Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.01.2023 14.01.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1537
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 14.01.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1537
Кучга кириш санаси
24.01.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.01.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIBBIYOT MUASSASALARINI MODDIY RAG‘BATLANTIRISh VA RIVOJLANTIRISh JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDAgi NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-yanvarda 1537-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 30-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 35-2022/qq-son va Moliya vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 71-sonli “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3416, 16.01.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 47-48-son, 354-modda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 51-son, 380-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish Jamg‘armasi to‘g‘risida nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab, o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
06-3/436-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5083-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, Moliya vazirligining
2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/436, 5083,107-sonli qarori bilan
TACDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish Jamg‘armasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 47-48-son, 354-modda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 51-son, 380-modda) muvofiq tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va tibbiyot xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirish uchun tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish Jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘larini sarflash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish Jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) 2006-yil 1-yanvardan rivojlantirish Jamg‘armasi negizida barcha budjet tibbiyot muassasalarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma mablag‘lari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga vijdonan munosabati va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkasi bazasiga oylik ustamalar belgilash, bir yo‘la moddiy yordam va mukofotlar to‘lash shaklida tibbiyot va farmatsevtika xodimlarni rag‘batlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, modernizatsiya qilishga va ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Jamg‘armaning manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‘lgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik va donorlik tashkilotlaridan hamda pulli davolash va xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarining mehnatiga haq to‘lashda tejalgan budjet mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tibbiyot muassasalari Jamg‘arma xarajatlarini sarflashning ikki mustaqil yo‘nalishi bo‘yicha mablag‘larning alohida hisobini yuritadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, modernizatsiya qilish va ta’mirlashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar homiy, donor tomonidan boshqa hollar maxsus ko‘rsatilmagan bo‘lsa, homiylik va donorlik tashkilotlarining mablag‘lari, shuningdek pulli davolash va xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar tibbiyot muassasasi tomonidan ulardan keyinchalik xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda va moddiy-texnik bazani rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ta’mirlashda foydalanish uchun belgilangan mutanosiblikka muvofiq bank muassasasida alohida hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan budjet mablag‘lari ulardan keyinchalik xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda va moddiy-texnik bazani rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ta’mirlashda foydalanish uchun belgilangan mutanosiblikka muvofiq har bir chorak yakunlari bo‘yicha tibbiyot muassasasi tomonidan bank muassasasida alohida hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamg‘arma mablag‘laridan xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda va tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ta’mirlashda foydalanish tegishli ravishda ushbu maqsadlar uchun belgilangan mablag‘lar qoldig‘i va bank muassasalaridagi alohida hisob raqamlaridagi mavjud mablag‘ doirasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy shaxslarning Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan olgan daromadiga soliq solish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamg‘arma mablag‘larini taqsimlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamg‘arma mablag‘lari tibbiyot muassasasi qaysi guruhga mansubligiga qarab quyidagi mutanosiblikda taqsimlanadi va sarflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xarajatlar yo‘nalishi‎

I guruh muassasalar‎ II guruh muassasalar‎ III guruh muassasalar‎ IV guruh muassasalar‎
Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish‎ 25% dan ortiq bo‘lmagan‎ 35% dan ortiq bo‘lmagan‎ 40% dan ortiq bo‘lmagan‎ 50% dan ortiq bo‘lmagan‎
Moddiy-texnik bazani mustahkamlash, modernizatsiya qilish va ta’mirlash‎
‎kamida 75%‎

