Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 2-maydagi 3128-IV-son va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 2-maydagi KQ-494-IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5953-sonli Farmonining 33-bandida belgilangan vazifalarni inobatga olib hamda mamlakatimizda parlamentarizmni yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining tuzilmasi 1-ilovaga*;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining shtatlar jadvali 2-ilovaga*;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari faoliyatini axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1808-III/KQ-375-III-sonli Qoʻshma qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 6, 421-modda) 3-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 25-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 480-IV/KQ-131-IV-sonli Qoʻshma qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 589-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-ilovasi 9-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“belgilangan shtatlar soni doirasida Institutning shtatlar jadvalini tasdiqlaydi va unga oʻzgartishlar kiritadi”;
2) 2 va 3-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining binosidan foydalanish boshqarmasi Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Furqat koʻchasi, 171-uy manzili boʻyicha joylashgan oʻz balansidagi binoning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti joylashtirilgan qismiga ham belgilangan tartibda xizmat koʻrsatilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining Parlamentarizmni rivojlantirish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻquv markazi faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar uchun Davlat budjeti hisobidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
6. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-mart,
818-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 25-mart,
KQ-204-IV-son