25.03.2023 yildagi 127-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosi yuzasidan telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun telekommunikatsiya operatorlariga yer uchastkalarini ajratishda teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Tabiat resurslari vazirligining telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berilishi rejalashtirilgan yer uchastkalari roʻyxatini shakllantirish, ularni tanlov (elektron onlayn-auksion)ga qoʻyish va telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berish jarayonlarini raqamlashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2023-yil 1-iyundan boshlab amalga kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berilishi rejalashtirilgan yer uchastkalari roʻyxatini shakllantirish, ularni tanlov (elektron onlayn-auksion)ga qoʻyish va telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berish imkonini beruvchi maxsus axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi)ni ishlab chiqish, uni texnik va tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligining ““UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati — axborot tizimi operatori etib belgilansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot tizimi operatori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-mayga qadar oʻz mablagʻlari hisobidan axborot tizimini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-iyulga qadar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish boʻyicha telekommunikatsiya operatorlari tomonidan avval rasmiylashtirilgan ijara shartnomalari, telekommunikatsiya vositalari joylashgan yer (koordinata nuqtalari va chegaralari) va shartnomalarning tegishli maʼlumotlari (rekvizitlari) axborot tizimiga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ijaraga berilishi rejalashtirilgan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimi operatoriga doimiy asosda elektron axborot almashinuvi orqali taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi oʻz axborot tizimlarini ushbu qarorning 3-bandida koʻrsatilgan axborot tizimi bilan oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 127-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi — telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berilishi rejalashtirilgan yer uchastkalari roʻyxatini shakllantirish, ularni tanlov (elektron onlayn-auksion)ga qoʻyish va telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berish imkonini beruvchi maxsus elektron axborot tizimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi operatori — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining ““UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion ishtirokchisi — “E-AUKSION” elektron savdo platformasidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtib, auksionda qatnashish uchun ariza bergan telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan telekommunikatsiya operatori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchi — davlat mulki hisoblangan bino va yer maydoni yoki moddiy madaniy meros obyektlari hisoblangan inshootlar balansida hisobga olingan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar (tashkilotlar) — ushbu Reglamentga muvofiq telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish masalasi kelishiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyekti — elektron onlayn-auksion orqali ijaraga beriladigan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar, moddiy madaniy meros obyektlari hamda ularning yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestr — telekommunikatsiya operatorlari, telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish boʻyicha ijara shartnomalari hamda ularga tegishli boʻlgan hujjatlar toʻplamini oʻz ichiga oluvchi maʼlumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo operatori — “E-AUKSION” elektron savdo platformasida auksionni tashkil etish va oʻtkazish vakolati berilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma — telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun zarur yer uchastkalarining maydoni va koordinatalarini belgilash hamda yer uchastkasini ijaraga olish boʻyicha telekommunikatsiya operatori tomonidan toʻldiriladigan va axborot tizimi orqali kiritiladigan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya vositalari — signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, uskunalar, inshootlar va tizimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya operatori — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiya (telefon aloqasi, maʼlumotlar uzatish, mobil aloqa, televideniye) tarmogʻiga ega boʻlgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va litsenziyaga asosan tegishli telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinet — axborot tizimi foydalanuvchilari tomonidan maʼlumotlarni kiritish, tahrirlash, foydalanish va qoʻllash imkoniyatini yaratish uchun moʻljallangan maxsus oyna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda — auksion) — “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga auksion obyektini ijaraga berish boʻyicha narxni oshirib borish tamoyili asosida onlayn oʻtkaziladigan savdo shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Axborot tizimi orqali rasmiylashtirilgan va muddati uzaytirilgan ijara shartnomalari hamda boshqa xizmatlar (auksion obyektini savdoga chiqarishda materiallarni kelishish, shuningdek savdoni tashkil