylik ish haqlari oshishi hisobidan 2025-yilda qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-iyuldagi 463-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasini saqlash uchun 2024-yilning olti oyidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XARAJATLAR SMETASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

AQSH dollarida

T/r

Xarajatlar moddalarining nomlanishi

Toifa

Modda

Yetti oylik xarajatlar smetasi

1.

Ish haqi

41

10

147 315,0

2.

Boshqa badallar va ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar

41

21

4 060,0

3.

Xizmat safarlari uchun xarajatlar

42

10

15 120,0

42

20

18 480,0**

4.

Kommunal xizmatlar

42

20

22 869,0

5.

Saqlash va joriy taʼmirlash

42

30

150 463,0

6.

Ijara xarajatlari

42

40

115 800,0

7.

Moddiy aylanma mablagʻlar zaxiralari xarajatlari

42

50

11 298,0

8.

Tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun boshqa xarajatlar

42

90

44 254,0

9.

Asosiy fondlarni xarid qilish xarajatlari

43

50

254 050,0

10.

Boshqa xarajatlar

48

00

21 000,0

-

Jami:

786 229,0

18 480,0**

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tasdiqlangan budjet doirasida ushbu xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-iyundagi 324-sonli qarori tahririda)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/463/0709-son; 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son; 24.01.2025-y., 09/25/30/0065-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)