27.08.2021 yildagi 543-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratiladigan holatlar roʻyxati;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish uchun materiallarni tayyorlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan yer uchastkalarini ularga soddalashtirilgan tartibda doimiy foydalanishga ajratish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini doimiy foydalanishga ajratish tartibi va xususiyatlari;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
543-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga amalda foydalanib kelinayotgan yer uchastkalarini soddalashtirilgan tartibda doimiy foydalanishga ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanishga ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Reglamentga muvofiq jamoat ehtiyojlari hisoblangan vazifalar ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilmagan yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi belgilangan hollarda yer uchastkasi faoliyat sohasidan kelib chiqib, tegishli davlat organi, muassasasi va korxonasiga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga, bunday tashkilotni aniqlash mumkin boʻlmagan hollarda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi va keyinchalik ular tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga beriladi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqa huquq bilan tegishli boʻlmasa, ularga umumiy foydalanish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi. Ushbu qoida yangi koʻp kvartirali uy quriladigan yer uchastkasining maydonini qasddan kamaytirib koʻrsatish uchun asos sifatida talqin qilinishi mumkin emas.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlari toifasidagi yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ajratilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlar toifasiga kirsa, avval ushbu yerlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksida belgilangan tartibda boshqa yer toifasiga oʻtkazish masalasi hal etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga quyidagi maqsadlarda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa va davlat xavfsizligi ehtiyojlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yer uchastkalarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yoʻl transporti obyektlari, koʻpriklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimlari obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari bosh rejalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan obyektlar qurish boʻyicha amalga oshirish uchun, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va ularning hududiy boʻlinmalarining, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼmuriy binolarini barpo etish;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli binolar va inshootlar, hududlarga olib boruvchi avtomobil yoʻllari va piyoda yoʻlaklarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli binolar va inshootlar hamda hududlarda oʻtkaziladigan muhandislik-kommunikatsiyalarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, qishloq xoʻjaligi ekinlari va yashil oʻsimliklarni suv bilan taʼminlashga moʻljallangan ariqlar, kanallar, havzalar va boshqa suv arteriyalarini qurish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim va davolash muassasalari, kutubxonalar, internatlar, mehribonlik uylarini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida qurish;
(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy tashkilotlar uchun bino qurish maqsadida berish;
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladigan maydonlar, shuningdek, dam olish bogʻlari, xiyobonlar, dam olish zonalari, koʻllar, suv havzalari, qabristonlar va boshqa rekreatsion obyektlarni qurish yoxud monumental yodgorliklarni oʻrnatish uchun berish.
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2024-y., 09/24/312/0390-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YERELEKTRON” AAT) orqali amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun mazkur Reglamentga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik yoki jismoniy shaxslarning egaligida, foydalanishida, ijarasida yoki mulkida boʻlgan yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun faqat ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ulardan olib qoʻyilgandan (qayta sotib olingandan) va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-yanvardagi 2-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 09/24/2/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylar mulkdorlari foydalanishida boʻlgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkasini (keyingi oʻrinlarda — foydalanishdagi yer uchastkalari) ajratishdan oldin uni davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yer uchastkasining amaldagi foydalanish maqsadini oʻzgartirish uchun qonunchilikda belgilangan aniq asoslar mavjud boʻlmasa, foydalanishdagi yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar u koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli boʻlmasa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Diniy tashkilot uchun bino qurish maqsadida yer uchastkasiga ehtiyoj mavjud boʻlgan taqdirda diniy tashkilotning tashabbuskorlari (taʼsischilari) bu haqda tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy tashkilotlar uchun bino qurish maqsadida yer uchastkasi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida vakolatli organ bilan kelishuvga muvofiq mazkur Reglamentda belgilangan tartib asosida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ajratilgan yer uchastkasini diniy tashkilotga bepul asosda ijaraga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkasini ajratish bilan bogʻliq barcha xarajatlar diniy tashkilotning tashabbuskorlari (taʼsischilari) tomonidan qoplanadi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) hududiy boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali mazkur Reglamentning 23-bandida nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlar bilan kelishiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bilan belgilangan yer uchastkasi ajratilayotgan davlat organi, muassasasi, korxonasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi — buyurtmachi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarori bilan belgilangan buyurtmachi yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi. Bunda buyurtmaga loyihalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonnoma loyihasi ilova qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtma kelib tushgandan keyin bir ish kuni davomida uni tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi besh ish kuni mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri maʼlumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining boʻsh yoki boʻsh emasligini, yer uchastkasining toifasini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi boʻsh boʻlmagan va (yoki) qishloq (oʻrmon) xoʻjaligi maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga kirgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkasi boʻyicha buyurtma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish boʻyicha loyiha-izlanish ishlariga sarflanadigan vaqtning namunaviy meʼyorlariga muvofiq haq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish bilan bogʻliq yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun toʻlov yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan tegishli ruxsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish boʻyicha loyiha-izlanish ishlariga sarflanadigan vaqtning namunaviy meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi buyurtmachi bilan shartnoma tuzilgandan keyin yigirma ish kuni davomida elektron shaklda yer uchastkasi ajratish haqida hujjatlar yigʻmajildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yer uchastkasini ajratish haqidagi hujjatlar yigʻmajildiga (keyingi oʻrinlarda — hujjatlar yigʻmajildi) quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi, jumladan, ularning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadga moʻljallanayotganligi, zarur holda ball boniteti va boshqalar haqida qisqacha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini topografik xaritada (koordinatali nuqtalari bilan), yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va koʻchalar, koʻcha boʻlmaganda esa — mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa koʻrsatiladi) hamda yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda koʻrsatilgan holda joylashtirish rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati (15x20 sm);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan loyihalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonnoma loyihasi.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Reglamentning 14-bandida nazarda tutilgan barcha materiallar mavjud boʻlmasa yoki ular tegishli sifatda (boshqacha masshtabda, noaniq tasvirda) taqdim etilmasa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan hujjatlar yigʻmajildini qayta tayyorlash uchun yuboradi. Bunda bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻrsatgan barcha kamchiliklarni besh ish kunida bartaraf etadi va materiallarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga “YERELEKTRON” AAT orqali takroran yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi ushbu Reglamentning 14-bandida nazarda tutilgan barcha materiallar bilan birga hujjatlar yigʻmajildini olgandan soʻng uni besh ish kuni davomida oʻrganadi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi) tegishli ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalaridan davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun buyurtmachiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi bir ish kuni davomida Davlat ekologiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologik ekspertizasi Davlat ekologiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari tomonidan yigirma ish kuni davomida qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosada qonunchilikning muayyan normalariga tayangan holda, yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, boshqa yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallar umumiy tartibda tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladigan yer uchastkalari bundan mustasno.
(16-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Buyurtmachi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgandan keyin bir ish kunidan kechiktirmasdan xulosani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgandan soʻng uni hamda hujjatlar yigʻmajildini ikki ish kuni davomida xulosa olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — qurilish bosh boshqarmasi) yuboradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shaharsozlik hujjati mavjud boʻlgan taqdirda, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi uch ish kuni davomida yigʻmajildni koʻrib chiqadi, ajratiladigan yer uchastkasi boʻyicha xulosa tayyorlaydi va uni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosada shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan hujjatlar yigʻmajildini olgandan soʻng uch ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqadi hamda oʻz xulosasini ilova qilgan holda, hududiy arxitektura shaharsozlik kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) kelishish uchun yuboradi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash navbatdagi majlisda hujjatlar yigʻmajildini besh ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqadi hamda materiallarni elektron raqamli imzosini qoʻyish yoʻli bilan kelishadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishilgan materiallar uch kundan kechiktirmasdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish uchun Kengash tomonidan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuboriladi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻz xulosasini va Kengash tomonidan kelishilgan materiallarni “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda bir ish kuni davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosada qonunchilikning muayyan normalariga tayangan holda, yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda tegishli yer uchastkasini boshqa, koʻproq mos keladigan joydan ajratish haqida taklif beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash materiallarni kelishishdan bosh tortgan taqdirda, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga Kengash yigʻilishining bayonnomasi rad etishni asoslagan va normativ-huquqiy hujjatning aniq normasini koʻrsatgan holda, yer uchastkasi ajratish joyini koʻchirish haqidagi taklif bilan yuboriladi.