etish va oʻtkazish xarajatlari bundan mustasno) uchun toʻlovlar axborot tizimi operatori va telekommunikatsiya operatorlari oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, axborot tizimi orqali ushbu hujjatlarni rasmiylashtirish uchun telekommunikatsiya operatori tomonidan axborot tizimi operatoriga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “E-AUKSION” elektron savdo platformasida onlayn-auksion tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-AUKSION” elektron savdo platformasida onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, boʻsh va zaxiraga olingan yer uchastkalari hamda davlat mulki obyektini telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijaraga berish boʻyicha oʻtkazilgan elektron auksionda bir ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham u oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, auksion oʻtkazish auksion oʻtkaziladigan kun toʻgʻrisida xabarnoma va lotga oid axborot “E-AUKSION” elektron savdo platformasida eʼlon qilingandan oʻttiz kun oʻtgandan keyingi kunga belgilanadi. Bayram va dam olish kunlarida auksionlar oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish va ularda telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)ga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi rejalashtirilgan yer uchastkalarini kelishish hamda ajratilgan yer uchastkalarini telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijaraga berish ushbu Reglamentning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Telekommunikatsiya operatorlari tomonidan telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun joyiga chiqqan holda zarur loyihaoldi oʻrganish ishlari olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Telekommunikatsiya operatori axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun zarur yer uchastkalarining maydoni va koordinatalarini belgilab beradi hamda zarur yer uchastkalarini ijaraga olish boʻyicha talabnoma toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Axborot tizimi operatori telekommunikatsiya operatori tomonidan belgilangan maydon va koordinatalar boʻyicha maʼlumotlarni olish uchun axborot tizimi orqali avtomatik tarzda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga soʻrov joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yer uchastkasi maʼlumotlari (yer uchastkalarining maydoni va koordinatalari) telekommunikatsiya operatori tomonidan notoʻgʻri kiritilganligi aniqlangan taqdirda, ushbu holat talabnomani rad etish uchun asos hisoblanadi va talabnoma bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi uch ish kuni ichida axborot tizimidagi soʻrovga javob tariqasida yer uchastkasi haqidagi maʼlumotlarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Axborot tizimi operatori mazkur yer uchastkasida telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish bilan bogʻliq hujjatlarni vakolatli organ (tashkilot)larga ular bilan dastlabki kelishish uchun axborot tizimi orqali avtomatik tarzda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Antenna-machta inshootlari va boshqa telekommunikatsiya inshootlarini qurish bilan bogʻliq hujjatlar telekommunikatsiya vositalari turiga mos ravishda quyidagi vakolatli organ (tashkilot)lar bilan axborot tizimi orqali kelishiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Antenna-machta inshootlaridan tashqari boshqa telekommunikatsiya inshootlarini qurish bilan bogʻliq hujjatlar, zaruratga koʻra, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan ham kelishilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ (tashkilot)lar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishda zarur hujjatlarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi, kelishilishi va xulosalar qabul qilinishi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatli organ (tashkilot)lar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish masalasini uch ish kuni ichida kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ (tashkilot)lar tomonidan kelishish rad etilgan hollarda, tegishli xulosa telekommunikatsiya operatoriga axborot tizimi orqali taqdim etiladi va talabnoma bekor qilinadi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli organ (tashkilot)lar bilan kelishilgandan soʻng axborot tizimi operatori talabnomada koʻrsatilgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yer uchastkasini ajratish uchun Vazirlik tomonidan biriktirilgan masʼul xodimning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlikka yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tomonidan biriktirilgan masʼul xodim yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yer uchastkasini ajratish uchun ularning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga buyurtma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir ish kuni ichida buyurtmani (buyurtmaga loyihalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonnoma loyihasini ilova qilgan holda) yer uchastkasini ajratish materiallarini belgilangan tartibda tayyorlash uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi besh ish kuni ichida shaxsiy kabinetda yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnomani shakllantiradi va elektron raqamli imzo orqali imzolaydi. Shakllantirilgan shartnomani Vazirlikka axborot tizimi orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tomonidan biriktirilgan masʼul vakil bir kun ichida axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida elektron raqamli imzo orqali shartnomani ikkinchi tomondan imzolaydi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tuzilgan shartnoma asosida yer uchastkasini ajratish haqida elektron shaklda hujjatlar yigʻmajildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimida kelishuv jarayonining har bir bosqichi boʻyicha maʼlumotni axborot tizimiga elektron axborot almashinuvi orqali doimiy uzatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vazirlikka ajratilgan yer uchastkasini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishga tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yer uchastkasini ijaraga berishning boshlangʻich narxi quyidagi formula asosida axborot tizimida hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S = S x R x T + E,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — yer uchastkasining maydoni, kv.m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R — bir kvadrat metr yer uchastkasi uchun ijaraga berishning minimal qiymati, soʻm/kv.m.;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T — yer uchastkasini ijaraga berish muddati, yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E — yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid xarajatlar, soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir kvadrat metr yer uchastkasi uchun ijaraga berishning minimal qiymati har bir tuman (shahar) uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir tuman (shahar) uchun yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymatini belgilashda hududda mavjud hamda kelgusida markazlashgan manbalar hisobidan barpo etilishi rejalashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalari inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oxirgi tasdiqlangan yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati uning yangi qiymati tasdiqlangunga qadar amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Axborot tizimi operatori Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi) axborot tizimiga Vazirlikka doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasini ijaraga berish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha arizani axborot tizimi yordamida elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining hududiy boshqarmalari axborot tizimi operatorining arizasi kelib tushganidan soʻng bir ish kuni ichida buyurtmachi sifatida belgilangan tartibda savdo operatoriga yer uchastkasini ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha elektron buyurtmani yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Elektron onlayn-auksion savdolari natijasi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn ish kunidan kechiktirmay bayonnoma asosida auksion gʻolibi va Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining tegishli hududiy boshqarmasi oʻrtasida “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron shaklda ijara shartnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlikka doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining axborot tizimi ijara shartnomasi maʼlumotlari va nusxasini axborot tizimiga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yer uchastkasini ijaraga berish jarayonida davlat organlari tomonidan yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish boʻyicha loyiha-izlanish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ularni kelishish va tasdiqlash, hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar telekommunikatsiya operatori tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalari, bino va inshootlarda telekommunikatsiya vositalarini oʻrnatish shartnomasini rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalari, bino va inshootlarda telekommunikatsiya vositalarini oʻrnatish shartnomasini rasmiylashtirish ushbu Reglamentning 2-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Telekommunikatsiya operatorlari tomonidan telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun zarur loyihaoldi oʻrganishlar joyiga chiqqan holda olib boriladi va mulk huquqida boʻlgan yer uchastkalari yoki binolarning mulkdorlari bilan oʻzaro kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun maqsadli yer uchastkalari yoki binolarni ijaraga olish boʻyicha talabnoma elektron shaklda axborot tizimi orqali telekommunikatsiya operatorlari tomonidan toʻldiriladi, kelishuv maʼlumotlari hamda manzil va koordinatalari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Axborot tizimi operatori vakolatli organ (tashkilot)larga mazkur yer uchastkalari yoki binolarda telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni dastlabki kelishish uchun axborot tizimi orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ (tashkilot)lar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni uch ish kuni ichida kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ (tashkilot)lar tomonidan kelishish rad etilgan hollarda, tegishli xulosa telekommunikatsiya operatoriga axborot tizimi orqali taqdim etiladi va talabnoma bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatli organ (tashkilot)lar bilan ijobiy kelishuvga erishilganidan soʻng ikki ish kuni ichida mulk huquqidagi yer uchastkalari yoki bino va inshoot mulkdori hamda telekommunikatsiya operatori oʻrtasida ijara shartnomasi axborot tizimi orqali imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara shartnomasini axborot tizimi orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, shartnoma qogʻoz koʻrinishida imzolanadi hamda bu haqidagi maʼlumotlar va ushbu shartnoma nusxasi telekommunikatsiya operatori tomonidan axborot tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ijara shartnomasi asosida telekommunikatsiya vositalari joylashtiriladigan yer uchastkalarini dastlabki kelishish, shuningdek ijara shartnomasini rasmiylashtirish (taraflarning kelishuviga koʻra axborot tizimi orqali rasmiylashtirilganda) xarajatlari bilan bogʻliq toʻlovlar telekommunikatsiya operatori tomonidan ijara shartnomasi imzolanganidan soʻng besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Axborot tizimi operatori ijara shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi)ga elektron axborot almashinuvi orqali belgilangan tartibda hisobdan oʻtkazish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Soliq qoʻmitasi ikki ish kuni ichida ijara shartnomasini belgilangan tartibda hisobdan oʻtkazadi va guvohnomani elektron axborot almashinuvi orqali axborot tizimiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Axborot tizimi operatori tomonlarga axborot tizimi orqali ikki tomonlama imzolangan shartnoma hisobdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davlat mulki obyektida telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Davlat mulki obyektida telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish ushbu Reglamentning 3-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Telekommunikatsiya operatorlari tomonidan telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun zarur loyihaoldi oʻrganishlar joyiga chiqqan holda olib boriladi hamda telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun davlat mulki obyektini ijaraga berish boʻyicha balansda saqlovchiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Balansda saqlovchi tomonidan davlat mulki obyektini ijaraga berishga rozilik bildirilgan taqdirda, telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun davlat mulki obyektini ijaraga olish boʻyicha talabnoma elektron shaklda axborot tizimi orqali telekommunikatsiya operatorlari tomonidan toʻldiriladi, davlat mulki obyekti maʼlumotlari hamda manzil, koordinatalari, balansda saqlovchining rozilik xati va boshqa tegishli maʼlumotlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, moddiy madaniy meros obyektlari hisoblangan davlat mulki obyektlarini ijaraga olish boʻyicha talabnomaga madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha vakolatli organning xulosasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Axborot tizimi operatori vakolatli organ (tashkilot)larga mazkur davlat mulki obyektiga telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni dastlabki kelishish uchun axborot tizimi orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ (tashkilot)lar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni uch ish kuni ichida kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ (tashkilot)lar tomonidan kelishish rad etilgan hollarda, tegishli xulosa telekommunikatsiya operatoriga axborot tizimi orqali taqdim etiladi va talabnoma bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Vakolatli organlar bilan ijobiy kelishuvga erishilganidan soʻng axborot tizimi operatori Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi axborot tizimiga davlat mulki obyektini ijaraga berish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha arizani elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining hududiy boshqarmalari axborot tizimi operatorining arizasi kelib tushganidan soʻng bir ish kuni ichida buyurtmachi sifatida belgilangan tartibda savdo operatoriga davlat mulki obyektini ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha elektron buyurtmani yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Elektron onlayn-auksion savdolari natijasi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn ish kunidan kechiktirmay bayonnoma asosida auksion gʻolibi va Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining tegishli hududiy boshqarmasi oʻrtasida belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Davlat mulki obyektini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining axborot tizimi ijara shartnomasi maʼlumotlari va nusxasini axborot tizimiga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ijara shartnomasi asosida telekommunikatsiya vositalari joylashtiriladigan yer uchastkalarini dastlabki kelishish, shuningdek ijara shartnomasini rasmiylashtirish (taraflarning kelishuviga koʻra axborot tizimi orqali rasmiylashtirilganda) xarajatlari bilan bogʻliq toʻlovlar telekommunikatsiya operatori tomonidan ijara shartnomasi imzolanganidan soʻng besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishga oid shartnomalar yoki kelishuvlarni axborot tizimiga kiritish va tizimda shartnoma va kelishuvlarning muddatini uzaytirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishga oid shartnomalar yoki kelishuvlarni axborot tizimiga kiritish va ularning muddatini uzaytirish ushbu Reglamentning 4-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Telekommunikatsiya operatori tomonidan axborot tizimi ishga tushirilguniga qadar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishga oid va ayni bir yer uchastkasi yoki antenna-machtalardan birgalikda foydalanish boʻyicha axborot tizimi yordamida imzolash imkoniyati mavjud boʻlmagan ijara