1-ILOVA
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
|
I. Raqamli texnologiyalar vazirligiga yer uchastkalarini ajratish |
||||||
|
1-bosqich |
Telekommunikatsiya operatori |
Axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun zarur yer uchastkalarining maydoni va koordinatalarini belgilaydi va ushbu yer uchastkalarini ijaraga olish boʻyicha talabnoma toʻldiradi. |
Zaruratga koʻra |
|||
|
2-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
Telekommunikatsiya operatori tomonidan belgilangan maydon va koordinatalar boʻyicha maʼlumotlarni olish uchun axborot tizimi orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga soʻrov joʻnatadi. |
Avtomatik tarzda |
|||
|
3-bosqich |
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi |
Axborot tizimidagi soʻrovga javob tariqasida yer uchastkasi haqidagi maʼlumotlarni yuboradi. |
3 ish kuni ichida |
|||
|
4-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
Vakolatli organ (tashkilot)larga yer uchastkasiga telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni dastlabki kelishish uchun axborot tizimi orqali yuboradi. |
Avtomatik tarzda |
|||
|
5-bosqich |
Vakolatli organ (tashkilot)lar |
1. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi. 2. Natijani axborot tizimi orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi. |
3 ish kuni ichida |
|||
|
6-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
Yer uchastkasi haqidagi maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan koʻrib chiqilishi uchun ularning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga buyurtma yuboradi. |
Avtomatik tarzda |
|||
|
7-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Buyurtmani (buyurtmaga loyihalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonnoma loyihasini ilova qilgan holda) yer uchastkasini ajratish materiallarini belgilangan tartibda tayyorlash uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasining shaxsiy kabinetiga yuboradi. |
1 ish kuni ichida |
|||
|
II. Ajratilgan yer uchastkalarini telekommunikatsiya operatorlariga ijaraga berish |
||||||
|
8-bosqich |
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi |
Shaxsiy kabinetda yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnomani shakllantiradi va elektron raqamli imzo yordamida imzolaydi. Shakllantirilgan shartnomani Raqamli texnologiyalar vazirligiga (Vazirlik) axborot tizimi orqali yuboradi. |
5 ish kuni ichida |
|||
|
9-bosqich |
Vazirlik |
Axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida elektron raqamli imzo yordamida shartnomani ikkinchi tomondan imzolaydi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi. |
1 ish kuni ichida |
|||
|
10-bosqich |
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi |
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi yer uchastkasini ajratish haqida elektron shaklda hujjatlar yigʻmajildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” axborot tizimiga joylashtiradi. |
Belgilangan muddatda |
|||
|
“YERELEKTRON” axborot tizimida kelishuv jarayonining har bir bosqichi boʻyicha maʼlumotni axborot tizimiga elektron axborot almashinuvi orqali doimiy uzatib boradi. |
Avtomatik tarzda |
|||||
|
11-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi axborot tizimiga Vazirlikka doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasini ijaraga berish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha arizani axborot tizimi yordamida elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi. |
Avtomatik tarzda |
|||
|
12-bosqich |
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi |
Buyurtmachi sifatida belgilangan tartibda savdo operatoriga yer uchastkasini ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha elektron buyurtmani yuboradi. |
1 ish kunida |
|||
|
13-bosqich |
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK |
“E-AUKSION” platformasida elektron onlayn-auksionni belgilangan tartibda tashkil etadi va oʻtkazadi. |
Belgilangan muddatda |
|||
|
14-bosqich |
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi |
1. Belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuziladi. |
10 ish kuni ichida |
|||
|
2. Ijara shartnomasi maʼlumotlari va nusxasini axborot tizimi operatoriga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi. |
