16.01.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3416
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori , 16.01.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3416
Кучга кириш санаси
17.01.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 16-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3416]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-son “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/436-son, 5083-son va 107-son “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1537, 2006-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 3-son, 15-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 25-oktabrdagi 17, 31-k/k, 147-son “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish Jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1537-1, 2017-yil 10-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 10/17/1537-1/0240-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vaziri B. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2022-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-son

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-2022/qq-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-son

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 30-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 35-2022/qq-son va Moliya vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 71-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish va ta’mirlash tegishli ravishda ushbu maqsadlar uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mavjud mablag‘lar qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini tasarruf etish uchun tibbiyot muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1536, 2007-yil 14-yanvar) asosida tashkil etilgan Tibbiy tashkilotlarning moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini tasarruf etish bo‘yicha maxsus komissiyaning (keyingi o‘rinlarda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-son “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining umumiy hajmiga nisbatan Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larning quyidagi miqdoridan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati, bolalar tibbiyot muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning hududiy organlari hamda ijtimoiy kasalliklarga (sil, buyrak yetishmovchiligi, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrin, moxov (lepra), yuqumli, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan, OITS) ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida — umumiy xarajatlarning 10 foizi;
(3-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3831, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va viloyat darajasidagi boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida — umumiy xarajatlarning 5 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) hisobot choragining oxirgi ish kunida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tibbiyot tashkilotiga balansida bo‘lib, ijaraga berilgan mol-mulklar uchun ijara haqlarining bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) homiylik xayriyalaridan tushgan mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha sarflanadi va ularning hisobi alohida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarda yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75 foizi barcha davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga (ishga vijdonan munosabati va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun bazaviy tarif stavkasiga (oylik lavozim maoshi) oylik ustamalar belgilash, moddiy yordam va mukofotlar to‘lash shaklida, ish haqidan ajratmalar bilan birgalikda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 foizi tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda ta’mirlashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tibbiyot muassasasiga ko‘rsatilgan homiylik xayriyalarining jami summasi, agar homiy tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tibbiyot muassasasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalar va muddati o‘tgan kreditorlik qarz mavjud bo‘lgan taqdirda, Jamg‘arma mablag‘lari birinchi navbatda ushbu qarzlarni to‘lash uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya yili yakuni bo‘yicha tibbiyot muassasalarining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi foydalanilmay qolgan Jamg‘arma mablag‘lari kelgusi moliya yiliga o‘tkaziladi hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tibbiyot muassasasi xodimlariga moddiy rag‘batlantirishning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar (keyingi o‘rinlarda oylik foizli ustamalar deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar;

oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar;