shartnomalari, kelishuvlar va boshqa turdagi hujjatlar nusxasi va unga doir maʼlumotlar mos ravishda axborot tizimi reyestriga doimiy ravishda kiritib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Axborot tizimi operatori reyestrga kiritilgan ijara shartnomalari muddatlarini avtomatik tahlil qilish ishlarini olib boradi. Muddati yakunlanishiga ikki oy qolgan shartnomalar roʻyxatini qonunchilik hujjatlarida ruxsat etilgan holatlarda muddatini uzaytirish uchun telekommunikatsiya operatorlariga axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Telekommunikatsiya operatorlari shartnoma va kelishuv imzolangan tomonlar bilan axborot tizimi orqali hujjat rasmiylashtirilishi borasida oʻn ish kuni ichida muzokaralar olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki ish kuni ichida shartnoma shartlariga qoʻshimchalar kiritgan holda (zarur hollarda) axborot tizimi orqali shartnomaga qoʻshimcha kelishuvni imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara shartnomasi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qoʻshimcha shartnomani axborot tizimi orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, ushbu qoʻshimcha kelishuv qogʻoz koʻrinishida imzolanadi hamda bu haqidagi maʼlumotlar va ushbu hujjat nusxasi telekommunikatsiya operatori tomonidan axborot tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Telekommunikatsiya operatori tomonidan axborot tizimi orqali koʻrsatilgan xizmatlar uchun axborot tizimi operatorining maxsus hisobvaragʻiga tegishli toʻlovlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Axborot tizimi operatori axborot tizimida yaratilgan va imzolangan, reyestrdagi muddati yakunlanishiga bir oy muddat qolgan ijara shartnomalari maʼlumotlarini qonunchilik hujjatlarida ruxsat etilgan holatlarda muddatini uzaytirish uchun axborot tizimida avtomatik tarzda shakllantiradi va telekommunikatsiya operatorlariga bu haqda xabarnoma va hisob-faktura yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Telekommunikatsiya operatorlari besh ish kunidan kechiktirmay toʻlovlarni axborot tizimi operatorining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Axborot tizimi operatori toʻlov qabul qilinganidan soʻng shartnomalar muddatlarini uzaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya operatoriga muddatlari uzaytirilgan shartnomalar boʻyicha maʼlumotni axborot tizimi orqali taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlanmaslik hollari kuzatilganda, shartnomalar muddati uzaytirilmaydi va shartnoma oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ijara shartnomasining toʻlov miqdorini keyingi muddat uchun uzaytirish yoki shartnomani bekor qilish istagida boʻlgan ijaraga beruvchilar shartnomaning yakunlanish muddatidan uch oydan kam boʻlmagan muddatda ushbu haqida axborot tizimiga maʼlumot kiritishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, telekommunikatsiya operatoriga tegishli maʼlumot axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etiladi va tomonlarning oʻzaro kelishuvidan soʻng shartnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara shartnomasini bekor qilish istagi bildirilgan hollarda tomonlarga axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali maʼlumotlar taqdim etiladi, oʻzaro qayta kelishish uchun bir oy muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ijara shartnomalari besh ish kuni ichida mos ravishda Soliq qoʻmitasi va Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markaziga tegishli reyestridan roʻyxatdan oʻtkaziladi va koʻchirmasi tomonlarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qoʻmitasi va Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tomonidan oʻzining reyestridan roʻyxatdan oʻtkazish rad etilsa, telekommunikatsiya operatori va tomonlarga bu haqida maʼlumot shaxsiy kabinet orqali yuboriladi va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish ishlarini tomonlar oʻzaro amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qoʻmitasi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi bilan kelishilganidan soʻng manfaatdor tashkilotlar tomonidan reyestrdan roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirmani axborot tizimiga elektron axborot almashinuvi orqali yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Telekommunikatsiya operatorlari vakolatli organlarning murojaatini koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etganlik ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Axborot tizimining boshqa tashkilotlar bilan axborot almashish tartibi va oʻzaro hamkorlik qilish shartlari tashkilotlar hamda axborot tizimi operatori oʻrtasida tuzilgan oʻzaro hamkorlik boʻyicha alohida texnologik yoʻriqnomalar va bitimlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Axborot tizimi operatori axborot tizimidan foydalanish orqali shartnoma asosida qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan xizmatlarni taqdim qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ushbu Reglament talablari buzilishi aniqlangan holatlar haqida telekommunikatsiya operatorlaridan kelib tushgan murojaatlar boʻyicha shartnoma bekor qilinadi va amalga oshirilgan toʻlovlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mazkur Reglament talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish va ularda telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Raqamli texnologiyalar vazirligiga yer uchastkalarini ajratish

