Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutini tashkil etishga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining:
2017-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 1399-III/KQ-283-III-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 12, 899-modda);
2018-yil 29-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari faoliyatini axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1808-III/KQ-375-III-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 6, 421-modda);
2020-yil 25-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 480-IV/KQ-131-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 589-modda);
2021-yil 25-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 818-IV/KQ-204-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 3, 285-modda) qoʻshma qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mazkur Qoʻshma qarorning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti tashkil etilganidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-may,
3128-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2023-yil 2-may,
KQ-494-IV-son