tibbiyot muassasalari barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari, shuningdek, moddiy yordam pullari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasida Jamg‘arma uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan mazkur Nizomning 6-bandida keltirilgan xarajatlar hamda quyidagi to‘lovlar chegirilgan qismi hisobidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan, tibbiyot muassasalarining barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari va moddiy yordam pullari.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 2-apreldagi 4-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 27-martdagi 244-son hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-martdagi 2-q/q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3416-1, 16.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 10/25/3416-1/0353-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasi xodimlarini reyting baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya har bir xodimning mehnat faoliyati bilan bog‘liq ish yuklamasi, bajaradigan vazifasining murakkabligi, ish samaradorligi, sohaga qo‘shgan hissasi hamda boshqa sanash va hujjat bilan tasdiqlash mumkin bo‘lgan 5 ta muhim ko‘rsatkichlarni baholash uchun asos sifatida belgilaydi hamda baholashda mazkur ko‘rsatkichlarga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xodimlarning mehnatga vijdonan munosabati, mehnat faoliyatida ko‘rsatayotgan yuqori natijalari hamda kasb etikasiga rioya etishi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tomonidan har bir ko‘rsatkich 20 balgacha bo‘lgan reyting tizimida baholanadi. Ushbu ko‘rsatkichlarning umumiy yig‘indisi eng yuqori ballarda baholangan taqdirda 100 balni tashkil etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar haqiqatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo‘lim (bo‘linma) boshlig‘i har bir xodimning ko‘rsatkichlarini belgilab, tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga Maxsus komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasidan boshlab 5 ish kuni ichida xodimlarga berilgan yakuniy bahoni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash natijalari yoki Maxsus komissiyaning qaroridan norozi bo‘lgan xodimlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorak yakuni bo‘yicha yuqori natijaga erishgan xodimlar uchun keyingi chorak davomida har oylik foizli ustamalar Maxsus komissiyaning tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq belgilanadi. Bunda, joriy yilning birinchi choragi uchun oylik foizli ustamalar o‘tgan yil to‘rtinchi chorakda erishilgan natijalar bo‘yicha tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Umumiy 100 ballik reyting tizimi asosida 75 baldan 100 balgacha natijaga erishgan tibbiyot muassasasi xodimlari oylik maoshiga quyidagi tartibda qo‘shimcha oylik foizli ustamalar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tibbiyot xodimlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75 baldan 84 balgacha oylik maoshining 50 foizgacha miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85 baldan 94 balgacha oylik maoshining 75 foizgacha miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95 baldan 100 balgacha oylik maoshining 100 foizgacha miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tibbiyot xodimlaridan tashqari boshqa xodimlar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75 baldan 84 balgacha oylik maoshining 25 foizgacha miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85 baldan 94 balgacha oylik maoshining 50 foizgacha miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95 baldan 100 balgacha oylik maoshining 75 foizgacha miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oylik foizli ustamalarni to‘lash Nizomning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus komissiyaning tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq yangi ish boshlagan tibbiy oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga (keyingi o‘rinlarda salohiyatli yosh shifokorlar deb yuritiladi) ishga qabul qilingan kundan boshlab, oylik ish haqi to‘lovlariga maxsus oylik ustamalar qo‘shimcha tarzda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Salohiyatli yosh shifokorlar uchun 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar ularning birinchi uch yillik mehnat faoliyati uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlar uchun har oyda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi yil uchun — 1 million so‘mdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi yil uchun — 750 ming so‘mdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi yil uchun — 500 ming so‘mdan maxsus oylik ustamalar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur oylik qo‘shimcha ustamalar tibbiyot xodimlarining lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasasida shifo o‘rni 5 tagachani tashkil qilganda — 10 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasasida shifo o‘rni 5 tadan 10 tagachani tashkil qilganda — 20 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasasida shifo o‘rni 10 dan yuqorini tashkil qilganda — 30 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tibbiyot muassasasi rahbari tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya qilgan holda har oyning 25-sanasidan kechiktirmay kelgusi oy uchun bir shtat birligida shifokor hamda bir shtat birligida hamshira lavozimlarida tibbiyot xodimlari kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirgan holda faoliyat yuritishi uchun moslashuvchan ish vaqti rejimi bo‘yicha jadval tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda uzaytirilgan kunduzgi statsionarga jalb etilgan shifokor hamda hamshiralarga haqiqatda ishlagan soatiga har bir soati uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan oylik qo‘shimcha ustamalarning foiziga nisbatan to‘lovlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tibbiyot muassasalari xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlarda beriladigan mukofot miqdori bir kalendar yil mobaynida har bir xodimga ikki lavozim maoshidan oshmagan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tibbiyot muassasalari xodimlariga ularning murojaatiga ko‘ra yoki tegishli tibbiyot muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan (yaqin qarindoshlarning vafot etishi, og‘ir jarohatlar olish, kasal bo‘lish, tabiiy ofatlar oqibatlarida) moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuqoridagi moddiy yordam miqdori har bir tayinlangan holat uchun xodimning bir lavozim maoshidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamg‘arma hisobidan ustamalar, bayramlarda mukofot pullari va moddiy yordam pullarini to‘lash bo‘yicha qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘ida har bir xodim bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning aniq miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ustamalar bo‘yicha tibbiyot muassasasi rahbari buyrug‘ining belgilangan muddatdan kech qabul qilinishi xodim olishi lozim bo‘lgan ustamaning ushbu Nizomda belgilangan muddatdan boshlab to‘lanishini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tibbiyot muassasasi rahbariga ustamalarni belgilash, mukofot pullari hamda moddiy yordam pullari berish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki uni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish vakolatiga ega bo‘lgan yuqori turuvchi tashkilot rahbarining rasmiy roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash Maxsus komissiyaning qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maxsus komissiyaning qarori asosida tibbiyot muassasasi rahbari mablag‘larni sarflashning aniq maqsadlari, yo‘nalishlarini va uning miqdorini ko‘rsatgan holda buyruq chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamg‘arma mablag‘lari sarflanishi yuzasidan javobgarlik va nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tibbiyot muassasasi rahbarlari va Maxsus komissiya a’zolari Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi uchun javobgardirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ichki audit departamenti, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3831, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalarining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot, farmatsevtika hamda boshqa xodimlariga oylik foizli ustamalar belgilash jadvali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

F.I.O.

Lavozim nomi

Lavozim maoshi

(muassasa turiga berilgan tuzatish koeffitsiyentlarini hisobga olgan xolda),

so‘mda

To‘plangan ball

Belgilanadigan ustama foizi

Belgilanadigan ustama miqdori

(so‘mda)

1.

A

1

2

3

4

5 = 2 x 4

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Jami

x

x

x

x

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Agar shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida oylik foizli ustama turi bo‘yicha qoldiq mablag‘lar jadval asosida hisoblangan umumiy oylik foizli ustamalar miqdorini to‘lashga yetarli bo‘lmasa, har bir xodimga qoldiq mablag‘lar doirasida quyidagi formulaga asosan tuzatish koeffitsiyentini qo‘llagan holda aniqlangan oylik foizli ustamalar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TK = Σ / Q
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:

Tuzatish koeffitsiyenti — TK;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy g‘azna hisob varag‘ida faqat ustama to‘lash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar qoldig‘i — Q;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan ustama umumiy miqdori — Σ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir xodim uchun belgilanadigan ustama miqdori (5-ustun) TK ga ko‘paytiriladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 10/23/3416/0032-son; 17.04.2025-y., 10/25/3416-1/0353-son; 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)