1-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun zarur yer uchastkalarining maydoni va koordinatalarini belgilaydi va ushbu yer uchastkalarini ijaraga olish boʻyicha talabnoma toʻldiradi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Axborot tizimi operatori

Telekommunikatsiya operatori tomonidan belgilangan maydon va koordinatalar boʻyicha maʼlumotlarni olish uchun axborot tizimi orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga soʻrov joʻnatadi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

Axborot tizimidagi soʻrovga javob tariqasida yer uchastkasi haqidagi maʼlumotlarni yuboradi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Axborot tizimi operatori

Vakolatli organ (tashkilot)larga yer uchastkasiga telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni dastlabki kelishish uchun axborot tizimi orqali yuboradi.

Avtomatik tarzda

5-bosqich

Vakolatli organ (tashkilot)lar

1. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.

2. Natijani axborot tizimi orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

3 ish kuni ichida

6-bosqich

Axborot tizimi operatori

Yer uchastkasi haqidagi maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan koʻrib chiqilishi uchun ularning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga buyurtma yuboradi.

Avtomatik tarzda

7-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Buyurtmani (buyurtmaga loyihalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonnoma loyihasini ilova qilgan holda) yer uchastkasini ajratish materiallarini belgilangan tartibda tayyorlash uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

1 ish kuni ichida

II. Ajratilgan yer uchastkalarini telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berish

8-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

Shaxsiy kabinetda yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnomani shakllantiradi va elektron raqamli imzo yordamida imzolaydi. Shakllantirilgan shartnomani Raqamli texnologiyalar vazirligiga (Vazirlik) axborot tizimi orqali yuboradi.

5 ish kuni ichida

9-bosqich

Vazirlik

Axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida elektron raqamli imzo yordamida shartnomani ikkinchi tomondan imzolaydi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni ichida

10-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi yer uchastkasini ajratish haqida elektron shaklda hujjatlar yigʻmajildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” axborot tizimiga joylashtiradi.

Belgilangan muddatda

“YERELEKTRON” axborot tizimida kelishuv jarayonining har bir bosqichi boʻyicha maʼlumotni axborot tizimiga elektron axborot almashinuvi orqali doimiy uzatib boradi.

Avtomatik tarzda

11-bosqich

Axborot tizimi operatori

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” DUK axborot tizimiga Vazirlikka doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasini ijaraga berish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha arizani axborot tizimi yordamida elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.

Avtomatik tarzda

12-bosqich

“Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” DUK

Buyurtmachi sifatida belgilangan tartibda savdo operatoriga yer uchastkasini ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha elektron buyurtmani yuboradi.

1 ish kunida

13-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

“E-AUKSION” platformasida elektron onlayn-auksionni belgilangan tartibda tashkil etadi va oʻtkazadi.

Belgilangan muddatda

14-bosqich

“Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” DUK

1. Belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuziladi.

10 ish kuni ichida

2. Ijara shartnomasi maʼlumotlari va nusxasini axborot tizimi operatoriga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.

Shartnoma imzolanganidan soʻng avtomatik ravishda

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalari, bino va inshootlarda telekommunikatsiya vositalarini oʻrnatish shartnomasini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun maqsadli yer uchastkalari yoki binolarni ijaraga olish boʻyicha talabnomani elektron shaklda axborot tizimi orqali toʻldiradi, kelishuv maʼlumotlari hamda manzil va koordinatalarini kiritadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Vakolatli organlar

1. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.

2. Natijani axborot tizimi orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Ijara shartnomasi maʼlumotlarini axborot tizimiga kiritadi va mulk huquqidagi yer uchastkalari yoki bino mulkdori oʻrtasida ijara shartnomasini axborot tizimi orqali imzolaydi.

Axborot tizimi orqali imzolash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, shartnoma qogʻoz koʻrinishida imzolanadi.

2 ish kuni ichida

4-bosqich

Axborot tizimi operatori

Ijara shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga elektron axborot almashinuvi orqali belgilangan tartibda hisobdan oʻtkazish uchun yuboradi.

