OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK DEPOZITORLARINING MILLIY AXBOROTLAR BAZASI VA UNDA MIJOZLARGA XOS RAQAM BERISh HAMDA BANK HISOBVARAQLARI ROʻYXATINI YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1863-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7 va 17-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-may,
18/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 11-maydagi 18/5-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Nizomning 1-ilovasi quyidagi tahrirdagi “21” va “22” belgilar bilan toʻldirilsin:
“21” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasiga muvofiq soliq va (yoki) moliyaviy hisobot uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin oʻn besh kun ichida soliq toʻlovchi — yuridik shaxs tomonidan taqdim etilmaganda yoki soliq toʻlovchi — yuridik shaxs koʻrsatilgan manzilda boʻlmaganda davlat soliq xizmati organlarining qarorlari asosida ushbu yuridik shaxsning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilgan hollarda BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.
“22” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasiga muvofiq soliq va (yoki) moliyaviy hisobot uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin oʻn besh kun ichida soliq toʻlovchi – yuridik shaxs tomonidan taqdim etilmaganda yoki soliq toʻlovchi — yuridik shaxs koʻrsatilgan manzilda boʻlmaganda davlat soliq xizmati organlarining qarorlari asosida ushbu yuridik shaxsning banklardagi operatsiyalar toʻxtatib turilgan hisobvaraqlari qayta harakatga keltirilgan hollarda BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.
2. Nizomning 5-ilovasi Izoh qismida “9” raqamidan keyin “21” raqami bilan toʻldirilsin.
3. Nizomning 6-ilovasi Izoh qismida “19” raqamidan keyin “22” raqami bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 21-son, 163-modda)