‎kamida 65%‎

‎kamida 60%‎

‎kamida 50%‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tibbiyot muassasalari xodimlariga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ustamalar va moddiy rag‘batlantirishlarning boshqa turlarini belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Barcha tibbiyot muassasalarida mehnatga vijdonan munosabati, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun xodimning tarif stavkasiga oylik ustamalar belgilash uchun mezonlarni aniqlash qismida yagona yondashuvga rioya qilinishi ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xodimlarining ishga vijdonan munosabati va ko‘rsatayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkalariga oylik ustamalar tegishli xodimning tarif stavkasidan 5 dan 20 foizgacha miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oylik ustamalar xodimlarning lavozimiga va tibbiyot muassasalari guruhiga qarab quyidagi doiralarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lavozimlar nomi‎ I guruh muassasalar‎ II guruh muassasalar‎ III guruh muassasalar‎ IV guruh muassasalar‎
Kichik tibbiyot xodimlari‎ 5-15 %‎ 5-15 %‎ 5-15 %‎ 10-20 %‎
O‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari‎ 10-15 %‎ 10-15 %‎ 10-15 %‎ 10-20 %‎
Vrach xodimlar va provizorlar‎ 10-15 %‎ 10-15 %‎ 10-20 %‎ 10-20 %‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: tibbiyot muassasalari rahbarlarining oylik ustamalari yuqori turuvchi tashkilotning qaroriga binoan tarif stavkasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 25-oktabrdagi 17, 31-k/k va 147-sonli qaroriga asosan (ro‘yxat raqami 1537-1, 10.11.2017-y.) izoh bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 10/17/1537-1/0240-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Alohida tibbiyot xodimlari uchun ustamalar belgilash quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni albatta hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning sifati — davolash usullarini qo‘llashdan asorat qolishining past darajasi, bemor holatining ijobiy muttasil o‘sishi, tibbiy yordam sifatiga bemorlar tomonidan shikoyat qilinmaganligi, retsidivlarning past darajasi, qo‘llanilayotgan davolashning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligi. Ambulatoriya-poliklinika bo‘g‘inida — biriktirilgan kontingentning dispanserlashtirish bilan to‘liq qamrab olinganligi va sog‘ligi holati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bilan bandligi — xodimning amalda bandligi, ish vaqti davomida xizmat ko‘rsatish me’yorlarini hisobga olgan holda mansab majburiyatlarini bajarishi; belgilangan xizmat ko‘rsatish me’yorlariga muvofiq xizmat ko‘rsatilgan bemorlarning, laboratoriya analizlari va boshqa davolash-diagnostika tadbirlarining miqdor ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan tibbiy yordam ko‘rsatish hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning murakkabligi — ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning umumiy hajmida murakkab (yuksak kasb bilimlarini, yuqori darajada aniqlikni, yuksak texnologiyalardan foydalanishni talab qiladigan) tibbiy aralashuvlar, manipulatsiyalarning yuqori salmog‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslik tarmog‘ida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning o‘xshashi yo‘qligi — eng kam hajmda bo‘lgan jarrohlik aralashuvlari va oqilona sarf qilgan holda bemorlarning yanada tezroq sog‘ayishiga ko‘maklashadigan jahon standartlari darajasidagi yangi texnologiyalar va zamonaviy uskunalar qo‘llanilgan holda bajarilgan tibbiy yordam hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tibbiyot muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini bir yo‘la mukofotlash muassasani rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi va faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi uchun unga bir lavozim maoshigacha miqdorda mukofot tayinlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tibbiyot muassasalari xodimlariga moddiy yordam favqulodda hollarda ularning murojaatiga ko‘ra yoki tegishli tibbiyot muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan (yaqin qarindoshlarning vafot etishi, og‘ir jarohatlar olish, kasal bo‘lish, tabiiy ofatlar oqibatlari va boshqa shunga o‘xshash hollarda) ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tibbiyot xodimlarining mehnatga vijdonan munosabati va yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatganligi uchun tarif stavkalariga oylik ustamalar belgilash, mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish bo‘yicha maxsus komissiya qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamg‘arma hisobidan ustamalar, mukofotlar va moddiy yordamlar to‘lash Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish bo‘yicha maxsus komissiyaning tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi. Buyruqda alohida xodimlarga beriladigan moddiy rag‘batlantirishning aniq turlari, uning miqdori va to‘lash muddatlari ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ustamalar va boshqa moddiy rag‘batlantirish turlarini to‘lash ish haqi to‘lanishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ta’mirlash maqsadida Jamg‘arma mablag‘larini sarflash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ta’mirlash maqsadida Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish bo‘yicha maxsus komissiyaning qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish bo‘yicha maxsus komissiyaning qarori asosida tibbiyot muassasasi rahbari mablag‘larni sarflashning aniq maqsadlari, yo‘nalishlarini va uning miqdorini ko‘rsatgan holda buyruq chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Jamg‘arma mablag‘lari sarflanishi uchun javobgarlik va nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sog‘liqni saqlash yuqori turuvchi boshqaruv organlarining rahbarlari, maxsus komissiya a’zolari, shuningdek, tibbiyot muassasasi rahbarlari Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibiga rioya qilinishi, xolisligi va haqqoniyligi uchun javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 3-son, 15-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 10/17/1537-1/0240-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)