Ijara shartnomasi imzolanganidan soʻng avtomatik ravishda

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

1. Ijara shartnomasini belgilangan tartibda hisobdan oʻtkazadi hamda guvohnoma rasmiylashtiradi.

2. Guvohnomani elektron axborot almashinuvi orqali axborot tizimi operatoriga yuboradi.

2 ish kunida ichida

6-bosqich

Axborot tizimi operatori

Axborot tizimi operatori tomonlarga axborot tizimi orqali ikki tomonlama imzolangan shartnoma va hisobdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani yuboradi.

Avtomatik tarzda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki obyektida telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

1. Davlat mulki obyektini telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijaraga berish boʻyicha balansda saqlovchiga murojaat qiladi.

2. Balansda saqlovchi tomonidan davlat mulki obyektini ijaraga berishga rozilik bildirilgan taqdirda, uning rozilik xatini ilova qilgan holda telekommunikatsiya obyektlarini joylashtirish uchun davlat mulki obyektiga doir maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Axborot tizimi operatori

Davlat mulki obyektiga telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni dastlabki kelishish uchun vakolatli organlarga axborot tizimi orqali yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Vakolatli organlar

Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Axborot tizimi operatori

Davlat mulki obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha arizani elektron axborot almashinuvi orqali Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markaziga yuboradi.

Avtomatik ravishda

5-bosqich

Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hududiy boshqarmasi

Buyurtmachi sifatida axborot tizimi operatorining arizasi kelib tushganidan soʻng belgilangan tartibda savdo operatoriga davlat mulki obyekti boʻyicha elektron buyurtmani yuboradi.

1 ish kuni ichida

6-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

“E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionni belgilangan tartibda tashkil etadi va oʻtkazadi.

Belgilangan muddatda

7-bosqich

Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hududiy boshqarmasi

1. Belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuziladi.

10 ish kuni ichida

2. Ijara shartnomasi maʼlumotlari va nusxasini axborot tizimi operatoriga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.

Shartnoma imzolanganidan soʻng avtomatik tarzda

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish boʻyicha ijara shartnoma (kelishuv)larini tizimga kiritish va ularning muddatini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Axborot tizimida imzolanmagan ijara shartnoma (kelishuv)larni tizimga kiritish va ularning muddatini uzaytirish

1-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Axborot tizimi ishga tushirilguniga qadar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishga oid va ayni bir yer uchastkasi yoki antenna-machtalardan birgalikda foydalanish boʻyicha axborot tizimi yordamida imzolash imkoniyati mavjud boʻlmagan ijara shartnoma (kelishuv)lari nusxasi va unga doir maʼlumotlarni axborot tizimidagi reyestrga kiritib boradi.

Doimiy ravishda

2-bosqich

Axborot tizimi operatori

1. Reyestrga kiritilgan ijara shartnoma (kelishuv)lari muddatlarini avtomatik tahlil qilish ishlarini olib boradi.

Belgilangan muddatda

2. Shartnomalar roʻyxatini telekommunikatsiya operatoriga axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.

Shartnoma muddati yakunlanishidan 2 oy avval

3-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Telekommunikatsiya operatori shartnoma (kelishuv) imzolangan tomonlar bilan axborot tizimi orqali shartnoma (kelishuv) rasmiylashtirilishi borasida muzokaralar olib boradi.

10 ish kuni ichida

4-bosqich

Tomonlar

(mulkdor, telekommunikatsiya operatori)

Tomonlar shartnoma (kelishuv) shartlariga qoʻshimchalar kiritgan holda (zarur boʻlsa) axborot tizimi orqali shartnomani imzolaydilar.

2 ish kuni ichida

5-bosqich

Axborot tizimi operatori

Ijara shartnoma (kelishuv)lari tegishli reyestrdan roʻyxatdan oʻtkazish uchun manfaatdor tashkilotlarga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi.

Avtomatik ravishda

6-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi

Tegishli reyestrdan roʻyxatdan oʻtkaziladi va koʻchirmasi tomonlarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboradi.