Shartnoma imzolanganidan soʻng avtomatik ravishda |
|||||
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Telekommunikatsiya operatori |
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun maqsadli yer uchastkalari yoki binolarni ijaraga olish boʻyicha talabnomani elektron shaklda axborot tizimi orqali toʻldiradi, kelishuv maʼlumotlari hamda manzil va koordinatalarini kiritadi. |
Zaruratga koʻra | |||
|
2-bosqich |
Vakolatli organlar |
1. Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi. 2. Natijani axborot tizimi orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi. |
3 ish kuni ichida | |||
|
3-bosqich |
Telekommunikatsiya operatori |
Ijara shartnomasi maʼlumotlarini axborot tizimiga kiritadi va mulk huquqidagi yer uchastkalari yoki bino mulkdori oʻrtasida ijara shartnomasini axborot tizimi orqali imzolaydi. Axborot tizimi orqali imzolash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, shartnoma qogʻoz koʻrinishida imzolanadi. |
2 ish kuni ichida | |||
|
4-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
Ijara shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga elektron axborot almashinuvi orqali belgilangan tartibda hisobdan oʻtkazish uchun yuboradi. |
Ijara shartnomasi imzolanganidan soʻng avtomatik ravishda | |||
|
5-bosqich |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi |
1. Ijara shartnomasini belgilangan tartibda hisobdan oʻtkazadi hamda guvohnoma rasmiylashtiradi. 2. Guvohnomani elektron axborot almashinuvi orqali axborot tizimi operatoriga yuboradi. |
2 ish kunida ichida | |||
|
6-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
Axborot tizimi operatori tomonlarga axborot tizimi orqali ikki tomonlama imzolangan shartnoma va hisobdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani yuboradi. |
Avtomatik tarzda | |||
3-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
|
1-bosqich |
Telekommunikatsiya operatori |
1. Davlat mulki obyektini telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijaraga berish boʻyicha balansda saqlovchiga murojaat qiladi. 2. Balansda saqlovchi tomonidan davlat mulki obyektini ijaraga berishga rozilik bildirilgan taqdirda, uning rozilik xatini ilova qilgan holda telekommunikatsiya obyektlarini joylashtirish uchun davlat mulki obyektiga doir maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadi. |
Zaruratga koʻra |
|||
|
2-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
Davlat mulki obyektiga telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni dastlabki kelishish uchun vakolatli organlarga axborot tizimi orqali yuboradi. |
Avtomatik tarzda |
|||
|
3-bosqich |
Vakolatli organlar |
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni asoslantirilgan holda rad etadi. |
3 ish kuni ichida |
|||
|
4-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
Davlat mulki obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha arizani elektron axborot almashinuvi orqali Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga yuboradi. |
Avtomatik ravishda |
|||
|
5-bosqich |
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi hududiy boshqarmasi |
Buyurtmachi sifatida axborot tizimi operatorining arizasi kelib tushganidan soʻng belgilangan tartibda savdo operatoriga davlat mulki obyekti boʻyicha elektron buyurtmani yuboradi. |
1 ish kuni ichida |
|||
|
6-bosqich |
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK |
“E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionni belgilangan tartibda tashkil etadi va oʻtkazadi. |
Belgilangan muddatda |
|||
|
7-bosqich |
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi hududiy boshqarmasi |
1. Belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuziladi. |
10 ish kuni ichida |
|||
|
2. Ijara shartnomasi maʼlumotlari va nusxasini axborot tizimi operatoriga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi. |
Shartnoma imzolanganidan soʻng avtomatik tarzda |
4-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
|
I. Axborot tizimida imzolanmagan ijara shartnoma (kelishuv)larni tizimga kiritish va ularning muddatini uzaytirish |
||||||
|
1-bosqich |
Telekommunikatsiya operatori |