(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi salbiy xulosa bergan yoki Kengash bilan kelishish rad etilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlash, shu jumladan, berilgan xulosaga muvofiq ajratiladigan yer uchastkasi joylashuvini oʻzgartirish (kelishishni rad etish sabablarini asoslagan holda) huquqiga ega.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki ish kuni davomida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining salbiy xulosasi yoki Kengashning kelishishni rad etish bayon qilingan taklifini koʻrib chiqadi hamda hujjatlar yigʻmajildini qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining xulosasi yoki Kengash yigʻilishining bayonnomasini ilova qilgan holda, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga qayta ishlash uchun yuboradi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi oʻn ish kuni davomida yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlaydi, hujjatlar yigʻmajildini shakllantiradi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takroran yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangilangan yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlash va tayyorlash boʻyicha ishlar uchun haq undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hujjatlar yigʻmajildini olgandan keyin bir ish kuni davomida uni qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga mazkur Reglamentning 19-20-bandlarida belgilangan tartibda xulosa olish yoki Kengash kelishuvini olish uchun takroran yuboradi.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining ijobiy xulosasi yoki Kengash bilan elektron shaklda kelishuvi olingan kundan keyin bir ish kuni davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yigʻmajildni quyidagi vakolatli organlarga yuboradi:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xulosa olish uchun quyidagi davlat organlari va tashkilotlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalariga:
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasi;
(23-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududgaztaʼminot” AJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztransgaz” AJ;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti;
(23-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kelishish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasiga — madaniy meros yodgorliklari muhofaza qilinadigan zonada joylashgan yer uchastkalari boʻyicha;
(23-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ulardan foydalanadigan tashkilotga — boʻsh yer uchastkalari sanoat yerlari, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar tarkibiga kirgan hududlarda joylashganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hududiy organlariga — boʻsh yer uchastkalari avtomobil turar joylari va yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir qiladigan boshqa obyektlar uchun ajratilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasiga — diniy tashkilotlar qurish maqsadida yer uchastkasi ajratish boʻyicha.
(23-band “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va madaniy meros vazirligining hududiy bosh boshqarmasiga — turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun belgilangan va turistik rekreatsion zonalarda joylashgan yer uchastkalari boʻyicha.
(23-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligiga — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha;
(23-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarining joylashuvi ularning bosh rejalarida, shuningdek, batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan hamda shaharsozlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan funksional maqsadiga mos keladigan aholi punktlaridagi yer uchastkalarini ajratish materiallari boʻyicha sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hamda Davlat yongʻin nazorati organining xulosalarini olish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlardan qoʻshimcha ravishda xulosa olinishi yoki ularga kelishish uchun yuborilishi mumkin.
(23-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vakolatli tashkilotlar yigʻmajild kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni davomida yigʻmajildni kelishadi yoki tegishli xulosalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vakolatli tashkilotning xulosasi “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki xulosaning koʻchirilgan nusxasi tarzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijobiy yoki salbiy xulosa berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik, sanitariya, tabiatni muhofaza qilish, yongʻinga qarshi va boshqa faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosada normativ-huquqiy hujjatning muayyan normasiga tayangan holda, boʻsh yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yer uchastkasini ajratish materiallari tegishli yer uchastkasi boʻyicha rozilik rezolyutsiyasini vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash yoʻli bilan “YERELEKTRON” AAT orqali kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv hech qanday izohlar va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv rad etilgan holatda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklidagi xat yoki xatning koʻchirilgan nusxasi normativ-huquqiy hujjatning muayyan normasiga tayangan holda, boʻsh yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vakolatli organ bilan kelishilmaganda yoki salbiy xulosa olinganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlab, ushbu Reglamentga muvofiq takroran kelishish (ular boʻyicha xulosa olish) huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vakolatli tashkilotlar salbiy xulosa bergan taqdirda yoki kelishuvni rad etish toʻgʻrisida xat yoʻllagan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakolatli tashkilotlarning eʼtirozlaridan kelib chiqqan holda, uch ish kuni davomida yer uchastkasining joylashgan joyini va yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta koʻrib chiqib, vakolatli tashkilotlarning xulosa va xatlarini ilova qilgan holda, ularni Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga qayta ishlash uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatlarda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi uch ish kuni davomida yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlaydi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takroran yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlash va yangilangan materiallar tayyorlash ishlari uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ajratiladigan yer uchastkasining joylashgan joyi qayta koʻrib chiqilgandan soʻng va qayta ishlangan materiallar olingach, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari keyingi ish kunidan kechiktirmasdan, yer uchastkasini ajratish materiallarini ushbu Reglamentning 19 – 26-bandlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun vakolatli tashkilotlarga takroran yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda takroran yuborilgan yer uchastkasini ajratish materiallari ikki ish kunida koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qaror qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining ijobiy xulosasi, Kengashning kelishuvi va vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosalari va kelishuvlari olingandan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi ikki kun davomida yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan boʻlishi kerak:
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni qurish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud boʻlgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlar, foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qoplanishi kerak boʻlgan zararlar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari (mavjud boʻlgan taqdirda) miqdorlari va ularni qoplash muddatlari;
(30-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini rekultivatsiya qilish zarurati, yer uchastkasini olib qoʻyilgan egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qaytarish shartlari (mavjud boʻlgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproqning unumdor qatlamini olib tashlash zarurati (mavjud boʻlgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv muhofazasi, ekologik, yongʻinga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat boʻlganda).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalashtirish, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish haqidagi qaroriga “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali avtomatik ravishda shakllantiriladigan va qarorning ajralmas qismi hisoblanadigan elektron xarita ilova qilinadi.
(30-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hujjatlar yigʻmajildini, vakolatli tashkilotlar xulosalari va kelishuvi boʻyicha materiallarni hamda oʻz qarorini bir ish kuni davomida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi belgilangan tartibda yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali ikki ish kuni davomida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yer uchastkasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqidagi qarori asosida yer uchastkasiga boʻlgan huquq belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi hamda “OʻzGASHKLITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti filiali bilan birgalikda uch ish kuni davomida yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi chegaralarini joyda (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch yarim baravari miqdorida haq undiriladi va toʻlov quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi summa — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi hisobvaragʻiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi hisobvaragʻiga;
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida — “OʻzGASHKLITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti filiali hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga yoki jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan boshqa maqsadlarda foydalanishga faqat yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-bob. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321. Foydalanishdagi yer uchastkalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322. Davlat tashkilotlari foydalanishdagi yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtma tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida uni tegishli qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
(323-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324. Yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash ishlari yer uchastkasi ajratilayotgan davlat tashkilotlari hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325. Yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq haq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi buyurtma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida quyidagilarni oʻrganadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmada belgilangan davlat tashkilotlarining foydalanishidagi yer uchastkasi va unda joylashgan bino va inshootlar jismoniy hamda boshqa yuridik shaxslar nomiga koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari boʻyicha topografik rejaning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotlarining foydalanishdagi yer uchastkasi hamda undagi bino va inshootlar jismoniy va boshqa yuridik shaxslar nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi yer uchastkasining topografik xaritasi mavjud boʻlmagan yoki topografik xaritasi amalda foydalanib kelinayotgan yer uchastkasining maydoni va chegaralariga mos boʻlmaganda taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda davlat tashkilotlari bilan tuziladigan shartnoma asosida yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha topografik xaritasini tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi davlat tashkilotlari bilan shartnoma tuzilgandan keyin Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda elektron shaklda hujjatlar yigʻmajildini tayyorlaydi va hujjatlar yigʻmajildi tayyorlangan kunning oʻzida uni “YERELEKTRON” AAT orqali yer uchastkasining chegaralarini kelishish uchun qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.
(327-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328. Hujjatlar yigʻmajildiga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi, jumladan, ularning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadga moʻljallanayotganligi haqida qisqacha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Davlat kadastrlari palatasi joyiga chiqqan holda yer uchastkalarining chegaralarini aniqlaydi va natijasi boʻyicha dalolatnoma loyihasini tayyorlagan holda davlat tashkilotlari vakili hamda qoʻshni chegaradoshlar bilan kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi soʻrov tushgan kundan boshlab besh ish kun ichida “Yerelektron” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
(329-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv hech qanday eʼtiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3210. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi ijobiy kelishuvidan keyin hujjatlar yigʻmajildi “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda bir ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi.
(3210-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3211. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch ish kun mobaynida hujjatlar yigʻmajildini mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan tartibga asosan vakolatli organlar bilan kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3212. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi va vakolatli organlar bilan kelishilgan hujjatlar yigʻmajildini olgandan keyin ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasini davlat tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.