2 ish kuni ichida

7-bosqich

Axborot tizimi operatori

Tomonlarga muddatlari uzaytirilgan shartnoma (kelishuv)larni va ularni tegishli reyestrdan roʻyxatdan oʻtkazilganligi boʻyicha maʼlumotni tomonlarning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Avtomatik tarzda

II. Axborot tizimida imzolangan ijara shartnoma (kelishuv)larining muddatini uzaytirish

8-bosqich

Axborot tizimi operatori

1. Axborot tizimida yaratilgan va amal qilish muddati tugayotgan shartnoma (kelishuv)lar roʻyxatini shakllantiradi.

2. Telekommunikatsiya operatorlariga mazkur shartnoma (kelishuv)larni rasmiylashtirish boʻyicha hisob-faktura taqdim etadi.

Shartnoma muddati yakunlanishidan 1 oy avval

9-bosqich

Telekommunikatsiya operatori

Axborot tizimi operatorining maxsus hisobvaragʻiga toʻlovlarni oʻtkazib beradi.

5 ish kuni ichida

10-bosqich

Axborot tizimi operatori

1. Toʻlovlar qabul qilinganidan soʻng shartnoma (kelishuv)larni muddatlarini uzaytiradi.

2. Ijara shartnoma (kelishuv)larini tegishli reyestrdan roʻyxatdan oʻtkazish uchun manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.

Avtomatik tarzda

11-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi

Ijara shartnoma (kelishuv)larini tegishli reyestrdan roʻyxatdan oʻtkazadi va koʻchirmasi tomonlarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboradi.

3 ish kuni ichida

12-bosqich

Axborot tizimi operatori

Muddatlari uzaytirilgan shartnoma (kelishuv)larni va ularni tegishli reyestrdan roʻyxatdan oʻtkazilganligi boʻyicha maʼlumotni tomonlarning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Avtomatik tarzda

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 127-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 4-banddagi “Radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasining” va “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari tegishlicha “Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining” va “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Elektromagnit muvofiqlik markazi” soʻzlari ““Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 7-bandning oʻninchi xatboshisidagi “Radiochastota spektrining tijorat qimmati koeffitsiyenti” jadvali quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Radiochastota spektrining tijorat qimmati koeffitsiyenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Aloqa turi

E koeffitsiyenti

1.

Koʻchma radiotelefon aloqasi (tranking aloqa)

30

2.

Umumiy foydalaniladigan uyali radiotelefon aloqasi

85

3.

Koʻchma radio aloqa

15

4.

Yoʻldosh aloqa (Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan markazni yer stansiyasi* va konsentratori** orqali telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun moʻljallangan yoʻldoshli aloqa tarmoqlari; havo transportida maʼlumot uzatish xizmatlarini taqdim etish uchun moʻljallangan yoʻldoshli aloqa tarmoqlari bundan mustasno, yaʼni radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlov belgilanmaydi)

55

5.

MMDS, NMDS va MVLS turidagi tizimlardan foydalangan holda televizion dasturlarni tarqatish

50

6.

Televideniye va radioeshittirish nodavlat dasturlarini tarqatish, televideniye va radioeshittirish dasturlarining tijorat translyatsiyasi

40

7.

Maʼlumotlarni simsiz uzatish (2400 — 2483,5 MGs va 5000 — 5999 MGs radiochastotalari polosalaridagi wi-fi texnologiyalari bundan mustasno)

70

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, * Markaziy yer stansiyasi — sunʼiy yoʻldosh aloqasi orqali abonent stansiyalariga xizmat koʻrsatuvchi va ularni sunʼiy yoʻldosh tarmogʻiga birlashtiruvchi yer stansiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Konsentrator — yoʻldosh aloqa abonent stansiyalarini yer usti telekommunikatsiya tarmoqlari (telefon tarmoqlari, maʼlumot uzatish tarmoqlari) bilan bogʻlovchi uskuna hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki toʻlov — foydalanuvchi tomonidan Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish toʻgʻrisidagi tegishli qarori olinganidan soʻng 90 kun ichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi toʻlovlar — Vazirlikka beriladigan hisob-kitoblar asosida yil choragi birinchi oyining 15-kunidan kechikmay har chorakda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur toʻlov quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi Radiochastota spektridan foydalanishni boshqarish va monitoringi Vazirlik xarajatlarini qoplashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tegishli summani ular tushgan kundan boshlab 3 kundan kechikmay Davlat budjetiga oʻtkazadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 09/23/127/0168-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)