Axborot tizimi ishga tushirilguniga qadar telekommunikatsiya vositalarini joylashtirishga oid va ayni bir yer uchastkasi yoki antenna-machtalardan birgalikda foydalanish boʻyicha axborot tizimi yordamida imzolash imkoniyati mavjud boʻlmagan ijara shartnoma (kelishuv)lari nusxasi va unga doir maʼlumotlarni axborot tizimidagi reyestrga kiritib boradi. |
Doimiy ravishda |
|||
|
2-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
1. Reyestrga kiritilgan ijara shartnoma (kelishuv)lari muddatlarini avtomatik tahlil qilish ishlarini olib boradi. |
Belgilangan muddatda |
|||
|
2. Shartnomalar roʻyxatini telekommunikatsiya operatoriga axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi. |
Shartnoma muddati yakunlanishidan 2 oy avval |
|||||
|
3-bosqich |
Telekommunikatsiya operatori |
Telekommunikatsiya operatori shartnoma (kelishuv) imzolangan tomonlar bilan axborot tizimi orqali shartnoma (kelishuv) rasmiylashtirilishi borasida muzokaralar olib boradi. |
10 ish kuni ichida |
|||
|
4-bosqich |
Tomonlar (mulkdor, telekommunikatsiya operatori) |
Tomonlar shartnoma (kelishuv) shartlariga qoʻshimchalar kiritgan holda (zarur boʻlsa) axborot tizimi orqali shartnomani imzolaydilar. |
2 ish kuni ichida |
|||
|
5-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
Ijara shartnoma (kelishuv)lari tegishli reyestrdan roʻyxatdan oʻtkazish uchun manfaatdor tashkilotlarga elektron axborot almashinuvi orqali yuboradi. |
Avtomatik ravishda |
|||
|
6-bosqich |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi |
Tegishli reyestrdan roʻyxatdan oʻtkaziladi va koʻchirmasi tomonlarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboradi. |
2 ish kuni ichida |
|||
|
7-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
Tomonlarga muddatlari uzaytirilgan shartnoma (kelishuv)larni va ularni tegishli reyestrdan roʻyxatdan oʻtkazilganligi boʻyicha maʼlumotni tomonlarning shaxsiy kabinetiga yuboradi. |
Avtomatik tarzda |
|||
|
II. Axborot tizimida imzolangan ijara shartnoma (kelishuv)larining muddatini uzaytirish |
||||||
|
8-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
1. Axborot tizimida yaratilgan va amal qilish muddati tugayotgan shartnoma (kelishuv)lar roʻyxatini shakllantiradi. 2. Telekommunikatsiya operatorlariga mazkur shartnoma (kelishuv)larni rasmiylashtirish boʻyicha hisob-faktura taqdim etadi. |
Shartnoma muddati yakunlanishidan 1 oy avval |
|||
|
9-bosqich |
Telekommunikatsiya operatori |
Axborot tizimi operatorining maxsus hisobvaragʻiga toʻlovlarni oʻtkazib beradi. |
5 ish kuni ichida |
|||
|
10-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
1. Toʻlovlar qabul qilinganidan soʻng shartnoma (kelishuv)larni muddatlarini uzaytiradi. 2. Ijara shartnoma (kelishuv)larini tegishli reyestrdan roʻyxatdan oʻtkazish uchun manfaatdor tashkilotlarga yuboradi. |
Avtomatik tarzda |
|||
|
11-bosqich |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi |
Ijara shartnoma (kelishuv)larini tegishli reyestrdan roʻyxatdan oʻtkazadi va koʻchirmasi tomonlarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboradi. |
3 ish kuni ichida |
|||
|
12-bosqich |
Axborot tizimi operatori |
Muddatlari uzaytirilgan shartnoma (kelishuv)larni va ularni tegishli reyestrdan roʻyxatdan oʻtkazilganligi boʻyicha maʼlumotni tomonlarning shaxsiy kabinetiga yuboradi. |
Avtomatik tarzda |
|||
2-ILOVA
|
T/r |
Aloqa turi |
E koeffitsiyenti |
|
1. |
Koʻchma radiotelefon aloqasi (tranking aloqa) |
30 |
|
2. |
Umumiy foydalaniladigan uyali radiotelefon aloqasi |
85 |
|
3. |
Koʻchma radio aloqa |
15 |
|
4. |
Yoʻldosh aloqa (Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan markazni yer stansiyasi* va konsentratori** orqali telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun moʻljallangan yoʻldoshli aloqa tarmoqlari; havo transportida maʼlumot uzatish xizmatlarini taqdim etish uchun moʻljallangan yoʻldoshli aloqa tarmoqlari bundan mustasno, yaʼni radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlov belgilanmaydi) |
55 |
|
5. |
MMDS, NMDS va MVLS turidagi tizimlardan foydalangan holda televizion dasturlarni tarqatish |
50 |
|
6. |
Televideniye va radioeshittirish nodavlat dasturlarini tarqatish, televideniye va radioeshittirish dasturlarining tijorat translyatsiyasi |
40 |
|
7. |
Maʼlumotlarni simsiz uzatish (2400 — 2483,5 MGs va 5000 — 5999 MGs radiochastotalari polosalaridagi wi-fi texnologiyalari bundan mustasno) |
70 |