(3212-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud boʻlgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv muhofazasi, ekologik, yongʻinga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat boʻlganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqidagi qaroriga “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali avtomatik ravishda shakllantiriladigan va qarorning ajralmas qismi hisoblanadigan elektron xarita ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz qarorini bir ish kuni mobaynida davlat tashkilotlari, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotlarining murojaatiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi belgilangan tartibda yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-bob. Foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida boʻlgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3213. Foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida boʻlgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalari (keyingi oʻrinlarda — foydalanishdagi yer uchastkalari) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga (keyingi oʻrinlarda — mulkdorlar) doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3214. Foydalanishdagi yer uchastkalari mulkdorlari yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3215. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtma tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida buyurtmani tegishli hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.
(3215-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3216. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi buyurtma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida foydalanishdagi yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlash uchun “YERELEKTRON” AAT orqali “OʻzGASHKLITI” MCHJga yuboradi.
(3216-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3217. “OʻzGASHKLITI” DUK mulkdorlar yoki uy-joy mulkdorlarining shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi, bevosita boshqaruvchi (keyingi oʻrinlarda — boshqaruvchilar) bilan shartnoma tuzilgandan keyin oʻn ish kuni mobaynida elektron shaklda foydalanishdagi yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha topografik xaritasini tayyorlaydi va “YERELEKTRON” AAT orqali materiallarni qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.
(3217-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan foydalanishdagi yer uchastkalarining topografik xaritasini tayyorlash uchun qonunchilikda belgilangan tartibda loyiha-qidiruv sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
(3217-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3218. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi besh ish kunida joyiga chiqqan holda tayyorlangan topografik xaritada foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini aniqlaydi va natijasi boʻyicha mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy shaklda yer uchastkasi chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) loyihasini tayyorlagan holda mulkdorlar hamda qoʻshni chegaradoshlar bilan kelishiladi.
(3218-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3219. Dalolatnoma mulkdorlar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari chegaralarini aniqlashda yer uchastkasining chegaralari chegaradosh yer uchastkalariga boʻlgan huquq egasi (egalari) bilan kelishilmagan taqdirda, nizo sud tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3220. Dalolatnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishdagi yer uchastkasining maydoni (gektarda) haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koordinatali nuqtalari bilan yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va koʻchalar, koʻcha boʻlmaganda esa mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa koʻrsatiladi) hamda yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda koʻrsatilgan holda joylashtirish rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati (15x20 sm).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3221. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi tomonidan foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini kelishish materiallari “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi.
(3221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3222. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini kelishish uchun materiallar tushgan kundan boshlab ikki ish kunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri maʼlumotlari asosida foydalanishdagi yer uchastkasining boʻsh yoki boʻsh emasligini aniqlaydi hamda ushbu yer uchastkasi boʻsh boʻlgan taqdirda, uni elektron raqamli imzo bilan kelishib beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi boʻsh boʻlmagan taqdirda, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi.
(3222-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3223. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan kelishilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida yer uchastkasining topografik xaritasida belgilangan chegaralari (koordinatali nuqtalari bilan) va dalolatnomani “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboradi.
(3223-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3224. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yer uchastkasining topografik xaritasida belgilangan chegaralari va dalolatnomalari olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasining mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilinishining majburiy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3225. Yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud boʻlgan taqdirda), mulkdorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqidagi qaroriga uning ajralmas qismi hisoblanadigan elektron xaritasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3226. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz qarorlarini bir ish kuni mobaynida mulkdorlar hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3227. Mulkdorlar yoki boshqaruvchilarning murojaatiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda mulkdorlar nomiga yer uchastkasiga kadastr pasporti rasmiylashtiriladi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi”;
(51 va 52-boblar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Reglament talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun ajratish tartibi
(I boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarori bilan belgilangan buyurtmachi

Yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.

Bunda buyurtmaga loyihalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonnoma loyihasi ilova qilinadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Buyurtmani yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

Buyurtma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi.

5 ish kuni mobaynida

Yer uchastkasini ajratish haqida elektron shaklda hujjatlar yigʻmajildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.

20 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hujjatlar yigʻmajildini oʻrganadi va Davlat ekologiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalaridan davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun buyurtmachiga yuboradi.

5 ish kuni mobaynida

Buyurtmachi

Davlat ekologiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalariga davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun murojaat qiladi.

1 ish kuni mobaynida

Davlat ekologiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari

Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi va buyurtmachiga davlat ekologik ekspertizasi xulosasini taqdim etadi.

20 ish kuni mobaynida

Buyurtmachi

Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hujjatlar yigʻmajildini oʻrganadi va uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga xulosa olish uchun yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi

Shaharsozlik hujjati mavjud boʻlgan taqdirda, hujjatlar yigʻmajildini koʻrib chiqadi, ajratiladigan yer uchastkasi boʻyicha xulosa tayyorlaydi va tegishlicha uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.

5 ish kuni mobaynida

Shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, oʻz xulosasini ilova qilgan holda hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashiga kelishish uchun yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi

Hujjatlar yigʻmajildi materiallarini koʻrib chiqadi, ularni kelishadi.

5 ish kuni mobaynida

Kelishilgan materiallarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

8-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi

Oʻz xulosasini va Kengash tomonidan kelishilgan materiallarni “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

9-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yer uchastkasi ajratish haqidagi hujjatlar yigʻmajildini mazkur xulosa (kengash bilan kelishuv)ni ilova qilgan holda vakolatli tashkilotlarga xulosalar olish va kelishish uchun yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

10-bosqich

Vakolatli tashkilotlar

Kelishishni amalga oshiradi va tegishli xulosani beradi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.

5 ish kuni mobaynida

11-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yer uchastkasini ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.

2 ish kuni mobaynida

Hujjatlar yigʻmajildini, vakolatli tashkilotlar xulosalari va kelishuvi boʻyicha materiallarni hamda oʻz qarorini Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

12-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi hamda “OʻzGASHKLITI” MCHJ loyiha-qidiruv tashkiloti filiali

Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi va yer uchastkasini naturada koʻrsatadi.

3 ish kuni mobaynida

13-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

Yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.

2 ish kuni mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

Yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Buyurtmani tegishli Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

1. Buyurtmada belgilangan yuridik shaxsning foydalanishidagi yer uchastkasi va unda joylashgan bino va inshootlar jismoniy hamda yuridik shaxslar nomiga koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini oʻrganadi.

2. Yer uchastkalari boʻyicha topografik rejaning mavjudligini aniqlaydi.

3. Buyurtma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi.

5 ish kuni mobaynida

Yer uchastkasini ajratish haqida elektron shaklda hujjatlar yigʻmajildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” AAT orqali yer uchastkasining chegaralari va shaharsozlik hujjatlari boʻyicha kelishish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.

Belgilangan muddatda

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari

Hujjatlar yigʻmajildni koʻrib chiqadi, “Yerelektron” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

3 ish kuni mobaynida

Ijobiy kelishilgan hujjatlar yigʻmajildini “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yer uchastkasi ajratish haqidagi hujjatlar yigʻmajildini ilova qilgan holda vakolatli tashkilotlarga xulosalar olish va kelishish uchun yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Vakolatli tashkilotlar

Kelishishni amalga oshiradi va tegishli xulosani beradi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi

3 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yer uchastkasini yuridik shaxslarga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.

2 ish kun mobaynida

Oʻz qarorini yuridik shaxslar, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

8-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi

yuridik shaxslarning murojaatiga muvofiq belgilangan tartibda yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi.

Belgilangan muddatda

“Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.

2 ish kuni mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida boʻlgan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Foydalanishdagi yer uchastkalari mulkdorlari

Yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtma beradi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Buyurtmani tegishli hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari

Buyurtma boʻyicha foydalanishdagi yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlash uchun “YERELEKTRON” AAT orqali “OʻzGASHKLITI” MCHJga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

4-bosqich

“OʻzGASHKLITI” MCHJ

Buyurtmachi bilan shartnoma tuzilgandan keyin elektron shaklda foydalanishdagi yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha topografik xaritasini tayyorlaydi va “YERELEKTRON” AAT orqali materiallarni qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuboradi.

10 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari

Joyiga chiqqan holda tayyorlangan topografik xaritada foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini aniqlaydi va dalolatnoma loyihasini tayyorlagan holda mulkdorlar hamda qoʻshni chegaradoshlar bilan kelishadi.

Foydalanishdagi yer uchastkasining chegaralarini kelishish materiallari “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi.

5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari

Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri maʼlumotlari asosida foydalanishdagi yer uchastkasining boʻsh yoki boʻsh emasligini aniqlaydi hamda ushbu yer uchastkasi boʻsh boʻlgan taqdirda, uni elektron raqamli imzo bilan kelishib beradi.

Yer uchastkasi boʻsh boʻlmagan taqdirda, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi.

2 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari

Yer uchastkasining topografik xaritada belgilangan chegaralari (koordinatali nuqtalari bilan) va dalolatnomani “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

8-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yer uchastkasining mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qiladi.

2 ish kuni mobaynida

Oʻz qarorlarini mulkdorlar hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

9-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

Mulkdorlar yoki koʻp kvartirali uy-joylar boshqaruvchilarning murojaatiga muvofiq belgilangan tartibda yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi.

“Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

2 ish kuni mobaynida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 42-banddagi “v” kichik band chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sakkizinchi xatboshidagi “maydoni avvalgisiga teng boʻlgan boshqa yer uchastkasi” soʻzlari “olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati toʻlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻn beshinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoni)” 2019-yil 9-avgustdagi 653-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 268-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Suv taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 28-maydagi 342-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son farmoni)” 2020-yil 6-iyuldagi 425-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 70-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 25-noyabrdagi 747-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/543/0830-son; 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son; 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son; 04.01.2024-y., 09/24/2/0002-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son, 01.06.2024-y., 09/24/312/0390-son; 08.10.2024-y., 09/24/641/0788-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son)